Asosiy mazmunga o‘tish

Sut sanoatida mahsulotlar turliligini oshirish va qayta ishlash texnologik jarayonlarini takomillashtirish tendensiyalari

Sultanov Jetkerbay Davletbaevich, Elmuratova Gulnaz Abat kiziQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 730–733

Annotatsiya

Ushbu maqolada sut va uning hosilalarini qayta ishlash zanjirida mahsulotlar turini ko‘paytirish, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish hamda resurs tejamkorligiga erishish masalalari chuqur tahlil qilingan. Ikkilamchi xomashyo hisoblangan sut zardobidan unumli foydalanish, resurslarni tejash va Orolbo‘yi hududida innovatsion qayta ishlash tizimlarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaТенденции расширения ассортимента продукции и совершенствования технологических процессов переработки в молочной промышленности

В данной статье представлен глубокий анализ вопросов расширения ассортимента продукции, модернизации технологических процессов и достижения ресурсосбережения в цепочке переработки молока и его производных. Научно обоснованы возможности эффективного использования сыворотки молока, являющейся вторичным сырьем, экономии ресурсов и внедрения в практику инновационных систем переработки в регионе Приаралья.

inglizchaTrends in expanding the product range and improving processing technologies in the dairy industry

This article provides a profound analysis of expanding the product range, modernizing technological processes, and achieving resource efficiency within the milk and its derivatives processing chain. From a scientific point of view, the possibilities of efficient use of milk whey, which is considered a secondary raw material, resource conservation and the implementation of innovative processing systems in the Aral Sea region have been scientifically substantiated.

Kalit so‘zlar

  • Sut sanoati
  • assortiment transformatsiyasi
  • pasterizatsiya
  • fermentatsiya
  • sut zardobi
  • resurs tejamkorligi
  • oziq-ovqat xavfsizligi
  • Orolbo‘yi mintaqasi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 637.1:664.8

Sut sanoatida mahsulotlar turliligini oshirish va qayta ishlash texnologik jarayonlarini takomillashtirish tendensiyalari Sultanov Jetkerbay Davletbaevich katta o‘qituvchisi, q.x.f.f.d. · Elmuratova Gulnaz Abat qızı magistranti Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610193 Iqtibos uchun: Sultanov Jetkerbay Davletbaevich, Elmuratova Gulnaz Abat qızı. Sut sanoatida mahsulotlar turliligini oshirish va qayta ishlash texnologik jarayonlarini takomillashtirish tendensiyalari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 730–733. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610193

Annotatsiya. Ushbu maqolada sut va uning hosilalarini qayta ishlash zanjirida mahsulotlar turini ko‘paytirish, texnologik jarayonlarni modernizatsiya qilish hamda resurs tejamkorligiga erishish masalalari chuqur tahlil qilingan. Ikkilamchi xomashyo hisoblangan sut zardobidan unumli foydalanish, resurslarni tejash va Orolbo‘yi hududida innovatsion qayta ishlash tizimlarini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari ilmiy nuqtai nazardan asoslab berilgan. Kalit so‘zlar: Sut sanoati, assortiment transformatsiyasi, pasterizatsiya, fermentatsiya, sut zardobi, resurs

4 -S H O ‘ B A tejamkorligi, oziq-ovqat xavfsizligi, Orolbo‘yi mintaqasi. Аннотация. В данной статье представлен глубокий анализ вопросов расширения ассортимента продукции, модернизации технологических процессов и достижения ресурсосбережения в цепочке переработки молока и его производных. Научно обоснованы возможности эффективного использования сыворотки молока, являющейся вторичным сырьем, экономии ресурсов и внедрения в практику инновационных систем переработки в регионе Приаралья. Ключевые слова: Молочная промышленность, трансформация ассортимента, пастеризация, ферментация, сыворотка молока, ресурсосбережение, продовольственная безопасность, регион Приаралья. Abstract. This article provides a profound analysis of expanding the product range, modernizing technological processes, and achieving resource efficiency within the milk and its derivatives processing chain. From a scientific point of view, the possibilities of efficient use of milk whey, which is considered a secondary raw material, resource conservation and the implementation of innovative processing systems in the Aral Sea region have been scientifically substantiated. Keywords: Dairy industry, assortment transformation, pasteurization, fermentation, milk serum, resource conservation, food security, Aral Sea region.

Kirish Sut va undan olinadigan mahsulotlar inson ratsionida oqsil, yog‘lar, uglevodlar hamda vital mikroelementlar yetkazib beruvchi asosiy oziq-ovqat manbalaridan biridir. Biroq xom sutning mikrobiologik va fizik-kimyoviy beqarorligi u bilan bog‘liq barcha bosqichlarda — yig‘ishdan tortib iste’molchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda — qat’iy harorat rejimi va sanitariya standartlariga rioya etishni talab qiladi [1]. Hozirgi bosqichda sut sanoatining ustuvor vazifalari mahsulotlar assortimentini tubdan kengaytirish, ularning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish va tannarxni optimallashtirishdan iborat. Ushbu tadqiqotning bosh maqsadi — sutni qayta ishlashning texnologik bosqichlarini mukammallashtirish hamda ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanishga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalarni shakllantirishdir.

Materiallar va metodlar Tadqiqot doirasida sohadagi xalqaro standartlar, ilg‘or xorijiy tajribalar va zamonaviy ilmiy adabiyotlar tahlil qilindi. Metodologik bazis sifatida tizimli tahlil, qiyosiy taqqoslash va qiyosiysintez usullaridan foydalanilib, mahsulotlar assortimenti, texnologik operatsiyalar samaradorligi hamda mikrobiologik xavfsizlik mezonlari baholandi [1, 2]. Natijalar va muhokama Sut mahsulotlari assortimentini kengaytirish Sut xomashyosini chuqur qayta ishlash orqali ichimlik sutlari, qatiq, kefir, yogurt, qaymoq, sariyog‘, tvorog hamda turli navli pishloqlar olinadi. Assortimentni boyitishda tayyor mahsulotning organoleptik xususiyatlari, reologik ko‘rsatkichlari, qadoqlash formati va saqlanish muddatlarini uzaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ayniqsa, ikkilamchi xomashyo — sut zardobidan funksional ichimliklar va oziq-ovqat komponentlari ajratib olish xomashyo yo‘qotilishini keskin kamaytiradi hamda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratadi. 1-jadval. Sut mahsulotlari assortimentini diversifikatsiya qilish yo‘nalishlari Mahsulotlar toifasi Asosiy turlari Takomillashtirish bosqichlari va yo‘nalishlari Ichimlik sutlari Pasterizatsiyalangan, UHT Termik ishlov rejimlarini maqbullashtirish va (sterillangan) sut aseptik qadoqlash Fermentatsiyalangan Qatiq, kefir, yogurt, suzma Biologik achitqi harorati hamda vaqt mahsulotlar parametrlarini aniq nazorat qilish Yuqori yog‘li mahsulotlar Qaymoq, sariyog‘, spredlar Separatsiyalash unumdorligini va yog‘ dispersligini oshirish Oqsilli mahsulotlar Tvorog, yumshoq va qattiq Ivitish, koagulyatsiya hamda zardobni ajratish

4 -S H O ‘ B A pishloqlar mexanizmlarini boshqarish Maxsus va funksional Mevali yogurtlar, proteinga Retsepturalarni boyitish, organik assortiment boy ichimliklar qo‘shimchalar kiritish va ta’mni balanslash Ikkilamchi xomashyo Zardobga asoslangan Sut zardobini membrana texnologiyalari orqali derivatlari ichimliklar, laktoza chuqur qayta ishlash 1-jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, assortimentni kengaytirish nafaqat an’anaviy texnologiyalarni yaxshilash, balki zardob kabi ikkilamchi resurslarni to‘liq siklda qayta ishlash evaziga amalga oshiriladi. Sutni qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish Sutni sanoat usulida qayta ishlash bosqichma-bosqich amalga oshiriladigan texnologik zanjirdan iborat: xomashyoni qabul qilish va saralash, filtrlash, sovitish, separatsiya, gomogenizatsiya, pasterizatsiya, fermentatsiya hamda qadoqlash va saqlash. Har bir bosqichda texnologik parametrlarni qat’iy nazorat qilish yakuniy mahsulot xavfsizligining kafolatidir. Uzluksiz sovitish mikroflora ko‘payishining oldini oladi, pasterizatsiya va sterillash esa patogen va spora hosil qiluvchi mikroorganizmlarni yo‘qotadi. Fermentatsiyalangan mahsulotlar ishlab chiqarishda esa starter kulturalar, kislotalilik darajasi (pH) hamda harorat dinamikasini raqamli nazorat qilish talab etiladi.

2-jadval. Sutni qayta ishlash texnologik bosqichlari va modifikatsiya choralari Texnologik Bosh vazifasi Takomillashtirish va modernizatsiya choralari bosqich Xomashyoni Kiruvchi sut sifatini aniqlash Avtomatlashtirilgan ekspress fizik-kimyoviy va qabul qilish mikrobiologik testlar Sovitish va Sifat pasayishining oldini olish Raqamli harorat sensorlari va real vaqtdagi monitoring saqlash Pasterizatsiya Patogen mikroflorani bartaraf Issiqlik rejimlarini aniq va tejamkor rejalashtirish etish Fermentatsiya Mahsulot tuzilmasi va Achitqi kulturalarini dozalash va pH ko‘rsatkichini organoleptikasini avtoboshqarish shakllantirish Qadoqlash Tashqi ifloslanishdan Germetik, ko‘p qatlamli va ekologik xavfsiz himoyalash materiallardan foydalanish Logistika va Mahsulot sifatini doimiy Uzluksiz «sovuq zanjir» (Cold Chain) infratuzilmasini saqlash saqlash ta’minlash Ishlab chiqarish jarayonlariga SCADA va IoT sensorlarini tatbiq etish, energiya tejamkor issiqlik almashuvchilardan foydalanish hamda zamonaviy qadoqlash vositalarini qo‘llash barqaror texnologik tizimni shakllantiradi. Resurs tejamkorlik va oziq-ovqat xavfsizligi Sut xomashyosi, ichimlik suvi hamda energetik resurslardan oqilona foydalanish mahsulot tannarxini tushirishning asosiy omilidir. Buning uchun texnologik yo‘qotishlarni minimal darajaga tushirish, uskunalarga profilaktik xizmat ko‘rsatish va zardobni ikkilamchi qayta ishlash amaliyotini kengaytirish zarur.

4 -S H O ‘ B A 3-jadval. Resurs tejamkorlik tadbirlari va ulardan kutilayotgan samaradorlik Yo‘nalish Taklif etilayotgan Kutilayotgan iqtisodiy va texnologik natija optimallashtirish chora-tadbirlari Sut xomashyosi Quvurlardagi va jihozlardagi Xomashyolardan azim darajada unumli yo‘qotishlarni qisqartirish foydalanish E-energiya va issiqlik Rekuperativ issiqlik Energiya sarfini 20-30% gacha tejash almashuvchilarni o‘rnatish Suv resurslari CIP-yuvish tizimlarini Suv va kimyoviy vositalar sarfini aniq avtomatlashtirish nazorat qilish Sut zardobi Ultrafiltratsiya va quritish usullarini Zardobli ichimliklar hamda konsentratlar qo‘llash ishlab chiqarish Sovitish tizimlari Invertorli sovitish agregatlarini Mahsulot sifatining saqlanishi va elektr o‘rnatish energiyasi tejalishi Qadoqlash Zamonaviy alto-barrier Saqlash hamda logistika jarayonidagi materiallarini qo‘llash yo‘qotishlarni kamaytirish Mahsulot xavfsizligini kafolatlash uchun Codex Alimentarius’ning CXC 57-2004 xalqaro standarti talablariga muvofiq HACCP tizimini joriy etish zarur [2]. Resurs tejamkorlik natijalari texnologik siklga qadar va undan keyingi energiya-suv sarfi hamda yaroqsiz mahsulot (brak) ulushini qiyosiy solishtirish orqali baholanadi. Orolbo‘yi hududida joriy etish istiqbollari Orolbo‘yi mintaqasining kontinental iqlim sharoitida sutni qayta ishlash samaradorligini oshirishda «sovuq zanjir» alohida o‘rin tutadi. Hududda kichik va o‘rta quvvatli, ixcham hamda energiya tejamkor qayta ishlash modullarini rivojlantirish va harorat monitoringini raqamlashtirish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy-tadqiqot muassasalari va mintaqaviy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi kooperatsiya mahalliy xomashyoga moslashtirilgan yangi retsepturalarni yaratish va sut zardobidan oqsilvitaminli mahsulotlar olish imkonini beradi.

Xulosa va tavsiyalar Sut sanoatida mahsulotlar turini ko‘paytirish va texnologik operatsiyalarni takomillashtirish resurslardan foydalanish samaradorligini oshiradi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaydi. Qabul qilish, sovitish va pasterizatsiya bosqichlarida sifat nazoratini kuchaytirish, zardobni to‘liq qayta ishlash hamda suv-energiya resurslarini optimallashtirish tavsiya etiladi. Orolbo‘yi hududi sharoitida avtonom sovitish vositalarini ko‘paytirish, tejamkor liniyalarni joriy etish va ilmiy ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish mintaqaning oziq-ovqat xavfsizligini va iqtisodiy barqarorligini ta’minlaydi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Food and Agriculture Organization of the United Nations (FAO). Milk Processing. Dairy Production and Products Gateway. https://www.fao.org/dairy-production-products/processing/
  2. Codex Alimentarius Commission. Code of Hygienic Practice for Milk and Milk Products. CXC 57-2004. FAO/WHO.
  3. FAO. Milk and Dairy Products in Human Nutrition. Rome, 2013. https://www.fao.org/4/i3396e/i3396e.pdf
  4. Tessema A., Tibbo M. Milk Processing Technologies for Small-Scale Producers. ICARDA, 2009. https://hdl.handle.net/20.500.11766/10029
  5. Deshwal G. K., Tiwari S., Kadyan S. Applications of emerging processing technologies for quality and safety enhancement of non-bovine milk and milk products. LWT – Food Science and Technology. 2021. Vol. 149. Article 111845. https://doi.org/10.1016/j.lwt.2021.111845 4 -S H O ‘ B A

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014677
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610193
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
730–733
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03