Caroxylon dendroides o‘simligi galotolerant bakteriyalarining Fusarium turkumi vakillariga qarshi antagonistik faolligi
Isokulov Marufbek Zohid ugli1, Aytenov Ilham Sarsenbay uli2, Hamidova Khursheda Mominovna, Karimov Husniddin Kholmamatovich2026
- 1O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti
- 2O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti
KonferensiyalarFundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohiJild 1Son 8Sahifa 23–26
Annotatsiya
Fitopatogen zamburug‘lar qishloq xo‘jaligi barqarorligiga jiddiy tahdid soladi, bu katta iqtisodiy yo‘qotishlarga va oziq-ovqat sifatining pasayishiga olib keladi. Natijada, kasalliklarni boshqarish strategiyalarini muqobil o‘rganish, ayniqsa antagonistik potensialga ega tabiiy mikroorganizmlardan foydalanish juda muhimdir. Tadqiqotimizda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani sho‘rlangan tuproqlarida uchrovchi Sho‘rbuta (Caroxylon dendroides (Pall.) Tzvelev) o‘simligidan ajratib olingan galotolerant bakteriya shtammlarining o‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi xususiyatlari baholandi. Eng kuchli faollik bergan izolyatlar MALDI-TOF tahliliga ko‘ra, Bacillus atrophaeus 20, Bacillus rugosus 29 ekanligi aniqlandi. Ushbu tanlab olingan izolyatlarning Fusarium oxysporum, F. gossypinum, F. graminearum, F. brachygibbosum zamburug‘lariga qarshi antagonistik faolligi baholandi.
Boshqa tillarda
ruschaАнтагонистическая активность галотолерантных бактерий растения Caroxylon dendroides в отношении представителей рода Fusarium
Фитопатогенные грибы представляют серьёзную угрозу для устойчивого развития сельского хозяйства, приводя к значительным экономическим потерям и снижению качества сельскохозяйственной продукции. В связи с этим особую актуальность приобретает поиск альтернативных стратегий борьбы с фитопатогенами, в частности, с использованием природных микроорганизмов, обладающих антагонистическим потенциалом. В данном исследовании оценивали ростстимулирующие свойства галотолерантных бактериальных штаммов, выделенных из галофитного растения Caroxylon dendroides (Pall.) Tzvelev (шўрбута), произрастающего на засолённых почвах Сайхунабадского района Сырдарьинской области Республики Узбекистан. По результатам MALDI-TOF-анализа наиболее перспективные изоляты были идентифицированы как Bacillus atrophaeus штамм 20 и Bacillus rugosus штамм 29. В дальнейшем была оценена антагонистическая активность отобранных изолятов в отношении фитопатогенных грибов Fusarium oxysporum, F. gossypinum, F. graminearum и F. brachygibbosum.
inglizchaAntagonistic activity of halotolerant bacteria from Caroxylon dendroides against members of the genus Fusarium
Phytopathogenic fungi pose a serious threat to agricultural sustainability, causing substantial economic losses and reducing food quality. Therefore, exploring alternative disease management strategies, particularly those involving naturally occurring microorganisms with antagonistic potential, is of considerable importance. In this study, the plant growth-promoting properties of halotolerant bacterial strains isolated from the halophyte Caroxylon dendroides (Pall.) Tzvelev, commonly known as Sho‘rbuta, growing in saline soils of Saykhunabad District, Syrdarya Region, Uzbekistan, were evaluated. Based on MALDI-TOF analysis, the most promising isolates were identified as Bacillus atrophaeus strain 20 and Bacillus rugosus strain 29. The antagonistic activity of these selected isolates against the phytopathogenic fungi Fusarium oxysporum, F. gossypinum, F. graminearum, and F. brachygibbosum was subsequently assessed.
Kalit so‘zlar
- Caroxylon dendroides
- zamburug‘
- Fusarium
- galotolerant bakteriya
- antagonizm
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYANING BUGUNGI HOLATI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI: YOSH OLIMLAR NIGOHI Respublika ilmiy-amaliy anjumani · Toshkent, 2026-yil 30-oktabr
I FUNDAMENTAL VA AMALIY MIKROBIOLOGIYA DOI 10.66073/ReFocus-Conf/3010002
UO‘K 579.64 CAROXYLON DENDROIDES O‘SIMLIGI GALOTOLERANT BAKTERIYALARINING FUSARIUM TURKUMI VAKILLARIGA QARSHI ANTAGONISTIK FAOLLIGI Isoqulov Ma’rufbek Zohid o‘g‘li, O‘zRFA Mikrobiologiya instituti tayanch doktoranti E-mail: isaqulovmarufbek@gmail.com Aytenov Ilham Sarsenbay uli, PhD, O‘zRFA Genetika va O‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti Hamidova Xursheda Mo‘minovna, B.f.n., katta ilmiy xodim, O‘zRFA Mikrobiologiya instituti Karimov Husniddin Xolmamatovich, PhD, katta ilmiy xodim, O‘zRFA Mikrobiologiya instituti Annotatsiya: Fitopatogen zamburug‘lar qishloq xo‘jaligi barqarorligiga jiddiy tahdid soladi, bu katta iqtisodiy yo‘qotishlarga va oziq-ovqat sifatining pasayishiga olib keladi. Natijada, kasalliklarni boshqarish strategiyalarini muqobil o‘rganish, ayniqsa antagonistik potensialga ega tabiiy mikroorganizmlardan foydalanish juda muhimdir. Tadqiqotimizda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani sho‘rlangan tuproqlarida uchrovchi Sho‘rbuta (Caroxylon dendroides (Pall.) Tzvelev) o‘simligidan ajratib olingan galotolerant bakteriya shtammlarining o‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi xususiyatlari baholandi. Eng kuchli faollik bergan izolyatlar MALDI-TOF tahliliga ko‘ra, Bacillus atrophaeus 20, Bacillus rugosus 29 ekanligi aniqlandi. Ushbu tanlab olingan izolyatlarning Fusarium oxysporum, F. gossypinum, F. graminearum, F. brachygibbosum zamburug‘lariga qarshi antagonistik faolligi baholandi. Kalit so‘zlar: Caroxylon dendroides, zamburug‘, Fusarium, galotolerant bakteriya, antagonizm. Аннотация: Фитопатогенные грибы представляют серьёзную угрозу для устойчивого развития сельского хозяйства, приводя к значительным экономическим потерям и снижению качества сельскохозяйственной продукции. В связи с этим особую актуальность приобретает поиск альтернативных стратегий борьбы с фитопатогенами, в частности, с использованием природных микроорганизмов, обладающих антагонистическим потенциалом. В данном исследовании оценивали ростстимулирующие свойства галотолерантных бактериальных штаммов, выделенных из галофитного растения Caroxylon dendroides (Pall.) Tzvelev (шўрбута), произрастающего на засолённых почвах Сайхунабадского района Сырдарьинской области Республики Узбекистан. По результатам MALDI-TOF-анализа наиболее перспективные изоляты были идентифицированы как Bacillus atrophaeus штамм 20 и Bacillus rugosus штамм 29. В дальнейшем была оценена антагонистическая активность отобранных изолятов в отношении фитопатогенных грибов Fusarium oxysporum, F. gossypinum, F. graminearum и F. brachygibbosum. Ключевые слова: Caroxylon dendroides, грибы, Fusarium, галотолерантные бактерии, антагонизм.
IQTIBOS UCHUN Isoqulov M.Z., Aytenov I.S., Hamidova X.M., Karimov H.X. Caroxylon dendroides o‘simligi galotolerant bakteriyalarining Fusarium turkumi vakillariga qarshi antagonistik faolligi // Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi: Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 23–26. DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/3010002
Abstract: Phytopathogenic fungi pose a serious threat to agricultural sustainability, causing substantial economic losses and reducing food quality. Therefore, exploring alternative disease management strategies, particularly those involving naturally occurring microorganisms with antagonistic potential, is of considerable importance. In this study, the plant growth-promoting properties of halotolerant bacterial strains isolated from the halophyte Caroxylon dendroides (Pall.) Tzvelev, commonly known as Sho‘rbuta, growing in saline soils of Saykhunabad District, Syrdarya Region, Uzbekistan, were evaluated. Based on MALDI-TOF analysis, the most promising isolates were identified as Bacillus atrophaeus strain 20 and Bacillus rugosus strain 29. The antagonistic activity of these selected isolates against the phytopathogenic fungi Fusarium oxysporum, F. gossypinum, F. graminearum, and F. brachygibbosum was subsequently assessed. Keywords: Caroxylon dendroides, fungi, Fusarium, halotolerant bacteria, antagonism. Kirish Global iqlim o‘zgarishi va ekin maydonlarining degradatsiyasi kabi ikki tomonlama bosim ostida qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishi jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Xususan, patogen mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan zarar va sho‘r-ishqoriy stress tufayli yuzaga keladigan cheklovlar don ekinlarining xavfsiz yetishtirilishini cheklovchi ikki muhim omil sifatida paydo bo‘ldi [1]. Fitopatogen o‘simlik zamburug‘lari o‘simlik kasalliklarining 70% dan 80% gacha bo‘lgan qismini keltirib chiqaradi, bu esa global qishloq xo‘jaligi mahsuldorligiga doimiy tahdid soladi, natijada hosildorlikning keskin pasayishi va asosiy ekin sifatining yomonlashishiga olib keladi [2;3;4]. Fusarium turkumidagi zamburug‘lar don ekinlarining asosiy patogenlari bo‘lib, don hosildorligi va sifatini pasaytiradigan fito- va mikotoksinlarni ishlab chiqaradi. Shuning uchun o‘simlik bilan bog‘liq bakteriyalar orasida samarali biologik nazorat vositalarini izlash dolzarb soha hisoblanadi [5]. Antagonistik bakteriyalar zararli fitopatogenlarning o‘sishini tabiiy ravishda cheklash orqali o‘simliklar salomatligi va ekologik muvozanatni saqlashda muhim o‘rin tutadi [6]. Bakteriyalar o‘simlik ildizi atrofi va ichki to‘qimalarida yashab, ozuqa moddalari va joy uchun raqobat, antibiotiklar, lipopeptidlar (masalan, surfaktin, iturin va fengitsin) va poliketidlarni o‘z ichiga olgan antimikrob birikmalar ishlab chiqarish va patogen hujayra devorlarini parchalaydigan gidrolitik fermentlarning sekretsiyasi kabi turli mexanizmlar orqali himoya ta’sirini ko‘rsatadi [7;8]. Bu bioaktiv birikmalar zamburug‘ hujayra membranalarini buzish, asosiy metabolik jarayonlarga xalaqit berish yoki sporalarning rivojlanishini blokirovka qilish orqali zamburug‘larning o‘sishini ingibitsiya qilishi mumkin [9;10]. Materiallar va usullar Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani sho‘rlangan tuproqlarida uchraydigan dominant galofit Sho‘rbuta (Caroxylon dendroides (Pall.) Tzvelev) o‘simligi tadqiqot obyekti sifatida tanlab olindi. O‘simlik turli qismlaridan ajratib olingan bakteriya izolyatlarining galotolerantlik hamda o‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantirish xususiyati baholandi [11]. Eng kuchli faollik namoyon qilgan bakteriya izolyatlari MALDI-TOF usuli bilan identifikatsiya qilindi. Ushbu izolyatlar B. atrophaeus 20, B. rugosus 29 ekanligi aniqlandi. Ushbu shtammlarning fitopatogen zamburug‘lar F. oxysporum, F. gossypinum, F. graminearum, F. brachygibbosum turkumi vakillariga nisbatan antagonistik faolligini baholash uchun tarkibi 50 % ozuqa agar va 50 % kartoshka saxarozali agar tutgan ozuqa muhiti tayyorlandi. Shtammlar tomonidan zamburug‘ mitseliysi o‘sishini ingibitsiya qilishini aniqlash uchun bakteriya o‘sish chegarasi va zamburug‘lar o‘sishi chegarasi orasidagi masofa hisoblandi [12]. Zamburug‘ mitseliysining o‘sishini ingibitsiya qilishi quyidagi tenglama yordamida baholandi: I(%) = (1 − a/b)
× 100. Bunda: a — zamburug‘lar koloniyasi markazidan bakterial tomondan zamburug‘larning o‘sish chekkasigacha bo‘lgan masofa; b — zamburug‘ koloniyasini ingibirlash radiusi. Olingan natijalar Tadqiqot davomida B. atrophaeus 20 va B. rugosus 29 bakteriya shtammlarining Fusarium turkumiga mansub fitopatogen zamburug‘larga nisbatan antagonistik faolligi baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, har ikkala bakteriya shtammi ham sinovdan o‘tkazilgan to‘rtta fitopatogen zamburug‘ning o‘sishini sezilarli darajada ingibirlashi qayd etildi. Biroq ularning antagonistik faolligi fitopatogen zamburug‘ turiga qarab farq qilishi kuzatildi. Yuqoridagi keltirilgan formula bo‘yicha hisoblash olib borilganda, B. atrophaeus 20 shtammi F. oxysporum o‘sishini 65,25 %, F. gossypinumni 55,25 %, F. graminearumni 58,75 %, F. brachygibbosumni esa juda kuchsiz ingibitsiya qilganligi aniqlandi. B. rugosus 29 shtammi F. oxysporum o‘sishini 52,5 %, F. gossypinumni 66,25 %, F. graminearumni 40,75 %, F. brachygibbosumni esa 62 % ingibirlashi aniqlandi (1-rasm).
1-rasm. B. atrophaeus 20 va B. rugosus 29 shtammlarining antagonistik xususiyatini baholash Ushbu natijalar B. atrophaeus 20 va B. rugosus 29 shtammlarining fitopatogen zamburug‘larga nisbatan antagonistik faolligi turlicha ekanligini ko‘rsatadi. B. atrophaeus 20 shtammi F. oxysporum o‘sishini 65,25 % ga ingibitsiya qilib, eng yuqori antagonistik faollikni namoyon etdi. Shuningdek, ushbu shtamm F. graminearum va F. gossypinum o‘sishini 58,75 % va 55,25 % ga kamaytirdi. Biroq, F. brachygibbosumga nisbatan antifungalligi nisbatan past ekanligi aniqlandi.
B. rugosus 29 shtammi esa F. gossypinum o‘sishini 66,25 % ga ingibirlab, mazkur zamburug‘ga qarshi eng yuqori faollikni ko‘rsatdi. Bundan tashqari, ushbu shtamm F. brachygibbosum, F. oxysporum va F. graminearum turlariga nisbatan 62 %, 52,5 % va 40,75 % gacha antagonistlik hosil qildi. B. rugosus 29 shtammining antagonistik faolligi zamburug‘ turiga bog‘liq bo‘lib, u F. gossypinum va F. brachygibbosumga nisbatan yuqoriroq ingibitorlik ta’sirini namoyon etdi. Xulosa Olib borilgan tadqiqotlar natijasida sho‘rlangan tuproqlarda tabiiy holda o‘suvchi Sho‘rbuta (Caroxylon dendroides (Pall.) Tzvelev) o‘simligi mikroflorasida sho‘rlanishga chidamli va biologik faol bakteriya izolyatlaridan eng kuchli faollik namoyon qilgan izolyatlar fitopatogen Fusarium turkumi vakillariga nisbatan antagonistik xususiyatlari baholandi va turlicha antagonistik faollikni namoyon etdi.
Olingan natijalar kelgusida tanlab olingan izolyatlarning antagonistik xususiyatlarini chuqurroq o‘rganish, ularni turli fitopatogen zamburug‘larga nisbatan kompleks biopreparatlar tarkibiga kiritish hamda dala sharoitidagi samaradorligini baholash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar12 ta adabiyot
- Liu H., Gao Y., Liu H., Wang K., Wang F., Zhang Y., Jiang Z., Chen Q. va Wang J. (2026). “Bacillus halotolerans 105 shtammi sho‘rlangan sharoitda bug‘doyning o‘sishini jadallashtiradi va turli fitopatogenlarni bostiradi: genomik va fenotipik tadqiqotlarning integratsiyalashgan tahlili”. Frontiers in Microbiology, 17-jild, 1812027-maqola. DOI: https://doi.org/10.3389/fmicb.2026.1812027
- Zhang Q, Tao Z (2025) Fitopatogen zamburug‘larda giston metillanishining paydo bo‘layotgan roli. aBIOTECH 6: 528-541. https://doi.org/10.1007/s42994-025-00223-6
- Santos AM, Soares A, Luz J va boshqalar. (2024) Mikrobial o‘zaro ta’sirlar fitopatogen zamburug‘larga qarshi PGPR antagonizmini kuchaytirishning barqaror vositasi sifatida. Barqarorlik 16: 14. https://doi.org/10.3390/su16052006
- Wang F., Zhang S., Xu L., Qian J., Zou B., Huo S., Ma A. va Zhuang G. (2026). Bacillus turlari yordamida fitopatogen zamburug‘larni biologik nazorat qilish: shtammlarni tanlash, boshqaruv mexanizmlari va dala sharoitida qo‘llash. AIMS Microbiology, 12(3): 564–594. https://doi.org/10.3934/microbiol.2026025
- Faskhutdinova E.R., Afonina Yu.E., Shevel A.A., Evdokimov V.S., Neshumaeva N.A., Aksenova L.M., Fedorova A.M. (2026). Pantoea avlodi vakillarining qishloq xo‘jaligi ekinlari fitopatogenlariga qarshi antagonistik xususiyatlari. Oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash: usullari va texnologiyasi, 56-jild, 3-son, 504–515-betlar. https://doi.org/10.21603/2074-9414- 2026-3-2656
- Wei, X.; Xie, B.; Wan, C.; Song, R.; Zhong, W.; Xin, S.; Song, KD Mikrobial o‘g‘itlar orqali tuproq salomatligi va o‘simliklarning o‘sishini yaxshilash: Mexanizmlar, foydalar va barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlari. Agronomiya 2024, 14, 609. https://doi.org/10.3390/agronomy14030609
- Chepsergon, J.; Moleleki, LN Rhizosphere bakteriyalarining o‘zaro ta’siri va o‘simliklar salomatligiga ta’siri. Curr. Opin. Microbiol. 2023, 73, 102297. https://doi.org/10.1016/j.mib.2023.102297
- Wang, C.; Kuzyakov, Y. Tuproq resurslari uchun bakterial-zamburug‘li raqobatning mexanizmlari va oqibatlari. ISME J. 2024, 18, wrae073. https://doi.org/10.1093/ismejo/wrae073
- Compant, S.; Duffy, B.; Novak, J.; Clement, C.; Barka, EA O‘simliklarning o‘sishini rag‘batlantiruvchi bakteriyalardan o‘simlik kasalliklarini bionazorat qilish uchun foydalanish: tamoyillar, ta’sir mexanizmlari va kelajakdagi istiqbollar. Appl. Environ. Microbiol. 2005, 71, 4951–4959. https://doi.org/10.1128/AEM.71.9.4951-4959.2005
- Shodmonova, M.K.; Muhammadova, DA; Aytenov, IS; Isoqulov, MZ; Bozorov, TA; Chjan D.; Abduraimov, O.S.; Murodova, S.M.; Meliqo‘ziev, FA; Ochilov, BO; va boshqalar. O‘zbekiston bo‘ylab o‘sayotgan turli o‘simlik turlaridan bakterial izolatlarda antifungal xossalarning xilma-xilligi. Mikroorganizmlar 2025, 13, 1161. https://doi.org/10.3390/microorganisms13051161
- Isoqulov M.Z., Karimov H.X., Zakiryayeva S.I., Hamidova X.M., Aytenov I.S., Askarova B.Sh. Galofit sho‘rbuta (Caroxylon dendroides) o‘simligi bakteriyalarining sho‘rlanishga chidamliligi va sellyulotik faolligi. XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI –6/1-2026
- Alenezi, FN; Rekik, I.; Belka, M.; Ibrahim, AF; Luptakova, L.; Jaspars, M.; Woodward, S.; Belbahri, L. Aneurinibacillus migulanus biokontrol turida ikkilamchi metabolizmning shtamm darajasidagi xilma-xilligi. Microbiol. Res. 2016, 182, 116–124. https://doi.org/10.1016/j.micres.2015.10.007.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014688
- Nashr sanasi
- 2026-10-30
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Fundamental va amaliy mikrobiologiyaning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari: yosh olimlar nigohi
- Jild
- 1
- Son
- 8
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/3010002
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 23–26
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03