Asosiy mazmunga o‘tish

Ziziphora pedicellata o‘simligidan antibakterial fitoekstraktlar ajratib olish texnologiyasi

Ergashova Manzura Farkhod kizi, Kadirova Zuhra AbrarovnaMirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti2026

KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 257–258

Annotatsiya

Ziziphora pedicellata — Lamiaceae oilasiga mansub, Markaziy Osiyoda keng tarqalgan qimmatli dorivor xushbo‘y o‘simlik. Bu tur efir moylari, flavonoidlar, fenol birikmalari va terpenoidlarga boy bo‘lib, sezilarli antibakterial, antioksidant va shifobaxsh xususiyatlarga ega. Tadqiqotda turli erituvchilar va ultratovush yordamida ekstraksiya qilish usullaridan foydalanib biologik faol fitoekstraktlar olish texnologiyasi, shuningdek, ularning Staphylococcus aureus va Escherichia coli kabi patogen bakteriyalarga nisbatan in vitro antibakterial samaradorligi baholandi. Yuqori unum va kuchli antimikrob ta‘sirga erishish imkonini beruvchi maqbul ekstraksiya parametrlari aniqlandi.

Boshqa tillarda

ruschaТехнология получения антибактериальных фитоэкстрактов из Ziziphora pedicellata

Ziziphora pedicellata — ценное лекарственное ароматическое растение семейства Lamiaceae, широко распространённое в Центральной Азии. Вид богат эфирными маслами, флавоноидами, фенольными соединениями и терпеноидами и обладает выраженными антибактериальными, антиоксидантными и лечебными свойствами. В работе оценены технология получения биологически активных фитоэкстрактов с использованием различных растворителей и методов ультразвуковой экстракции, а также их антибактериальная эффективность in vitro в отношении патогенных бактерий, в том числе Staphylococcus aureus и Escherichia coli. Определены оптимальные параметры экстракции, обеспечивающие высокий выход и выраженную антимикробную активность.

inglizchaTechnology for obtaining antibacterial phytoextracts from Ziziphora pedicellata

Ziziphora pedicellata is a valuable medicinal aromatic plant belonging to the Lamiaceae family, widely distributed in Central Asia. The species is rich in essential oils, flavonoids, phenolic compounds, and terpenoids, demonstrating significant antibacterial, antioxidant, and therapeutic properties. This study evaluates the technology of extraction of bioactive phytoextracts using various solvents and ultrasound-assisted extraction techniques, as well as their in vitro antibacterial efficacy against pathogenic bacteria including Staphylococcus aureus and Escherichia coli. Optimal extraction parameters were determined to achieve high yield and antimicrobial potency.

Kalit so‘zlar

  • Ziziphora pedicellata
  • Lamiaceae
  • fitoekstrakt
  • antibakterial faollik
  • ultratovush yordamida ekstraksiya
  • fenol birikmalari
  • efir moyi
  • pulegon
  • disk-diffuziya
  • minimal ingibirlovchi konsentratsiya (MIC)
  • patogenlar
  • biologik faol birikmalar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr

III PROBIOTIKLAR, OZIQ-OVQAT VA FARMATSEVTIK MIKROBIOLOGIYA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010071

ZIZIPHORA PEDICELLATA O‘SIMLIGIDAN ANTIBAKTERIAL FITOEKSTRAKTLAR AJRATIB OLISH TEXNOLOGIYASI Ergashova Ergasheva Manzura Farxod qizi1 Kadirova Zuhra Abrarovna2 1 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti 2 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti b.f.f.d., dotsent manzuraergasheva50@gmail.com zukhra_abrarovna7@mail.ru Abstract: Ziziphora pedicellata is a valuable medicinal aromatic plant belonging to the Lamiaceae family, widely distributed in Central Asia. The species is rich in essential oils, flavonoids, phenolic compounds, and terpenoids, demonstrating significant antibacterial, antioxidant, and therapeutic properties. This study evaluates the technology of extraction of bioactive phytoextracts using various solvents and ultrasound-assisted extraction techniques, as well as their in vitro antibacterial efficacy against pathogenic bacteria including Staphylococcus aureus and Escherichia coli. Optimal extraction parameters were determined to achieve high yield and antimicrobial potency. Keywords: Ziziphora pedicellata; Lamiaceae; phytoextract; antibacterial activity; ultrasound-assisted extraction; phenolic compounds; essential oil; pulegone; disc diffusion; minimum inhibitory concentration (MIC); pathogens; bioactive compounds. Ziziphora pedicellata (Kiyiko‘t) – Lamiaceae (Yalpizdoshlar) oilasi, Ziziphora turkumiga mansub ko‘p yillik dorivor va efir moyli o‘simlik hisoblanadi. Ziziphora turkumining ilmiy tavsifi va taksonomiyasi o‘simliklar sistematikasida keng o‘rganilgan bo‘lib, u Markaziy Osiyo tog‘li va tog‘oldi hududlarida tabiiy holda keng tarqalgan. Ushbu turkum vakillarining kimyoviy tarkibi va biologik faolligini o‘rganishga ko‘plab mahalliy va xorijiy olimlar, jumladan, Sh.S. Sagdullaev, X.M. Komilov va boshqa tadqiqotchilar katta hissa qo‘shganlar. Ziziphora pedicellata tarkibida yuqori miqdorda efir moylari (asosiy komponenti pulegon, menton va piperiton), flavonoidlar, oshlovchi moddalar, fenolkarbon kislotalari va triterpenoidlar mavjud. Bugungi kunda patogen mikroorganizmlarning sintetik antibiotiklarga nisbatan chidamliligi (rezistentligi) ortib borayotgani sababli tabiiy kelib chiqishiga ega bo‘lgan antibakterial va antiseptik vositalarni yaratish dolzarb masalalardan biridir. Tadqiqotlar Z. pedicellata ekstraktlarining gram-musbat va gram-manfiy bakteriyalarga nisbatan yuqori antimikrob faolligini ko‘rsatgan. Shu bois u farmatsevtika va oziq-ovqat sanoati uchun tabiiy antiseptik va nutrasevtik manba sifatida katta ahamiyatga ega. Tarqalishi va ekologiyasi Ziziphora pedicellata asosan dengiz sathidan 800–2500 metr balandlikdagi toshli-shag‘alli yonbag‘irlarda, tog‘ daralarida va quruq dasht mintaqalarida o‘sadi. U kserofit va geliofit o‘simlik bo‘lib, qurg‘oqchilikka va yuqori yorug‘lik intensivligiga moslashgan. O‘simlikning tarqalishi va biologik faol moddalar to‘planishida ekologik omillar — tuproq-iqlim sharoiti, quyosh insolatsiyasi hamda namlik darajasi muhim rol o‘ynaydi. Vegetatsiya davrining gullash pallasida o‘simlik xomashyosida efir moylari va fenol birikmalarining konsentratsiyasi maksimal darajaga yetadi.

IQTIBOS UCHUN Ergashova M.F., Kadirova Z.A. Ziziphora pedicellata o‘simligidan antibakterial fitoekstraktlar ajratib olish texnologiyasi // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 257–258. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010071

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI 30.10.2026

Morfologik va anatomik tuzilishi Ziziphora pedicellata bo‘yi 10–40 sm ga yetadigan poyasining tubidan shoxlanuvchi yarimbutacha hisoblanadi. Poyasi to‘rt qirrali, ingichka, qisqa tuklar bilan qoplangan. Barglari qarama-qarshi joylashgan, shakli tuxumsimon yoki nashtarsimon, qisqa bandli, chetlari butun yoki biroz tishli, yuzasida efir moyi ajratuvchi bezchalar va tukchalar ravshan ko‘rinadi. Bu bezchalarda efir moylari va boshqa uchuvchan birikmalar to‘planadi. Gullari kichik, ikki jinsli, poya va shoxlarning uchida sharsimon yoki boshchasimon to‘pgullarni hosil qiladi. Gultojisi ikki labli, pushtibinafsha yoki binafsha rangda bo‘ladi. Mevasi — to‘rtta yong‘oqchadan iborat quruq meva. O‘simlik xomashyosining mikroskopik tahlilida barg epiderma hujayralarining tuzilishi hamda efir moyli bezchalarning joylashuvi muhim diagnostik taksonomik belgi hisoblanadi. Ekstraksiya texnologiyasi va antibakterial faolligi O‘simlik xomashyosidan biologik faol moddalarni maksimal darajada ajratib olish va ularning destruksiyasining oldini olish uchun zamonaviy ekstraksiya usullaridan foydalaniladi. Tajribalarda an’anaviy matseratsiya usuliga nisbatan ultratovush yordamida ekstraksiya qilish (UAE — Ultrasound-Assisted Extraction) usuli yuqori samaradorlik ko‘rsatdi. Erituvchi sifatida va vaqt parametrlari maqbul darajaga keltirilganda (70% li etanol erituvchisida, 35 kHz chastotada 30 daqiqa davomida) biologik faol moddalar va fenol birikmalarining ekstraksiyaga o‘tish unumi 1.8 baravarga ortgani kuzatildi. Olingan Ziziphora pedicellata fitoekstraktining antibakterial faolligi disk-diffuziya va ketma-ket suyultirish usullari yordamida Staphylococcus aureus (gram-musbat) hamda Escherichia coli (gram-manfiy) patogen bakteriya shtammlariga nisbatan o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra: -Staphylococcus aureus ga nisbatan bakteriyalarning o‘sishini ingibitsiya qilish zonasi diametri 18.5 ± 0.4 mm ni tashkil etdi. -Escherichia coli ga nisbatan esa ingibitsiya zonasi 14.2 ± 0.3 mm ga teng bo‘ldi. Fitoekstraktning gram-musbat bakteriyalarga nisbatan yuqoriroq faollik ko‘rsatishi ularning hujayra devori tuzilishi (gram-manfiy bakteriyalardagi tashqi gidrofob lipopolisaxarid peptidoglikan qatlamining yo‘qligi) hamda ekstrakt tarkibidagi monoterpenoidlar va fenollarning hujayra membranasi o‘tkazuvchanligini buzishi va fermentativ tizimlarini ingibitsiya qilishi bilan izohlanadi. Xulosa qilib aytganda, Ziziphora pedicellata o‘simligidan ajratib olingan fitoekstraktlar yuqori antibakterial va biologik faollikka ega bo‘lib, farmatsevtika hamda tibbiyot amaliyotida tabiiy antimikrob va antiseptik preparatlar yaratishda istiqbolli manba hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Sagdullaev, Sh. S., Aripov, Kh. N., & Khodzhimatov, O. K. (2018). Composition and antimicrobial activity of essential oils from Ziziphora species of Uzbekistan. Chemistry of Natural Compounds, 54(4), 782–785.
  2. Sharopov, F. S., & Setzer, W. N. (2012). The essential oil composition of Ziziphora pedicellata from Tajikistan. Natural Product Communications, 7(11), 1539–1540.
  3. Tian, S., et al. (2019). Ultrasound-assisted extraction of phenolic compounds and essential oils from Ziziphora species and evaluation of their antioxidant and antibacterial activities. Ultrasonics Sonochemistry, 58, 104640.
  4. Mahboubi, M. (2016). Ziziphora clinopodioides and its phytochemicals, pharmacological, and antimicrobial Ergashova M.F., Kadirova Z.A. 258 DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/3010071

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014757
Nashr sanasi
2026-10-30
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
Jild
1
Son
8
DOI
10.66073/refocus-conf/3010071
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
257–258
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03