D. Boytemirova.,, M.Yo‘lbarsova., D.R. Xaydarova. · Research Focus International Scientific Journal · 2025
Hozirgi kunda inson organizmidagi kasalliklarni tabiiy, bezarar oziq-ovqat qo‘shilmalari orqali davolash yo‘llari ko‘rsatilgan. Phlomoides nuda o‘simligidan oziq –ovqat qo‘shilmalari tayyorlash keltirilgan.
Voqqosov Zuhriddin Komolxon o‘g‘li, Orifbayeva-Fayzullayeva Muattar Farxod qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Respublikamizda mevalardan katta hajmda va keng assortimentda sharbatlar ishlab chiqariladi. Ularni olish uchun fermentativ qayta ishlash, maqsadli fermentatsiya kabi zamonaviy usullar amalda qo‘llanilmaydi. Ushbu usullarning istiqbollari nafaqat tejamkor texnologik rejimlardan foydalanish, energiya resurslarini tejash, yo‘qotishlar va chiqindilarni kamaytirish, balki sifatli mahsulotlarni olish uchun xom-ashyo tarkibiy qismlarini "yumshoq" modifikatsiyalash imkoniyatini beradi. Ushbu maqolada ishlab chiqarishda olma mevasiga turli xil Pektomaserin, Pectinex Ultra SP-L, Pektomaserin G10X, Rizopus mikrosporuks kabi fermentlar ta‘siri natijasida, sharbatlar chiqish miqdorini oshirishi aniqlandi. Fermentlar maseratsiya ta‘siri samaradorligi qiyosiy tahlil etildi. Olma sharbati ishlab chiqarish texnologik sxemasi tayyorlandi.
Иброхимжон Абидов, Фарход Хошимов · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada modifikatsiyalangan ammofos ishlab chiqarishning texnologik jarayonini nazorat qilish uchun fiziologik faol moddalarni aniqlashning spektrofotometrik usulini ishlab chiqish natijalari keltirilgan.
M. H.Raxmonberdiyeva, D.RXaydarova · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqola ruhiy kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladigan zamonaviy sintetik preparatlar va ularning kimyoviy tarkibi haqida umumiy ma‘lumot beradi. Zamonaviy tibbiyotda psixofarmakologiya sohasi rivojlanib, yangi turdagi antidepressantlar, antipsixotiklar, anksiolitiklar va trankvilizatorlar yaratilmoqda. Ushbu preparatlarning tarkibi, ta‘sir mexanizmlari va davolashdagi ahamiyati keng tahlil qilingan.
Ibrohimjon Abidov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada fiziologik faol moddalar (FFM) bilan ammofos ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan. O‘zgartirilgan ammofosda FFMni kuzatish usullari ishlab chiqilgan. FFM tarkibining og‘irligi 0,05% dan oshishi aniqlandi.
Saloydinova Maloxat Qodirjon kizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligida tuproq namligini saqlash va hosildorlikni oshirish uchun qo‘llaniladigan namlik saqlovchi preparatlarni ishlab chiqarish jarayonlari va uskunalarini takomillashtirishga e‘tibor qaratilgan. Unda ishlab chiqarish qurilmalarining konstruksiyasi va samaradorligidagi yutuqlar, jumladan optimallashtirilgan kimyoviy jarayonlar hamda ekologik toza materiallar o‘rganiladi. Ushbu takomillashtirishlarni mavjud qishloq xo‘jaligi amaliyotiga joriy etish barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik va miqyoslanuvchanlik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda takomillashtirilgan namlik saqlovchi preparatlarning suv tanqisligi muammolarini yumshatish va yanada barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotini rivojlantirishdagi o‘rni ta‘kidlanadi. Shuningdek, ushbu sohani kelajakda rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ham berilgan.
Y.N.Bo‘ronov, S.B.Raximov, Mamanazarov M.M. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Gossipol asosida olingan Shiff asoslari ayrim metallar bilan maxsus sharoitlarda o‘ziga xos rangli birikmalar hosil qiladi. Gossipol birikmalarining ushbu xossalariga asoslanib ularni analitik kimyoda metall ionlarini aniqlashda reagent sifatida ishlatilishi mumkin. Ushbu maqolada Co3+ kationini miqdoriy va sifat tahlilini o‘tkazishda 2-amino 4-metil piridindan foydalanish imkoniyatlari, ushbu kompleksni olish sharoitlari va xossalari o‘rganildi. Gossipol 2-amino 4-metil piridinning kobalt (III) ioni bilan kompleks hosil qilishining optimal sharoitlari ya‘ni eritmaning pH muhiti, reagent miqdori, bufer tarkibiga bog‘liqligi, vaqtga nisbatan barqarorligi va quyilish tartibi o‘rganildi. Hosil bo‘lgan komplekslar nur yutishga asoslangan spektrofotometr, IQ spektroskopiyasi, skanerlovchi elektron mikroskopiya usullari yordamida o‘rganildi, shuningdek komplekslarning tarkibi Izomolyar serialar metodida tahlil qilindi va kompleks uchun Me:R o‘zaro 1:3 nisbatta ekanligi aniqlandi. Kompleks hosil bo‘lishidan olingan natijalar tahlil qilindi va matematik qayta ishlandi. Olingan natijalarga ko‘ra hosil bo‘lgan komplekslar o‘rtacha barqarorlikka ega ekanligi aniqlandi.
Eshqobilova M.E, Erdanov F. F., Ravshanov M. I · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ишда SiO2/ZnO-10%CoO+ПЭГ таркибли газсезгир материал асосида ишлаб чиқилган метанни аниқловчи яримўтказгичли сенсор ЯЎС-СН4 нинг ишлаш ресурси ва сигналининг селективлиги текширилган. Ўтказилган синовларда сенсор сигнали қисқа оралиғда ўзгарган ва бу ўзгариш натижасида юзага келган хато қиймати жуда кичик бўлиб таҳлил натижаларига сезиларли таъсир кўрсатмайди. Табиий газ учун ишлаб чиқилган сенсорларнинг селективлиги табиий газ билан бирга турли манбаларнинг атмосфера ҳавоси таркибида бирга учрайдиган Н2 ва СО иштирокида аниқланган. Ишлаб чиқилган сенсор, углерод оксиди ва водород иштирокида табиий газни селектив аниқлашга имкон беради
Эшбуриев Турсунали Насруллаевич, Джалилов Абдухалил, Мамаджонов Махамададил Мамаджанович, Отабоев Хусан Абдусобирович · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ishda Markaziy Qizilqumning past navli fosforitlarini angidrit rejimida konsentrlangan sulfat kislota bilan ikki bosqichda parchalash yo‘li bilan granulalangan superfosfat olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Turli fosforitlarning parchalanish koeffitsienti ularga sulfat kislota bilan ishlov berish davomiyligiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Ишда ис гази ва метанни назоратида қўлланиладиган газсезгир материалларнинг золь-гель синтезини оптимал шароитлари танланган ва синтез жараёни амалга оширилган. Ишлаб чиқилган яримўтказгичли ва термокаталитик сенсорлар асосида газ аралашмалари таркибидан ис гази ва метанни назорати учун сигнализаторлар тайёрланди. Сигнализаторлар ис газини, табиий метан газини ҳамда суюлтирилган (пропан, бутан) газни турар жой ва ишлаб чиқариш иншоотлари атмосфера ҳавоси таркибидан аниқлаш учун кенг қўлланилиши мумкин.
M.X. Kadirova, V.X. Sabirov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu maqolada mexanokimyo usuli asosida metilen ko‘kning ayrim d-metallar bilan kompleksini sintez qilishni o‘rganish va tavsiflash yoritilgan. Buning uhun kobalt(II) xlorid va metilen ko‘k ob‘ekt sifatida foydalanildi va tahlil qilindi. Komplekslar sintezi mehanokimyoviy usulida reaktivlarni stexiometrik nisbatda agatli xovonchada yupqa massa hosil bo‘lguncha aralashtirib olib borilgan. Olingan reaksion aralashmasiga tomchilatib DMF qo‘shilgan va jarayon bir hil quyuq ko‘k eritma hosil bo‘lguncha davom ettirilgan. Reaksiya eritmasini bir hafta davomida sekin bug‘latish orqali rentgenostruktur tahlil uchun lozim bo‘lgan kristallar olingan. Kristall parametrlari rentgenostruktur taxlil qilingan.
Xodiyeva Nargiza Djurakulovna, Ortiqov Shodiyor, Abduraxmonova Zamira Ergasgboyevna, Eshkobilova Mavjuda Ergashboyevna · Research Focus International Scientific Journal · 2024
metanning termokatalitik sensori uchun selektiv katalizatorlar va optimal sharoitlarni topishdan; zol-gel jarayoni yordamida Zn oksidi asosida selektiv gazga sezgir nanokompozitlarini shakllantirish va uning asosida metan va tabiiy gazning selektiv yarimo‘tkazgichli sensorlarini yaratilishi
Musayev Muhammadjon Aziz o‘g‘li, Z.E. Abduraxmonova, M.E. Eshkobilova · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Metanning elektrokimyoviy sensori bu analitik signalni elektrokimyoviy jarayonning borishi hisobiga yuzaga keluvchi qurilma. Elektrokimyoviy sensorlar suyuq va gazsimon fazada kimyoviy birikmalar (jumladan metan)ni sifat va miqdoriy tahlil qilishga imkon beradi. Zamonaviy elektrokimyoviy sensorlarning sezgir elementi ikkita elektrod va elektrolitdan iborat galvanik element. Bunda elektrolit va eritma tahlil qilinadigan gaz fazadan membrana bilan ajratilgan bo‘ladi.
Изатуллаев Сарвар Абдумоннонович, Ёрбекова Севинч Ёкубджан кизи · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu ishning maqsadi uchlamchi fosfinoksid tuzilishiga ega fosforillangan chumoli kislotalari gidrazidlarini sintez qilishning yangi usullarini ishlab chiqishdan iborat.
Gialuron kislotasi (GK), gialuronat yoki gialuronan - sulfatlanmagan glyukozoaminoglikanlar guruhiga mansub organik birikma. Ushbu birikma olinish usuliga bog‘liq ravishda molekulyar massasi 105 dan 107 daltongacha bo‘lgan anion chiziqli polisaxariddir. GK inson organizmidagi muhim komponent hisoblanadi. Uning biologik faol vazifalariga hujayralarning migratsiyasi, proliferatsiyasi va differensiatsiyasi jarayonlarida ishtirok etish; to‘qimalarning regeneratsiyasi va suv balansini saqlash; hujayralarning yuza retseptorlari bilan bir qator o‘zaro ta‘sirlarda qatnashish; sinovial suyuqlikning zarur qovushqoqligini va bo‘g‘im tog‘aylarining elastikligini ta‘minlash kiradi. Ushbu tadqiqotning maqsadi kollagen parchalanishi inson terisi fibroblastlarida GK sintezining ingibirlanishiga olib keladimi yoki yo‘qligini aniqlashdan iborat edi. Shu tariqa, terining tashqi qarishi davrida kollagenning proteolitik parchalanishi dermal fibroblastlarda GK sintezini qanday ingibirlashi mumkinligi haqidagi yangi mexanizm taqdim etilgan. U embriogenezda va tiklanish jarayonidagi to‘qimalarda mavjud bo‘lgan glikozaminoglikanlar polimeridir. U teridagi suv miqdori uchun javob beradi, organizmdagi gialuron kislotasining yarmi aynan teridadir. Boshqa to‘qimalardagi kabi u tez almashinuvga uchraydi. Uning biologiyasi derma va epidermisda sezilarli farq qiladi. Uning darajasi yosh bilan pasaymaydi, aksincha to‘qimalar bilan tobora ko‘proq bog‘lanib, in vitro ekstraksiyaga chidamli bo‘lib boradi. Bunda gialuronan bilan bog‘lanuvchi oqsillar ishtirok etadi, ularning aksariyati hanuz aniqlanmagan. Gialuron kislotasining o‘lchami uning turli vazifalari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Yuqori molekulyar o‘lcham butun to‘qimalarni hamda antiangiogen va immunodepressiv xossalarni aks ettiradi, kichikroq polimerlar esa xavf signallari va yallig‘lanish hamda angiogenezning kuchli induktorlari hisoblanadi.
Ibrohimjon Abidov, Farhod Fayzullaevich Hoshimov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Fiziologik faol moddalar (FFM) bilan karbamid olish imkoniyati o‘rganildi. Tadqiqotlarda spektrofotometrik aniqlash usullari va natijalarni statistik qayta ishlash qo‘llanildi. Modifikatsiyalangan karbamid tarkibidagi FFM ni monitoring qilish usuli, shuningdek o‘g‘it olish texnologiyasi ishlab chiqildi. Modifikatsiyalangan karbamidda FFM ni kamida 0,026% aniqlik bilan aniqlash usuli ishlab chiqilgan bo‘lib, u modifikatsiyalangan karbamidni yirik tonnajli ishlab chiqarishning texnologik jarayonini nazorat qilish imkonini beradi.
Ibrohimjon Abidov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada ammofos tarkibiga kiritiladigan benzimidazolonlarni spektrofotometrik va gaz xromatografik usullarda aniqlash metodikalarini ishlab chiqish natijalari keltirilgan. Ishlab chiqilgan usullar benzimidazolon birikmalari miqdorini miqdoriy va sifat jihatidan aniqlash imkonini beradi.
Маткаримова Нигора Сагдуллаевна, Давронбекова Диана Джамиль кизи, Таджиева Шахноза Абдувалиевна · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada lesitinning tarkibi, xususiyatlari va navlari, shuningdek, oziq-ovqat sanoatida uni ishlab chiqarishning turli usullari o‘rganiladi. Har xil turdagi o‘simlik xomashyosidan lesitin ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari tahlili o‘tkazildi. Ularning texnologik xossalarini qiyosiy baholash o‘tkazildi va qo‘llanish doirasi ko‘rib chiqildi. Natijada, uni ishlab chiqarish manbai lesitinning xususiyatlariga katta ta‘sir ko‘rsatadi, deb aytishimiz mumkin.