Asosiy mazmunga o‘tish

Kunjutning «Onimdar» navining takomillashgan yangi uslub bo‘yicha yakka tanlov ko‘chatzorida o‘simlik bo‘yi va tezpisharlik natijalari

Yuldashova Shahnoza Bakhtiyar kizi1, Ramazanov Daniyar Bakhitbay uli, Aytjanov Bakhitjan Uzakbayevich22026

  1. 1Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
  2. 2Don va sholi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 760–762

Annotatsiya

Mazkur tadqiqotda kunjutning yangi istiqbolli Onimdar navining birlamchi urug‘chiligini ko‘paytirishda qo‘llaniladigan va takomillashgan yangi uslub bo‘yicha yakka tanlov ko‘chatzorida olib boriladigan o‘simlik bo‘yi va tezpisharlik belgilari bo‘yicha yakkatanlash natijalari to‘g‘risida ma‘lumotlar keltirilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРезультаты оценки высоты растений и скороспелости кунжута сорта «Онимдар» в питомнике индивидуального отбора по усовершенствованной новой методике

В данном исследовании приводятся сведения о результатах индивидуального отбора по признакам высоты растений и скороспелости, проводимого в питомнике индивидуального отбора по усовершенствованной новой методике, которая применяется при размножении семян в первичном семеноводстве нового перспективного сорта кунжута Онимдар.

inglizchaResults on plant height and early maturity of the sesame variety Onimdar in an individual selection nursery under an improved new method

The study presents data on the results of individual selection for plant height and early maturity carried out in an individual selection nursery under an improved new method that is used for seed multiplication in the primary seed production of the new promising sesame variety Onimdar.

Kalit so‘zlar

  • o‘simlik bo‘yi
  • yakkatanlash
  • vegetatsiya davri
  • namuna ko‘chatzori
  • tanlash mezonlari
  • tipik holat
  • miqdoriy belgilari bo‘yicha navdorligini oshirish

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026

Kunjutning «Onimdar» navining takomillashgan yangi uslub bo‘yicha yakka tanlov ko‘chatzorida o‘simlik bo‘yi va tezpisharlik natijalari Yuldashova Shahnoza Baxtiyar qizi 1 magistrant · Ramazanov Daniyar Baxitbay ulı 1 q.x.f.f.d. (PhD) · Aytjanov Baxitjan Uzaqbayevich 2 q.x.f.d., professor Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi shahnozabaxtyarovna@gmail.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610201 Iqtibos uchun: Yuldashova Shahnoza Baxtiyar qizi, Ramazanov Daniyar Baxitbay ulı, Aytjanov Baxitjan Uzaqbayevich. Kunjutning «Onimdar» navining takomillashgan yangi uslub bo‘yicha yakka tanlov ko‘chatzorida o‘simlik bo‘yi va tezpisharlik natijalari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 760–762. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610201

Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda kunjutning yangi istiqbolli Onimdar navining birlamchi urug‘chiligini

4 -S H O ‘ B A ko‘paytirishda qo‘llaniladigan va takomillashgan yangi uslub bo‘yicha yakka tanlov ko‘chatzorida olib boriladigan o‘simlik bo‘yi va tezpisharlik belgilari bo‘yicha yakkatanlash natijalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: o‘simlik bo‘yi, yakkatanlash, vegetatsiya davri, namuna ko‘chatzori, tanlash mezonlari, tipik holat, miqdoriy belgilari bo‘yicha navdorligini oshirish.

Kirish Moyli ekinlardan kunjut navlarining elita urug‘ligini tayyorlashda qo‘llanib kelinayotgan uslub o‘tgan o‘nlab yillar davomida urug‘lik sifatiga bo‘lgan talabning bajarilishiga imkon bergan. Lekin keyingi 10-15 yil ichida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida katta o‘zgarishlar bo‘lib o‘tdi. Hozirgi sharoitda davlat ishlab chiqarishida seleksionerlar, urug‘chi hamda urug‘shunoslar o‘rtasida aloqa qilish imkoniyatining mutlaqo yangi huquqiy bazasi yaratildi. Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining elita va superelita urug‘larini originator tashkilotlar tomonidan yetishtirish va ko‘paytirish dolzarbligi kelib chiqdi. Bunda hozirgi davr sharoitida juda dolzarb bo‘lgan urug‘chilik muammosini yechish, yangi navlarining nav sifatini oshirish lozim.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida so‘nggi yillarda oziq-ovqat xavfsizligiga katta e’tibor berilayotgani negizida moyli ekinlar maydonlarini kengaytirish, chetdan yog‘-moy mahsulotlari importini bosqichma-bosqich kamaytirib borish bo‘yicha Hukumatimiz tomonidan tub islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» PF-5853-sonli farmonida «qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirish tartibini qayta ko‘rib chiqish va yetishtirishda resurstejamkor texnologiyalarni qo‘llash» bo‘yicha berilgan ko‘rsatmalariga asosan bugungi kunda kunjut respublikamizda 43,1 ming gektar maydonga ekilib, umumiy hisobda 54,4 ming tonna, gektaridan esa o‘rtacha 12,2 sentnerdan urug‘ hosili yetishtirib kelinmoqda.

M.E Amanova, A.S Rustamov, L.R Allanazarova [1] larning aytishlaricha, kunjut urug‘chiligi ham boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari kabi birlamchi va nav urug‘chiligiga bo‘linadi. Birlamchi urug‘chilik nav originatori bo‘lgan tashkilot yoki nav mualliflari tomonidan yangi navlar yoki vaqti-vaqti bilan rayonlashtirilgan keng yetishtirilayotgan navlar ustida ham olib boriladi.

B.O Yusupov, B.A Bekbanov [2] larning ma’lumotlaricha, kunjut navini mintaqa uchun to‘g‘ri tanlash, ekishda sara urug‘larni qo‘llash, yetishtirishning ilg‘or texnologiyasini uyg‘unlashtirish, mo‘l va sifatli hosil yetishtirish imkonini beruvchi omillardir. Shuni ta’kidlash joizki, har qanday qishloq xo‘jaligi ekinlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri – yuqori hosil olish bilan birga, ularning birlamchi urug‘chiligini to‘g‘ri tashkil etishdir. Ma’lumki, sifatli sara urug‘liklarning ekilishi natijasida, hosildorlikning 25-30 foizga oshishi olimlarimiz tajribalarida va dehqonlarimiz amaliyotida o‘z isbotini topgan.

Materiallar va uslublar: Ilmiy-tadqiqot ishlari joriy yilda Don va sholi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining «Moyli ekinlar seleksiyasi va urug‘chiligi» laboratoriyasida olib borildi. Ilmiy izlanishlar uslubiy asos sifatida O‘zPITIda qabul qilingan «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» (2007) qo‘llanmasiga asoslangan holda olib boriladi. Ma’lumotlarning statistik tahlili B.A.Dospexovning «Metodika polevogo opita» [3] uslubi bo‘yicha tahlillar M.Mirzarasulov, O.Toirov muallifligidagi elektron hisoblash mashinasida hisoblab chiqildi. Natijalar va munozara Bizning tajribalarimizda ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish uchun kunjutning takomillashgan yangi uslub bo‘yicha elita ko‘chatzorini hosil qilish uchun, yakka tanlov va namuna ko‘chatzorlari tashkil qilinib, asosiy qimmatli xo‘jalik belgilari bo‘yicha kuzatuv ishlari olib borildi. Ushbu yakka tanlov ko‘chatzorida o‘rganilgan kunjut o‘simligining Onimdar nomli navining birlamchi urug‘chiligini olib borishda o‘simlik bo‘yi va tezpisharlik kabi belgilar tahlil qilindi va tahlil natijalari quyidagicha keltirilgan.

Jumladan, o‘rganilgan Onimdar navining o‘simlik bo‘yi belgisi bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich

4 -S H O ‘ B A 116,8 smdan 120,8 smgacha oraliqda bo‘ldi. Nav muallifi ma’lumotida ushbu navning o‘simlik bo‘yi belgisi 116-120 sm ko‘rsatilgan. Shuningdek, biz tahlil qilgan 35 ta oilani o‘simlik bo‘yi belgisi bo‘yicha 5 santimetrdan bo‘lib o‘rganganimizda 5 ta sinfni tashkil qildi, ya’ni 106-110 santimetrli 1-sinf, 111-115 smli 2-sinf, 116- 120 smli 3-sinf, 121-125 smli 4-sinf va 126-130 santimetrli 5-sinflar. Oraliqdagi 2-sinf, 3-sinf va 4- sinflarda o‘simliklarning ko‘pchilik qismi jamlanganligi aniqlandi, shu sababli ushbu sinflarni asosiy qism hisoblab, ikki chekkadagi ikkita sinfni notipik sinflar deb hisobladik. Ikki chekkadagi sinflardagi o‘simliklarni qo‘shib hisoblaganimizda, har bir oilada ikkitagacha notipik o‘simlik uchragan oilalarni saqlab qoldirdik. Notipik sinflardagi o‘simliklarni qo‘shib hisoblaganimizda, har bir oilada ikkitadan ortiq notipik o‘simlik uchragan oilalarni chiqitga chiqardik, ya’ni 14, 50 va 76-oilalar. Shunday qilib, o‘simlik bo‘yi ko‘rsatkichi bo‘yicha 3 ta oila chiqitga chiqarildi va 33 ta oila saqlab qolindi. Dala sharoitida kunjutning Onimdar navini yakka tanlov ko‘chatzorida tezpisharlik belgisi bo‘yicha 35 ta oilani 2 kundan bo‘lib o‘rganganimizda 5 ta sinfni tashkil qildi. 111-112 kunli 1-sinf, 113-114 kunli 2-sinf, 115-116 kunli 3-sinf, 117-118 kunli 4-sinf va 119-120 kunli 5-sinflar. Oraliqdagi sinflarda o‘simliklarning asosiy qismi jamlanganligi aniqlandi. Shu sababli, ushbu 3 ta sinfni asosiy qism hisoblab, ikki chekkadagi sinflarni notipik sinflar deb hisoblab, bu ikkita sinfda uchragan o‘simliklarni qo‘shib hisoblaganimizda har bir oilada 2 tagacha notipik o‘simlik uchragan oilalarni tezpisharlik belgisi bo‘yicha chiqitga chiqarmasdan saqlab qoldirdik. Ikki chekkadagi sinflarda uchragan o‘simliklarni qo‘shib hisoblaganimizda har bir oilada 2 tadan ortiq notipik o‘simlik uchragan 32 va 58-oilalarni chiqitga chiqardik. Shunday qilib, tezpisharlik belgisi bo‘yicha 2 ta oila chiqitga chiqarildi va 33 ta oila saqlab qolindi. Xulosa va tavsiyalar Xulosa qilib shuni ta’kidlash mumkinki, o‘simliklardagi o‘simlik bo‘yi ko‘rsatkichi bo‘yicha 3 ta oila chiqitga chiqarildi va 33 ta oila saqlab qolindi. Tezpisharlik belgisi bo‘yicha 2 ta oila chiqitga chiqarildi va 33 ta oila saqlab qolindi hamda ushbu oilalar keyingi yilgi ko‘chatzorlarda ekishga tanlab olindi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Amanova M.E, Rustamov A.S, Allanazarova L.R. «Kunjut urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyasi bo‘yicha tavsiyanoma». Toshkent-2008 yil B. 4-11.
  2. Yusupov B.O., Bekbanov B.A. «Kunjut navlarining biologik xususiyatlari» Obrazovaniye nauka i innovatsionniye idei v mire Vipusk jurnala № – 22 Chast–7 Iyun –2023 S. 93-95.
  3. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. M.: «Agropromizdat», 1985. S. 251.
  4. Yeshanovich, U. A., & Uzakbaevich, A. B. (2025). Genetic analysis of fiber quality traits in f1 hybrids derived from mexican and us cotton accessions and local varieties. American journal of education and learning, 3(4), 643-649.
  5. Uzaqbay, A. Ye. «Qoraqalpog‘iston sharoitida o‘rganilgan g‘o‘zaning F3 duragay oilalarida tola chiqimi va tola indeksi belgilarini variatsion tahlil natijalari.» intellectual education technological solutions and innovative digital tools 3.36 (2025): 98-103. 4 -S H O ‘ B A

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014685
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610201
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
760–762
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03