Ferula samarkandica dorivor o‘simligi endofit bakteriyalarida antimikrob faolligini baholash
Temirova Marguba1, Murodullayev Dilmurod Dilshodovich2, Alimova Dildora Farkhod kizi, Rayimberdiyeva Sanobar, Absattorova Khursanoy, Rustamova Nigora2026
- 1Qarshi davlat universiteti
- 2O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti
KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 108–109
Annotatsiya
Ushbu tadqiqotning maqsadi Ferula samarkandica dorivor o‘simligidan ajratib olingan bakteriya shtammlarining antimikrob faolligini baholashdan iborat. O‘simlik tarkibidan 21 dan ortiq bakteriya shtammlari ajratib olindi. Ularning antimikrob faolligi quyidagi mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans va Bacillus subtilisga nisbatan blokli agar usuli orqali baholandi. Natijada 6 ta izolyat S. aureusga qarshi faollik ko‘rsatdi. O‘sishni ingibitsiya qilish zonasi 12-18 mm ni tashkil etdi. Qolgan izolyatlarda test-mikroorganizmlarga qarshi faollik kuzatilmadi.
Boshqa tillarda
ruschaОценка антимикробной активности эндофитных бактерий лекарственного растения Ferula samarkandica
Целью исследования была оценка антимикробной активности бактериальных штаммов, выделенных из лекарственного растения Ferula samarkandica. Из растения выделено более 21 бактериального штамма. Их антимикробную активность в отношении Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans и Bacillus subtilis оценивали методом агаровых блоков. В результате 6 изолятов проявили активность против S. aureus. Зона ингибирования роста составила 12–18 мм. У остальных изолятов активность в отношении тест-микроорганизмов не наблюдалась.
inglizchaEvaluation of the antimicrobial activity of endophytic bacteria from the medicinal plant Ferula samarkandica
The aim of this study was to evaluate the antimicrobial activity of bacterial strains isolated from the medicinal plant Ferula samarkandica. More than 21 bacterial strains were isolated from the plant. Their antimicrobial activity against Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans and Bacillus subtilis was evaluated by the agar block method. As a result, 6 isolates showed activity against S. aureus. The growth inhibition zones were 12–18 mm. No activity against the test microorganisms was observed in the remaining isolates.
Kalit so‘zlar
- F. samarkandica
- endofit bakteriyalar
- dorivor o‘simlik
- antimikrob faollik
- bakterial izolyatlar
- biologik faollik
- fitopatogen mikroorganizmlar
- biotexnologiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr
I FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010028
FERULA SAMARKANDICA DORIVOR O‘SIMLIGI ENDOFIT BAKTERIYALARIDA ANTIMIKROB FAOLLIGINI BAHOLASH Temirova Marg‘ubab, Murodullayev Dilmurod Dilshodovicha, Alimova Dildora Farxod qizia, Rayimberdiyeva Sanobarb, Absattorova Xursanoyb & Rustamova Nigoraa* a Institute of Microbiology, Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, Tashkent, Shaykhantakhur district, street Abdulla Kadiriy, 7B, 100128, Uzbekistan b Qarshi davlat universiteti Annotatsiya: Ushbu tadqiqotning maqsadi Ferula samarkandica dorivor o‘simligidan ajratib olingan bakteriya shtammlarining antimikrob faolligini baholashdan iborat. O‘simlik tarkibidan 21 dan ortiq bakteriya shtammlari ajratib olindi. Ularning antimikrob faolligi quyidagi mikroorganizmlar: Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans va Bacillus subtilisga nisbatan blokli agar usuli orqali baholandi. Natijada 6 ta izolyat S. aureusga qarshi faollik ko‘rsatdi. O‘sishni ingibitsiya qilish zonasi 12-18 mm ni tashkil etdi. Qolgan izolyatlarda test-mikroorganizmlarga qarshi faollik kuzatilmadi. Kalit so‘zlar: F. samarkandica, endofit bakteriyalar, dorivor o‘simlik, antimikrob faollik, bakterial izolyatlar, biologik faollik, fitopatogen mikroorganizmlar, biotexnologiya. Kirish O‘simliklar tarkibida turli xildagi bakteriyalar uchraydi, ayniqsa dorivor o‘simliklar tarkibida uchraydigan bakteriyalarning sanoatda, farmasevtika va qishloq xo‘jaligida o‘rni beqiyosdir. O‘simlik va bakteriyalar birgalikda yashashi bir-biriga qulay sharoit yaratib berishi simbioz holda yashashi o‘zaro foyda keltiradi. Ba’zi o‘simliklar tarkibida umuman mikroorganizmlar faoliyat ko‘rsatmaydi. Bunday bakteriyalarni aniqlash hamda ularning biologik faolligini o‘rganish mikroorganizmlarning biotexnologik imkoniyatlarini baholashda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bakteriya izolyatlarining patogen mikroorganizmlarga qarshi antagonistik faolligini aniqlash ularning keyingi tadqiqotlar uchun istiqbolliligini baholashga imkon beradi. Material va metodlar Bakteriya shtammlarining antimikrob faolligi blokli agar usuli yordamida baholandi. Dastlab, tuproqdan ajratilgan bakteriya shtammlari Nutrient Agar (NA) muhitida 28 °C haroratda 48 soat davomida o‘stirildi. Test-patogen mikroorganizmlar esa 37 °C haroratda 24 soat davomida o‘stirildi. Ular quyidagilar: Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans va Bacillus subtilis. Shundan so‘ng, shtammlarimiz o‘stirilgan chashkalardan agarli o‘yiqchalar tayyorlanib, oldindan o‘stirilgan test mikroorganizmlar o‘stirilgan chashkalarga joylashtirildi. Inkubatsiyadan so‘ng patogenlarning o‘sishi to‘xtagan zonalar diametri millimetrda o‘lchanib, shtammlarning antagonistik faolligi baholandi. Natija va muhokama Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tekshirilayotgan 21 ta bakteriya izolyatining 6 tasi (Ar P2, Ar I14, Ar I12, Ar I12, Ar I1, Ar I4) S. aureusga qarshi antagonistik faollik namoyon etdi. Faol izolyatlarda o‘sishni to‘xtatish zonasi 12-18mm oralig‘idagi o‘lchamlarga ega bo‘ldi. Eng yuqori o‘lchamdagi ko‘rsatkich Ar I12 izolyatida 18 mm ni, eng past ko‘rsatkich esa Ar I1 izolyatida 12 mm ni namoyon etdi. Alohida izolyatlar bo‘yicha S. aureusga qarshi o‘sishni ingibitsiya qilish zonalari quyidagicha
IQTIBOS UCHUN Temirova M., Murodullayev D., Alimova D., Rayimberdiyeva S. va boshq. Ferula samarkandica dorivor o‘simligi endofit bakteriyalarida antimikrob faolligini baholash // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 108–109. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010028
FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI 30.10.2026
bo‘ldi: Ar I1 12 mm, Ar I4 18mm, Ar I12 18mm, Ar I12 16 mm, Ar I14 12 mm, Ar P 2 17mm. Shuningdek, C. albicans, P. aeruginosa, E. coli va B. subtilisga qarshi faollik kuzatilmadi. Olingan natijalar F. samarkandica dorivor o‘simligidan ajratib olingan bakteriya shtammlarining ayrimlari S. aureusning o‘sishini cheklash xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Xulosa Tekshirilgan izolyatlarning antagonistik faolligi o‘rganilganligi ushbu bakteriyalarni keyingi tadqiqotlar uchun tanlab olish mumkinligini ko‘rsatadi. Ammo mazkur natijalar bakteriyalarning turini, faol moddaning tabiatini aniqlamaydi. F. samarkandica dorivor o‘simligining turli qismlaridan ajratib olingan endofit bakterial izolyatlarning ayrimlari S. aureusga qarshi antagonistik faollik namoyon etishini ko‘rsatdi. Kuzatilgan o‘sishni ingibitsiya qilish zonalari 12-18mm oralig‘ida bo‘lib, ushbu izolyatlarni keyingi tadqiqotlar uchun istiqbolli nomzodlar sifatida tanlab olish imkonini beradi. Biroq mazkur natijalar bakteriyalarning turini va antagonistik faollikni yuzaga keltiruvchi biologik faol moddalar tabiatini aniqlash uchun yetarli emas. Shu sababli istiqbolli izolyatlarni taksonomik identifikatsiya qilish va ularning biologik vazifalarini batafsil o‘rganish, antimikrob faolligini qo‘shimcha tajribalar yordamida baholash lozim.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Ebu S.M., Adem M.A., Dekebo A. et al. Isolation and Identification of Endophytic Bacterial Isolates from the Leaves, Roots, and Stems Parts of Artemisia annua, Moringa oleifera, and Ocimum lamiifolium Plants // Current Microbiology. – 2023. – Vol. 80, No. 12. – Art. 405. – DOI: 10.1007/s00284-023-03513-8.
- Perveen I., Raza M.A., Iqbal T. et al. Isolation of anticancer and antimicrobial metabolites from Epicoccum nigrum; endophyte of Ferula sumbul // Microbial Pathogenesis. – 2017. – Vol. 110. – P. 214–224. – DOI: 10.1016/j.micpath.2017.06.033.
- Salwan R., Rana A., Saini R. et al. Diversity analysis of endophytes with antimicrobial and antioxidant potential from Viola odorata: an endemic plant species of the Himalayas // Brazilian Journal of Microbiology. – 2023. – Vol. 54, No. 3. – P. 2361–2374. – DOI:
- Shrivastava A., Jain L., Kumar V. et al. Exploring the potential of bacterial endophytes from Medicinal plant Gymnema sylvestre with plant beneficial traits and antimicrobial efficacy against phytopathogens // Microbial Pathogenesis. – 2026. – Vol. 219. – Art. 108722. – DOI:
- 1016/j.micpath.2026.108722. Temirova M., Murodullayev D., Alimova D. va boshq. 109 DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/3010028
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014714
- Nashr sanasi
- 2026-10-30
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
- Jild
- 1
- Son
- 8
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/3010028
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 108–109
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03