Orolbo‘yining sho‘rlangan va qurg‘oqchil sharoitida istiqbolli sabzavot ekini – artishok (Cynara scolymus L.)ni yetishtirish agrotexnologiyasi
Yunusov Salohiddin Adkhamovich1, Turdibaeva Gulsanem Jumamuratovna22026
- 1Toshkent davlat agrar universiteti
- 2Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
KonferensiyalarOrolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishJild 1Son 7Sahifa 276–278
Annotatsiya
Ushbu maqolada Orolbo‘yi mintaqasi, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegayli tumani sharoitida noan‘anaviy va istiqbolli sabzavot ekini hisoblangan artishok (Cynara scolymus L.) o‘simligi navlarini yetishtirishning agrotexnik elementlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida artishok navlarining dala unuvchanligi, ekish chuqurligi, maqbul ekish muddatlari va sxemalarining o‘simlikning o‘sishi hamda biometrik ko‘rsatkichlariga ta‘siri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, urug‘larni 3–4 cm chuqurlikda, aprel oyining II dekadasida va 90+70/2x30 cm sxemasida ekish o‘simlikning jadal rivojlanishini ta‘minlaydi. Navlar orasida «Janub go‘zali» navi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Tikanli artishok» naviga nisbatan yuqoriroq natijalarni namoyon etdi.
Boshqa tillarda
ruschaАгротехнология выращивания перспективной овощной культуры — артишока (Cynara scolymus L.) в засоленных и засушливых условиях Приаралья
В статье изучены агротехнические элементы выращивания сортов артишока (Cynara scolymus L.), нетрадиционной и перспективной овощной культуры, в условиях Приаралья, в частности Кегейлийского района Республики Каракалпакстан. В ходе исследования проанализировано влияние полевой всхожести сортов артишока, глубины посева, оптимальных сроков и схем посева на рост и биометрические показатели растений. Результаты показали, что посев семян на глубину 3–4 см во II декаде апреля по схеме 90+70/2x30 см обеспечивает интенсивное развитие растений. Среди сортов «Janub go‘zali» по всем показателям продемонстрировал более высокие результаты по сравнению с сортом «Tikanli artishok».
inglizchaCultivation agrotechnology of artichoke (Cynara scolymus L.), a promising vegetable crop, under the saline and arid conditions of the Aral Sea region
The article studies the agrotechnical elements of growing varieties of artichoke (Cynara scolymus L.), a non-traditional and promising vegetable crop, under the conditions of the Aral Sea region, specifically Kegeyli district of the Republic of Karakalpakstan. The study analyzed how field germination of artichoke varieties, sowing depth, optimal sowing dates and planting patterns affect plant growth and biometric parameters. The results showed that sowing seeds at a depth of 3–4 cm in the second ten-day period of April with a 90+70/2x30 cm pattern ensures vigorous plant development. Among the varieties, “Janub go‘zali” showed higher results than “Tikanli artishok” in all parameters.
Kalit so‘zlar
- Artishok
- ekish chuqurligi
- ekish muddati
- ekish sxemasi
- Janub go‘zali
- Tikanli artishok
- poya
- barg
- gul
- mahsulot
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
X A LQ A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA «Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish»
X A L Í Q A R A L Í Q I L I M I Y- Á M E L I Y K O N F E R E N C I YA «Aralboyı aymaǵında suwdan paydalanıw nátiyjeliligi hám shorlanıwdıń awıl xojalıǵı eginleri zúráátligi hámde xalıqtıń turmıs iskerligine tásirin monitoring etiw hám qadaǵalaw ushın klimatqa shıdamlı innovaciyalıq texnologiyalardı islep shıǵıw»
2 -S H O ‘ B A SHO‘RLANISH MONITORINGI Nukus · 16.10.2026
Orolbo‘yining sho‘rlangan va qurg‘oqchil sharoitida istiqbolli sabzavot ekini – artishok (Cynara scolymus L.)ni yetishtirish agrotexnologiyasi Yunusov Salohiddin Adxamovich 1 qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc), professor · Turdibaeva Gulsanem Jumamuratovna 2 1-kurs tayanch doktoranti
2 -S H O ‘ B A Toshkent davlat agrar universiteti Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti s.yunusov@tdau.uz, turdibaevagulsanem@gmail.com
DOI 10.66073/ReFocus-Conf/1610070 Iqtibos uchun: Yunusov Salohiddin Adxamovich, Turdibaeva Gulsanem Jumamuratovna. Orolbo‘yining sho‘rlangan va qurg‘oqchil sharoitida istiqbolli sabzavot ekini – artishok (Cynara scolymus L.)ni yetishtirish agrotexnologiyasi // Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta’sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Nukus, 2026. – B. 276–278. – DOI: 10.66073/ReFocus-Conf/1610070
Annotatsiya. Ushbu maqolada Orolbo‘yi mintaqasi, xususan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegayli tumani sharoitida noan’anaviy va istiqbolli sabzavot ekini hisoblangan artishok (Cynara scolymus L.) o‘simligi navlarini yetishtirishning agrotexnik elementlari o‘rganilgan. Tadqiqot davomida artishok navlarining dala unuvchanligi, ekish chuqurligi, maqbul ekish muddatlari va sxemalarining o‘simlikning o‘sishi hamda biometrik ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, urug‘larni 3–4 cm chuqurlikda, aprel oyining II dekadasida va 90+70/2x30 cm sxemasida ekish o‘simlikning jadal rivojlanishini ta’minlaydi. Navlar orasida «Janub go‘zali» navi barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha «Tikanli artishok» naviga nisbatan yuqoriroq natijalarni namoyon etdi. Kalit so‘zlar: Artishok, ekish chuqurligi, ekish muddati, ekish sxemasi, Janub go‘zali, Tikanli artishok, poya, barg, gul, mahsulot.
Kirish Sabzavotchilikning asosiy vazifalaridan biri aholini yil davomida to‘yimli, parhezbop va biologik faol moddalarga boy mahsulotlar bilan uzluksiz ta’minlash hamda ekin turlarini diversifikatsiyalashdan iboratdir. Tarkibining dorivorligi va oziq-ovqatbopligi bilan ajralib turuvchi ekinlardan biri artishok (Cynara scolymus L.) hisoblanadi. FAO ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yiliga 1,4 million tonnadan ortiq artishok yetishtiriladi. O‘zbekistonda, xususan Orolbo‘yining keskin kontinental iqlimi va sho‘rlangan tuproq sharoitida, artishokni introduksiya qilish, uning maqbul ekish muddatlari, sxemalari va chuqurligini aniqlash dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Ushbu tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida artishok o‘simligining istiqbolli navlarini tanlash hamda yetishtirishning birlamchi agrotexnik elementlarini ishlab chiqishdan iborat. Dala tajribalari Kegayli tumanida joylashgan Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti «Qoraqalpog‘iston ilmiy-tadqiqot stansiyasi» tajriba maydonida olib borildi. Hudud iqlimi keskin kontinental va qurg‘oqchil bo‘lib, tuproqlari sug‘oriladigan o‘tloq hamda allyuvial-o‘tloq tuproqlar toifasiga kiradi. Tuproqning haydov qatlamida gumus miqdori 1-2% atrofida. Tadqiqot uslubi. Tadqiqotda artishokning Janub go‘zali, Tikanli artishok, Sulton, Ilk bahor, Xusaynbey, Kracaves navlari o‘rganildi. Tajriba 4 qaytariqda, delyanka maydoni 21,0 m 2 bo‘lgan maydonchalarda olib borildi. O‘rganilgan omillar:
Artishok urug‘larini maqbul ekish chuqurligini o‘rganish. Bunda artishok o‘simligining urug‘ini turli chuqurliklarda ekib, ularning o‘sib rivojlanishi o‘rganiladi. Bunda tajriba quyidagi 4 ta variantda olib borildi: urug‘larni 1 cm ga ekish; urug‘larni 2 cm ga ekish – nazorat; urug‘larni 3 cm ga ekish; urug‘larni 4 cm ga ekish. Artishok o‘simligini maqbul ekish muddatini aniqlash. Bunda artishok o‘simligi ochiq maydonga 4 ta ekish muddati bo‘yicha o‘rganiladi. Bunda artishokning bevosita dalaga urug‘i ekiladi: aprel oyining I dekadasi; aprel oyining I dekadasi – nazorat; may oyining I dekadasi; may oyining II dekadasi.
Artishok o‘simligini maqbul ekish sxemasini aniqlash. Bunda artishok o‘simligi ochiq maydonga 2 ta ekish muddati bo‘yicha o‘rganiladi. Bunda artishokning bevosita dalaga urug‘i ekiladi: 90+70/2x30 cm va 90+70/2x40 cm.
2 -S H O ‘ B A Kuzatuvlar B.J.Azimov va B.B.Azimov hamda VNIIO metodikalari asosida amalga oshirildi. Ma’lumotlar B.A.Dospexov bo‘yicha dispersion tahlil qilindi. Natijalar Ekish chuqurligining unuvchanlik va poya o‘sishiga ta’siri quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval. Artishok urug‘larini turli ekish chuqurligida ekishning urug‘larning unib chiqish ko‘rsatkichlariga ta’siri Ekish chuqurligi Artishok № 1 cm ga ekish 2 cm ga ekish – nazorat 3 cm ga ekish 4 cm ga ekish navlari I II III I II III I II III I II III Janub go‘zali 0/ 0/ 0/ 0/ 66 0/ 66 0/ 66 42/ 66 40/ 66 50/ 66 56/ 66 55/ 61/ 66 66 66 66 66 Tikanli 0/ 0/ 0/ 0/ 66 0/ 66 0/ 66 39/ 66 40/ 66 44/ 66 55/ 66 53/ 59/ artishok 66 66 66 66 66
Tajribada artishok urug‘lari 1, 2, 3 va 4 cm chuqurlikda ekilganda, 1 va 2 cm chuqurlikda ekilgan variantlarda nihollar unib chiqmadi. Urug‘lar 3 va 4 cm chuqurlikda ekilganda barqaror unuvchanlik va jadal o‘sish kuzatildi. Janub go‘zali: 4 cm chuqurlikda ekilganda unib chiqish davrida poya uzunligi 3,0 cm ni, vegetatsiya davomida poya uzunligi 47 cm va barglar soni 12 donani tashkil etdi. Tikanli artishok: 4 cm chuqurlikda poya uzunligi 46 cm ga, barglar soni esa 10 donaga yetdi. Ekish muddatlarining biometrik ko‘rsatkichlarga ta’siri quyidagi 2-jadvalda keltirilgan. 2-jadval. Artishok urug‘larining ekish muddatlariga qarab unib chiqish ko‘rsatkichlari tahlili Ekish muddatlari Artishok may oyining I may oyining II № aprel oyining II dekadasi navlari dekadasi dekadasi I II III I II III I II III 1 Janub go‘zali 56/ 66 55/ 66 61/ 66 42/ 66 40/ 66 50/ 66 40/ 66 38/ 66 41/ 66 Tikanli 2 55/ 66 53/ 66 59/ 66 39/ 66 40/66 44/ 66 38/ 66 40/66 50/ 66 artishok Ekish muddatlari bo‘yicha eng yuqori natijalar aprel oyining II dekadasida ekilgan variantlarda qayd etildi. May oyining I va II dekadalarida havo haroratining ko‘tarilishi va yog‘ingarchilikning kamayishi sababli ko‘rsatkichlarning ma’lum darajada pasayishi kuzatildi. Aprel II dekadasida ekilgan Janub go‘zali navida poya uzunligi 46–47 cm, barglar soni 10–12 donagacha shakllandi. Tikanli artishok navida esa mos ravishda poya uzunligi 45–46 cm va barglar soni 9–10 donani tashkil qildi. Ekish sxemasi va oziqlantirish tartibi bo‘yicha ma’lumotlar quyidagi 3-jadvalda keltirilgan.
3-jadval. Artishok urug‘larining ekish sxemalariga qarab unib chiqish ko‘rsatkichlari tahlili Ekish sxemalari Artishok 90+70/2x40 № 90+70/2x30 cm Dala unuvchanligi, % Dala unuvchanligi, % navlari cm I II III I II III I II III I II III 56/ 55/ 61/ 40/ 38/ 41/ 1 Janub go‘zali 84,8 83,3 92,4 60,6 57,6 62,1 66 66 66 66 66 66 Tikanli 55/ 53/ 59/ 38/ 40/ 50/ 2 83,3 80,3 89,4 57,6 60,6 75,7 artishok 66 66 66 66 66 66
Qo‘shqatorli (90+70)/2x30 cm ekish sxemasida o‘simliklarning o‘sishi va barg apparati shakllanishi uchun optimal sharoit yaratildi. Ushbu sxemada Janub go‘zali navining poyasi 43–47
2 -S H O ‘ B A cm ga, barglar soni 9–12 donaga yetib, (90+70)/2x40 cm sxemasiga nisbatan yuqori ko‘rsatkich berdi. Xulosa Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegayli tumani sharoitida artishok urug‘larini ekish uchun eng maqbul chuqurlik 3–4 cm hisoblanadi. Urug‘larni aprel oyining II dekadasida ekish o‘simlikning jadal o‘sishi hamda barglar sonining maksimal shakllanishini ta’minlaydi. O‘simlikni (90+70)/2x30 cm sxemasida joylashtirish poya va barglarning maqbul rivojlanishiga olib keladi. O‘rganilgan navlar orasida Janub go‘zali navi barcha agrotexnik variantlarda «Tikanli artishok» naviga nisbatan yuqori vegetativ ko‘rsatkichlarni namoyon etdi.
Iqtiboslar dinamikasi
Ma’lumot topilmadi
ma’lumot kutilmoqda
Adabiyotlar11 ta adabiyot
- Abdullayev A.G. Sabzavot va poliz ekinlari agrotexnikasi. / – Toshkent: «Mehnat» nashriyoti, 1999. – 312 b. [204–206-b].
- Asadov S.A. Madaniy o‘simliklar ekologiyasi va iqlim o‘zgarishi: Ilmiy monografiya. / – Toshkent: «O‘zbekiston» nashriyoti, 2016. – 240 b. [145–148-b].
- Aramov M.X., Aliyev B.X., Xudoyorova S. Artishok (Cynara cardunculus L. subsp. scolymus L.) O‘zbekiston sharoiti uchun qimmatli introdusentdir // Agro kimyo – himoya va o‘simliklar karantini. – 2020. – № 2. – B. [22-25-b].
- Aramov M.X., Aliyev B.X., Pardayeva M.E. Quruq subtropik mintaqada artishok urug‘chiligi // Agro kimyo – himoya va o‘simliklar karantini. – 2021. – № 6. – B. [18-21-b].
- Baratov E.B. O‘zbekiston tabiiy geografiyasi: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. / – Toshkent: O‘qituvchi, 2015. – 412 b. [245–260-b].
- Mavlyanova R.F., va boshqalar. Mevachilik va sabzavotchilik: OTIM talabalari uchun darslik. / – Toshkent: «Dilorom» nashriyoti, 2019. – 432 b. [310–312-b].
- Reymov A.M. Qoraqalpog‘iston Respublikasi sug‘oriladigan tuproqlarining fizikaviy va mexanikaviy xususiyatlari hamda ularning unumdorligini oshirish yo‘llari: Diss. ... kand.s.-x.nauk. – Nukus, 2018. – 240 b. [45-78-b].
- Yormatova D.Y. Meva-sabzavotchilik va polizchilik: O‘quv qo‘llanma. / – Toshkent: «Iqtisod-Moliya» nashriyoti, 2008. – 280 b. [194–195-b].
- Zuyev V.I., Abdullayev A.G. Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. / – Toshkent: «O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti, 2008. – 448 b. [312–315-b].
- Zuyev V.I., Sanayev S.T. Kichik hajmli va kam tarqalgan sabzavot ekinlari yetishtirish texnologiyasi: O‘quv qo‘llanma. / – Toshkent: «Toshkent davlat agrar universiteti» bosmaxonasi, 2014. –144 b. [64- 67-b].
- Shamuratov N.X. Dorivor o‘simliklar farmakognoziyasi va fitoterapiyasi: O‘quv qo‘llanma. / – Toshkent: «Yangi asr avlodi» nashriyoti, 2012. – 264 b. [94–96-b].
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014554
- Nashr sanasi
- 2026-10-16
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Orolbo‘yi hududida suvdan foydalanish samaradorligi va sho‘rlanishning qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi hamda aholi hayot faoliyatiga ta‘sirini monitoring va nazorat qilish uchun iqlimga chidamli innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqish
- Jild
- 1
- Son
- 7
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/1610070
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 276–278
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-11-03