Asosiy mazmunga o‘tish

Tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mikrobiologik monitoring tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini baholash

Jabborova Sabohat Jalil kizi«Nukus Med Tex» korxonasi2026

KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 365–366

Annotatsiya

Tezisda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mikrobiologik monitoring tizimini tashkil etish, takomillashtirish va samaradorligini baholash masalalari yoritilgan. Ishlab chiqarish muhiti mikrobiologik holatini muntazam nazorat qilish mahsulot xavfsizligini ta‘minlash va biologik xavflarning oldini olishga xizmat qiladi. Monitoringda ishlab chiqarish havosi, ishchi yuzalar, texnologik jihozlar, xodimlar qo‘llari va ishlab chiqarilayotgan buyumlar nazorat qilinadi. Natijalarni tizimli qayd etish va dinamik tahlil qilish profilaktik hamda tuzatuvchi choralarni o‘z vaqtida belgilash imkonini beradi.

Boshqa tillarda

ruschaСовершенствование системы микробиологического мониторинга на предприятиях по производству медицинских изделий и оценка её эффективности

В тезисе освещены вопросы организации, совершенствования и оценки эффективности системы микробиологического мониторинга на предприятиях по производству медицинских изделий. Регулярный контроль микробиологического состояния производственной среды направлен на обеспечение безопасности продукции и предупреждение биологических рисков. В рамках мониторинга контролируются воздух производственных помещений, рабочие поверхности, технологическое оборудование, руки персонала и выпускаемые изделия. Систематическая регистрация результатов и их анализ в динамике позволяют своевременно определять профилактические и корректирующие меры.

inglizchaImproving the microbiological monitoring system at medical device manufacturing enterprises and evaluating its effectiveness

The paper addresses the organization, improvement and evaluation of the effectiveness of the microbiological monitoring system at enterprises manufacturing medical devices. Regular control of the microbiological status of the production environment helps to ensure product safety and prevent biological risks. Monitoring covers the air of production premises, work surfaces, process equipment, the hands of personnel and the devices being manufactured. Systematic recording of results and their trend analysis make it possible to determine preventive and corrective actions in a timely manner.

Kalit so‘zlar

  • tibbiyot buyumlari
  • mikrobiologik monitoring
  • mikrobiologik nazorat
  • ishlab chiqarish muhiti
  • havo mikroflorasi
  • ishchi yuzalar
  • sanitariya-gigiyena
  • dezinfeksiya
  • mikrobiologik xavfsizlik

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr

IV TUPROQ, SUV, EKOLOGIYA VA SANITARIYA MIKROBIOLOGIYASI DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010103

TIBBIYOT BUYUMLARI ISHLAB CHIQARUVCHI KORXONALARDA MIKROBIOLOGIK MONITORING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH VA UNING SAMARADORLIGINI BAHOLASH Nukus Med Tex korxonasi mikrobiologi Jabborova Sabohat Jalil qizi Annotatsiya: Tezisda tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mikrobiologik monitoring tizimini tashkil etish, takomillashtirish va samaradorligini baholash masalalari yoritilgan. Ishlab chiqarish muhiti mikrobiologik holatini muntazam nazorat qilish mahsulot xavfsizligini ta’minlash va biologik xavflarning oldini olishga xizmat qiladi. Monitoringda ishlab chiqarish havosi, ishchi yuzalar, texnologik jihozlar, xodimlar qo‘llari va ishlab chiqarilayotgan buyumlar nazorat qilinadi. Natijalarni tizimli qayd etish va dinamik tahlil qilish profilaktik hamda tuzatuvchi choralarni o‘z vaqtida belgilash imkonini beradi. Kalit so‘zlar: tibbiyot buyumlari, mikrobiologik monitoring, mikrobiologik nazorat, ishlab chiqarish muhiti, havo mikroflorasi, ishchi yuzalar, sanitariya-gigiyena, dezinfeksiya, mikrobiologik xavfsizlik. Kirish Ishlab chiqarish muhitidagi mikroorganizmlar mahsulotning mikrobiologik holatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli ishlab chiqarish xonalari va texnologik jarayonlarning sanitariya-mikrobiologik holatini muntazam nazorat qilish zarur. Monitoring kontaminatsiya darajasini aniqlash, uning dinamikasini kuzatish va potensial xavf manbalarini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi. Bunda mikroorganizmlar havodan, xodimlar faoliyatidan hamda ishchi yuzalar va jihozlardan mahsulotga o‘tishi mumkin. Shu sababli nazorat faqat tayyor buyumlar bilan cheklanmay, ishlab chiqarish muhitining mikrobiologik holatini ham qamrab olishi lozim. Nazorat natijalarini belgilangan mezonlar asosida baholash va muntazam qayd etish biokontaminatsiya manbalarini aniqlashga yordam beradi [2, 3].

1-rasm. Mikrobiologik monitoringning asosiy obyektlari Tadqiqotning maqsadi Mikrobiologik monitoring tizimini takomillashtirish, ishlab chiqarish muhitining mikrobiologik holatini kompleks baholash va mikrobiologik nazorat samaradorligini oshirishga qaratilgan amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish.

IQTIBOS UCHUN Jabborova S.J. Tibbiyot buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mikrobiologik monitoring tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini baholash // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 365–366. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010103

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI 30.10.2026

Materiallar va usullar Ishlab chiqarish havosi, ishchi yuzalar, texnologik jihozlar va xodimlar qo‘llaridan namunalar olinadi. Havo holatini baholashda sedimentatsion usuldan foydalanish mumkin: oziqlantiruvchi muhitli Petri kosachalari belgilangan vaqt ochiq qoldirilib, inkubatsiyadan so‘ng koloniyalar hisoblanadi. Ishchi yuzalar va qo‘llardan steril tampon yordamida namuna olinib, oziqlantiruvchi muhitlarga ekiladi va inkubatsiyadan keyin o‘sish baholanadi.

2-rasm. Mikrobiologik monitoring jarayonining umumiy ketma-ketligi Natijalar va muhokama Kompleks monitoring ishlab chiqarish muhitidagi potensial mikrobiologik xavf manbalarini aniqlash imkonini beradi. Havo, ishchi yuzalar, xodimlar qo‘llari va buyumlarni birgalikda nazorat qilish sanitariya-mikrobiologik holat haqida tizimli ma’lumot beradi. Ko‘rsatkichlar oshganda tozalash va dezinfeksiya sifati, xodimlar gigiyenasi, texnologik jarayonlarga amal qilinishi va boshqa kontaminatsiya manbalari qayta baholanadi. Natijalarni jurnal yoki elektron bazada qayd etish va davriy tahlil qilish profilaktik hamda tuzatuvchi choralarni o‘z vaqtida ishlab chiqishga yordam beradi. Xulosa Mikrobiologik monitoringni tizimli va kompleks tashkil etish ishlab chiqarish muhitining sanitariya-mikrobiologik holatini nazorat qilishda muhim. Havo, ishchi yuzalar, jihozlar, xodimlar qo‘llari va ishlab chiqarilayotgan buyumlarni muntazam nazorat qilish potensial kontaminatsiya manbalarini aniqlash va oldini olish imkoniyatini oshiradi. Natijalarni tizimli qayd etish, dinamik tahlil qilish hamda profilaktik va tuzatuvchi choralarni o‘z vaqtida amalga oshirish mikrobiologik nazorat samaradorligi va mahsulot xavfsizligini oshiradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. ISO 13485. Medical devices — Quality management systems — Requirements for regulatory purposes.
  2. ISO 14698-1:2003. Cleanrooms and associated controlled environments — Biocontamination control — Part 1: General principles and methods.
  3. ISO 14698-2:2003. Cleanrooms and associated controlled environments — Biocontamination control — Part 2: Evaluation and interpretation of biocontamination data.
  4. World Health Organization. WHO good manufacturing practices for pharmaceutical products: main principles. Jabborova S.J. 366 DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/3010103

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014789
Nashr sanasi
2026-10-30
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
Jild
1
Son
8
DOI
10.66073/refocus-conf/3010103
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
365–366
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03