Nukus tumanida kuzgi bug‘doyning asosiy kasalliklarini aniqlash va qarshi kurash choralarini qo‘llash
Seytniyazova Anjim Makhset kizi, Durshimbetov Ispandiyar KerimbergenovichQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 720–722
Annotatsiya
Kuzgi bug‘doyning asosiy kasalliklarini aniqlash va monitoring o‘tkazish, shuningdek aniqlangan kasalliklarga qarshi kurash choralarini qo‘llash.
Boshqa tillarda
ruschaВыявление основных болезней озимой пшеницы в Нукусском районе и применение мер борьбы с ними
Выявление и мониторинг основных заболеваний озимой пшеницы, а также применение мер борьбы с выявленными заболеваниями.
inglizchaIdentification of the main diseases of winter wheat in Nukus district and application of control measures
Identify and monitor the main diseases of winter wheat, as well as apply measures to combat identified diseases.
Kalit so‘zlar
- Un shudring
- septorioz
- ildiz chirish
- sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklarining oldini olish hamda qarshi kurash choralari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 632.3 632.4
Nukus tumanida kuzgi bug‘doyning asosiy kasalliklarini aniqlash va qarshi kurash choralarini qo‘llash Seytniyazova Ánjim Maxset qizining O‘simliklarni himoya qilish va karantini 1-kurs magistri, ORCID ID: 0009-0001-6484- 376 · Durshimbetov ispandiyar kerimbergenovich «O‘simliklar himoyasi va karantini» kafedrasi dotsenti, q.x.f.f.d. (PhD), ORCID ID: 0009-0007-7487-976
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti anjimseytniyazova@gmail.com, durshimbetovispandiyar@gmail.com
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610190 Iqtibos uchun: Seytniyazova Ánjim Maxset qizining, Durshimbetov ispandiyar kerimbergenovich. Nukus tumanida kuzgi bug‘doyning asosiy kasalliklarini aniqlash va qarshi kurash choralarini qo‘llash // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 720–722. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610190
Annotatsiya. Kuzgi bug‘doyning asosiy kasalliklarini aniqlash va monitoring o‘tkazish, shuningdek aniqlangan kasalliklarga qarshi kurash choralarini qo‘llash. Kalit so‘zlar: Un shudring, septorioz, ildiz chirish, sariq va qo‘ng‘ir zang kasalliklarining oldini olish
4 -S H O ‘ B A hamda qarshi kurash choralari. Аннотация. Выявление и мониторинг основных заболеваний озимой пшеницы, а также применение мер борьбы с выявленными заболеваниями. Ключевые слова: Меры по предотвращению и борьбе с мучнистой росой, септориозом, корневой гнилью, желтой и бурой ржавчиной. Abstract. Identify and monitor the main diseases of winter wheat, as well as apply measures to combat identified diseases. Keywords: Diseases and prevention and control measures for powdery mildew, septoria, root rot, yellow and brown rust.
Kirish Hozirgi vaqtda dunyoning yetakchi qishloq xo‘jaligi davlatlarida bug‘doy ekinlarida fuzarioz, septorioz, un shudring, sariq zang va qo‘ng‘ir (jigarrang) zang kabi kasalliklar keng tarqalib, hosilga jiddiy zarar yetkazmoqda. Bu kasalliklar global miqyosda (ayniqsa, nam va salqin ob-havo sharoitida) hosildorlikni sezilarli darajada pasaytiradi – zarar darajasi nav va yil sharoitlariga qarab 10–60% gacha yetishi mumkin. Bug‘doy kasalliklarini samarali boshqarish uchun yangi himoya vositalarini izlash, ularni sinovdan o‘tkazish va joriy etish bugungi kunning eng dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Profilaktik choralar (toza urug‘, almashlab ekish, o‘g‘it balansini saqlash, chidamli navlardan foydalanish) va agrotexnik usullar patogenlar sonini kamaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Biroq, kasalliklarning ommaviy avj olishi va kuchli tarqalishi sharoitida bu choralar ko‘pincha yetarli bo‘lmay qoladi. Shuning uchun O‘zbekistonda bug‘doy yetishtirishni barqaror saqlash maqsadida ruxsat etilgan fungitsidlar assortimentini kengaytirish, ularni to‘g‘ri va o‘z vaqtida qo‘llash asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, sariq zang (Puccinia striiformis), qo‘ng‘ir zang (Puccinia triticina) va un shudring (Blumeria graminis f.sp. tritici) kasalliklari bug‘doyda eng keng tarqalgan va xavfli hisoblanadi. Namlik yuqori va harorat qulay bo‘lgan yillarda bu kasalliklar tez rivojlanib, o‘simliklarning fotosintez jarayonini buzadi, hosildorlikni 10–40% (ba’zan undan ham yuqori) ga tushiradi hamda donning sifatini (protein, gluten, og‘irligi) keskin pasaytiradi.
Donli ekinlar orasida bu kasalliklar eng ko‘p uchraydigan va zarar keltiruvchi bo‘lib, so‘nggi yillarda intensiv yetishtirish, navlarning bir xillashuvi va iqlim o‘zgarishi ta’sirida yanada kuchaygan. O‘zbekistonning turli mintaqalarida (ayniqsa, namroq va sug‘oriladigan hududlarda) hosildorlik va don sifatiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori. Zarar darajasi navning chidamliligiga, ob-havo sharoitiga va monitoring vaqtiga qarab 14–40% gacha yetishi mumkin. Bug‘doyning kasalliklarining tavsifi, ularning yetkazadigan zarari Chang qorakuya bilan zararlangan boshoqlarning o‘zagidan tashqari barcha qismlari qo‘ng‘ir, to‘q-qo‘ng‘ir, deyarli qora tusli teliosporalarga aylanadi. Ular oldin oqish parda bilan qoplangan bo‘lib, keyinroq bu parda yirtiladi, teliosporalar changga o‘xshab, tarqalib ketadi. Qattiq qorakuya bilan zararlangan boshoqda don po‘sti butunligicha qoladi, ammo uning ichi don qismlariga emas, balki qo‘ng‘ir, to‘q-qo‘ng‘ir, deyarli qora tusli teliosporalarga to‘la bo‘ladi, bunday don qorakuya xaltachalari deb ataladi. Iqtisodiy miqdor mezoni bo‘yicha urug‘lik dorilanadi. Bug‘doyning qo‘ng‘ir zang kasalligi. Bug‘doy kasalliklaridan eng keng tarqalgani bug‘doyning qo‘ng‘ir zangi (barg zangi) hisoblanadi, u O‘zbekistonda ham barcha bug‘doy ekiladigan mintaqalarda har yil uchraydi, ba’zi dalalarda kuchli rivojlanadi va hosilga sezilarli zarar yetkazadi. Iqtisodiy miqdor mezoni bo‘yicha 10% va undan ko‘p o‘simliklar barglarida 1-2 tadan zang yostiqchalari bo‘lsa, kurash choralari olib boriladi. Bug‘doyning sariq zang kasalligi. Sariq zang bug‘doyda O‘zbekistonning barcha bug‘doy ekiladigan mintaqalarida har yili uchramaydi, odatda Surxondaryo viloyatining ayrim tumanlarida ko‘proq kuzatiladi. Bu kasallik bir necha (6-10) yilda bir marta ko‘p viloyatlarga tarqalishi va epifitotiya shaklida rivojlanib, hosilga juda katta zarar yetkazishi mumkin. G‘alla ekinlarining un shudring kasalliklari. Qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ning konidiyalari
4 -S H O ‘ B A shamol bilan boshqa o‘simliklarga oson tarqaladi va ularni zararlaydi. Un shudring 15-20°C va havoning nisbiy namligi 96-99% da juda tez tarqaladi va rivojlanadi. Bug‘doyning fuzarioz kasalligining zarari. Bug‘doyning fuzarioz kasalligi bug‘doy hosildorligini kuchli zararlangan dalalarda 50% gacha pasaytirishi kuzatiladi. Fuzarioz kasalligining bug‘doyning unib chiqish davridan boshlab to vegetatsiya oxirigacha kasallantirish bosqichlari har xil ko‘rinishda bo‘ladi. Fuzarioz kasalligini bug‘doyda Fusarium turkumiga mansub F.avenaceum, F.culmorum, F.graminearum turlari keltirib chiqaradi. Fuzarioz kasalligining bug‘doy unib chiqqandan keyingi belgilari bug‘doyning yon ildizlarini chiritib, bitta urug‘dan bitta poya, bitta boshoq hosil bo‘ladi. Sababi, fuzarioz bilan kasallangan o‘simliklarda tuplanish fazasi kam bo‘ladi yoki tuplanish bo‘lmaydi. Vegetatsiya davomida fuzarioz bilan kasallangan o‘simliklar sarg‘ayib so‘liy boshlaydi. Kasallangan o‘simliklarning bo‘g‘inlari to‘q jigarrangga kiradi va sinadi. Natijada fuzarioz bilan kasallangan o‘simlik vegetatsiya oxiriga yetmasdan sarg‘ayib qurib qoladi. Monitoring o‘tkazish Monitoring 2025-yilning mart-aprel oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus tumanidagi «Nurdawlet-Azizbek» fermer xo‘jaligiga qarashli bug‘doy dalalarida o‘tkazildi. Dalani tekshirish usuli: Dalani diagonal yo‘nalishda har 5–10 gektarga 10–20 ta nuqta tanlab, har nuqtada kamida 20 – 100 ta o‘simlik diqqat bilan ko‘rib chiqildi (barglarning yuqori va pastki tomoni, poya, boshoq). Qayd etish: Fotosurat, zarar darajasi daftarga yozib olindi. Ob-havo (namlik, harorat) va nav ma’lumotlari ham daftarga kiritildi. Kasallik rivojlanishini oldindan aniqlash uchun ob-havo ma’lumotlari (nam, iliq kunlar) va oldingi yil natijalari solishtirildi.
Belgisi № Kasallik nomi (o‘zbekcha) Ilmiy nomi / Qo‘zg‘atuvchi (sizning holatingiz bo‘yicha)
1 Un shudring Blumeria graminis f.sp. tritici + 2 Fuzarioz (ildiz chirishi) F.avenaceum, F.culmorum, F.graminearum + 3 Septorioz Mycosphaerella graminicola - 4 Sariq zang Puccinia striiformis - 5 Qo‘ng‘ir zang Puccinia triticina (P. recondita) - Chang qorakuya (chang qora 6 Ustilago tritici - kuya) Izoh: (+) belgisi bilan belgilanganlar monitoring natijasida aniqlangan kasalliklar. Qarshi kurash choralari: Almashlab ekish. Yerni chuqur shudgorlash, begona o‘tlarni yo‘qotish. Bahorgi va kuzgi g‘alla ekinlarini bir-birining o‘rniga yoki yaqin joylashtirmaslik. Un shudring kasalliklariga nisbatan chidamli bo‘lgan navlarni ekish. Bug‘doy kasalliklari iqtisodiy zarar yetkazish (IZM) mezoni darajasidan oshganda tavsiya etilgan kimyoviy himoya qilish vositalarini qo‘llash. Urug‘lik donni fungitsid urug‘dorilar bilan dorilab ekish. Un shudring kasalligining oldini olishda tuplanish va naychalash davrida propikonazol+siprokonazol tarkibli fungitsidlar bilan ishlov berish. Fuzarioz kasalligining oldini olish maqsadida ekish davrida urug‘larni dorilash ishlarini olib borish, bunda tebukonazol tarkibli preparatlar bilan ishlov berish.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Hasanov B.O., Ochilov R.O. Bug‘doyning zang kasalliklarini aniqlash, hisobga olish va ularga qarshi 4 -S H O ‘ B A kurash choralarini qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar. – Toshkent: O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi nashriyoti, 2010.
- Методические указания по испытанию инсектицидов, акарицидов, БАВ и фунгицидов. / Отв. ред. Ходжаев Ш.Т. – Ташкент: O‘zO‘HQITI, 2004. – 78 с.
- Bug‘doyni zararli organizmlariga qarshi uyg‘unlashgan kurash tizimida boshqarish (IPM) Q.B. Bababekov, J.X. Raxmonov, N.S. Xaytbaeva, M.I. Abdillaev, N.M. Turdiyeva, Toshkent-2022 19-21-38 bet.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014674
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610190
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 720–722
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03