Kuzgi bug‘doyda ildiz va ang‘iz qoldiqlarining to‘planishi
Ismaylov Uzakbay Embergenovich, Kozibayeva Nafosat ShavkatovnaiDQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti2026
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 293–294
Annotatsiya
Maqolada kuzgi bug‘doy yetishtirishda hosil yig‘ib olingandan keyin tuproqda qoladigan ildiz va ang‘iz qoldiqlari miqdori tahlil qilindi. Taqdim etilgan to‘qqizta variant bo‘yicha ildiz qoldig‘i 2,51–2,69 t/ga, ang‘iz qoldig‘i esa jadvalda ko‘rsatilgan qiymatlar bo‘yicha 1,154–1,41 t/ga oralig‘ida bo‘lgan. Ushbu qoldiqlar tuproqdagi organik modda aylanishi va daladagi o‘simlik qoldiqlarini boshqarishda muhim hisoblanadi.
Boshqa tillarda
ruschaНакопление корневых и пожнивных остатков у озимой пшеницы
В статье проанализировано количество корневых и пожнивных остатков, остающихся в почве после уборки урожая при возделывании озимой пшеницы. По девяти представленным вариантам количество корневых остатков составило 2,51–2,69 т/га, а пожнивных остатков, согласно приведённым в таблице значениям, – 1,154–1,41 т/га. Эти остатки играют важную роль в круговороте органического вещества в почве и в управлении растительными остатками на поле.
inglizchaAccumulation of root and stubble residues in winter wheat
The article analyzes the amount of root and stubble residues that remain in the soil after harvest in winter wheat cultivation. Across the nine variants presented, root residues ranged from 2.51 to 2.69 t/ha, and stubble residues, according to the values given in the table, ranged from 1.154 to 1.41 t/ha. These residues are important for the cycling of organic matter in the soil and for the management of plant residues in the field.
Kalit so‘zlar
- kuzgi bug‘doy
- ildiz qoldig‘i
- ang‘iz qoldig‘i
- organik qoldiqlar
- tuproq unumdorligi
- almashlab ekish
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
3 -S H O ‘ B A IQLIMGA CHIDAMLI TEXNOLOGIYALAR Nukus · 16.10.2026
Kuzgi bug‘doyda ildiz va ang‘iz qoldiqlarining to‘planishi Ismaylov Uzaqbay Embergenovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor, ORCID: https://orcid.org/0009-0006-7395- 3488 · Qozibayeva Nafosat Shavkatovna tayanch doktorant, ORCID: https://orcid.org/0009-0005-5235-8711
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610075 Iqtibos uchun: Ismaylov Uzaqbay Embergenovich, Qozibayeva Nafosat Shavkatovna. Kuzgi bug‘doyda ildiz va ang‘iz qoldiqlarining to‘planishi // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 293–294. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610075
3 -S H O ‘ B A Annotatsiya. Maqolada kuzgi bug‘doy yetishtirishda hosil yig‘ib olingandan keyin tuproqda qoladigan ildiz va ang‘iz qoldiqlari miqdori tahlil qilindi. Taqdim etilgan to‘qqizta variant bo‘yicha ildiz qoldig‘i 2,51–2,69 t/ga, ang‘iz qoldig‘i esa jadvalda ko‘rsatilgan qiymatlar bo‘yicha 1,154–1,41 t/ga oralig‘ida bo‘lgan. Ushbu qoldiqlar tuproqdagi organik modda aylanishi va daladagi o‘simlik qoldiqlarini boshqarishda muhim hisoblanadi. Kalit so‘zlar: kuzgi bug‘doy, ildiz qoldig‘i, ang‘iz qoldig‘i, organik qoldiqlar, tuproq unumdorligi, almashlab ekish.
Kirish Kuzgi bug‘doy don yetishtirishda muhim ekinlardan biri bo‘lib, uning yetishtirish samaradorligi nav tanlash, ekish muddati va me’yorlari, almashlab ekish tizimi hamda agrotexnik tadbirlar bilan chambarchas bog‘liq. Hosil yig‘ib olingandan keyin dalada qoladigan ildiz va ang‘iz qoldiqlari ham ekin yetishtirish tizimining muhim tarkibiy qismidir. Ularning miqdori tuproqqa qaytadigan o‘simlik biomassasini tavsiflaydi va organik qoldiqlarni boshqarish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda hisobga olinadi. Ildiz qoldiqlari tuproqning turli qatlamlarida qoladi, ang‘iz qoldiqlari esa asosan hosil yig‘imidan keyin yer ustida saqlanadi. Ushbu qoldiqlarning parchalanish tezligi va tuproqdagi organik modda zaxirasiga qo‘shadigan hissasi namlik, harorat, tuproq xususiyatlari va qoldiqlarni qayta ishlash usuliga bog‘liq. Mazkur maqolada mavjud jadvaldagi kuzgi bug‘doy ildiz-ang‘iz qoldiqlari ko‘rsatkichlari umumlashtiriladi. Egamov I.U. va Mo‘minova O.Z. kuzgi bug‘doyning ertapishar navlarini ekish muddati hamda ekish me’yorlarining don hosildorligiga ta’sirini o‘rgangan [1]. Ismailov D.U. va Ismaylov U.Y. qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligini tadqiq qilgan [2]. Mahmudov O‘.H. esa qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifati ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratgan [3]. Materiallar va metodlar Dala kuzatuvlari va o‘lchovlarni tashkil etishda «Dala tajribalarini o‘tkazish uslublari», agrofizikaviy tahlillarda «Методика агрофизических исследований», matematik-statistik tahlilda esa Microsoft Excel dasturi va B.A. Dospexovning «Методика полевого опыта» qo‘llanmalaridan foydalanildi. Natijalar Variantlar bo‘yicha oldingi ekin qoldig‘i miqdori 2,51–2,69 t/ga oralig‘ida bo‘lgan. Eng kam miqdor 2-variantda – 2,51 t/ga, eng yuqori ko‘rsatkich esa 9-variantda – 2,69 t/ga qayd etilgan. Ang‘iz
OROLBO‘ YI · 2026 XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERIALLARI 3-SHO‘BA Iqlimga chidamli texnologiyalar
qoldig‘i miqdori esa variantlar kesimida 1,154–1,410 t/ga ni tashkil etgan. Bunda eng past ko‘rsatkich 1-variantda – 1,154 t/ga, eng yuqori ko‘rsatkich 9-variantda – 1,410 t/ga aniqlangan. Umuman olganda, jadvaldan ko‘rinib turibdiki, variantlar bo‘yicha oldingi ekin va ang‘iz qoldiqlari miqdorida ma’lum darajada farqlanish kuzatilgan. 4–9-variantlarda ang‘iz qoldig‘i miqdori 1–3-variantlarga nisbatan yuqoriroq bo‘lgan. Ayniqsa, 9-variantda oldingi ekin qoldig‘i ham, ang‘iz qoldig‘i ham eng yuqori qiymatga ega bo‘lib, mos ravishda 2,69 va 1,410 t/ga ni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkichlar variantlarda tuproqqa qaytarilayotgan o‘simlik qoldiqlari miqdori turlicha ekanligini ko‘rsatadi.
1-jadval. Kuzgi bug‘doyda ildiz va ang‘iz qoldiqlari miqdori Variant Ildiz qoldig‘i, t/ga Ang‘iz qoldig‘i, t/ga 1 2,60 1,154 2 2,51 1,158 3 2,52 1,156 4 2,58 1,32 5 2,60 1,33 6 2,56 1,36 7 2,61 1,36
3 -S H O ‘ B A 8 2,62 1,39 9 2,69 1,41 Xulosa Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy hududlari (Amudaryo tumani) sharoitida kam sho‘rlangan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarning oziq rejimini boshqarish, tuproq unumdorligini saqlash va kuzgi bug‘doyning «Davr» navidan yuqori don hosili olish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: Tuproq unumdorligi va organik qoldiqlar dinamikasi. Eng yuqori ko‘rsatkich 9-variantda kuzatilib, ildiz qoldiqlari 2,69 t/ga va ang‘iz qoldiqlari 1,41 t/ga ni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich nazorat variantlariga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘lib, tuproqda chirindi hamda asosiy ozuqa elementlari (NPK) zaxirasini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar3 ta adabiyot
- Egamov I.U., Mo‘minova O.Z. Kuzgi bug‘doyni ertapishar navlarini ekish muddati va me’yorlarining don hosildorligiga ta’siri // Agro ilm. – №6. – B. 20–21.
- Ismailov D.U., Ismaylov U.Y. Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi // Agro ilm. – №9. – B. 27–30.
- Mahmudov O‘.H. Qisqa navbatli almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi va don sifati ko‘rsatkichlari // Agro ilm. – №4. – B. 15–16.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014559
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610075
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 293–294
- ORCID
- Kozibayeva Nafosat Shavkatovna0009-0005-5235-8711
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03