Asosiy mazmunga o‘tish

Issiq iqlim (yoz stressi) sharoitida sut beruvchi sigirlarning sut mahsuldorligini saqlash usullari

B.K. Ajiniyazov, A.D. Begjanova, B.K. EsboganovQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 538–540

Annotatsiya

Tadqiqot maqsadi — issiq iqlim sharoitida yoz stressi ta‘sirida sut sigirlarining sut mahsuldorligini saqlashning ilmiy asoslangan usullarini aniqlash va umumlashtirishdan iborat. Tadqiqot metodlari sifatida 1994–2015-yillarda xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan adabiyotlarga tayanilgan tizimli tahlil, harorat-namlik indeksi (THI) bo‘yicha stress zonalarini tasniflash hamda texnik, ozuqa va genetik choralar samaradorligini qiyosiy baholash qo‘llanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, THI 72 dan oshganda ozuqa iste‘moli 10–15% ga kamayadi va sut hosildorligi 10–25% gacha pasayadi. Soya, sprinkler va ventilyator tizimlari chorvani sovutishda eng samarali bo‘lib, sut yo‘qotilishining 50–70% ini qaytarish imkonini beradi. Ratsionga himoyalangan yog‘ qo‘shish, ozuqani sovuq soatlarda berish va ichimlik suvi haroratini 10–15°C da ushlab turish sut mahsuldorligini saqlashga xizmat qiladi. Kompleks choralar qo‘llanilgandagina issiq stressining iqtisodiy zarari sezilarli kamaytirilishi mumkin.

Boshqa tillarda

ruschaСпособы сохранения молочной продуктивности лактирующих коров в условиях жаркого климата (летнего стресса)

Цель исследования — выявить и обобщить научно обоснованные способы сохранения молочной продуктивности молочных коров при летнем стрессе в условиях жаркого климата. В качестве методов исследования применялись систематический анализ литературы, опубликованной в международных научных журналах в 1994–2015 гг., классификация зон стресса по температурно-влажностному индексу (THI), а также сравнительная оценка эффективности технических, кормовых и генетических мер. Результаты анализа показывают, что при THI выше 72 потребление корма снижается на 10–15%, а удой молока — на 10–25%. Наиболее эффективными средствами охлаждения скота являются затенение, спринклерные и вентиляторные системы, позволяющие компенсировать 50–70% потерь молока. Сохранению молочной продуктивности способствуют добавление в рацион защищённого жира, раздача корма в прохладные часы суток и поддержание температуры питьевой воды на уровне 10–15°C. Экономический ущерб от теплового стресса можно существенно снизить только при комплексном применении мер.

inglizchaMethods of maintaining milk productivity of lactating cows in a hot climate (summer stress)

The aim of the study is to identify and summarize scientifically based methods for maintaining the milk productivity of dairy cows under summer stress in a hot climate. The research methods included a systematic analysis of literature published in international scientific journals in 1994–2015, classification of stress zones by the temperature-humidity index (THI), and a comparative assessment of the effectiveness of technical, feeding and genetic measures. The analysis shows that when THI exceeds 72, feed intake decreases by 10–15% and milk yield falls by up to 10–25%. Shade, sprinkler and fan systems are the most effective means of cooling livestock, making it possible to recover 50–70% of milk losses. Adding protected fat to the diet, feeding during the cooler hours of the day and keeping drinking water at 10–15°C help to maintain milk productivity. The economic damage caused by heat stress can be significantly reduced only when a set of measures is applied in combination.

Kalit so‘zlar

  • yoz stressi
  • sut sigirlari
  • sut mahsuldorligi
  • harorat-namlik indeksi
  • sovutish tizimlari
  • ozuqa ratsioni
  • ichimlik suvi

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»

X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 636.214.084

Issiq iqlim (yoz stressi) sharoitida sut beruvchi sigirlarning sut mahsuldorligini saqlash usullari B.K. Ajiniyazov dotsent · A.D. Begjanova magistrant · B.K. Esboganov talaba Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bawirjanesbolganov4@gmail.com

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610143 Iqtibos uchun: B.K. Ajiniyazov, A.D. Begjanova, B.K. Esboganov. Issiq iqlim (yoz stressi) sharoitida sut beruvchi sigirlarning sut mahsuldorligini saqlash usullari // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 538–540. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610143

Annotatsiya. Tadqiqot maqsadi — issiq iqlim sharoitida yoz stressi ta’sirida sut sigirlarining sut mahsuldorligini saqlashning ilmiy asoslangan usullarini aniqlash va umumlashtirishdan iborat. Tadqiqot metodlari sifatida 1994–2015-yillarda xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan adabiyotlarga tayanilgan tizimli tahlil, harorat-namlik indeksi (THI) bo‘yicha stress zonalarini tasniflash hamda texnik, ozuqa va genetik choralar samaradorligini qiyosiy baholash qo‘llanildi. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, THI 72

4 -S H O ‘ B A dan oshganda ozuqa iste’moli 10–15% ga kamayadi va sut hosildorligi 10–25% gacha pasayadi. Soya, sprinkler va ventilyator tizimlari chorvani sovutishda eng samarali bo‘lib, sut yo‘qotilishining 50–70% ini qaytarish imkonini beradi. Ratsionga himoyalangan yog‘ qo‘shish, ozuqani sovuq soatlarda berish va ichimlik suvi haroratini 10–15°C da ushlab turish sut mahsuldorligini saqlashga xizmat qiladi. Kompleks choralar qo‘llanilgandagina issiq stressining iqtisodiy zarari sezilarli kamaytirilishi mumkin. Kalit so‘zlar: yoz stressi, sut sigirlari, sut mahsuldorligi, harorat-namlik indeksi, sovutish tizimlari, ozuqa ratsioni, ichimlik suvi.

Kirish (adabiyotlar sharhi bilan) O‘zbekistonning, xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasining iqlimiy sharoitida yoz oylarida havo harorati 35–42°C gacha ko‘tarilib, sut sigirlarida issiq stressi hosil qiladi. Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha, sut sigirlari uchun qulay harorat zonasi 5–25°C bo‘lib, harorat 26°C dan oshganda mahsuldorlik pasayishi kuzatila boshlaydi [6]. Mavzuning dolzarbligi chet ellik olimlarning tadqiqotlarida keng yoritilgan. West [6] issiq stressi davrida sut hosildorligining 10–25% gacha kamayishi va reproduktiv ko‘rsatkichlarning tushishini asoslagan. Kadzere va hammualliflari [4] stress davrida ozuqa iste’molining 10–15% kamayishi quyon faoliyati susayishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatgan. Silanikove va Koluman [5] sut yog‘i va oqsil miqdorining pasayishi, somatik hujayralar sonining oshishi kuzatilishini qayd etgan. Armstrong [1] soya va sprinkler-ventilyator tizimlarining samaradorligini, Hansen [3] esa issiq stressidan embriyo yo‘qotilishini kamaytirishning genetik yo‘llarini yoritgan. Collier va Gebremedhin [2] chorva termal biologiyasini umumlashtirgan. Ushbu adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, yoz stressiga qarshi kurashda texnik, ozuqa va genetik choralar bir tizimda qo‘llanilishi zarur. Shu bilan birga, respublika fermalarida sovutish tizimlari va mavsumga mos ozuqa ratsionini tashkil etish masalasi yetarlicha yoritilmagan. Mazkur maqolada ushbu bo‘shliqni to‘ldirish maqsad qilingan.

Materiallar va metodlar Tadqiqotda Journal of Dairy Science, Livestock Production Science, Animal Reproduction Science va Annual Review of Animal Biosciences jurnallarida chop etilgan, 1994–2015-yillarga oid oltita ilmiy maqola materiallari tahlil qilindi. Tajriba hayvonlari jalb etilmagan; ilmiy-adabiy tahlil, qiyoslash va umumlashtirish usullari qo‘llanildi. Stress darajasini baholashda harorat-namlik indeksi (THI) qo‘llanildi: THI < 68 — qulay zona; 68–72 — yengil stress; 72–80 — o‘rtacha stress; > 80 — og‘ir stress. Sovutish tizimlari (soya, sprinkler, ventilyator), ozuqa ratsioniga kiritiladigan o‘zgarishlar (himoyalangan yog‘, mineral va vitamin qo‘shimchalari) hamda genetik choralar samaradorligi adabiyotlardagi natijalar asosida qiyosiy tahlil qilindi. Natijalar THI bo‘yicha stress zonalarini tahlil qilish natijalari 1-jadvalda keltirilgan. THI 72 dan oshganda ozuqa iste’moli va sut hosildorligining pasayishi bir vaqtda kuzatiladi, bu esa sut yo‘qotilishining asosiy sababini tashkil qiladi [4, 6]. 1-jadval. THI bo‘yicha stress zonalari va kuzatiladigan o‘zgarishlar THI qiymati Stress darajasi Kuzatiladigan o‘zgarishlar Normal fiziologik holat, sut < 68 Qulay hosildorligi barqaror Nafas olish tezlashadi, sut 68–72 Yengil stress hosildorligi 2–5% pasayadi Ozuqa iste’moli 10–15% 72–80 O‘rtacha stress kamayadi, sut hosildorligi 5–15% pasayadi

4 -S H O ‘ B A Sut hosildorligi 15–25% va undan > 80 Og‘ir stress ortiq pasayadi, reproduksiya buziladi Texnik choralar tahlili. Armstrong [1] ma’lumotlariga ko‘ra, soya va sprinkler-ventilyator tizimi to‘g‘ri tana haroratini 1,5–2,0°C ga tushiradi va sut yo‘qotilishining 50–70% ini qaytaradi. Ichimlik suvi harorati 10–15°C bo‘lganda sigir iste’moli oshadi; laktatsiyadagi sigir kuniga 100– 200 litr suv iste’mol qiladi. Ozuqa choralari tahlili. Ratsionga 3–5% himoyalangan yog‘ qo‘shish energiya zichligini oshiradi; ozuqani ertalab va kechki sovuq soatlarda berish ozuqa iste’molini 10–15% ga oshiradi [4]. Natriy bikarbonat, kaliy, magniy va A, E vitaminlari stress davrida organizmning bufer va immun funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Genetik va reproduktiv choralar tahlili. Hansen [3] ma’lumotlariga ko‘ra, issiq stressi davrida homiladorlik foizi ikki baravargacha tushadi; sun’iy urug‘lantirishni sovuq soatlarda o‘tkazish va qisqa junli chiziqlarni tanlash salbiy ta’sirni kamaytiradi. Xulosa va tavsiyalar Issiq iqlimda sut mahsuldorligini saqlash bir tomonlama chora bilan emas, balki texnik, ozuqa va reproduktiv-genetik choralar kompleksida samara beradi. Quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi: – THIni muntazam kuzatib, stress zonasiga kirishdan oldin sovutish tizimlarini yoqish; – fermada soya, sprinkler va ventilyator tizimlarini joriy etish; – ichimlik suvini soyada, harorati 10–15°C da saqlash; – ratsionni himoyalangan yog‘, mineral va vitaminlar bilan boyitish; – ozuqani issiq soatlardan tashqarida berish; – sun’iy urug‘lantirishni ertalabki sovuq soatlarda o‘tkazish. Kelgusi tadqiqotlarda respublika fermalarida sovutish tizimlari samaradorligining iqtisodiy baholanishi tavsiya etiladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Armstrong D.V. Heat stress interaction with shade and cooling // Journal of Dairy Science. — 1994. — Vol. 77. — P. 2044–2050.
  2. Collier R.J., Gebremedhin K.G. Thermal biology of domestic animals // Annual Review of Animal Biosciences. — 2015. — Vol. 3. — P. 513–532.
  3. Hansen P.J. Exploitation of genetic and physiological determinants of embryonic resistance to elevated temperature to improve embryonic survival in dairy cattle during heat stress // Animal Reproduction Science. — 2007. — Vol. 98. — P. 248–258.
  4. Kadzere C.T., Murphy M.R., Silanikove N., Maltz E. Heat stress in lactating dairy cows: a review // Livestock Production Science. — 2002. — Vol. 77. — P. 59–91.
  5. Silanikove N., Koluman N. Impact of heat stress on dairy cattle // Livestock Science. — 2015. — Vol.
  6. West J.W. Effects of heat-stress on production in dairy cattle // Journal of Dairy Science. — 2003. — Vol. 86. — P. 2131–2144. 4 -S H O ‘ B A

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014627
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610143
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
538–540
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03