Kasallangan kartoshka tuganagidan ajratilgan fitopatogen Fusarium sambucinum Uz-Ph 34 shtammining kimyoviy preparatlarga in vitro sharoitida sezgirligini baholash
Ravshanov Bakhtiyor Aktamovich, Azimova Nodira Shoim kiziO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti2026
KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 93–95
Annotatsiya
Saqlash davrida kasallangan kartoshka tuganaklaridan ajratib olingan Fusarium sambucinum Uz-Ph34 shtammining to‘rtta tijorat kimyoviy preparatiga sezgirligi in vitro sharoitida baholandi. Preparatlar 0,1; 1; 10 va 100 mg/l konsentratsiyalarda kartoshka-dekstrozali agar muhitida sinovdan o‘tkazildi. Имикар, КС barcha konsentratsiyalarda mitselial o‘sishni 100% ingibitsiya qildi, boshqa preparatlarning ta‘siri esa konsentratsiyaga qarab farqlandi.
Boshqa tillarda
ruschaОценка чувствительности in vitro фитопатогенного штамма Fusarium sambucinum Uz-Ph34, выделенного из пораженных клубней картофеля, к химическим препаратам
В условиях in vitro была оценена чувствительность штамма Fusarium sambucinum Uz-Ph34, выделенного из пораженных клубней картофеля во время хранения, к четырем коммерческим химическим препаратам. Препараты тестировали на картофельно-декстрозном агаре в концентрациях 0,1; 1; 10 и 100 мг/л. Имикар (КС) ингибировал рост мицелия на 100% при всех концентрациях, в то время как эффект других препаратов различался в зависимости от концентрации.
inglizchaEvaluation of the in vitro sensitivity of the phytopathogenic strain Fusarium sambucinum Uz-Ph34, isolated from infected potato tubers, to chemical agents
The sensitivity of a Fusarium sambucinum strain (Uz-Ph34), isolated from infected potato tubers during storage, to four commercial chemical agents was evaluated in vitro. The agents were tested on potato dextrose agar at concentrations of 0.1, 1, 10, and 100 mg/L. Imikar (KS) inhibited mycelial growth by 100% at all tested concentrations, whereas the effects of the other agents varied depending on their concentration.
Kalit so‘zlar
- kartoshka
- Fusarium sambucinum
- quruq chirish
- kimyoviy preparatlar
- in vitro
- tuganak
- konsentratsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr
I FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010022
KASALLANGAN KARTOSHKA TUGANAGIDAN AJRATILGAN FITOPATOGEN FUSARIUM SAMBUCINUM UZ-PH 34 SHTAMMINING KIMYOVIY PREPARATLARGA IN VITRO SHAROITIDA SEZGIRLIGINI BAHOLASH Ravshanov Baxtiyor Aktamovich, Azimova Nodira Shoim qizi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti, Toshkent, O‘zbekiston Annotatsiya: Saqlash davrida kasallangan kartoshka tuganaklaridan ajratib olingan Fusarium sambucinum Uz-Ph34 shtammining to‘rtta tijorat kimyoviy preparatiga sezgirligi in vitro sharoitida baholandi. Preparatlar 0,1; 1; 10 va 100 mg/l konsentratsiyalarda kartoshka-dekstrozali agar muhitida sinovdan o‘tkazildi. Имикар, КС barcha konsentratsiyalarda mitselial o‘sishni 100% ingibitsiya qildi, boshqa preparatlarning ta’siri esa konsentratsiyaga qarab farqlandi. Kalit so‘zlar: kartoshka, Fusarium sambucinum, quruq chirish, kimyoviy preparatlar, in vitro, tuganak, konsentratsiya. Аннотация: В условиях in vitro была оценена чувствительность штамма Fusarium sambucinum Uz-Ph34, выделенного из пораженных клубней картофеля во время хранения, к четырем коммерческим химическим препаратам. Препараты тестировали на картофельнодекстрозном агаре в концентрациях 0,1; 1; 10 и 100 мг/л. Имикар (КС) ингибировал рост мицелия на 100% при всех концентрациях, в то время как эффект других препаратов различался в зависимости от концентрации. Ключевые слова: картофель, Fusarium sambucinum, сухая гниль, химические препараты, in vitro, клубень, концентрация. Abstract: The sensitivity of a Fusarium sambucinum strain (Uz-Ph34), isolated from infected potato tubers during storage, to four commercial chemical agents was evaluated in vitro. The agents were tested on potato dextrose agar at concentrations of 0.1, 1, 10, and 100 mg/L. Imikar (KS) inhibited mycelial growth by 100% at all tested concentrations, whereas the effects of the other agents varied depending on their concentration. Keywords: potato, Fusarium sambucinum, dry rot, chemical preparation, in vitro, tuber, concentration. Kirish Kartoshka (Solanum tuberosum L.) asosiy oziq-ovqat ekinlaridan biri bo‘lib, yetishtirilgan hosilning iste’molbopligi va urug‘lik sifatini saqlab qolish muhim ahamiyatga ega. Tuganaklar hosil yig‘ib olingandan keyin ham turli etiologiyali kasalliklar ta’sirida zararlanishi mumkin. Ayniqsa, saqlash davrida namoyon bo‘ladigan zamburug‘li kasalliklar mahsulotning tovarlik qiymati va urug‘lik sifatining pasayishiga olib keladi [1]. Bunday kasalliklar orasida Fusarium turkumi vakillari qo‘zg‘atadigan fuzarioz quruq chirish alohida o‘rin tutadi. Kasallikning rivojlanishi va keltirib chiqaradigan yo‘qotishlari saqlash sharoitlari, tuganaklarning shikastlanish darajasi va qo‘zg‘atuvchilar tarkibiga qarab farqlanadi [1]. Kartoshkani himoyalashda kimyoviy preparatlardan foydalaniladi, biroq ularning fitopatogenlarga ta’siri hamisha bir xil bo‘lmaydi. Xususan, Fusarium izolyatlarining fungitsidlarga sezgirligi tur va shtamm darajasida sezilarli farq qilishi mumkin [2, 4]. Shu bois mahalliy fitopatogen shtammga bir
IQTIBOS UCHUN Ravshanov B.A., Azimova N.Sh. Kasallangan kartoshka tuganagidan ajratilgan fitopatogen Fusarium sambucinum Uz-Ph 34 shtammining kimyoviy preparatlarga in vitro sharoitida sezgirligini baholash // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 93–95. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010022 necha preparatning turli konsentratsiyalardagi ta’sirini in vitro sharoitida solishtirish keyingi amaliy sinovlar uchun istiqbolli variantlarni tanlashda muhimdir.
Tadqiqotning maqsadi. Kasallangan kartoshka tuganaklaridan ajratib olingan F. sambucinum Uz-Ph34 shtammining Имикар, КС, Селест Топ, КС, Maksim va Maksim XL preparatlariga in vitro sharoitida sezgirligini aniqlash. Tadqiqot materiallari va metodlari Tadqiqot obyekti sifatida saqlash davrida kasallangan kartoshka tuganaklaridan ajratib olingan va tuganaklarda o‘tkazilgan dastlabki patogenlik tajribalarida yuqori agressivligi bilan ajralib turgan F. sambucinum Uz-Ph34 shtammi olindi. Mitselial o‘sishning kimyoviy preparatlar ta’sirida susayishi kartoshka-dekstrozali agar (KDA) muhitida, nazoratga nisbatan koloniya diametrini taqqoslash usulida baholandi [3].
Sinovlarda Имикар, КС (imidakloprid 280 g/l + tiabendazol 80 g/l), Селест Топ, КС (tiametoksam 262,5 g/l + difenokonazol 25 g/l + fludioksonil 25 g/l), Maksim (fludioksonil asosidagi) va Maksim XL (fludioksonil + metalaksil-M asosidagi) preparatlaridan foydalanildi. Preparatlar KDA muhitiga tijorat preparatining umumiy miqdori bo‘yicha 0,1; 1; 10 va 100 mg/l konsentratsiyalarda kiritildi. Nazorat sifatida preparat qo‘shilmagan KDA ozuqa muhitidan foydalanildi.
Petri idishlari markaziga faol o‘sayotgan zamburug‘ kulturasining mitseliyli agar bo‘lagi ko‘chirilib, 25 °C haroratda 7 sutka inkubatsiya qilindi. Har bir variant bitta tajriba seriyasida uchta parallel Petri idishida bajarildi. Koloniyalar diametri, mitselial o‘sish ingibitsiyasi quyidagi formula asosida hisoblandi.
I = [(Dk − Do) / Dk] × 100 bunda Dk – nazoratdagi, Do – preparatli variantdagi koloniya diametri (mm). Natijalar Yetti sutkalik inkubatsiyadan so‘ng nazorat variantida F. sambucinum Uz-Ph34 koloniyasining diametri 75 mm ni tashkil etdi. Kimyoviy preparatlar qo‘llangan variantlarda o‘sishning ingibitsiya darajasi preparat va konsentratsiyaga qarab turlicha bo‘ldi (1-jadval).
1-jadval. F. sambucinum UzPh 34 shtammi mitselial o‘sishining ingibitsiyasi, % Preparat 0,1 mg/l 1 mg/l 10 mg/l 100 mg/l Имикар, КС 100 100 100 100 Селест Топ, КС 37,79 34,23 34,23 16,45 Maksim 73,33 23,56 82,23 16,45 Maksim XL 2,23 6,67 10,21 15,55 Имикар, КС preparati ta’sirida 0,1-100 mg/l konsentratsiyalarning barchasida koloniya o‘sishi kuzatilmadi (0 mm), ya’ni ingibitsiya 100% bo‘ldi. Селест Топ, КС preparatida ingibitsiya 16,45-37,79% oralig‘ida bo‘lib, barcha variantlarda mitselial o‘sish saqlanib qoldi. Maksim preparatida eng yuqori ingibitsiya 10 mg/l konsentratsiyada (82,23%; koloniya diametri 13,33 mm), eng past qiymat esa 100 mg/l da (16,45%) qayd etildi. Maksim XL da 0,1 mg/l da ingibitsiya 2,23% bo‘ldi, 1-100 mg/l da koloniya diametri nazoratdagidan ortdi. Muhokama Natijalar F. sambucinum Uz-Ph34 shtammining o‘rganilgan preparatlarga javobi bir xil emasligini ko‘rsatdi. Имикар, КС sinovdagi barcha konsentratsiyalarda barqaror to‘liq ingibitsiyani ta’minladi, qolgan preparatlarda esa konsentratsiya ortishi bilan ta’sir kuchayishining izchil qonuniyati kuzatilmadi. Adabiyotlarda ham Fusarium izolyatlarining fungitsidlarga sezgirligi bir-biridan farqlanishi ko‘rsatilgan [2, 4]. Ushbu natijalar tijorat preparatlari uchun olingan bo‘lib, ular tarkibidagi alohida faol moddalarning ta’sirini mustaqil ravishda ifodalamaydi. Tajriba bitta mustaqil seriya doirasida o‘tkazilgani sababli natijalar laboratoriya skriningi sifatida baholanadi.
Xulosa Tadqiqot natijalariga ko‘ra, F. sambucinum Uz-Ph34 shtammining kimyoviy preparatlarga sezgirligi bir xil emasligi aniqlandi. Имикар, КС 0,1; 1; 10 va 100 mg/l konsentratsiyalarning barchasida mitselial o‘sishni 100% ingibitsiya qilib, sinovdan o‘tgan preparatlar orasida eng barqaror ta’sirni namoyon etdi. Селест Топ, КС da ingibitsiya 16,45-37,79% ni tashkil etgan bo‘lsa, Maksimning eng yuqori ta’siri 10 mg/l da (82,23%) qayd etildi. Maksim XL ning 1-100 mg/l konsentratsiyalarida esa koloniyalar nazoratdagidan kattaroq bo‘ldi. Natijalar preparatlarni tanlashda aynan shtammning sezgirligini va konsentratsiya ta’sir munosabatining o‘zgaruvchanligini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Xue, H., Liu, Q., & Yang, Z. (2023). Pathogenicity, Mycotoxin Production, and Control of Potato Dry Rot Caused by Fusarium spp.: A Review. Journal of Fungi, 9(8), 843. https://doi.org/10.3390/jof9080843
- Gachango, E., Hanson, L. E., Rojas, A., Hao, J. J., & Kirk, W. W. (2012b). Fusarium spp. Causing Dry Rot of Seed Potato Tubers in Michigan and Their Sensitivity to Fungicides. Plant Disease, 96(12), 1767–1774. https://doi.org/10.1094/pdis-11-11-0932-re
- Кутузова, И., Kokaeva, L. Y., Pobendinskaya, M. A., Krutyakov, Y. A., Сколотнева, Е. С., Чудинова, Е. М., & Elansky, S. N. (2017). resistance of helminthosporium solani strains to selected fungicides applied for tuber treatment. Journal of Plant Pathology, 99(3), 635-642. https://doi.org/10.4454/jpp.v99i3.3950
- Hide, G. A., Read, P. J., & Hall, S. M. (1992). Resistance to thiabendazole in Fusarium species isolated from potato tubers affected by dry rot. Plant Pathology, 41(6), 745–748. https://doi.org/10.1111/j.1365-3059.1992.tb02558.x
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014708
- Nashr sanasi
- 2026-10-30
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
- Jild
- 1
- Son
- 8
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/3010022
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 93–95
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03