Pigment hosil qiluvchi aktinomitset shtammlarini turli usullarda saqlashda hayotchanlik va pigment sintezlash xususiyatining barqarorligi
Bekmukhamedova N.K., Husanova Sugdiyona Mansurjon kiziO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti2026
KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 66–69
Annotatsiya
Sanoat uchun muhim mikroorganizmlar kulturalari to‘plamida saqlanayotgan pigment hosil qiluvchi Streptomyces iakyrus ACT-P-20 va Amycolatopsis lurida-51 shtammlarining turli usullar (davriy qayta ekish, distillangan suv, vazelin moyi qatlami ostida, steril qum, steril tuproq, glitserin) da 1 yil davomida saqlangandagi hayotchanligi, pigment hosil qilish xususiyati o‘rganilgan.
Boshqa tillarda
ruschaЖизнеспособность и стабильность синтеза пигментов у пигментообразующих штаммов актиномицетов при хранении различными методами
Изучены жизнеспособность и способность к пигментообразованию у пигментообразующих штаммов Streptomyces iakyrus ACT-P-20 и Amycolatopsis lurida-51, поддерживаемых в коллекции культур промышленно важных микроорганизмов, после хранения в течение 1 года различными методами (периодические пересевы, в дистиллированной воде, под слоем вазелинового масла, в стерильном песке, в стерильной почве, в глицерине).
inglizchaViability and stability of pigment synthesis in pigment-producing actinomycete strains stored by different methods
The viability, pigment-forming ability, and antagonistic activity of the pigment-producing actinomycetes Streptomyces iakyrus ACT-P-20 and Amycolatopsis lurida-51, held in the Collection of Industrially Important Microorganisms, were studied after 1 year of storage by different methods (distilled water, mineral oil overlay, sterile sand, sterile soil, glycerol).
Kalit so‘zlar
- aktinomitsetlar
- pigmentlar
- Streptomyces
- Amycolatopsis
- saqlash usullari
- hayotchanlik
- liofilizatsiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr
I FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010013
PIGMENT HOSIL QILUVCHI AKTINOMITSET SHTAMMLARINI TURLI USULLARDA SAQLASHDA HAYOTCHANLIK VA PIGMENT SINTEZLASH XUSUSIYATINING BARQARORLIGI Bekmuxamedova N.K., Husanova Sug‘diyona Mansurjon qizi O‘zR FA Mikrobiologiya instituti Husanova1216@gmail.com Annotatsiya: Sanoat uchun muhim mikroorganizmlar kulturalari to‘plamida saqlanayotgan pigment hosil qiluvchi Streptomyces iakyrus ACT-P-20 va Amycolatopsis lurida-51 shtammlarining turli usullar (davriy qayta ekish, distillangan suv, vazelin moyi qatlami ostida, steril qum, steril tuproq, glitserin) da 1 yil davomida saqlangandagi hayotchanligi, pigment hosil qilish xususiyati o‘rganilgan. Kalit so‘zlar: aktinomitsetlar, pigmentlar, Streptomyces, Amycolatopsis, saqlash usullari, hayotchanlik, liofilizatsiya. Abstract: The viability, pigment-forming ability, and antagonistic activity of the pigmentproducing actinomycetes Streptomyces iakyrus ACT-P-20 and Amycolatopsis lurida-51, held in the Collection of Industrially Important Microorganisms, were studied after 1 year of storage by different methods (distilled water, mineral oil overlay, sterile sand, sterile soil, glycerol). Keywords: actinomycetes, pigments, Streptomyces, Amycolatopsis, preservation methods, viability. Kirish Sintetik bo‘yoqlarning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar ko‘payib borayotgani sababli oziq-ovqat, farmatsevtika, to‘qimachilik va kosmetika sohalarida tabiiy pigmentlarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda [1]. Mikroorganizmlar, jumladan aktinomitsetlar bunday pigmentlarning istiqbolli manbai hisoblanadi: ular ikkilamchi metabolitlar, xususan, eruvchan va melanoid pigmentlar hamda antibiotik moddalar sintez qiladi [2,3,4,5]. Pigment hosil qiluvchi shtammlarning biotexnologik qiymati ularning pigment sintezlash xususiyati saqlanib qolishiga bog‘liq. Davriy qayta ekish usulida shtammning tez-tez bo‘linishi natijasida genetik o‘zgaruvchanlik, pigment hosil qilish xususiyatining pasayishi va ozuqa muhitining qurib qolishi mumkin, shu sababli kolleksiyalarda saqlashning muqobil usullarini qo‘llash va ularning samaradorligini taqqoslash muhim ahamiyatga ega [6,7,8]. Tadqiqot maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti kolleksiyasida saqlanayotgan pigment hosil qiluvchi Streptomyces iakyrus ACT-P-20 va Amycolatopsis lurida-51 shtammlarining morfologik-kultural xususiyatlarini, turli usullarda saqlashdagi hayotchanligi va pigment hosil qilish barqarorligini qiyosiy baholash. Obyekt va usullar Tadqiqot obyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti sanoat uchun muhim mikroorganizmlar kulturalari kolleksiyasida 1 yil davomida turli usullarda saqlanayotgan Streptomyces iakyrus ACT-P-20 va Amycolatopsis lurida-51 shtammlari tanlandi.
IQTIBOS UCHUN Bekmuxamedova N.K., Husanova S.M. Pigment hosil qiluvchi aktinomitset shtammlarini turli usullarda saqlashda hayotchanlik va pigment sintezlash xususiyatining barqarorligi // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 66–69. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010013
Aktinomitsetlarning kultural belgilari (havo va substrat mitseliysining rangi, eruvchan va melanoid pigmentlarning mavjudligi) Gauze usuli bo‘yicha Gauze, Chapek, glitserin-nitratli va saxaroza-nitratli agar, suli agari (OA), pepton-achitqili agar hamda sof agar muhitlarida 28°C da 7– 14 kun davomida yorug‘likda Bondarsev ranglar shkalasi yordamida 7, 14 va 21-kunlarda baholandi [9,10]. Hujayralar morfologiyasi yorug‘lik mikroskopi ostida o‘rganildi. Shtammlar davriy qayta ekish bilan birga vazelin moyi qatlami ostida, distillangan suvda, steril qumda, steril tuproqda, glitserinda (−20°C) saqlashga qo‘yilgan. Hayotchanlik ketma-ket suyultirish usuli bilan (10¹–10⁴) har bir suyultirishdan 0,1 ml ozuqa muhiti yuzasiga ekib, 28°C da 7–14 kun inkubatsiya qilingandan so‘ng o‘sib chiqqan koloniyalarni sanash orqali aniqlandi va KHB/ml hisobida ifodalandi (N = C×10ⁿ/V, bunda C — koloniyalarning o‘rtacha soni, 10ⁿ — suyultirish darajasi, V — ekilgan hajm, ml). Hayotchanlik darajasi 2026-yil fevral oyida (2 yildan so‘ng) nazoratga nisbatan foizlarda baholandi. Natijalar va muhokama Saqlashdan 1 yil o‘tgach shtammlar ozuqa muhitlariga ekilganda hayotchanligini va pigment hosil qilish xususiyatini saqlab qolganligi aniqlandi. Streptomyces iakyrus ACT-P-20 shtammi turli ozuqa muhitlarida qizildan to‘q qizilgacha bo‘lgan eruvchan pigmentlar hosil qildi (1-jadval). 1-jadval. Streptomyces iakyrus ACT-P-20 shtammining turli ozuqa muhitlarida pigment hosil qilishi № Ozuqa muhiti Havo mitseliysi (HM) Substrat mitseliysi (SM) 1 Gauze qizil to‘q qizg‘ish 2 Glitserin-nitratli agar qizil to‘q qizg‘ish 3 Chapek to‘q pushti och sariq 4 OA (suli agar) to‘q pushti to‘q qizg‘ish 5 Organik agar to‘q kulrang to‘q jigarrang Shtammda spiral shakldagi spora tashuvchilar kuzatildi. Gauze va glitserin-nitratli agarda 20°C da to‘q qizil, 24°C da qizil yoki och pushti pigment hosil bo‘ldi.
1-rasm. Streptomyces iakyrus ACT-P-20 shtammining pigment hosil qilishi (20⁰C va 24⁰C) Streptomyces iakyrus ACT-P-20 shtammining rivojlanishida ozuqa muhiti bilan birga harorat va yorug‘lik muhim ekanligi kuzatildi. Unga ko‘ra 20 0C haroratda, tashqi muhitda shtammning o‘sishi va pigment ajratishi kuzatildi. Shtammning jadal o‘sishi va o‘ziga xos ochdan to‘q qizg‘ishgacha pigment hosil qilishi kuzatildi (1-rasm). Nafaqat tashqi muhit sharoitida, balki termostatda 240C haroratda 7 kun davomida kuzatilganda ham o‘ziga xos och pushti pigment hosil qilganligini ko‘rish mumkin. Amycolatopsis lurida-51 shtammi barcha o‘rganilgan ozuqa muhitlarida eruvchan pigmentlar hosil qildi (2-jadval). Saxaroza-nitratli suyuq muhitda tebranish rejimida (180 ayl/min) o‘stirilganda muhit to‘q binafsha (indigo) rangga bo‘yaldi. Temir sitrat saqlagan pepton-achitqili agarda 14 kunda qora melanoid pigment hosil bo‘lishi shtammning tirozinaza faolligidan dalolat beradi. Saxaroza-nitratli agarda 28°C da shtamm o‘sdi, ammo pigment hosil qilmadi, +4°C da saqlanganda esa pigment sekin-asta sintezlandi, bu pigment hosil qilishning haroratga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
2-jadval. Amycolatopsis lurida-51 shtammining turli ozuqa muhitlarida pigment hosil qilishi № Ozuqa muhiti Havo mitseliysi (HM) Substrat mitseliysi (SM)
1 Saxaroza-nitratli agar havorang to‘q ko‘k 2 Saxaroza-nitratli suyuq muhit to‘q binafsha to‘q binafsha 3 Pepton-achitqili agar to‘q jigarrang Qora 4 OA (suli agar) havorang to‘q ko‘k 5 Gauze havorang ko‘k 6 Glitserin-nitratli agar to‘q ko‘k to‘q ko‘k Saqlash usullarining samaradorligi 1 yildan so‘ng KHB/ml bo‘yicha baholandi. S. iakyrus ACT-P-20 va A. lurida-51 shtammlari uchun eng yuqori hayotchanlik distillangan suvda (3,0×10 5: 3,0×10⁶ KHB/ml) qayd etildi. Vazelin moyi qatlami ostida saqlashda shtammlar hayotchanlik ko‘rsatkichi faol namoyon bo‘lgan bo‘lsa-da, pigment hosil qilish xususiyati nisbatan past bo‘ldi (3,0×10² va 5,0×10³ KHB/ml). Steril tuproqda saqlash ikkala shtamm uchun eng past natijani berdi (10²), pigmentatsiya esa saqlanib qoldi. Glitserinda (−20°C) saqlash ushbu shtammlar uchun kutilgan natijani bermadi. Xulosa Pigment hosil qiluvchi Streptomyces iakyrus ACT-P-20 va Amycolatopsis lurida-51 shtammlari 1 yil davomida turli usullarda saqlanganda asosiy morfofiziologik ko‘rsatkichlari va pigment hosil qilish xususiyatini saqlab qoldi. Hayotchanlik bo‘yicha distillangan suvda, steril qumda va vazelin moyi qatlami ostida saqlash, steril tuproqda saqlashga nisbatan samaraliroq bo‘ldi. Glitserin (−20°C) da saqlash aynan ushbu shtammlar uchun natija bermadi. Olingan shtammlar uzoq muddatli saqlash usullarini takomillashtirish va ular asosida biopreparatlar yaratish imkoniyatlarini baholash uchun qiziqish uyg‘otadi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Qin Z., Wang X. Production of Natural Pigments Using Microorganisms. Journal of Agricultural and Food Chemistry, 2023. https://pubs.acs.org/doi/abs/10.1021/acs.jafc.3c02222
- Barka E.A., Vatsa P., Sanchez L. et al. Taxonomy, physiology, and natural products of Actinobacteria. Microbiology and Molecular Biology Reviews, 2016, Vol. 80, No. 1, P. 1–43.
- De Simeis D., Serra S. Actinomycetes: A Never-Ending Source of Bioactive Compounds — An Overview on Antibiotics Production. Antibiotics, 2021, 10(5):483.
- Bezerra B.C.G. et al. Production of the blue pigment indigoidine by Streptomyces species and its potential as a sustainable dye for the textile industry. Sustainable Chemistry and Pharmacy, 2021.
- da Silva A.M. et al. Red pigment production by Amycolatopsis sp. UFPEDA 3422. Research, Society and Development, 2022. http://dx.doi.org/10.33448/rsd-v11i7.29841
- Hamedi J., Mohammadipanah F. Biotechnological application and preservation of actinomycetes. Microbiological Research, 2018, 214, 95–107. https://doi.org/10.1016/j.micres.2018.02.003
- Pinho J.L.S., de Paschoal A.M.R.B. et al. Methods for the preservation of microorganisms. Microbial pigments production. Process Biochemistry, 2023. doi:
- 1016/j.procbio.2023.02.015
- Бекмухамедова Н.К., Зайнитдинова Л.И., Ёдгорова Ф.Ш. Пигментобразующие штаммы актиномицетов, обитаемые в различных антропогенных зонах г. Ташкента // Universum: химия и биология электрон. научн. журн. 2023. 2(104). https://7universum.com/ru/nature/archive/item/14936
- Гаузе Г.Ф., Преображенская Т.П., Свешникова М.А., Терехова Л.П., Максимова Т.С. Определитель актиномицетов. М.: Наука, 1983. 258 с.
- Бондарцев А.С. Шкала цветов. М.–Л.: Изд. АН СССР, 1954. 27 с.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014699
- Nashr sanasi
- 2026-10-30
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
- Jild
- 1
- Son
- 8
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/3010013
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 66–69
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03