Asosiy mazmunga o‘tish

No‘xat navlarining hosildorligiga ekish muddati va me‘yorining ta‘siri

Oserbaeva TamarakhaniD, Kunakbaev Nurjan SarsenovichiDQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026

KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 527–529

Annotatsiya

Iftixor navi hosili Polvon naviga nisbatan erta muddatda (25-30-mart) ekilganda ekish me‘yorlari bo‘yicha 1,0, 0,7, 3,4 ts/ga, maqbul muddatda (5-10-aprel) 0,6, 0,5, 3,2 ts/ga hamda kechikib (15-20-aprel) ekilganda 0,8, 0,3, 4,3 ts/ga yuqori don hosili olishga erishilganligi ko‘rsatilgan.

Boshqa tillarda

ruschaВлияние сроков и норм посева на урожайность сортов нута

Показано, что при посеве сорта Ифтихор в ранние сроки (25-30 марта) по сравнению с сортом Полвон по нормам посева получен высокий урожай зерна 1,0, 0,7, 3,4 ц/га, в оптимальные сроки (5-10 апреля) – 0,6, 0,5, 3,2 ц/га и при позднем посеве (15-20 апреля) – 0,8, 0,3, 4,3 ц/га.

inglizchaEffect of sowing date and sowing rate on the yield of chickpea varieties

It was shown that when sowing the Iftixor variety early (March 25-30), higher grain yields of 1.0, 0.7, and 3.4 c/ha were obtained compared to the Polvon variety according to the sowing rates; at optimal sowing dates (April 5-10), 0.6, 0.5, and 3.2 c/ha were obtained; and when sowing late (April 15-20), 0.8, 0.3, and 4.3 c/ha were obtained.

Kalit so‘zlar

  • no‘xat
  • navi
  • hosili
  • ekish
  • maqbul
  • yuqori
  • don

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq chiqish» texnologiyalardı islep shıǵıw»

4 -S H O ‘ B A ILMIY G‘OYALAR VA ZAMONAVIY YECHIMLAR Nukus · 16.10.2026 UDK 633.351:631.53.04:631.559

No‘xat navlarining hosildorligiga ekish muddati va me’yorining ta’siri Oserbaeva Tamaraxan q.x.f.n., professor, ORCID: 0009-0001-7167-8148 · Kunakbaev Nurjan Sarsenovich QQXAI 3-kurs tayanch doktoranti, ORCID: 0009-0006-2764-9100

Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti

DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610140 Iqtibos uchun: Oserbaeva Tamaraxan, Kunakbaev Nurjan Sarsenovich. No‘xat navlarining hosildorligiga ekish muddati va me’yorining ta’siri // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 527–529. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610140

Annotatsiya. Iftixor navi hosili Polvon naviga nisbatan erta muddatda (25-30-mart) ekilganda ekish me’yorlari bo‘yicha 1,0, 0,7, 3,4 ts/ga, maqbul muddatda (5-10-aprel) 0,6, 0,5, 3,2 ts/ga hamda kechikib (15-20-aprel) ekilganda 0,8, 0,3, 4,3 ts/ga yuqori don hosili olishga erishilganligi ko‘rsatilgan. Kalit so‘zlar: no‘xat, navi, hosili, ekish, maqbul, yuqori, don Аннотация. Показано, что при посеве сорта Ифтихор в ранние сроки (25-30 марта) по сравнению с

4 -S H O ‘ B A сортом Полвон по нормам посева получен высокий урожай зерна 1,0, 0,7, 3,4 ц/га, в оптимальные сроки (5-10 апреля) – 0,6, 0,5, 3,2 ц/га и при позднем посеве (15-20 апреля) – 0,8, 0,3, 4,3 ц/га. Ключевые слова: нут, сорт, урожай, посев, оптимальный, высокий, зерно Abstract. It was shown that when sowing the Iftixor variety early (March 25-30), higher grain yields of 1.0, 0.7, and 3.4 c/ha were obtained compared to the Polvon variety according to the sowing rates; at optimal sowing dates (April 5-10), 0.6, 0.5, and 3.2 c/ha were obtained; and when sowing late (April 15- 20), 0.8, 0.3, and 4.3 c/ha were obtained. Keywords: chickpea, variety, harvest, sowing, optimal, high, grain

Kirish Respublikamiz qishloq xo‘jaligi tizimi bugungi kunda tubdan yangilanmoqda. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Agrar sektorda keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilishi natijasida sohaning eksport salohiyati sezilarli darajada oshmoqda. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risidagi farmonda «taraqqiyot strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o‘sish suratlarini ta’minlash bo‘yicha» [1] muhim strategik vazifalar sifatida belgilab berilgan. Shu sababli, Respublikamizning sug‘oriladigan maydonlarida ekilayotgan no‘xat navlarining mintaqa tuproq-iqlim sharoiti, nav xususiyatlarini inobatga olib yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish, navlarni tanlash, ekish muddatlari va ekish sxemasini aniqlash bo‘yicha olib boriladigan ilmiy-tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi. Adabiyotlar sharhi No‘xat odatda sarg‘ish-jigarrang rangli, no‘xatga o‘xshash urug‘lari uchun keng yetishtiriladigan Fabaceae (Leguminosae) oilasiga mansub bir yillik o‘simlik hisoblanadi. U dunyo bo‘yicha uchinchi eng muhim dukkakli ekinlardan biri sifatida e’tirof etilib, ko‘plab subtropik va iliq iqlimli hududlarda keng tarqalgan. No‘xat o‘zining zich tuzilishi hamda ba’zan yumshoq, yong‘oqqa o‘xshash ta’mi bilan ajralib turadi [2].

No‘xat oziq-ovqat sanoatida turli mahsulotlar ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi va yuqori oziqaviy qiymati bilan ajralib turadi [3].

No‘xat mis, foliy kislotasi va ruxga boy manba bo‘lib, shuningdek oqsil, A vitamini va temirga ham boy oziq-ovqat hisoblanadi. U uglevodlarning sog‘lom manbai sifatida, ayniqsa insulin sezgirligi past yoki diabet bilan og‘rigan insonlar uchun foydali ekin sifatida baholanadi [4]. O‘simlikning sovuqqa va qishga chidamlilik darajasi ekish muddatlariga bog‘liq holda o‘zgaradi, bu jarayon asosan o‘simlik to‘qimalarida uglevodlarning to‘planishi va sarflanishi bilan izohlanadi [5]. No‘xatning issiqlikka bo‘lgan talabi vegetatsiya bosqichlari davomida ortib boradi [6].

X.N.Atabayeva, J.B.Xudoyqulovlarning ma’lumotlarida yozishicha, no‘xat o‘simligi uchun urug‘ ekish muddati va me’yorlarini belgilashda no‘xat navlarining morfologik va biologik xususiyatlarini hamda no‘xat ekiladigan maydonlarning tuproq–iqlim sharoiti, tuproqning nam bilan ta’minlanganlik darajasini va boshqa tashqi muhit omillarini hisobga olish orqali yuqori va sifatli don hosili olishga erishiladi [7]. Mahalliy va xorijiy olimlarning tadqiqotlari no‘xatni yetishtirishda nav tanlash, ekish muddati, ekish me’yori hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni qo‘llash hosildorlik va iqtisodiy samaradorlikni sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatadi.

No‘xat navlarining potensial imkoniyatlaridan to‘la foydalanish uchun ularning eng qulay ilmiy asoslangan ekish muddati va sxemasini o‘rganish, ushbu texnologik elementlarning no‘xat navlarida barg shakllanishiga bog‘liq holda don hosildorligiga ta’sirini aniqlash muhimdir [8].

Ilmiy manbalar tahlili yakunida shuni qayd etish lozimki, no‘xat ekinini maqbul ekish muddatlari har bir mintaqaning tuproq-iqlim sharoiti, ekilayotgan navlarning biologik xususiyatlari, tuproqdagi namlik va harorat ko‘rsatkichlari hamda no‘xat ekini yetishtirilayotgan fermer va agroklaster dalalarining xususiyatlari hisobga olingan holda belgilanadi. Ekish muddatlarining

4 -S H O ‘ B A kechikishi hosildorlikni kamaytiradi, donning sifat ko‘rsatkichlarining pasayishiga olib keladi. Materiallar va metodlar Tadqiqotlar davomida tuproq, suv, o‘simlik va donning barcha tahlillari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Agrokimyo va tuproqshunoslik» laboratoriyasida amalga oshirildi. Tajriba dalasidagi ekilgan no‘xatning dala sharoitidagi unuvchanligi, o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi kabi ko‘rsatkichlar doimiy belgilangan 10 tadan model o‘simliklarda barcha variant va takrorlanishlarda hisobga olindi. No‘xat ekinida fenologik kuzatuv va hisoblash ishlarini olib borishda O‘zPITIda qabul qilingan «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari» qo‘llanmalari asosida olib borildi va fenologik kuzatuvlar «Metodika Gosudarstvennogo sorto ispitaniya selskoxozyaystvennix kultur» (1989), tuproq va o‘simliklarning kimyoviy tarkibi «Metodika agroximicheskix analizov pochv i rasteniy» (1977) uslubiy qo‘llanmalaridan foydalanib aniqlandi. Natijalar No‘xat navlarining don hosiliga ekish muddatlari va ekish me’yorining ta’siri bo‘lishi tajriba natijalarida aniqlandi. Hosildorlik 2024- va 2025-yillarda 2026-yilga nisbatan yuqoriroq bo‘ldi, chunki 2026-yilda mart oyida va aprel oyi boshida kuzatilgan juda ko‘p yog‘ingarchilik va haroratning past kelishi, keyin kunlarning birdan isib ketishi no‘xatning o‘sishi va rivojlanishini bir ozgina pasaytirdi.

Polvon navi 25-30-mart muddatda ekilib, 80 kg/ga me’yorda urug‘ sarflangan variantda 2024 -2026-yillarda 22,5, 23,2 va 21,7 ts/ga hosil olinib, o‘rtacha 22,5 ts/ga ni tashkil qilgan bo‘lsa, ekish me’yori 90 kg/ga me’yorga oshirilganda 0,8, 0,4 va 0,7 ts/ga oshib o‘rtacha 0,6 ts/ga yuqori hosil olishga erishildi. Ekish me’yorini 100 kg/ga me’yorga oshirish yuqorida keltirilgan kam me’yorga nisbatan hosilning yuqori bo‘lganligi aniqlandi, ammo bu variantda 1000 dona urug‘ning massasi kamayib, hosil ko‘chatlar soni evaziga yuqori bo‘ldi. Ushbu variantda yillar bo‘yicha 80 kg/ga me’yorda ekilgan variantga nisbatan 1,6, 1,6 va 1,9 ts/ga, o‘rtacha 1,7 ts/ga, 90 kg/ga me’yorda ekilgan variantga nisbatan 0,8, 1,2 va 1,2 ts/ga, o‘rtacha 1,1 ts/ga yuqori hosil olishga erishildi.

5-10-aprel muddatda ekilganda hosildorlik erta muddatda ekilganga nisbatan yuqori bo‘lganligi aniqlanib, ekish me’yorlari bo‘yicha 2024-2026-yillar bo‘yicha o‘rtacha 1,8, 1,9 va 1,5 ts/ga ga ko‘p hosil olishga erishildi. Ushbu muddatda Polvon navida yuqori hosil 100 kg/ga miqdorda urug‘ ekilgan variantdan olindi va ekish me’yorlari kam (80 va 90 kg/ga) bo‘lgan variantlarga nisbatan 0,7 va 1,4 ts/ga yuqori hosil olindi.

No‘xat ekishni 15-20-aprelga kechiktirish hosilning kamayishiga sabab bo‘lib, maqbul muddatga (5-10-aprel) nisbatan o‘rtacha hosil ekish me’yorlari bo‘yicha 3,8, 3,7, 1,7 ts/ga kam hosilni tashkil qildi. Ammo yuqoridagi gektariga 100 kg miqdorida urug‘ ekilgan variantda hosilning yuqori (22,5 ts/ga) bo‘lishi saqlanib qoldi. Ushbu variantda ekish me’yori kam (80 va 90 kg/ga) qilib belgilangan variantlarga nisbatan 2,0 va 1,2 ts/ga ko‘p hosil olishga erishildi. Xulosa Iftixor navi 25-30-mart muddatda ekilib, 90 kg/ga me’yorda urug‘ sarflangan variantda 2024 – 2026-yillarda 22,6, 23,1 va 21,5 ts/ga hosil olinib, o‘rtacha 22,4 ts/ga ni tashkil qilgan bo‘lsa, ekish me’yori 100 kg/ga me’yorga oshirilganda 1,7, 1,3 va 1,8 ts/ga oshib o‘rtacha 1,6 ts/ga kam hosil olishga erishildi. Ekish me’yorini 80 kg/ga me’yorga kamaytirish hosilning maqbul me’yorga nisbatan yillar bo‘yicha 0,9, 0,6, 1,2 ts/ga, o‘rtacha yillar bo‘yicha 0,9 ts/ga hosilning kam bo‘lganligi aniqlandi. Ushbu variantda yillar bo‘yicha 100 kg/ga me’yorda ekilgan variantga nisbatan 0,8, 0,7 va 0,6 ts/ga, o‘rtacha 0,7 ts/ga, yuqori hosil olishga erishildi.

Iqtiboslar dinamikasi

Ma’lumot topilmadi

ma’lumot kutilmoqda

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning 4 -S H O ‘ B A taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli Farmoni
  2. Мансфельд-2008г. Cicer arietinum L Всемирная база данных по сельскохозяйственным и садовым культурам. Проверено 2 августа 2008 г.
  3. Горлов И.Ф., Шалимова О.А., Жадан Ю.В. Применение проростков нута при моделировании рецептур рубленых полуфабрикатов // Все о мясе, - 2007. - №1.-С.11-13.
  4. Бендер Д.А., Бендер А.Э. 2005 г. Словарь еды и питания. Нью-Йорк: Издательство Оксфордского университета. ISBN 0198609612.
  5. Бобокулов З.Р., Бобомирзаев П.Х. Влияние сроков и схем посадки на урожайность сортов нута в условиях богарных земель Зарафшанской долины. - Актуальные проблемы современной науки. Москва 2025. №2 С.319-321.
  6. Hamdamov I., Mustonov S., Bobomurodov Z. Sug‘oriladigan yerlarda no‘xat yetishtirishning ilmiy asoslari. Monografiya. Toshkent-2007. - 106 b.
  7. Atabayeva X.N., Xudoyqulov J.B. O‘simlikshunoslik -Toshkent, NIF MSH, 2020 y. – 138-166 b.
  8. Isaqova E., Xamdamova E., Suvonova G. No‘xat navlari barg yuzasining shakllanishiga inokulyantlarning ta’siri. // AGRO ILM. -Toshkent. 2025. -№1 (106). 36-37 b.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014624
Nashr sanasi
2026-10-16
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
Jild
1
Son
7
DOI
10.66073/refocus-conf/1610140
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
527–529
ORCID
Oserbaeva Tamarakhan0009-0001-7167-8148Kunakbaev Nurjan Sarsenovich0009-0006-2764-9100
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-11-03