Agrobiznes faoliyatining huquqiy-me‘yoriy asoslari va davlat siyosati
Seyfullaeva Ayzada TolibekovnaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 716–719
Annotatsiya
Agrobiznesning maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish tufayli daromadlarni ko‘paytirish hisoblanadi. Agrobiznesning samarali faoliyat yuritishi uchun muhim shartlardan biri bu – uning huquqiy-me‘yoriy asoslarini puxta shakllantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlovchi siyosatni amalga oshirishdir. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi sharoitida agrar sohani modernizatsiyalash va uning bozor munosabatlariga moslashuvi aynan qonunchilik bazasining mavjudligi va rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liqdir.
Boshqa tillarda
ruschaНормативно-правовые основы деятельности в сфере агробизнеса и государственная политика
Цель агробизнеса — увеличение доходов за счёт полного удовлетворения спроса на сельскохозяйственную продукцию. Одним из важных условий эффективного функционирования агробизнеса является тщательное формирование его нормативно-правовой базы и проведение государственной политики, направленной на его поддержку. В частности, в условиях Республики Узбекистан модернизация аграрной сферы и её адаптация к рыночным отношениям напрямую связаны именно с наличием и развитостью законодательной базы.
inglizchaLegal and regulatory framework of agribusiness activity and state policy
The goal of agribusiness is to increase income by fully meeting the demand for agricultural products. One of the important conditions for the effective functioning of agribusiness is the careful development of its legal and regulatory framework and the implementation of a state policy that supports it. In the Republic of Uzbekistan in particular, the modernization of the agricultural sector and its adaptation to market relations are directly linked to the existence and development of the legislative framework.
Kalit so‘zlar
- Agrobiznes faoliyati
- Prezident farmonlari va hukumat qarorlari
- O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi «Dehqon xo‘jaligi haqida»gi va «Fermer xo‘jaligi haqida»gi qonunlari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026
Agrobiznes faoliyatining huquqiy-me’yoriy asoslari va davlat siyosati Seyfullaeva Ayzada Tolıbekovna Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti ayzadaseyfullaeva@gmail.com
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610189 Iqtibos uchun: Seyfullaeva Ayzada Tolıbekovna. Agrobiznes faoliyatining huquqiy-me’yoriy asoslari va davlat siyosati // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 716–719. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610189
Annotatsiya. Agrobiznesning maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish tufayli daromadlarni ko‘paytirish hisoblanadi. Agrobiznesning samarali faoliyat yuritishi uchun muhim shartlardan biri bu – uning huquqiy-me’yoriy asoslarini puxta shakllantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlovchi siyosatni amalga oshirishdir. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi sharoitida agrar sohani modernizatsiyalash va uning bozor munosabatlariga moslashuvi aynan qonunchilik bazasining mavjudligi
4 -S H O ‘ B A va rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Kalit so‘zlar: Agrobiznes faoliyati, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi «Dehqon xo‘jaligi haqida»gi va «Fermer xo‘jaligi haqida»gi qonunlari.
Kirish Agrobiznes agrosanoat majmuasining tarkibida bo‘lib, u nafaqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonini, balki qayta ishlash, saqlash va tashish, qishloq xo‘jaligiga texnika va o‘g‘itlar ishlab chiqarishni ham o‘z ichiga oladi. Agrobiznes har qanaqa davlat iqtisodiy tizimining zarur elementi hisoblanadi. Bizga ma’lumki, xalqning hayot darajasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar samaradorligiga bog‘liq. Shuning hisobidan qishloq xo‘jaligi komplekslarining maksimal samaradorligiga erishish uchun innovatsiyaviy xizmatni tashkil etish juda zarur hisoblanadi.
Agrobiznes agrosanoat majmualari tizimidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishga yo‘naltirilgan iqtisodiy tadbirkorlik faoliyati sifatida ta’riflanishi mumkin. Ushbu biznesning asosini bozor tashkil etadi. Agrobiznesning maqsadi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabni to‘liq qondirish tufayli daromadlarni ko‘paytirish hisoblanadi.
Zamonaviy iqtisodiy sharoitda mahalliy agrobiznes ichki va tashqi bozorda yaxshi raqobatlasha olish qobiliyatiga ega bo‘lishi zarur.
Agrobiznesning samarali faoliyat yuritishi uchun muhim shartlardan biri bu – uning huquqiy-me’yoriy asoslarini puxta shakllantirish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlovchi siyosatni amalga oshirishdir. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi sharoitida agrar sohani modernizatsiyalash va uning bozor munosabatlariga moslashuvi aynan qonunchilik bazasining mavjudligi va rivojlanganligi bilan bevosita bog‘liqdir.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-apreldagi «Dehqon xo‘jaligi haqida»gi va «Fermer xo‘jaligi haqida»gi qonunlari qabul qilinishi bilan fermer xo‘jaligi va dehqon xo‘jaligining martabasi, ularning ijtimoiy-iqtisodiy ma’nosi hamda tashkiliy-iqtisodiy asoslari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlik subyekti sifatidagi umumiy va a’lo tomonlari aniq belgilab berildi. Bu qonunga 2004-yil 26-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritilgan. Mana shu qonun hujjatlari bilan agrobiznes faoliyatining ajralmas tarkibiy qismi hisoblangan fermer va dehqon xo‘jaliklarini tashkillashtirish, boshqarish, tartibga solish va bartaraf etish masalalari tartibga solindi. Tadqiqot uslublari. Fermer xo‘jaligi agrobiznes faoliyati qishloq xo‘jalik yuritishning shakllaridan biri sifatida ijtimoiy-psixologik, tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy o‘zgachaliklarga ega bo‘lib, buni quyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.
Jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini – oila va unga mos Ijtimoiy-psixologik bo‘lgan etika-tarbiyaviy qadriyatlarga, shaxsiy tomondan manfaatdorlik, xususiy tashabbuskorlik va tadbirkorlik erkinligiga tayanuvchi xalqning ijtimoiy tarkibi
Tashkiliy-huquqiy Yuridik shaxs maqomiga (o‘z balansi, hisob raqami, tomondan muhri va hokazo) ega bo‘lishi shart
Mehnat munosabatlari Xo‘jalikda a’zolar mehnati bilan birgalikda tomondan yollanma mehnatdan foydalanish mumkin.
4 -S H O ‘ B A Ishlab chiqarish yo‘nalishi Ishlab chiqarish ichki iste’mol va asosan bozorga tomondan yo‘naltirilgan tovar xo‘jaligi
– ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik; Mulkiy munosabatlar – yer maydoni uzoq muddatli ijaraga (eng kamida 30 tomondan yildan 50 yilgacha) beriladi, ijara muddatida ijara huquqini meros etib qoldirish mumkin.
1-jadval. Fermer xo‘jaligi agrobiznes faoliyatining xususiyatlari
Fermer xo‘jaliklari o‘z faoliyatini quyidagi huquqlar asosida amalga oshiradi: ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish, mahsulotni erkin sotish, foydani mustaqil taqsimlash. Shu bilan birga, ular majburiyat ham oladilar, jumladan: yer uchastkasidan maqsadli foydalanish; yer unumdorligini saqlash va oshirish; agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatda amalga oshirish; ijtimoiy himoya va mehnat sharoitlarini ta’minlash; majburiy sug‘urtalash va fondlarga ajratmalarni to‘lash. Ilmiy ishning natijasi. Agrobiznes faoliyatining huquqiy asoslari asosan quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Konstitutsiya, 1992), Fuqarolik kodeksi, Yer kodeksi, Soliq kodeksi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida» (1998), «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida», «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida» (2000) qonunlari, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari.
Xususan, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonun (1998-yil 30-aprel) va unga 2004-yil 26- avgustda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar fermer xo‘jaliklarining huquqiy maqomini, faoliyat yuritish tartibini va resurslardan foydalanish qoidalarini belgilab berdi (Fermer xo‘jaligi to‘g‘risidagi Qonun, 1998). Unga ko‘ra, fermer xo‘jaliklari yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z mehnati natijasiga egalik qiladi. Shuningdek, «Yer to‘g‘risida»gi Qonun va Yer kodeksiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida yer davlat mulki hisoblanadi va u faqat uzoq muddatli ijaraga — odatda 10 yildan 50 yilgacha — beriladi. Bu yerda asosiy prinsip shuki, yer shaxsiy mulkka aylantirilmaydi, ammo uni meros qilib qoldirish huquqi mavjud (Yer to‘g‘risidagi Qonun, 1998; Yer kodeksi, 1998). Davlat siyosati jihatidan muhim hujjatlardan biri bu — Prezidentning 2018-yil 26-apreldagi PQ–3702-sonli Qarori bo‘lib, unda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini modellashtirish, infratuzilmani rivojlantirish va mahsulotni eksportga yo‘naltirish mexanizmlari ko‘zda tutilgan (PQ–3702, 2018). Mazkur qarorga binoan, har bir tuman darajasida «Fermer xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi» tashkil qilinib, ularning faoliyatini moliyalashtiruvchi fondlar yaratish belgilangan. Bu esa fermerlar o‘rtasida kooperatsiya va resurslarni birgalikda boshqarishni kuchaytirdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi Farmoni bilan tasdiqlangan «Qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi» agrar tarmoqda raqamlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy qilish, suv tejovchi texnologiyalarni keng tatbiq etish va eksport salohiyatini oshirishni nazarda tutadi (PQ–5853, 2019). Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa agrobiznes huquqiy asoslari respublika va mahalliy qonun hujjatlari bilan uyg‘un holda qo‘llanilmoqda. Misol uchun, Jo‘qorg‘i Kenges va Vazirlar Kengashining qarorlari asosida suv tanqisligi sharoitida zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha davlat dasturlari amalga oshirilmoqda (QRVK Qarorlari,
4 -S H O ‘ B A 2022). O‘zbekiston Respublikasining «Yer haqida»gi qonuni va «Yer kodeksi»ga muvofiq respublikamizda yer to‘la davlat mulki bo‘lib, uni oldi-sotdi qilish yoki sovg‘a qilish mumkin emas. «Fermer xo‘jaligi haqida»gi qonunda fermer xo‘jaligini yurgizish uchun fuqarolarga yer uchastkalari 50 yilgacha, ammo 10 yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berilishi ko‘zda tutilgan. Fermer xo‘jaligi agrobiznes faoliyatiga uzoq muddatga ijaraga berilgan yer maydonini ijara muddati davomida meros etib qoldirish huquqi berilgan. Fermer xo‘jaligida ishlab chiqarish asosan xo‘jalik a’zolarining yakka mehnatiga asoslanadi. Shu bilan birga, qonunga ko‘ra fermer xo‘jaligida ishlarni bajarishga o‘zga shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha qo‘shilishi mumkin. Prezidentimizning 2018-yil 26-apreldagi «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tadbirlar haqida»gi qarori shu sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish va mustahkamlash uchun sharoit yaratdi. Sababi, bu hujjatga muvofiq, barcha tumanlarda fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga shartnoma asosida zarur moddiy resurslar, masalan, urug‘lar, nihollar, texnika va boshqa uskunalar yetkizib berish, yerlarni rekultivatsiya qilish va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish, sug‘orish tizimini yaratish va yaxshilash, suv nasoslarini o‘rnatish, artezian quvurlarini qazish va tomchilatib sug‘orishni yo‘lga qo‘yish, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va qishloq xo‘jaligi ekinlarini ichki va tashqi bozorlarda sotish, ayniqsa, ularni tayyorlash, saqlash, qayta ishlash va eksport qilishga yordamlashadigan korxonalar va fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash fondi tuzilishi ularning rivojlanishida yangi sahifa ochadi. Xulosa qilib aytganda, kelajakda qishloqlarda dehqonchilik ishlari bilan shug‘ullanadigan va dehqonchilik mahsulotlarini qayta ishlaydigan kooperatsiyalar tashkillashtirish uchun ham qulay imkoniyat yaratish kerak. Bu, birinchidan, dehqonlar va tomorqa egalari uchun tanlash imkoniyatini kengaytiradi, ikkinchidan, raqobat muhitini rivojlantiradi. Oxirida qaysi tashkillashtirilgan institut samarali bo‘lsa, kelajakda shu qoladi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent: Adolat, 2023. – 56 b.
- O‘zbekiston Respublikasining «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonuni, 1998-yil 30-aprel, №611-I. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.
- O‘zbekiston Respublikasining «Yer to‘g‘risida»gi Qonuni, 1998-yil 30-aprel. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.
- O‘zbekiston Respublikasining «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonuni, 2000-yil 25-dekabr. // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi PQ–3702-sonli Qarori. // www.lex.uz 4 -S H O ‘ B A
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014673
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610189
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 716–719
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03