Asosiy mazmunga o‘tish

Vabo qo‘zg‘atuvchisining tarqalishining oldini olish istiqbollari

Bazarova Gulnora RustamovnaAlfraganus universiteti2026

KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 439–441

Annotatsiya

vabo qo‘zg‘atuvchisining tarqalishining oldini olish, davolash va tashxis qo‘yish bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni hal etish bugungi kunning o‘ziga xos muammolaridan biri hisoblanadi. Suv havzalarida genetik jihatdan bog‘liq turlarning ko‘payishi va/yoki mamlakatga tashqaridan kirib kelishi natijasida Vibrio cholerae populyatsiyasining tanlanishi aholi salomatligiga iqtisodiy zarar yetkazadi, bu esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Vabo qo‘zg‘atuvchisini o‘rganishda olingan ma‘lumotlarning ishonchliligi, o‘tkazilgan chora-tadbirlar va e‘tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaПерспективы предотвращения распространения возбудителя холеры

решение многих проблем, связанных с предотвращением распространения, лечением и диагностикой возбудителя холеры, является одной из специфических проблем современности. Выбор популяции Vibrio cholerae в результате размножения генетически связанных видов в водоемах и/или их проникновения в страну извне наносит экономический ущерб здоровью населения, что приводит к негативным последствиям. Приведены достоверность полученных данных при изучении возбудителя холеры, проведенные мероприятия и аспекты, на которые следует обратить внимание.

inglizchaProspects for preventing the spread of cholera pathogens

solving many problems related to preventing the spread, treatment, and diagnosis of the cholera pathogen is one of the specific problems of our time. The selection of Vibrio cholerae populations as a result of the reproduction of genetically related species in water bodies and/or their penetration into the country from outside causes economic damage to public health, leading to negative consequences. The reliability of the data obtained during the study of the cholera pathogen, the measures taken, and aspects to be considered are presented.

Kalit so‘zlar

  • vabo qo‘zg‘atuvchisi
  • Vibrio cholerae
  • oldini olish
  • chora-tadbirlarni o‘tkazish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr

V INFEKSION KASALLIKLAR, IMMUNOLOGIYA VA LABORATOR DIAGNOSTIKA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010124

VABO QO‘ZG‘ATUVCHISINING TARQALISHINING OLDINI OLISH ISTIQBOLLARI Bazarova Gulnora Rustamovna, dotsent (DSc) Alfraganus University, Toshkent, O‘zbekiston Respublikasi ORCID iD: 0009-0006-7621-2642 E-mail: g.bazarova@afu.uz Annotatsiya: vabo qo‘zg‘atuvchisining tarqalishining oldini olish, davolash va tashxis qo‘yish bilan bog‘liq ko‘plab muammolarni hal etish bugungi kunning o‘ziga xos muammolaridan biri hisoblanadi. Suv havzalarida genetik jihatdan bog‘liq turlarning ko‘payishi va/yoki mamlakatga tashqaridan kirib kelishi natijasida Vibrio cholerae populyatsiyasining tanlanishi aholi salomatligiga iqtisodiy zarar yetkazadi, bu esa salbiy oqibatlarga olib keladi. Vabo qo‘zg‘atuvchisini o‘rganishda olingan ma’lumotlarning ishonchliligi, o‘tkazilgan chora-tadbirlar va e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: vabo qo‘zg‘atuvchisi, Vibrio cholerae, oldini olish, chora-tadbirlarni o‘tkazish. ПЕРСПЕКТИВЫ ПРЕДОТВРАЩЕНИЯ РАСПРОСТРАНЕНИЯ ВОЗБУДИТЕЛЯ ХОЛЕРЫ Базарова Гулнора Рустамовна, доцент (DSc) Alfraganus University, Ташкент, Республика Узбекистан ORCID iD: 0009-0006-7621-2642 E-mail: g.bazarova@afu.uz Аннотация: решение многих проблем, связанных с предотвращением распространения, лечением и диагностикой возбудителя холеры, является одной из специфических проблем современности. Выбор популяции Vibrio cholerae в результате размножения генетически связанных видов в водоемах и/или их проникновения в страну извне наносит экономический ущерб здоровью населения, что приводит к негативным последствиям. Приведены достоверность полученных данных при изучении возбудителя холеры, проведенные мероприятия и аспекты, на которые следует обратить внимание. Ключевые слова: возбудитель холеры, Vibrio cholerae, профилактика, проведение мероприятий PROSPECTS FOR PREVENTING THE SPREAD OF CHOLERA PATHOGENS Bazarova Gulnora Rustamovna, Associate Professor (DSc) Alfraganus University, Tashkent, Republic of Uzbekistan E-mail: g.bazarova@afu.uz Abstract: solving many problems related to preventing the spread, treatment, and diagnosis of the cholera pathogen is one of the specific problems of our time. The selection of Vibrio cholerae populations as a result of the reproduction of genetically related species in water bodies and/or their penetration into the country from outside causes economic damage to public health, leading to negative consequences. The reliability of the data obtained during the study of the cholera pathogen, the measures taken, and aspects to be considered are presented.

IQTIBOS UCHUN Bazarova G.R. Vabo qo‘zg‘atuvchisining tarqalishining oldini olish istiqbollari // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 439–441. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010124

Keywords: cholera pathogen, Vibrio cholerae, prevention, implementation of measures Kirish Jahonda vabo bo‘yicha epidemiologik vaziyatning tahlili va O‘zbekistonda uzoq yillardan buyon vaboga qarshi kurash amaliyotining keng qamrovli materiallari shuni ko‘rsatadiki, ushbu o‘ta xavfli infeksiyaning oldini olish XXI asrda ham davlatimiz uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. Bu, birinchi navbatda, respublikaning barcha hududlariga taalluqlidir. Respublikaning jadal rivojlanayotgan eng obod shaharlari, sifatli suv, kanalizatsiya, sanitariya-tozalash vositalari, davolash-profilaktika, sanitariya-epidemiologiya, ilmiy-tibbiyot muassasalarining qudratli tarmog‘i bilan boshqalardan yaxshiroq ta’minlangan bo‘lsa-da, gidrosferaning ekologik nosozligini boshdan kechirmoqda. Bu esa suv arteriyalarining korxonalarning ishlab chiqarish oqovalari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining neft mahsulotlari, shaharlar atrofidagi va qishloqdagi kanalizatsiya qilinmagan xonadonlar, chorvachilik xo‘jaliklari, tabiiy chiqindixonalarning maishiy oqovalari bilan ifloslanishi bilan bog‘liqdir. Metodologiya Vabo qo‘zg‘atuvchisining epidemiologik tekshirish usullaridagi populyatsiyaning tarqalish usullarining holatiga e’tibor qaratilgan. Natijalar va muhokama Natijada, yer usti suv havzalari tabiiy suv biotsenozlarini buzuvchi va shu bilan birga patogen mikrofloraning, shu jumladan vabo vibrionlarining ko‘payishiga yordam beruvchi moddalar bilan to‘yinadi. Shunday qilib, mamlakatimizning yer usti suv havzalaridan tekshiruv natijalarida 600 dan ortiq 01 El-Tor vabo vibrionlari shtammlari ajratib olindi, bu respublikaning barcha ma’muriy tumanlarida ajratib olingan bunday shtammlarning umumiy sonining deyarli 10 foizini tashkil etdi. Ularning aksariyati vabo qo‘zg‘atuvchisining kuchsiz virulentli va avirulentli variantlariga mansub hisoblanadi, ammo ba’zi shtammlar o‘z xususiyatlariga ko‘ra epidemik xavfli turlarga tegishliligi ham aniqlangan. Bemorlar va vibrion tashuvchilarni o‘z vaqtida aniqlash, tegishli epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar infeksiya tarqalishiga yo‘l qo‘ymadi. Biroq ushbu soha bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, ular tanqisligini bartaraf etish zarurdir – bu esa faktligicha qolmoqda. Vabo epidemiyasi rivojlanishi mumkinligining yana bir muhim sababi qo‘zg‘atuvchining chet eldan kirib kelishidir. Buning oldini olish uchun chet eldan mamlakatimizga kirib kelish chegara tekshiruv punktlarida nazoratni kuchaytirishni talab qiladi. Klassik vabo og‘ir o‘tadi, bemor yotib qoladi, kasallik belgilari (tez-tez ich ketishi, qusish, buning oqibatida organizmning suvsizlanishi, shuningdek, haroratning pasayishi, mushaklarning taranglashishi va intoksikatsiyaning boshqa belgilari, yurak urishining susayishi va h.k.) aksariyati aniq ko‘rinadi, shunga ko‘ra kasallik vabo boshlanishi bilanoq tez aniqlanganda, uning tarqalishi cheklanadi. Vaboning El-Tor turi aksariyat hollarda yengil kechadi. Kasallik belgilari bo‘lmagan holda vibrionlarni tashib yuruvchi odamlar ko‘proq uchraydi, shu sababli El-Tor vabosini aniqlash klassikani aniqlashga nisbatan qiyinroq, shuning uchun El-Tor vibrionida bir mamlakatdan ikkinchisiga o‘tish va keng tarqalish imkoniyatlari katta. Ushbu belgilarni doimo inobatga olish zarurdir. Xulosa Demak, barcha hududlar bo‘yicha epidemiologik nazoratni samarali tashkil etish uchun yetarlicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, kasallik qo‘zg‘atuvchilarini tezroq aniqlash uchun zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, kerakli ingrediyentlar bilan ta’minlashni markazlashgan holatga erishish, malakali kadrlar tanqisligini bartaraf etish hamda mutaxassislar malakasini oshirish bugungi kunning dolzarb talabi ekanligini ta’kidlash zarurdir.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Bazarova G.R. Vabo kasalligi tarqalishining yangi bosqichlari. I-InternationaL symposium on academic research and innovation “Academic renaissance in the medical education system: reforms for sector development and enhancing the quality of the private sector”. CARGIS Vol
  2. Актуальные проблемы холеры / Под ред. В.И. Покровского, Г.Г. Онищенко. – М.: ГОУ ВУНМЦ МЗ РФ, 2000 – 384 с.
  3. https://mymedic.uz/kasalliklar/infektsion/vabo/.
  4. Лучшев Владислав Иванович, Жаров С. Н., Кузнецова И. В. Холера // Российский медицинский журнал. 2012. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/holera.
  5. Ющук Н.Д., Венгеров Ю.Я. Лекции по инфекционным болезням: в 2 т. - М.: ГЭОТАР- Медиа, 2016. - Т. 2. - 592 с.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014810
Nashr sanasi
2026-10-30
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
Jild
1
Son
8
DOI
10.66073/refocus-conf/3010124
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
439–441
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03