Bug‘doy o‘simligidan ajratib olingan Fusarium graminearum fitopatogen zamburug‘ining morfo-biologik xususiyatlari va uni aniqlash
Ruzmetov D.R., Sherimbetov A.G., Ramazonov Javohir Doniyor ugli, Eshjonov T.D.O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti2026
KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 37–40
Annotatsiya
Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi ekinlari namunalaridan ajratib olingan fitopatogen zamburug‘ — Fusarium graminearum shtammining morfologik va biologik xususiyatlari, ozuqa muhitlaridagi o‘sish darajasi va mikroskopik tahlil natijalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida zamonaviy mikologik aniqlagichlar yordamida izolyatning Fusarium graminearum turiga mansubligi aniqlandi. Shuningdek, olingan shtammni laboratoriya sharoitida saqlash, uning patogenlik xususiyatlarini o‘rganish hamda "Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar kolleksiyasi" noyob obyekti genofondini mahalliy izolyatlar bilan boyitishning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab berildi.
Boshqa tillarda
ruschaМорфо-биологические особенности и идентификация фитопатогенного гриба Fusarium graminearum, выделенного из пшеницы
В данной статье освещены морфологические и биологические особенности, скорость роста на питательных средах и результаты микроскопического анализа штамма фитопатогенного гриба Fusarium graminearum, выделенного из образцов сельскохозяйственных культур. В ходе исследования с помощью современных микологических определителей была подтверждена принадлежность изолята к виду Fusarium graminearum. Также были обоснованы научно-практическое значение хранения полученного штамма в лабораторных условиях, изучения его патогенных свойств, а также пополнения генофонда уникального объекта «Коллекция фитопатогенных и других микроорганизмов» местными изолятами.
inglizchaMorpho-biological characteristics and identification of the phytopathogenic fungus Fusarium graminearum isolated from wheat
This article highlights the morphological and biological characteristics, growth rates on nutrient media, and microscopic analysis results of the phytopathogenic fungus Fusarium graminearum strain isolated from agricultural crop samples. During the research, using modern mycological identifiers, the isolate was identified as belonging to the species Fusarium graminearum. Furthermore, the scientific and practical significance of preserving the obtained strain in laboratory conditions, studying its pathogenic properties, and enriching the gene pool of the unique object "Collection of Phytopathogenic and Other Microorganisms" with local isolates was substantiated.
Kalit so‘zlar
- Fusarium graminearum
- fitopatogen zamburug‘
- kolleksiya
- morfo-biologik xususiyatlar
- KDA ozuqa muhiti
- taksonomiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr
I FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010005
BUG‘DOY O‘SIMLIGIDAN AJRATIB OLINGAN FUSARIUM GRAMINEARUM FITOPATOGEN ZAMBURUG‘INING MORFO-BIOLOGIK XUSUSIYATLARI VA UNI ANIQLASH Ruzmetov D.R., Sherimbetov A.G., Ramazonov Javohir Doniyor o‘g‘li, Eshjonov T.D. Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Annotatsiya: Mazkur maqolada qishloq xo‘jaligi ekinlari namunalaridan ajratib olingan fitopatogen zamburug‘ — Fusarium graminearum shtammining morfologik va biologik xususiyatlari, ozuqa muhitlaridagi o‘sish darajasi va mikroskopik tahlil natijalari yoritilgan. Tadqiqot jarayonida zamonaviy mikologik aniqlagichlar yordamida izolyatning Fusarium graminearum turiga mansubligi aniqlandi. Shuningdek, olingan shtammni laboratoriya sharoitida saqlash, uning patogenlik xususiyatlarini o‘rganish hamda "Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar kolleksiyasi" noyob obyekti genofondini mahalliy izolyatlar bilan boyitishning ilmiy-amaliy ahamiyati asoslab berildi. Kalit so‘zlar: Fusarium graminearum, fitopatogen zamburug‘, kolleksiya, morfo-biologik xususiyatlar, KDA ozuqa muhiti, taksonomiya. Аннотация: В данной статье освещены морфологические и биологические особенности, скорость роста на питательных средах и результаты микроскопического анализа штамма фитопатогенного гриба Fusarium graminearum, выделенного из образцов сельскохозяйственных культур. В ходе исследования с помощью современных микологических определителей была подтверждена принадлежность изолята к виду Fusarium graminearum. Также были обоснованы научно-практическое значение хранения полученного штамма в лабораторных условиях, изучения его патогенных свойств, а также пополнения генофонда уникального объекта «Коллекция фитопатогенных и других микроорганизмов» местными изолятами. Ключевые слова: Fusarium graminearum, фитопатогенный гриб, коллекция, морфобиологические особенности, питательная среда КДА (картофельно-декстрозный агар), таксономия. Abstract: This article highlights the morphological and biological characteristics, growth rates on nutrient media, and microscopic analysis results of the phytopathogenic fungus Fusarium graminearum strain isolated from agricultural crop samples. During the research, using modern mycological identifiers, the isolate was identified as belonging to the species Fusarium graminearum. Furthermore, the scientific and practical significance of preserving the obtained strain in laboratory conditions, studying its pathogenic properties, and enriching the gene pool of the unique object "Collection of Phytopathogenic and Other Microorganisms" with local isolates was substantiated. Keywords: Fusarium graminearum, phytopathogenic fungus, collection, morpho-biological characteristics, PDA (Potato Dextrose Agar) nutrient medium, taxonomy. Kirish Hozirgi kunda global miqyosda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirishda eng jiddiy muammolardan biri o‘simlik kasalliklari, xususan, zamburug‘lar keltirib chiqaradigan kasalliklar hisoblanadi. G‘allachilik maydonlarida keng tarqalgan va qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga jiddiy
IQTIBOS UCHUN Ruzmetov D.R., Sherimbetov A.G., Ramazonov J.D., Eshjonov T.D. Bug‘doy o‘simligidan ajratib olingan Fusarium graminearum fitopatogen zamburug‘ining morfo-biologik xususiyatlari va uni aniqlash // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 37–40. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010005 iqtisodiy zarar keltiruvchi xavfli kasalliklardan biri bu boshoq qorayishi yoki qizil boshoq hisoblanadi. Mazkur kasallikning asosiy qo‘zg‘atuvchisi Fusarium graminearum fitopatogen zamburug‘i bo‘lib, u nafaqat don hosildorligini 30-50% gacha kamaytiradi, balki don tarkibida xavfli mikotoksinlar (deoksinivalenol, zearalenon) to‘planishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida oziq-ovqat xavfsizligiga jiddiy xavf tug‘diradi.
Ilmiy-tadqiqot institutlarida, xususan, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining "Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar kolleksiyasi" noyob obyektida bunday patogen mikroorganizmlarning genofondini yig‘ish, saqlash, pasportlashtirish va ularning biologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Shu bois, qishloq xo‘jaligi o‘simliklaridan yangi fitopatogen izolyatlarni ajratib olish va ularni aniqlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Adabiyotlar tahlili Ilmiy adabiyotlarga ko‘ra, Fusarium turkumiga mansub zamburug‘lar tuproqda va o‘simlik qoldiqlarida saprotrof yoki parazit sifatida keng tarqalgan. Leslie va Summerell hamda Domsch va boshqalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Fusarium graminearum turlarining morfologik tuzilishi, xususan, ularning makrokonidiyalari va sporalarining tuzilishiga qarab aniqlanishi batafsil bayon etilgan [1,2].
Mahalliy olimlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonning tuproq-iqlim sharoitida g‘alla ekinlarining zararlanishi har yili ob-havo sharoitiga qarab o‘zgarib turadi. Shu sababli, har bir mintaqaga xos bo‘lgan fitopatogen shtammlarni aniqlash, ularning irsiy va fenotipik xususiyatlarini o‘rganish dolzarb ilmiy muammo bo‘lib qolmoqda [3]. Tadqiqot materiali va usullari Tadqiqotlar O‘zbekiston Respublikasi FA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutida laboratoriya sharoitida olib borildi. Namunalarni yig‘ish jarayonida kasallik alomatlari yaqqol ko‘ringan bug‘doy boshoqlari va poyalari respublikaning turli hududlaridan yig‘ib olindi va laboratoriyaga keltirildi.
Kasallangan bug‘doy to‘qimalari dastlab oqadigan suvda tuproq qoldiqlaridan tozalandi va 0.5 sm hajmdagi kichik bo‘laklarga bo‘lindi. To‘qimalar sirtidagi suvsizlanishning oldini olish hamda dezinfeksiyalovchi eritmaning bir tekis ta’sir qilishini ta’minlash uchun dastlab Tvin-80 (Tween-80) eritmasida ishlov berildi. Shundan so‘ng namunalar ketma-ket ravishda 0.1% li natriy gipoxlorit (NaClO) eritmasida va 50% li etil spirtida yuza qismi sterillandi. Oxirida to‘qima parchalari qoldiq kimyoviy moddalardan tozalash maqsadida uch marta sterillangan distillangan suvda yaxshilab yuvildi [4].
Ozuqa muhitiga ekish va sof kulturalarni ajratish. Sterillangan to‘qima bo‘laklari patogenlarni o‘stirish uchun universal hisoblangan kartoshka-dekstroza agar (PDA - Potato Dextrose Agar) ozuqa muhitiga steril sharoitda petri idishlarga ko‘chirib ekiladi. O‘simlikning zararlangan qismidan ajratib olib ekilgan fragmentlar inkubatorga joylashtirilib, 26 °C da optimal haroratda saqlanadi.
Morfologik va mikroskopik tahlil. O‘sgan koloniyalarning tashqi ko‘rinishi (rangi, tuzilishi, o‘sish tezligi) qayd etildi (1-rasm). Mikroskopik tadqiqotlar yorug‘lik mikroskopi yordamida amalga oshirildi. Mikroskopik morfologik belgilar John F. Leslie va Brett A. Summerell tomonidan tayyorlangan The Fusarium Laboratory Manual qo‘llanmasida keltirilgan Fusarium vakillarining diagnostik belgilariga muvofiq tahlil qilindi. Mazkur qo‘llanmada Fusarium turlarini aniqlashda makrokonidiyalarning shakli, septalanishi, mikrokonidiyalarning morfologiyasi hamda boshqa ikkilamchi belgilar muhim diagnostik mezonlar sifatida ko‘rsatilgan. Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi Tadqiqot davomida o‘simlik namunalaridan jami bir nechta zamburug‘ izolyatlari ajratib olindi va ulardan birining Fusarium graminearum turiga mansubligi to‘liq tasdiqlandi.
1-rasm. Bug‘doy o‘simligidan ajratib olingan zamburug‘ koloniyalari Kultural xususiyatlari. KDA ozuqa muhitida o‘stirilgan zamburug‘ koloniyasi tez o‘sishi bilan ajralib turdi. Dastlabki kunlarda mitseliy oqish, och pushti rangli tuzilishda rivojlandi. Koloniya rivojlanishi davomida 7-10 kun davomida uning rangi qizg‘ish-pushti, och qizil tusga kirdi.
2-rasm. KDA ozuqa muhitida o‘sayotgan Fusarium graminearum sof kulturasining umumiy ko‘rinishi: a) ustki qismi, b) orqa tomoni Ozuqa muhitining orqa tomoni ham qizg‘ish-jigarrang tusda bo‘lishi kuzatildi, bu ushbu turning muhim diagnostik belgilaridan biridir (2-rasm). Mikroskopik xususiyatlari. Fusarium turkumiga mansub izolyatlarning mikroskopik tekshiruvi NLCD-307B optik mikroskopi yordamida 10˟100 kattalashtirishda amalga oshirildi. Mikroskopik tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ajratib olingan shtamm o‘roqsimon egilgan makrokonidiyalar bilan ajralib turadi. Makrokonidiyalar o‘rtacha 3-5 ta ko‘ndalang to‘siqli (hujayrali) bo‘lib, ularning uchlari biroz ingichkalashgan shakli ko‘rildi (3-rasm). Mikrokonidiyalar bu tur uchun deyarli kuzatilmasligi aniqlandi. Olingan morfologik ko‘rsatkichlar xalqaro aniqlagichlardagi ta’riflarga 98- 100% mos keldi.
3-rasm. Fusarium graminearum zamburug‘ining mikroskopik tuzilishi: o‘roqsimon makrokonidiyalar 10x100 kattalashtirilgan ko‘rinishi Muhokama. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari namunalaridan ajratib olingan Fusarium graminearum izolyatlari klassik morfologik belgilariga ko‘ra standart shtammlar bilan to‘liq mos keladi. Bu esa ushbu patogenni laboratoriya sharoitida muvaffaqiyatli saqlash va kelgusida qishloq xo‘jaligi kasalliklariga qarshi kurashish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda foydalanish imkonini beradi. Xulosa O‘simlik namunalaridan sof kultura holatiga ajratib olingan fitopatogen zamburug‘ zamonaviy mikologik aniqlagichlar yordamida tahlil qilinib, uning Fusarium graminearum turiga mansubligi isbotlandi. PDA ozuqa muhitidagi kultural va mikroskopik xususiyatlari (o‘roqsimon makrokonidiyalar va pushti qizg‘ish koloniya rangi) ushbu turning klassik ta’riflariga mos kelishi aniqlandi. Aniqlangan va o‘rganilgan ushbu shtamm Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi institutining "Fitopatogen va boshqa mikroorganizmlar kolleksiyasi" noyob obyekti genofondini boyitish hamda kelgusidagi fitopatologik tadqiqotlar uchun ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Leslie, J. F., & Summerell, B. A. (2006). The Fusarium Laboratory Manual. Blackwell Professional Publishing, Ames, Iowa. 388 p.
- Domsch, K. H., Gams, W., & Anderson, T. H. (2007). Compendium of Soil Fungi. 2nd ed. IHW-Verlag, Eching, Germany.
- Toshmatov, X. R., va boshqalar. (2022). Qishloq xo‘jaligi ekinlari kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Toshkent, "Fan va texnologiya".
- Bilay V.I. Metodi eksperimentalnoy miakrobiologii (Spravochnik). – Kiyev: Naukova dumka, 1982. 78–85.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014691
- Nashr sanasi
- 2026-10-30
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
- Jild
- 1
- Son
- 8
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/3010005
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 37–40
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03