Asosiy mazmunga o‘tish

Tuzli stress sharoitida Streptomyces rochei N4 shtammining ekzopolisaxarid sintezi

Ibragimov Abdulaziz Adkhamovich, Akhmedova Zahro Rakhmatovna, Khusanov Tokhir Sunnatovich, Kadirova Gulchehra HakimovnaO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti2026

KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 70–71

Annotatsiya

Antropogen ifloslanish va ikkilamchi sho‘rlanishga uchragan tuproqdan ajratilgan Streptomyces rochei N4 shtammining tuzli stress sharoitida ekzopolisaxaridlar (EPS) sintezi baholandi va natijalar xalqaro ilmiy adabiyotlar bilan solishtirildi. 300 mM NaCl saqlagan muhitda EPS miqdori nazoratga nisbatan 47% ga oshib, 21,6 ± 1,2 mg/ml ni tashkil etdi. Natijalar shtammdan sho‘rlangan tuproqlarda o‘simliklar chidamliligini qo‘llab-quvvatlovchi mikrobli inokulyantlar yaratishda foydalanish istiqbollarini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Boshqa tillarda

ruschaСинтез экзополисахаридов штаммом Streptomyces rochei N4 в условиях солевого стресса

Оценён синтез экзополисахаридов (ЭПС) в условиях солевого стресса у штамма Streptomyces rochei N4, выделенного из почвы, подвергшейся антропогенному загрязнению и вторичному засолению; результаты сопоставлены с данными международной научной литературы. На среде, содержащей 300 мМ NaCl, количество ЭПС увеличилось на 47% по сравнению с контролем и составило 21,6 ± 1,2 мг/мл. Полученные результаты служат основой для изучения перспектив использования штамма при создании микробных инокулянтов, поддерживающих устойчивость растений на засолённых почвах.

inglizchaExopolysaccharide synthesis by Streptomyces rochei strain N4 under salt stress

Exopolysaccharide (EPS) synthesis under salt stress was evaluated in Streptomyces rochei strain N4, isolated from soil affected by anthropogenic pollution and secondary salinization, and the results were compared with data from the international scientific literature. In medium containing 300 mM NaCl, the amount of EPS increased by 47% relative to the control, reaching 21.6 ± 1.2 mg/ml. The results provide a basis for exploring the prospects of using the strain to develop microbial inoculants that support plant tolerance in saline soils.

Kalit so‘zlar

  • Streptomyces rochei
  • ekzopolisaxarid
  • tuzli stress
  • NaCl
  • sho‘rlangan tuproq

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr

I FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010014

TUZLI STRESS SHAROITIDA STREPTOMYCES ROCHEI N4 SHTAMMINING EKZOPOLISAXARID SINTEZI 1 Ibragimov Abdulaziz Adxamovich, 1Axmedova Zahro Raxmatovna, 1Xusanov Toxir Sunnatovich, 1Kadirova Gulchehra Hakimovna 1 O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti e-mail: a.adkhamovich@gmail.com Annotatsiya: Antropogen ifloslanish va ikkilamchi sho‘rlanishga uchragan tuproqdan ajratilgan Streptomyces rochei N4 shtammining tuzli stress sharoitida ekzopolisaxaridlar (EPS) sintezi baholandi va natijalar xalqaro ilmiy adabiyotlar bilan solishtirildi. 300 mM NaCl saqlagan muhitda EPS miqdori nazoratga nisbatan 47% ga oshib, 21,6 ± 1,2 mg/ml ni tashkil etdi. Natijalar shtammdan sho‘rlangan tuproqlarda o‘simliklar chidamliligini qo‘llab-quvvatlovchi mikrobli inokulyantlar yaratishda foydalanish istiqbollarini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: Streptomyces rochei, ekzopolisaxarid, tuzli stress, NaCl, sho‘rlangan tuproq. Tuproq sho‘rlanishi ekinlar o‘sishini cheklovchi muhim abiotik omil bo‘lib, yer degradatsiyasi va cho‘llanishni kuchaytiradi (Tarolli va boshqalar, 2024). Shu bois, sho‘rlanishga chidamli, o‘simlik o‘sishini rag‘batlantiruvchi mikroorganizmlar va ularning ekzopolisaxaridlar (EPS) sintez qilish mexanizmlarini o‘rganish ekologik biotexnologiyada muhim ahamiyatga ega. Ekzopolisaxaridlar (EPS) mikroorganizmlar sintezlaydigan polimerlar bo‘lib, mikrob hujayralari va ularning atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirida muhim rol o‘ynaydi. Ular mikroorganizmlar hamda xo‘jayin o‘simliklarni qurg‘oqchilik, sho‘rlanish va og‘ir metallar ta’siri kabi abiotik stress omillaridan himoya qilishga yordam beradi (Joe va boshqalar, 2026). Tajriba ma’lumotlari ham shuni tasdiqlaydi: tuzga chidamli Halomonas variabilis va Planococcus rifietoensis shtammlarida sho‘rlanish oshgan sari biofilm hosil bo‘lishi va EPS to‘planishi kuchaygan, shtammlar bilan inokulyatsiya esa no‘xat o‘sishini yaxshilab, ildiz atrofida tuproq agregatlari hosil bo‘lishini rag‘batlantirgan (Qurashi & Sabri, 2012). Aktinomitsetlar, jumladan, Streptomyces izolyatlarining sho‘rlanishga chidamliligi va o‘simlik o‘sishini rag‘batlantirish xususiyati aniqlangan. 300 mM NaCl sharoitida bir izolyatda IAA ishlab chiqarilishi 2,4 dan 4,7 µg/ml gacha oshgan va u bilan ishlov berish bug‘doy o‘sishini yaxshilagan (Sadeghi va boshqalar, 2011). Dengiz cho‘kindilaridan ajratilgan Streptomyces maritimus SST3 shtammi 800 mM NaCl sharoitida 5,73 mg/ml EPS sintez qilgan va pomidor o‘simligining sho‘rlanish stressiga chidamliligini oshirishga yordam bergan (Silambarasan va boshqalar, 2024). Shu bilan birga, sho‘rlangan tuproqlardan ajratilgan mikroorganizmlarda EPS sintezining nazorat va tuzli stress sharoitlarida o‘zgarishini shtamm darajasida miqdoriy baholashga oid ma’lumotlarni yanada kengaytirish zarurati mavjud. Streptomyces shtammi glyukoza-achitqi ekstraktli agarda 28 °C da 5–7 kun o‘stirildi. EPS sintezi glyukoza (30 g/l), achitqi ekstrakti (5 g/l), NaNO₃ (3 g/l), MgSO₄·7H₂O (0,5 g/l), K₂HPO₄ (1 g/l) va CaCO₃ (1 g/l) saqlagan, pH 7,0 ga keltirilgan suyuq muhitda o‘rganildi. Nazorat va tajriba variantlariga mos ravishda NaCl qo‘shilmadi yoki 300 mM NaCl kiritildi. Kulturalar 28 °C da, 150 ayl/min tezlikda 4 kun inkubatsiya qilindi. Kultura suyuqligi sentrifugalangach, supernatantga uch hajm sovuq absolyut etanol qo‘shildi va 4 °C da bir sutka saqlandi. Hosil bo‘lgan EPS cho‘kmasi ajratilib, quritildi va uning miqdori quruq massa asosida aniqlandi. Natijalar nazorat varianti bilan taqqoslandi (Sardari va boshqalar, 2016).

IQTIBOS UCHUN Ibragimov A.A., Axmedova Z.R., Xusanov T.S., Kadirova G.X. Tuzli stress sharoitida Streptomyces rochei N4 shtammining ekzopolisaxarid sintezi // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 70–71. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010014

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI 30.10.2026

300 mM NaCl sharoitida S. rochei N4 shtammining EPS sintezi nazoratga nisbatan 46,9% ga oshib, 21,6 ± 1,2 mg/ml ni tashkil etdi (nazoratda 14,7 ± 1,0 mg/ml). Ushbu natija shtammning tuzli stress sharoitida EPS ishlab chiqarish salohiyati ortishini ko‘rsatadi. Mazkur o‘zgarish osmotik stressga moslashuv bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, biroq bu taxminni tasdiqlash uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur. Olingan natijalar S. rochei N4 shtammining tuzli stress sharoitida EPS sintez qilish salohiyatini ko‘rsatib, sho‘rlanishga chidamli mikroorganizmlar bo‘yicha adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga mos keladi. Ushbu shtammni sho‘rlangan tuproqlarda mikrobli inokulyant sifatida qo‘llash istiqbollarini baholash uchun uning o‘simlik o‘sishi va sho‘rlanishga chidamliligiga ta’sirini laboratoriya hamda vegetatsion tajribalarda tekshirish zarur.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Joe, J., Merlin, T., & Nair, I. C. (2026). Ecological and economic importance of exopolysaccharides produced by microorganisms: a review. Journal of Pure and Applied Microbiology, 20(2), 1021. https://doi.org/10.22207/jpam.20.2.05
  2. Sadeghi, A., Karimi, E., Dahaji, P. A., Javid, M. G., Dalvand, Y., & Askari, H. (2011). Plant growth promoting activity of an auxin and siderophore producing isolate of Streptomyces under saline soil conditions. World Journal of Microbiology and Biotechnology, 28(4), 1503– 1509. https://doi.org/10.1007/s11274-011-0952-7
  3. Sardari, R. R., Kulcinskaja, E., Ron, E. Y., Björnsdóttir, S., Friðjónsson, Ó. H., Hreggviðsson, G. Ó., & Karlsson, E. N. (2016b). Evaluation of the production of exopolysaccharides by two strains of the thermophilic bacterium Rhodothermus marinus. Carbohydrate Polymers, 156, 1–8. https://doi.org/10.1016/j.carbpol.2016.08.062
  4. Silambarasan, S., Cornejo, P., Santos, C., Kamaraj, B., Tiyayon, P., & Vangnai, A. S. (2024). Halotolerant exopolysaccharides producing streptomyces Maritimus strain SST3 alleviates salinity stress in Solanum lycopersicum by improving growth, nutritional content and antioxidant enzymes. SSRN Electronic Journal. https://doi.org/10.2139/ssrn.4978598
  5. Tarolli, P., Luo, J., Park, E., Barcaccia, G., & Masin, R. (2024). Soil salinization in agriculture: Mitigation and adaptation strategies combining nature-based solutions and bioengineering. iScience, 27(2), 108830. https://doi.org/10.1016/j.isci.2024.108830 Ibragimov A.A., Axmedova Z.R., Xusanov T.S. va boshq. 71 DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/3010014

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014700
Nashr sanasi
2026-10-30
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
Jild
1
Son
8
DOI
10.66073/refocus-conf/3010014
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
70–71
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03