Asosiy mazmunga o‘tish

Tuproq bakteriyalarining antimikrob faolligini baholash

Rayimberdiyeva Sanobar1, Temirova Marguba, Murodullayev Dilmurod Dilshodovich2, Alimova Dildora Farkhod kizi, Absattorova Khursanoy, Rustamova Nigora2026

  1. 1Qarshi davlat universiteti
  2. 2O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti

KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 96–97

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotning maqsadi tuproqdan ajratib olingan bakteriya shtammlarining antimikrob faolligini o‘rganishdan iborat. Tuproqdan 20 dan ortiq bakteriya shtammlari ajratib olindi. Ularning antimikrob faolligi quyidagi mikroorganizmlar Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans va Bacillus subtilis ga nisbatan agarli blok usuli orqali baholandi. Natijada 11 ta izolyat S. aureus ga qarshi faollik ko‘rsatdi; o‘sishni ingibitsiya qilish zonasi 15-30 mm ni tashkil etdi. Qolgan izolyatlarda test-mikroorganizmlarga qarshi faollik kuzatilmadi.

Boshqa tillarda

ruschaОценка антимикробной активности почвенных бактерий

Целью исследования было изучение антимикробной активности бактериальных штаммов, выделенных из почвы. Из почвы выделено более 20 бактериальных штаммов. Их антимикробную активность в отношении Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans и Bacillus subtilis оценивали методом агаровых блоков. В результате 11 изолятов проявили активность против S. aureus; зона ингибирования роста составила 15–30 мм. У остальных изолятов активность в отношении тест-микроорганизмов не наблюдалась.

inglizchaEvaluation of the antimicrobial activity of soil bacteria

The aim of this study was to investigate the antimicrobial activity of bacterial strains isolated from soil. More than 20 bacterial strains were isolated from soil. Their antimicrobial activity against Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans and Bacillus subtilis was evaluated by the agar block method. As a result, 11 isolates showed activity against S. aureus, with growth inhibition zones of 15–30 mm. No activity against the test microorganisms was observed in the remaining isolates.

Kalit so‘zlar

  • tuproq bakteriyalari
  • antimikrob faollik
  • bakterial izolyatlar
  • patogen mikroorganizmlar
  • biologik nazorat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr

I FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010023

TUPROQ BAKTERIYALARINING ANTIMIKROB FAOLLIGINI BAHOLASH Rayimberdiyeva Sanobarb, Temirova Marg‘ubab, Murodullayev Dilmurod Dilshodovicha, Alimova Dildora Farxod qizia, Absattorova Xursanoyb & Rustamova Nigoraa* a Institute of Microbiology, Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan, Tashkent, Shaykhantakhur district, street Abdulla Kadiriy, 7B, 100128, Uzbekistan b Qarshi davlat universiteti Annotatsiya: Ushbu tadqiqotning maqsadi tuproqdan ajratib olingan bakteriya shtammlarining antimikrob faolligini o‘rganishdan iborat. Tuproqdan 20 dan ortiq bakteriya shtammlari ajratib olindi. Ularning antimikrob faolligi quyidagi mikroorganizmlar Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans va Bacillus subtilis ga nisbatan agarli blok usuli orqali baholandi. Natijada 11 ta izolyat S. aureus ga qarshi faollik ko‘rsatdi; o‘sishni ingibitsiya qilish zonasi 15-30 mm ni tashkil etdi. Qolgan izolyatlarda test-mikroorganizmlarga qarshi faollik kuzatilmadi. Kalit so‘zlar: tuproq bakteriyalari, antimikrob faollik, bakterial izolyatlar, patogen mikroorganizmlar, biologik nazorat. Kirish Tuproq turli xildagi mikroorganizmlar yashaydigan tabiiy muhit bo‘lib, unda bakteriyalar orasida boshqa bir mikroorganizmlarning o‘sishiga ta‘sir ko‘rsatuvchi xususiyatlarga ega vakillar ham uchraydi. Bunday bakteriyalarni aniqlash hamda ularning biologik faolligini o‘rganish mikroorganizmlarning biotexnologik imkoniyatlarini baholashda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, bakteriya izolyatlarining patogen mikroorganizmlarga qarshi antagonistik faolligini aniqlash ularning keyingi tadqiqotlar uchun istiqbolliligini baholashga imkon beradi. Material va metodlar Bakteriya shtammlarining antimikrob faolligi ikki qavatli agar usuli yordamida baholandi. Dastlab, tuproqdan ajratilgan bakteriya shtammlari Nutrient Agar (NA) muhitida 28 °C haroratda 24 soat davomida o‘stirildi. Test-patogen mikroorganizmlar esa 37 °C haroratda 24 soat davomida o‘stirildi. Ular quyidagilar: Staphylococcus aureus, Escherichia coli, Pseudomonas aeruginosa, Candida albicans va Bacillus subtilis. Shundan so‘ng, izolyatlar o‘stirilgan Petri kosachalaridan maxsus o‘yiqchalar tayyorlanib, oldindan o‘stirilgan patogen test mikroorganizmlar o‘stirilgan chashkalarga joylashtirildi. Inkubatsiyadan so‘ng patogenlarning o‘sishi to‘xtagan zonalar diametri millimetrda o‘lchanib, shtammlarning antagonistik faolligi baholandi. Natija va muhokama Tadqiqot natijalariga ko‘ra, tekshirilayotgan 20 ta bakteriya izolyatining 11 tasi (105,108,110,115,117,118,120,122,123,124,126) S. aureus ga qarshi antagonistik faollik namoyon etdi. Faol izolyatlarda o‘sishni to‘xtatish zonasi 15-30 mm oralig‘idagi o‘lchamlarga ega bo‘ldi. Eng yuqori o‘lchamdagi ko‘rsatkich 110-sonli izolyatda 30 mm ni, eng past ko‘rsatkich esa 120-sonli izolyatda 15 mm ni namoyon etdi. Alohida izolyatlar bo‘yicha S. aureus ga qarshi o‘sishni ingibitsiya qilish zonalari quyidagicha bo‘ldi: 105-sonli izolyatda 17 mm, 108-da 24 mm, 110-da 30 mm, 115-da

IQTIBOS UCHUN Rayimberdiyeva S., Temirova M., Murodullayev D., Alimova D. va boshq. Tuproq bakteriyalarining antimikrob faolligini baholash // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 96–97. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010023

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI 30.10.2026

26 mm, 117-da 24 mm, 118-da 24 mm, 120-da 15 mm, 122-da 17 mm, 123-da 24 mm, 124-da 20 mm hamda 126-da 16 mm. 104, 106, 109, 111, 112, 113, 114, 116 va 119-sonli izolyatlarda antagonistik faollik aniqlanmadi. Shuningdek, C. albicans, P. aeruginosa, E. coli va B. subtilis ga qarshi faollik kuzatilmadi. Olingan natijalar tuproqdan ajratib olingan bakteriya shtammlarining ayrimlari S. aureus ning o‘sishini cheklash xususiyatiga ega ekanligini ko‘rsatdi. Xulosa Tekshirilgan izolyatlarning antagonistik faolligi o‘rganilganligi ushbu bakteriyalarni keyingi tadqiqotlar uchun tanlab olish mumkinligini ko‘rsatadi. Ammo mazkur natijalar bakteriyalarning turini, faol moddaning tabiatini aniqlamaydi. Shuning uchun istiqbolli izolyatlarni taksonomik identifikatsiya qilish shu bilan birgalikda ularning biologik xususiyatlarini batafsil o‘rganish zarurligini anglatadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar4 ta adabiyot

  1. Arumugam T., Senthil Kumar P., Gopinath K.P. HPTLC fingerprint profile, in vitro antioxidant and evaluation of antimicrobial compound produced from Brevibacillus brevis- EGS9 against multidrug resistant Staphylococcus aureus // Microbial Pathogenesis. – 2017. – Vol. 102. – P. 166–172. – DOI: 10.1016/j.micpath.2016.12.002.
  2. Demisie S., Oh D.C., Wolday D. et al. Diversity of culturable bacterial isolates and their potential as antimicrobial against human pathogens from Afar region, Ethiopia // Microbiology Spectrum. – 2024. – Vol. 12, No. 11. – Art. e0181024. – DOI:
  3. El Karkouri A., Assou S.A., El Hassouni M. Isolation and screening of actinomycetes producing antimicrobial substances from an extreme Moroccan biotope // The Pan African Medical Journal. – 2019. – Vol. 33. – Art. 329. – DOI: 10.11604/pamj.2019.33.329.19018.
  4. Eltokhy M.A., Saad B.T., Eltayeb W.N. et al. Metagenomic nanopore sequencing for exploring the nature of antimicrobial metabolites of Bacillus haynesii // AMB Express. – 2024. – Vol. 14, No. 1. – Art. 52. – DOI: 10.1186/s13568-024-01701-8. Rayimberdiyeva S., Temirova M., Murodullayev D. va boshq. 97 DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/3010023

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014709
Nashr sanasi
2026-10-30
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
Jild
1
Son
8
DOI
10.66073/refocus-conf/3010023
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
96–97
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03