Maqola
Natijalarni aniqlashtiring, tahlil qiling yoki eksport qiling.
2 404 natija
Maqola
2 404 natijaTartib: ko‘p iqtibos olganlari birinchiAvval ReLibrary iqtiboslari, keyin OpenAlex, keyin Crossref bo‘yicha — raqamlar qo‘shilmaydi; teng bo‘lsa, yangisi oldinda.Eng yangilarini birinchi ko‘rsatish
- Ochiq kirishMaqola
QAYTA TIKLANUVCHI ENEGIYA MANBALARI ASOSIDA KOMBINATSIYALANGAN SHAMOL QUYOSH ENERGIYA QURILMANING TAHLILI
Yusupov Dilshodbek Turdaliyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada dunyo bo‘yicha kombinatsiyalangan shamol va quyosh energiya qurilmalari bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari tahlil qilingan. Energiya qurilmalarning afzallik va kamchiliklari haqida ma‘lumotlar berilgan. Energiya majmualar tahlili asosida O‘zbekistonda kombinatsiyalangan energiya majmualarni ishlab chiqish va ulardan samarali foydalanish usullari keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
BINO BILAN INTEGRATSIYALASHGAN FOTOELEKTRIK TIZIMLAR
SH.O.Bebitov. F.F.Sodiqov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Quyosh fotoelektrik tizimlarini odatda “Building Integrated Photovoltaiss” (BIPV) deb ataladigan qurilish inshootlariga integratsiyalashuvi barqaror energiya sektoridagi muhim innovatsiyadir. BIPV texnologiyalari energiya ishlab chiqarish va qurilish dizaynini birlashtirib, uglerod chiqindilarini kamaytirish, energiya xarajatlarini tejash va yaxshilangan me‘moriy estetika kabi ko‘plab afzalliklarni taqdim etadi. Ushbu maqolada BIPV texnologiyalarining turlari, qayerlarda qo‘llanilishi, ular qurilgan muhitda toza energiya ishlab chiqarish, hamda O‘zbekistonda BIPV tehnalogiyasining nechog‘lik zarurligi haqida ko‘rib chiqiladi. BIPV texnologiyalari so‘ngi bir necha o‘n yilliklarda atrof-muhit muammolari, energiya samaradorligini oshirish qoidalari va qayta tiklanadigan energiya manbalariga talab ortib borayotgani tufayli sezilarli darajada rivojlandi.
- Ochiq kirishMaqola
SOLAR PANELS NOT FULLY EMPLOYED IN MINGBULOQ DISTRICT, NAMANGAN PROVINCE
Rajabov Jamoliddin Bakhtiyar o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari - tabiiy ravishda o‘z-o‘zidan tiklanadigan va ekologik jihatdan barqaror deb hisoblanadigan resurslardir. Ular issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) butun dunyoda tobora ommalashib bormoqda, chunki bu manbalar cheklangan va global isishga sezilarli hissa qo‘shadigan qazilma yoqilg‘idan farqli o‘laroq vaqt o‘tishi bilan tugamaydi va shu bois barqaror hisoblanadi. Xalqaro energetika agentligining (XEA) rasmiy hisobotiga ko‘ra, 2019 yildan boshlab elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun qazilma yoqilg‘idan foydalanishga bo‘lgan talab pasaya boshladi va global energiya ehtiyojlarini qondirish uchun QTEM dan foydalanish ortdi. Ushbu ishda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida to‘liq o‘rnatilmagan va ishga tushirilmagan bir necha obyektlar, shuningdek, muammoni hal qilish yo‘llari bo‘yicha takliflar keltirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
HISOBLASH TAFAKKURI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR
Mastonov Jahongir Mamatqul o‘g‘li · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Kompyuterlar va aqlli qurilmalar hayotimizning har doimgidek asosiy qismiga aylandi. Kompyuterlar va kompyuterlar tomonidan boshqariladigan qurilmalar tibbiyotdan tortib mashinasozlik, to‘qimachilik ishlab chiqarishigacha bo‘lgan barcha sohalarda qo‘llaniladi. Kompyuterlar muqarrar ravishda tarqalib ketgan sohalardan biri bu ta‘lim va kompyuterlarni boshqarish yoki ularni boshqarish darajasi va samaradorligini oshirishning asosiy shartlaridan biri bu inson va kompyuter o‘zaro ta‘sirini iloji boricha samarali qilishdir. "Kompyuterga o‘xshash fikrlash" yoki "Kompyuter tafakkuri" deb nomlanuvchi ushbu samarali va samarali kompyuterdan foydalanish jarayoni bizning jadal rivojlanayotgan dunyomizda individual va ijtimoiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va sezilarli iqtisodiy foyda keltirishi mumkin bo‘lgan soha sifatida qaraladi. Ushbu sohaning asosiy tushunchalari va ko‘lami turli tadqiqotchilar tomonidan turli yo‘llar bilan tasvirlangan. Xuddi shunday, tadqiqotchilar ham Hisoblash tafakkurining potentsial afzalliklariga nisbatan alohida tanqidiy qarashlarni ilgari surdilar. Ushbu tadqiqot birinchi navbatda manba adabiyotlariga murojaat qilish orqali Hisoblash tafakkuri tushunchasini aniqlash, so‘ngra ushbu sohaga oid ayrim tanqidlarning maqsadlarini tahlil qilish va hisoblash tafakkurining asosiy elementlari va ushbu elementlar bo‘yicha zamonaviy tadqiqotlarni muhokama qilishdan iborat.
- Ochiq kirishMaqola
EFFECT OF VERTICAL LOADING APPLIED TO A DOUBLE-DISC COULTER OF SEED DRILL FOR PLANTING REPEATED CROPS ON AN UNCULTIVATED LAND ON ITS PERFORMANCE
Abdusalim Tukhtakuziev, Abdurakhmon Rasuljonov, Shuhrat Azizov, Nargiza Temirkulova · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Maqolada ishlov berilmagan tuproqda seyalkaning ikki diskli soshnigiga qo‘yilgan vertikal yuklamaning uning ish ko‘rsatkichlariga, ya‘ni diskli soshnik ochadigan ekish egatining chuqurligi va uning o‘rtacha kvadratik og‘ishiga hamda seyalka soshnigining tortish qarshiligiga ta‘sirini aniqlash bo‘yicha eksperimental tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ishlov berilmagan tuproqqa takroriy ekinlarni ekish uchun mo‘ljallangan seyalka mavjud agrotexnik talablar darajasida ishlashi uchun ikki diskli soshnikka beriladigan vertikal yuklama kamida 250 N bo‘lishi kerakligi aniqlandi.
- Ochiq kirishMaqola
ТАБИИЙ ГАЗ (МЕТАН) НИ АНИҚЛОВЧИ СЕНСОР (ЯЎС-СН4) НИНГ СИГНАЛИНИНГ БАРҚАРОРЛИГИ ВА СЕЛЕКТИВЛИГИНИ ТЕКШИРИШ
Eshqobilova M.E, Erdanov F. F., Ravshanov M. I · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ишда SiO2/ZnO-10%CoO+ПЭГ таркибли газсезгир материал асосида ишлаб чиқилган метанни аниқловчи яримўтказгичли сенсор ЯЎС-СН4 нинг ишлаш ресурси ва сигналининг селективлиги текширилган. Ўтказилган синовларда сенсор сигнали қисқа оралиғда ўзгарган ва бу ўзгариш натижасида юзага келган хато қиймати жуда кичик бўлиб таҳлил натижаларига сезиларли таъсир кўрсатмайди. Табиий газ учун ишлаб чиқилган сенсорларнинг селективлиги табиий газ билан бирга турли манбаларнинг атмосфера ҳавоси таркибида бирга учрайдиган Н2 ва СО иштирокида аниқланган. Ишлаб чиқилган сенсор, углерод оксиди ва водород иштирокида табиий газни селектив аниқлашга имкон беради
- Ochiq kirishMaqola
РАЗРАБОТКА ТЕХНОЛОГИИ ПОЛУЧЕНИЯ ГРАНУЛИРОВАННОГО СУПЕРФОСФАТА В АНГИДРИТНОМ РЕЖИМЕ
Эшбуриев Турсунали Насруллаевич, Джалилов Абдухалил, Мамаджонов Махамададил Мамаджанович, Отабоев Хусан Абдусобирович · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ishda Markaziy Qizilqumning past navli fosforitlarini angidrit rejimida konsentrlangan sulfat kislota bilan ikki bosqichda parchalash yo‘li bilan granulalangan superfosfat olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Turli fosforitlarning parchalanish koeffitsienti ularga sulfat kislota bilan ishlov berish davomiyligiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
- Ochiq kirishMaqola
AFFILIATSIYA MOTIVATSIYASINING O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI MUNOSABATLARIDAGI O‘RNI
Djumanov Sherali Zakirovich, Nomozova Latofat Sodiq qizi, Hakimova Mahliyo Hakim qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur maqolada ta‘lim jarayonida jarayonining samaradorligiga affiliatsiya motivatsiyasini ta‘siri, kelajakda o‘quvchi yoshlar kommunikativ muvaffaqiyati hamda kasbiy kompetenligini belgilab beruvchi affiliatsiya motivni shakllantirish bo‘yicha nazariy tavsiyalar berilgan. Maqoladan pedagogik jarayonida kasbiy o‘z-o‘zini anglashining tarkib toptirish bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin.
- Ochiq kirishMaqola
AFFILIATSIYA MOTIVATSIYASINING O‘QITUVCHI VA O‘QUVCHI MUNOSABATLARIDAGI O‘RNI
Djumanov Sherali Zakirovich, Nomozova Latofat Sodiq qizi, Hakimova Mahliyo Hakim qizi · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Mazkur maqolada ta‘lim jarayonida jarayonining samaradorligiga affiliatsiya motivatsiyasini ta‘siri, kelajakda o‘quvchi yoshlar kommunikativ muvaffaqiyati hamda kasbiy kompetenligini belgilab beruvchi affiliatsiya motivni shakllantirish bo‘yicha nazariy tavsiyalar berilgan. Maqoladan pedagogik jarayonida kasbiy o‘z-o‘zini anglashining tarkib toptirish bilan shug‘ullanuvchilar foydalanish mumkin.
- Ochiq kirishMaqola
BINO VA INSHOOTLAR MUSTAHKAMLIGI HAMDA SEYSMIK XAVFSIZLIGI.
Ahmadjon Muxtorjonov · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Bu mavzu bino va inshootlar mustahkamligi hamda seysmik xavfsizligi sohasidagi muhim muammolarga bag‘ishlangan.
- Ochiq kirishMaqola
YANGI DAVR O‘ZBEK TEATRI REJISSURASINING ZAMONAVIY MASALALARI
Doston Haqberdiyev · Research Focus International Scientific Journal · 2024
O‘zbek teatri rejissurasi XX asr avvalida shakllanib, qariyb bir asr mobaynida rivojlanib ulgurdi. Bugun biz bunyod etayotgan yangi hayot, yangi jamiyatning ma‘naviy asoslarini san‘at vositasida yanada mustahkamlashda teatr san‘ati rejissurasi muhim ahamiyatga egadir. Maqolada yangi davr o‘zbek teatri rejissurasining zamonaviy masalalari haqida so‘z yuritilgan. Keltirilgan ma‘lumotlar asosida teatr rejissurasining bugungi kundagi ahamiyati, amalga oshirilgan ishlar, uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni xususida tahliliy fikrlar aytib o‘tilgan.
- Ochiq kirishMaqola
СИНТЕЗ НОВЫХ АНАЛОГОВ КАПАХА
Иззатуллаев Сарвар Абдуманнонович, Эшмаматова Захро Гайратовна, Эшкобилова Мавжуда Эргашбоевна · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ushbu tadqiqotning obyektlari fosforlangan chumoli kislotalari gidrazidlari va ularning prekursorlaridir. «P(III) xlorid + aproton dexloroalkoksillovchi agent» ikki komponentli tizimga elektrofil xarakterdagi uchinchi reagent – alkilxlorchumoli efirini kiritish orqali fosforlangan chumoli kislotalari efirlarini – Kapaxning yangi analoglari prekursorlarini olishning yangi usuli ishlab chiqilgan; «Kapax»ning yangi analogi – fosforlangan chumoli kislotasi gidrazidi sintezi amalga oshirilgan.
- Ochiq kirishMaqola
СОҒЛОМ ЖАМИЯТ БАРПО ЭТИШДА АЖДОДЛАР МЕРОСИ ВА УМУМЖАҲОН ЦИВИЛИЗАЦИЯСИНИНГ ТУТГАН ЎРНИ
Yuldashev Soatboy Jiyanboyevich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Бундан Х аср муқаддам буюк қомусий олим, юртдошимиз Абу Али Ибн Сино “Саломатликни сақлашнинг асосий маҳорати, инсон ҳаёти учун муҳим бўлган умумий омиллар мўтадиллигини таьминлашдан иборатдир” деган эди. Бу ўринда буюк аждодимиз қомусий олим ва ҳаким Абу Али Ибн Сино шахси ва фаолияти умумамалиёт шифокорининг мумтоз миллий модули бўлиши шубҳасиз. Фикримизнинг далили сифатида Абу Али Ибн Синонинг 40 дан ортиқ асарлари асосан “Тиб қонунлари” ва алломанинг қатор фалсафий-тиббий асарларини келтиришимиз мумкинки бундай тимсол ҳеч бир халқда йўқ десак муболаға бўлмайди. Ибн Синонинг беқиёс, кўп қиррали фаолияти – табиблик, жарроҳлик, доялик, доришунослик ва ҳамма ёшдагиларни даволаш, касалликларнинг олдини олиш, руҳшунослиги ва файласуфлиги умумамалиёт шифокорларини якинлаштириш лозим бўлган XXI аср андозасики, бунга биринчи навбатда биз – Ибн Сино ватандошлари лойиқ бўлишимиз лозим
- Ochiq kirishMaqola
ВЫБОР МЕТОДА ГРАВИТАЦИОННОЙ ХИРУРГИИ В ЛЕЧЕНИИ СТЕРОИД-ЗАВИСИМЫХ И СТЕРОИД-РЕЗИСТЕНТНЫХ ФОРМ НЕСПЕЦИФИЧЕСКОГО ЯЗВЕННОГО КОЛИТА
Шодмонов А.А, Рустамов И.М. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ishda nospetsifik yarali kolit tashxisi tasdiqlangan 102 nafar bemorni kompleks tekshirish va davolash natijalariga asoslangan klinik material tahlil qilingan. Plazmaferez seanslarini o‘tkazishda kortikosteroidlarning minimal dozalarini qo‘llaganda, standart terapiya bilan solishtirganda, nospetsifik yarali kolitning steroidga bog‘liq va steroidga chidamli shakllari bo‘lgan bemorlarda remissiyaga erishish ko‘proq kuzatiladi (22% dan 96% gacha), kortikosteroidlarni uzoq muddat qabul qilishdan kelib chiqadigan asoratlar sezilarli darajada kamaydi, qo‘llab-quvvatlovchi terapiyani to‘liq bekor qilish imkoniyatiga erishildi, bu esa pirovard natijada ushbu toifadagi bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga olib keladi.
- Ochiq kirishMaqola
СОВРЕМЕННЫЙ ПОДХОД К ВЫБОРУ ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ РЕКТОВАГИНАЛЬНЫХ СВИЩЕЙ
Рустамов Иноятулла Мурадулла угли · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Rektovaginal oqmalarning uchrash chastotasi yiliga 100000 aholiga 1 holatni tashkil etadi. Ushbu patologiyaning ko‘p etiologiyaliligi tufayli rektovaginal oqmali bemorlar soni ancha ko‘p. Eng keng tarqalgan davolash usullari quyidagilar: oqmani ichak bo‘shlig‘iga kesish yoki kesib olish, sfinkteroplastika (oqmani kesib olish), segmentar proktoplastika (oqmani kesib olish bilan birga to‘g‘ri ichakning shilliq-shilliqosti, shilliq-mushak yoki to‘liq qavatli qopqog‘ini anal kanalga siljitish). Ushbu operatsiyalarning samaradorligi o‘rtacha 50-70% ni tashkil etadi, bu esa mazkur patologiyaning yechimini izlash masalasini ochiq qoldiradi. SamDTU ko‘p tarmoqli klinikasida past rektovaginal oqmalarni to‘laqonli shilliq-mushak qopqog‘ini tushirish yo‘li bilan davolash usuli qo‘llanildi. Rektovaginal oqma tashxisi bilan 30 dan 54 yoshgacha bo‘lgan (o‘rtacha yosh 38,8±7,9 yil) 7 nafar bemor ayol operatsiya qilindi. Oqma o‘lchamlari diametri bo‘yicha 0,8-1,1 sm gacha edi. Tekshirilgan bemorlar guruhida asoratlar va retsidivlar kuzatilmadi.
- Ochiq kirishMaqola
ЗНАЧЕНИЕ КОМПЛЕКСНОГО ХИРУРГИЧЕСКОГО ЛЕЧЕНИЯ ПРИ ИНФЕКЦИОННОЙ ОСЛОЖНЕНИЯ САХАРНОГО ДИАБЕТА
Абдуллаев С.А, Рустамов И.М. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Jarrohlik infeksiyalarini davolash zamonaviy jarrohlikning asosiy muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda. Ma‘lumki, qandli diabet va uning eng xavfli asoratlari sonining yildan-yilga ortishi munosabati bilan yiringli-nekrotik asoratlar 30-40% ni tashkil etadi. Qandli diabetda yumshoq to‘qimalarning yallig‘lanish asoratlari holatlarning 44% ida sepsisga sabab bo‘ladi. Bizning kuzatuvimizda qandli diabet bilan og‘rigan 58 nafar bemorda diabetik oyoq va yumshoq to‘qimalardagi yiringli-yallig‘lanish asoratlari tashxislangan. O‘z vaqtida tashxis qo‘yish bunday xavfli asoratlarni davolashda dolzarb masala hisoblanadi. Yumshoq to‘qimalarning diabetik yiringlanishi va diabetik oyoq sindromida mikroqon tomirlardagi o‘zgarishlarni aniqlash uchun UTT, rentgenografiya, dopplerografik KT va MSKT qo‘llaniladi. Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlarda mikroangiopatiya tez rivojlanadi. So‘nggi yillarda biz kontrastli angiografiyadan voz kechdik. Barcha bemorlarimizga qisqa muddatda jarrohlik davosi o‘tkazildi: aniqlangan flegmonoz abssesslar ochildi, ya‘ni nekrotik to‘qimalardan tozalandi.
- Ochiq kirishMaqola
STUDYING THE PHARMACOLOGICAL EFFECTIVENESS OF THE USE OF THE DRUG "ADVANTAN" ON THE COURSE OF ATOPIC DERMATITIS IN CHILDREN
Mamarizaev Ibrohim Komilzhonovich · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Atopik dermatit surunkali retsidivlanuvchi kechishga ega bo‘lib, ko‘pincha ikkilamchi infeksiya bilan asoratlanadi hamda adekvat va doimiy tashqi terapiyani talab qiladi. Ushbu maqola atopik dermatitda (AD) Advantanni tashqi qo‘llashning klinik ta‘sirlari sharhiga bag‘ishlangan.
- Ochiq kirishMaqola
ЭФФЕКТИВНОСТЬ ХЕМОБЕНА ПРИ ЛЕЧЕНИИ БОЛЬНЫХ С ГЛУБОКИМИ ОЖОГАМИ В СТАДИИ ТОКСЕМИИ
Юнусов О.Т., Юнусова Г.Ф. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Ish 2023-2024 yillarda Shoshilinch tibbiyot respublika ilmiy markazi Samarqand filialining kombustiologiya bo‘limida davolangan 17 dan 75 yoshgacha bo‘lgan termik jarohatli 105 nafar jabrlanuvchini (37 ayol va 68 erkak) davolash natijalari tahliliga asoslangan. Klinik baholash quyidagi mezonlarni o‘z ichiga oldi: ajralmalarning miqdori va tabiati; qon oqayotgan yaralar; donor sohalar va ko‘chirib o‘tkazilgan autodermograftlarning epitelizatsiya muddatlari; epitelizatsiyaning to‘liqligi; yara og‘rig‘ining ifodalanganligi. Autodermoplastika vaqtida yaraga qon to‘xtatuvchi Ksemoben preparatini mahalliy bir marta surtish transplantatning tez ildiz otishiga ko‘maklashadi, teri qopqoqlarining tez va to‘liq ildiz otishini ta‘minlaydi. Kuygan bemorlarda erta nekrektomiya va autodermoplastika natijalarini mahalliy qon to‘xtatuvchi Ksemoben vositasini qo‘llash hisobiga yaxshilash bemorlarni statsionardan ertaroq chiqarish va ularning kundalik hayotga qaytishiga imkon beradi.
- Ochiq kirishMaqola
ВЛИЯНИЕ КОНСЕРВАТИВНОГО И ХИРУРГИЧЕСКОГО МЕТОДА ЛЕЧЕНИЯ ГЛУБОКОГО ОЖОГА КОЖИ НА СИСТЕМУ СВЕРТЫВАНИЯ КРОВИ
Юнусов О.Т., Юнусова Г.Ф. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Biz termik shikastlanishlarda sellyuloza hosilalari asosidagi polikompozitsion polimerni qo‘llash metodikasini ishlab chiqdik. Uchinchi darajali kuyishi bo‘lgan bemorlarda nekrektomiya va teri qopqog‘i alloplastikasi vaqtida qon ketishini to‘xtatish uchun Xemobenni qo‘lladik. Og‘ir termik jarohatlarda gemostazni tegishli tuzatishni talab qiluvchi DVS-sindrom rivojlanadi. Bu sharoitlarda Xemobenni nekrektomiya va autodermoplastika vaqtida qo‘llash terapiya samaradorligini sezilarli darajada oshirdi, jabrlanganlarning statsionarda bo‘lish muddatini qisqartirdi va o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirdi. Preparatning ijobiy ta‘siri mexanizmi uning koagulyatsion gemostazning tashqi va ichki yo‘llariga ta‘siri hamda transplantatning tez va to‘liq ildiz otishini ta‘minlovchi adgeziv qobiliyati bilan bog‘liq.
- Ochiq kirishMaqola
CONDITION OF HEMOSTASIS SYSTEM AT EXPOSURE OF THE THERMAL AGENT DURING TOXEMIA IN BURN DISEASE
Yunusov O.T., Yunusova G.F. · Research Focus International Scientific Journal · 2024
Gomeostaz buzilishlarining informativ ahamiyati og‘irlik darajasi bo‘yicha baholandi, so‘ngra prognostik algoritmlar ishlab chiqildi va ularning samaradorligi tekshirildi. Shuni ta‘kidlash kerakki, barcha bemorlarda tana yuzasining 10% dan 45% gacha bo‘lgan chuqur kuyishlari bor edi. Aynan shu jabrlanganlar informativ ahamiyatni baholash va prognostik algoritmni ishlab chiqish vazifalari hal etilgan asosiy massivni tashkil etdi. Adekvat operatsiyaoldi tadbirlari plazma yo‘qotishning yengil va o‘rta darajasi bo‘lgan bemorlarda ham qon aylanish tizimi, ham qon ivish tizimi ko‘rsatkichlarini yaxshilash imkonini berdi.