Asosiy mazmunga o‘tish

Barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashda moliyaviy hisob va audit tizimini takomillashtirish

Utegenov Kuanishbay Djadigerovich, Muratbaeva Zamira SharapatdinovnaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 739–741

Annotatsiya

Mazkur maqolada barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta‘minlashda yashil buxgalteriya hisobi va audit tizimining o‘rni, ahamiyati hamda ularni joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan zamonaviy muammolar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida milliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, yashil buxgalteriya hisobi va ekologik audit tushunchalariga berilgan ta‘riflar umumlashtirilgan. Shuningdek, ushbu sohani rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Boshqa tillarda

ruschaСовершенствование системы финансового учёта и аудита в обеспечении устойчивого экономического развития

В статье с научно-теоретической и практической точек зрения исследованы роль и значение зелёного бухгалтерского учёта и системы аудита в обеспечении устойчивого экономического развития, а также современные проблемы, возникающие в процессе их внедрения. В ходе исследования проанализированы научные взгляды отечественных и зарубежных учёных-экономистов, обобщены определения понятий зелёного бухгалтерского учёта и экологического аудита. Кроме того, выявлены основные проблемы, препятствующие развитию данной сферы, и разработаны научно-практические предложения по их устранению.

inglizchaImproving the financial accounting and audit system to ensure sustainable economic development

The article examines, from scientific-theoretical and practical perspectives, the role and importance of green accounting and the audit system in ensuring sustainable economic development, as well as the current problems that arise in the course of their implementation. The study analyzes the scientific views of national and foreign economists and summarizes the definitions given to the concepts of green accounting and environmental audit. In addition, the main problems hindering the development of this field are identified, and scientific and practical proposals for overcoming them are developed.

Kalit so‘zlar

  • Barqaror rivojlanish
  • yashil iqtisodiyot
  • yashil buxgalteriya hisobi
  • ekologik audit
  • ekologik xarajatlar
  • moliyaviy hisobot
  • audit standartlari

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026

Barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda moliyaviy hisob va audit tizimini takomillashtirish Utegenov Quanishbay Djadigerovich i.f.f.d. (PhD) · Muratbaeva Zamira Sharapatdinovna i.f.f.d. (PhD) Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti quanishbay71@gmail.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610196 Iqtibos uchun: Utegenov Quanishbay Djadigerovich, Muratbaeva Zamira Sharapatdinovna. Barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda moliyaviy hisob va audit tizimini takomillashtirish // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 739–741. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610196

Annotatsiya. Mazkur maqolada barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda yashil buxgalteriya hisobi va audit tizimining o‘rni, ahamiyati hamda ularni joriy etish jarayonida yuzaga kelayotgan zamonaviy muammolar ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida milliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning ilmiy qarashlari tahlil qilinib, yashil buxgalteriya hisobi va ekologik audit tushunchalariga berilgan ta’riflar umumlashtirilgan. Shuningdek, ushbu sohani rivojlantirishga to‘sqinlik

4 -S H O ‘ B A qilayotgan asosiy muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Kalit so‘zlar: Barqaror rivojlanish, yashil iqtisodiyot, yashil buxgalteriya hisobi, ekologik audit, ekologik xarajatlar, moliyaviy hisobot, audit standartlari.

Kirish Bugungi kunda barcha rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu jarayonda iqtisodiy o‘sish bilan bir qatorda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, yashil iqtisodiyot konsepsiyasini joriy etish va uni rivojlantirishda yashil buxgalteriya hisobi hamda ekologik audit muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Yashil buxgalteriya hisobi korxona va tashkilotlarning ekologik faoliyatini moliyaviy ko‘rsatkichlar orqali baholash imkonini beradi. Audit esa ushbu ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlashga xizmat qiladi. Biroq, ushbu sohada yagona nazariy yondashuvlarning yetishmasligi, metodologik muammolar va amaliyotdagi kamchiliklar barqaror rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, yashil buxgalteriya hisobi va auditning zamonaviy muammolarini tadqiq etish dolzarb hisoblanadi. Adabiyotlar sharhi Yashil buxgalteriya hisobi va ekologik audit masalalari bo‘yicha xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan qator ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. R.Grey yashil buxgalteriya hisobini korxonalarning atrof-muhitga ta’sirini aniqlash va baholashga qaratilgan axborot tizimi sifatida talqin etadi. Uning fikricha, an’anaviy buxgalteriya hisobi ekologik xarajatlarni to‘liq aks ettira olmaydi (Gray R., 2010). D.Pearce va K.Turner barqaror rivojlanish sharoitida ekologik omillarni moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga integratsiya qilish zarurligini ta’kidlaydi (Pearce D., Turner R., 1990).

K.Grenroos va J.Elkington yashil auditni korxona faoliyatining ekologik samaradorligini baholash vositasi sifatida ko‘rib, u ijtimoiy mas’uliyatli biznesni shakllantirishda muhim rol o‘ynashini qayd etadi. Mahalliy olimlardan B.Xolmuradov yashil buxgalteriya hisobini milliy iqtisodiyotda ekologik muammolarni hal etishning muhim mexanizmi sifatida baholaydi. U ekologik xarajatlarni hisobga olish bo‘yicha yagona metodik asoslarning yo‘qligi muammoni yanada murakkablashtirayotganini ta’kidlaydi. Shuningdek, I.S.Ochilov va M.M.Muhammedovlar iqtisodiy rivojlanish va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ilmiy jihatdan asoslab berganlar. Tadqiqot metodologiyasi Mazkur maqolani tayyorlash jarayonida ilmiy bilishning umumiy va maxsus usullaridan foydalanildi. Xususan, mantiqiy tahlil, taqqoslash, tizimli yondashuv, statistik kuzatish va umumlashtirish usullari qo‘llanildi. Tadqiqot materiallari sifatida milliy va xorijiy iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari, monografiyalari, maqolalari hamda ochiq statistik ma’lumotlardan foydalanildi. Olingan natijalar ilmiy-nazariy asosda tahlil qilindi. Tahlil va natijalar muhokamasi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yashil buxgalteriya hisobi tushunchasiga berilgan ta’riflarda hozirgi kunga qadar yagona va umumqabul qilingan yondashuv shakllanmagan. Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu tushuncha turli jihatlardan talqin qilinib, ayrim olimlar tomonidan u ekologik xarajatlar, ekologik majburiyatlar hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq moliyaviy oqimlarni hisobga olish tizimi sifatida izohlanadi. Boshqa tadqiqotchilar esa yashil buxgalteriya hisobini korxona va tashkilotlar faoliyatining ekologik samaradorligini baholashga xizmat qiluvchi axborot manbai va boshqaruv vositasi sifatida ko‘radilar. Mazkur turlicha yondashuvlar ushbu sohada nazariy asoslarning yetarlicha bir

4 -S H O ‘ B A xillashmaganligini ko‘rsatadi.

Yashil buxgalteriya hisobi va ekologik auditni amaliyotga joriy etish jarayonida bir qator muhim muammolar mavjudligi aniqlandi. Xususan, ekologik xarajatlarni aniqlash va ularni ishonchli baholashning murakkabligi korxonalar uchun asosiy to‘siqlardan biri bo‘lib qolmoqda. Bundan tashqari, ushbu sohada yagona milliy va xalqaro standartlarning yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi ekologik ma’lumotlarni solishtirish va tahlil qilish imkoniyatlarini cheklab qo‘ymoqda. Malakali mutaxassislar, xususan, ekologik buxgalteriya va audit bo‘yicha maxsus bilimga ega kadrlarning yetishmasligi ham mazkur tizimlarning samarali ishlashiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, ekologik audit mexanizmlarining sust rivojlanganligi va ularning ko‘pincha ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lishi ekologik nazorat samaradorligini pasaytirmoqda. Ko‘plab korxonalarda ekologik mas’uliyat tushunchasi yetarli darajada shakllanmagan bo‘lib, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari iqtisodiy manfaatlarga nisbatan ikkinchi darajali ahamiyatga ega deb qaralmoqda. Natijada ekologik audit jarayonida asosan moliyaviy ko‘rsatkichlarga ustuvor e’tibor qaratilib, korxona faoliyatining atrof-muhitga ko‘rsatayotgan real ta’siri chuqur va kompleks tahlil qilinmay qolmoqda. Bu holat esa yashil iqtisodiyot tamoyillarini amaliyotga to‘liq tatbiq etishga jiddiy to‘sqinlik qilib, barqaror iqtisodiy rivojlanish maqsadlariga erishishni murakkablashtiradi. Xulosa va takliflar Xulosa qilib aytganda, barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda yashil buxgalteriya hisobi va ekologik audit tizimlari alohida va muhim o‘rin egallaydi. Ushbu tizimlar orqali korxona va tashkilotlarning atrof-muhitga ta’siri baholanib, ekologik xavf-xatarlarni aniqlash va ularni kamaytirish imkoniyati yaratiladi. Shuningdek, yashil buxgalteriya hisobi va audit korxonalarda ekologik mas’uliyatni shakllantirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda ijtimoiy mas’uliyatli biznes amaliyotlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Natijada iqtisodiy manfaatlar bilan ekologik barqarorlik o‘rtasida muvozanatni ta’minlash imkoniyati kengayadi.

Tadqiqot jarayonida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida bir qator ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqildi. Jumladan, yashil buxgalteriya hisobi va ekologik audit bo‘yicha milliy standartlarni ishlab chiqish va ularni xalqaro me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish zarur. Ekologik xarajatlar va majburiyatlarni hisobga olish metodologiyasini takomillashtirish orqali moliyaviy hisobotlarda atrof-muhit bilan bog‘liq ma’lumotlarning ishonchliligini oshirish mumkin. Shu bilan birga, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish, oliy ta’lim muassasalari va malaka oshirish markazlarida maxsus o‘quv dasturlarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarda ekologik auditni majburiy tartibda joriy etish ekologik nazoratni kuchaytirishga va atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, yashil iqtisodiyot tamoyillarini moliyaviy hisobot tizimiga integratsiya qilish orqali korxonalarning barqaror rivojlanishga qo‘shayotgan hissasini aniq baholash va boshqaruv qarorlarini yanada asosli qabul qilish imkoniyati yaratiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Gray R. Accounting and Environmental Responsibility. London: Routledge, 2010. – 256 b.
  2. Pearce D., Turner R. Economics of Natural Resources and the Environment. New York: Harvester Wheatsheaf, 1990. – 378 b.
  3. Elkington J. Cannibals with Forks: The Triple Bottom Line of 21st Century Business. Oxford: Capstone Publishing, 1997. – 402 b.
  4. Grenroos C. Service Management and Marketing. Chichester: Wiley, 2007. – 483 b.
  5. Ochilov I.S. Iqtisodiy rivojlanish va barqarorlik masalalari. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti, 2018. – 210 b.
  6. Muhammedov M.M. Xizmatlar sohasi va iqtisodiy o‘sish. Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. – 185 b.
  7. Xolmuradov B. Yashil iqtisodiyot va ekologik hisob. Toshkent: «Ilm ziyo», 2020. – 164 b. 4 -S H O ‘ B A

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014680
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610196
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
739–741
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03