Asosiy mazmunga o‘tish

Paenibacillus sp. bakteriyasida ekzopolisaxarid hosil bo‘lishi va antifungal faollikning EPS ajratilgandan keyingi fraksiyada aniqlanishi

Begmatov Jorabek, Aytenov Ilham Sarsenbay uli, Bazarbaeva Sapargul, Bozorov TohirO‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti2026

KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 60–61

Annotatsiya

Ushbu tadqiqotda Paenibacillus sp. bakteriyasining turli suyuq ozuqa muhitlarida o‘sishi va Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum ga qarshi antifungal faollik namoyon qiluvchi fraksiyalarni dastlabki aniqlash masalasi o‘rganildi. Bakteriya Nutrient Broth (NB), Luria–Bertani (LB), Potato Dextrose (PD), Tryptone Soy Broth (TSB), ISP2 va Corn Steep Liquor (CSL) muhitlarida 28 °C haroratda, 150 ayl/min tezlikda 5 kun davomida kultivatsiya qilindi. Olingan ekstraktlarning dastlabki tekshiruvlarida sezilarli antifungal ta‘sir aniqlanmadi. ISP2 muhitida ekzopolisaxarid (EPS) hosil bo‘lishi kuzatildi va u etanol yordamida ajratildi. Alohida tekshirilganda, EPS fraksiyasi F. oxysporum f. sp. vasinfectum o‘sishini ingibitsiya qilmadi, EPS ajratilgandan keyin qolgan fraksiya esa zamburug‘ mitseliysi o‘sishini susaytirdi. Natijalar faollikni namoyon qiluvchi birikmalarni keyingi bosqichlarda xromatografik usullar bilan ajratish va kimyoviy tabiatini aniqlash zarurligini ko‘rsatadi.

Boshqa tillarda

ruschaОбразование экзополисахарида бактерией Paenibacillus sp. и выявление антифунгальной активности во фракции, оставшейся после выделения ЭПС

В данном исследовании изучены рост бактерии Paenibacillus sp. на различных жидких питательных средах и предварительное выявление фракций, проявляющих антифунгальную активность в отношении Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum. Бактерию культивировали на средах Nutrient Broth (NB), Luria–Bertani (LB), Potato Dextrose (PD), Tryptone Soy Broth (TSB), ISP2 и Corn Steep Liquor (CSL) при 28 °C и 150 об/мин в течение 5 суток. При предварительной проверке полученных экстрактов выраженного антифунгального действия не выявлено. На среде ISP2 наблюдалось образование экзополисахарида (ЭПС), который выделяли с помощью этанола. При раздельном тестировании фракция ЭПС не ингибировала рост F. oxysporum f. sp. vasinfectum, тогда как фракция, оставшаяся после выделения ЭПС, подавляла рост мицелия гриба. Результаты указывают на необходимость на последующих этапах выделить активные соединения хроматографическими методами и установить их химическую природу.

inglizchaExopolysaccharide production by Paenibacillus sp. and detection of antifungal activity in the fraction remaining after EPS separation

This study investigated the growth of Paenibacillus sp. in various liquid nutrient media and the preliminary detection of fractions exhibiting antifungal activity against Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum. The bacterium was cultivated in Nutrient Broth (NB), Luria–Bertani (LB), Potato Dextrose (PD), Tryptone Soy Broth (TSB), ISP2 and Corn Steep Liquor (CSL) media at 28 °C and 150 rpm for 5 days. Preliminary testing of the resulting extracts revealed no significant antifungal effect. Exopolysaccharide (EPS) production was observed in ISP2 medium, and the EPS was separated using ethanol. When tested separately, the EPS fraction did not inhibit the growth of F. oxysporum f. sp. vasinfectum, whereas the fraction remaining after EPS separation suppressed the growth of the fungal mycelium. The results indicate that the active compounds need to be isolated by chromatographic methods and their chemical nature determined in subsequent stages of the work.

Kalit so‘zlar

  • Paenibacillus sp
  • Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum
  • antifungal faollik
  • ekzopolisaxarid
  • EPS dan keyingi fraksiya
  • biologik nazorat

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr

I FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010011

PAENIBACILLUS SP. BAKTERIYASIDA EKZOPOLISAXARID HOSIL BO‘LISHI VA ANTIFUNGAL FAOLLIKNING EPS AJRATILGANDAN KEYINGI FRAKSIYADA ANIQLANISHI Begmatov Jo‘rabek, O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tayanch doktoranti E-mail: Begmatov18@inbox.ru Aytenov Ilham Sarsenbay uli, O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti kichik ilmiy xodimi, PhD Bazarbaeva Sapargul, O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti tayanch doktoranti Bozorov Tohir, O‘zR FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti bosh ilmiy xodimi, b.f.d. Annotatsiya: Ushbu tadqiqotda Paenibacillus sp. bakteriyasining turli suyuq ozuqa muhitlarida o‘sishi va Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum ga qarshi antifungal faollik namoyon qiluvchi fraksiyalarni dastlabki aniqlash masalasi o‘rganildi. Bakteriya Nutrient Broth (NB), Luria– Bertani (LB), Potato Dextrose (PD), Tryptone Soy Broth (TSB), ISP2 va Corn Steep Liquor (CSL) muhitlarida 28 °C haroratda, 150 ayl/min tezlikda 5 kun davomida kultivatsiya qilindi. Olingan ekstraktlarning dastlabki tekshiruvlarida sezilarli antifungal ta’sir aniqlanmadi. ISP2 muhitida ekzopolisaxarid (EPS) hosil bo‘lishi kuzatildi va u etanol yordamida ajratildi. Alohida tekshirilganda, EPS fraksiyasi F. oxysporum f. sp. vasinfectum o‘sishini ingibitsiya qilmadi, EPS ajratilgandan keyin qolgan fraksiya esa zamburug‘ mitseliysi o‘sishini susaytirdi. Natijalar faollikni namoyon qiluvchi birikmalarni keyingi bosqichlarda xromatografik usullar bilan ajratish va kimyoviy tabiatini aniqlash zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: Paenibacillus sp., Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum, antifungal faollik, ekzopolisaxarid, EPS dan keyingi fraksiya, biologik nazorat. Kirish Fitopatogen zamburug‘lar qishloq xo‘jaligi ekinlarida kasalliklar keltirib chiqarib, hosildorlik va mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Fusarium turkumiga mansub zamburug‘lar o‘simliklarda so‘lish va ildiz kasalliklari bilan bog‘liq muhim fitopatogenlar qatoriga kiradi [1, 2]. Kimyoviy fungitsidlardan uzoq muddat foydalanish agroekotizimlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi sababli, mikroorganizmlar asosidagi biologik nazorat usullarini o‘rganish dolzarbdir [3]. Paenibacillus turkumiga mansub bakteriyalar biologik faol birikmalar ishlab chiqarish qobiliyati tufayli bunday tadqiqotlar uchun istiqbolli obyekt hisoblanadi. Ishning maqsadi Paenibacillus sp. bakteriyasidan olingan ekstraktlarning F. oxysporum f. sp. vasinfectum ga qarshi faolligini dastlabki baholash va faollik aniqlangan fraksiyani keyingi tadqiqotlar uchun belgilashdan iborat. Materiallar va metodlar Tadqiqot obyekti sifatida Paenibacillus sp. bakteriya izolyati, test-organizm sifatida esa Fusarium oxysporum f. sp. vasinfectum zamburug‘i ishlatildi. Bakteriya NB, LB, PD, TSB, ISP2 va CSL suyuq ozuqa muhitlarida 28 °C haroratda, 150 ayl/min tezlikda 5 kun davomida o‘stirildi.

IQTIBOS UCHUN Begmatov J., Aytenov I., Bazarbaeva S., Bozorov T. Paenibacillus sp. bakteriyasida ekzopolisaxarid hosil bo‘lishi va antifungal faollikning EPS ajratilgandan keyingi fraksiyada aniqlanishi // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 60–61. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010011

FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI 30.10.2026

Kultivatsiyadan so‘ng biomassa va kultural suyuqlik ajratilib, ekstraktlar tayyorlandi. Ekstraktlarning antifungal faolligi agar-diffuziya usuli yordamida baholandi. ISP2 muhitida hosil bo‘lgan EPS etanol yordamida cho‘ktirilib, EPS fraksiyasi va cho‘ktirishdan keyin qolgan fraksiya alohida tekshirildi. Natijalar va muhokama Dastlabki tajribalarda turli ozuqa muhitlaridan tayyorlangan ekstraktlar hamda turli erituvchilarda olingan namunalarda F. oxysporum f. sp. vasinfectum ga qarshi sezilarli ingibitsiya kuzatilmadi. Keyingi tajribalarda ISP2 muhitida Paenibacillus sp. tomonidan EPS hosil bo‘lishi qayd etildi. EPS ajratib olingach, uning o‘zi zamburug‘ o‘sishini susaytirmadi, biroq EPS ajratilgandan keyin qolgan fraksiyada antifungal ta’sir kuzatildi. Bu kuzatuv faol komponent(lar) EPS fraksiyasida to‘planmagan, balki etanol bilan cho‘kmagan qolgan fraksiyada bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. Biroq mavjud natijalar faol moddaning kimyoviy tuzilishi yoki aniq sinfini belgilash uchun yetarli emas. Shuning uchun ushbu fraksiyani xromatografik ajratish, fraksiyalar faolligini qayta tekshirish va keyinchalik instrumental tahlil yordamida tavsiflash zarur. Xulosa O‘rganilgan sharoitlarda ISP2 muhitida hosil bo‘lgan EPS fraksiyasi antifungal faollik ko‘rsatmadi, EPS ajratilgandan keyingi fraksiyada esa F. oxysporum f. sp. vasinfectum o‘sishining susayishi kuzatildi. Ushbu dastlabki natija Paenibacillus sp. bakteriyasining antifungal ta’sirini yuzaga keltiruvchi birikmalarni EPS dan keyingi fraksiyadan izlash va ularni keyingi xromatografik hamda kimyoviy tahlillar orqali aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. Peng Y., Li S.J., Yan J., Tang Y., Cheng J.P., Gao A.J., Yao X., Ruan J.J., Xu B.L. Research Progress on Phytopathogenic Fungi and Their Role as Biocontrol Agents. Frontiers in Microbiology. 2021;12:670135. DOI: 10.3389/fmicb.2021.670135.
  2. Khasanov B.A., Sherimbetov A.G., Adilov B.S., Khakimov A.A. Crop Diseases in Uzbekistan Caused by the Species of the Genus Fusarium: An Overview. Fusarium – Recent Studies. 2023. DOI: 10.5772/intechopen.1003121.
  3. Díaz-García L., Domínguez-Hernández V., García-Delgado C., Rodríguez-Cruz M.S., Quesada-Molina J., Sánchez-Martín M.J. Overhauling the assessment of agrochemical-driven interferences with microbial communities for improved global ecosystem integrity. Environmental Science and Ecotechnology. 2020;4:100061. DOI: 10.1016/j.ese.2020.100061. Begmatov J., Aytenov I., Bazarbaeva S. va boshq. 61 DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/3010011

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014697
Nashr sanasi
2026-10-30
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
Jild
1
Son
8
DOI
10.66073/refocus-conf/3010011
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
60–61
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03