Qoraqalpog‘iston olimlarining tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy merosi va Orolbo‘yi tadqiqotlari
Sarsenbaeva Xurliman ErpolatovnaQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1219–1222
Annotatsiya
Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston hududida tabiiy fanlarning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlarning ilmiy faoliyati va ilmiy merosi tahlil qilinadi. Xususan, Ch. Abdirov, R. Tleuov, A. Baxiev, J. Matmuratov va B. Allamuratovlarning mikrobiologiya, ixtiologiya, botanika, geografiya, ekologiya va parazitologiya yo‘nalishlaridagi tadqiqotlari o‘rganilgan. Olimlarning ilmiy izlanishlarida Quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududining tabiiy sharoiti, suv manbalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda ekologik muammolarini o‘rganish muhim o‘rin egallagan. Tadqiqot natijalari mazkur ilmiy merosning bugungi kunda Orolbo‘yi hududining tabiiy resurslarini o‘rganish, biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik muammolarni ilmiy tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaНаучное наследие учёных Каракалпакстана в области естественных наук и исследования Приаралья
В данных тезисах анализируются научная деятельность и научное наследие учёных, внёсших вклад в развитие естественных наук на территории Каракалпакстана. В частности, рассмотрены исследования Ч. Абдирова, Р. Тлеуова, А. Бахиева, Ж. Матмуратова и Б. Алламуратова в области микробиологии, ихтиологии, ботаники, географии, экологии и паразитологии. Важное место в научных изысканиях учёных занимало изучение природных условий, водных источников, растительного и животного мира, а также экологических проблем низовьев Амударьи и Приаралья. Результаты исследования показывают, что данное научное наследие сегодня имеет важное значение для изучения природных ресурсов Приаралья, сохранения биологического разнообразия и научного исследования экологических проблем.
inglizchaScientific legacy of Karakalpakstan scholars in the natural sciences and research on the Aral Sea region
This paper analyzes the scientific activity and legacy of the scholars who contributed to the development of the natural sciences in Karakalpakstan. In particular, it examines the research of Ch. Abdirov, R. Tleuov, A. Bakhiev, J. Matmuratov and B. Allamuratov in microbiology, ichthyology, botany, geography, ecology and parasitology. The study of the natural conditions, water sources, flora and fauna, and environmental problems of the Lower Amu Darya and the Aral Sea region occupied an important place in their research. The results show that this scientific legacy is of great importance today for the study of the natural resources of the Aral Sea region, the conservation of biodiversity and the scientific investigation of environmental problems.
Kalit so‘zlar
- Qoraqalpog‘iston
- tabiiy fanlar
- ilmiy meros
- olimlar
- Orolbo‘yi
- Quyi Amudaryo
- ekologiya
- biologiya
- botanika
- ixtiologiya
- mikrobiologiya
- parazitologiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1219–1222 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Sarsenbaeva Xurliman Erpolatovna. Qoraqalpog‘iston olimlarining tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy merosi va Orolbo‘yi tadqiqotlari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026- yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1219–1222. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910250
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
QORAQALPOG‘ISTON OLIMLARINING TABIIY FANLAR SOHASIDAGI ILMIY MEROSI VA OROLBO‘YI TADQIQOTLARI Sarsenbaeva Xurliman Erpolatovna Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Tarix fakulteti, “O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston tarixi” kafedrasi, 2-kurs tayanch doktoranti E-mail: xurlimansarsenbaeva083@gmail.com
Annotatsiya: Ushbu tezisda Qoraqalpog‘iston hududida tabiiy fanlarning rivojlanishiga hissa qo‘shgan olimlarning ilmiy faoliyati va ilmiy merosi tahlil qilinadi. Xususan, Ch. Abdirov, R. Tleuov, A. Baxiev, J. Matmuratov va B. Allamuratovlarning mikrobiologiya, ixtiologiya, botanika, geografiya, ekologiya va parazitologiya yo‘nalishlaridagi tadqiqotlari o‘rganilgan. Olimlarning ilmiy izlanishlarida Quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududining tabiiy sharoiti, suv manbalari, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda ekologik muammolarini o‘rganish muhim o‘rin egallagan. Tadqiqot natijalari mazkur ilmiy merosning bugungi kunda Orolbo‘yi hududining tabiiy resurslarini o‘rganish, biologik xilma-xillikni saqlash va ekologik muammolarni ilmiy tadqiq etishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: Qoraqalpog‘iston, tabiiy fanlar, ilmiy meros, olimlar, Orolbo‘yi, Quyi Amudaryo, ekologiya, biologiya, botanika, ixtiologiya, mikrobiologiya, parazitologiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi Markaziy Osiyoning tabiiy-geografik jihatdan o‘ziga xos hududlaridan biri bo‘lib, Amudaryoning quyi oqimi, uning deltasi va Orolbo‘yi mintaqasini qamrab oladi. Hududning o‘ziga xos tabiiy sharoiti, suv resurslari, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda Orol dengizi bilan bog‘liq ekologik jarayonlar tabiiy fanlarning turli yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun muhim ilmiy maydon yaratgan. Ayniqsa, XX asr davomida Qoraqalpog‘iston hududining tabiiy sharoiti va biologik resurslarini o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar izchil rivojlandi. Biologiya, mikrobiologiya, botanika, ixtiologiya, geografiya, ekologiya va parazitologiya kabi fan yo‘nalishlarida faoliyat olib borgan olimlar Quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududining tabiiy xususiyatlarini ilmiy jihatdan tadqiq etdilar. Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlari tarixida alohida ilmiy maktablar va yo‘nalishlar shakllanganligini ko‘rsatadi. Jumladan, Ch. Abdirovning mikrobiologiya va tibbiyot-biologiya, R. Tleuovning ixtiologiya va suv havzalari, A. Baxievning botanika va o‘simlik ekologiyasi, J. Matmuratovning geografiya hamda B. Allamuratovning parazitologiya sohasidagi tadqiqotlari hudud tabiiy fanlarining rivojlanishida muhim o‘rin tutadi [1–6]. Mazkur tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston olimlarining tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy merosini tahlil qilish, ularning Quyi Amudaryo va
Orolbo‘yi hududlarini o‘rganishga qo‘shgan hissasini aniqlash hamda ushbu ilmiy merosning bugungi kundagi ilmiy-amaliy ahamiyatini ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqotning manbaviy asosini Qoraqalpog‘iston olimlarining ilmiy asarlari, monografiyalari, ilmiy maqolalari, davriy nashrlarda e’lon qilingan materiallar hamda Orolbo‘yi hududining tabiiy sharoitiga oid ilmiy tadqiqotlar tashkil etdi. NUKUS · 2026
Tadqiqot jarayonida tarixiy-qiyosiy, tizimli tahlil, retrospektiv tahlil, bibliografik tahlil va ilmiy manbalarni mazmunan o‘rganish usullaridan foydalanildi. Olimlarning ilmiy faoliyati alohida fan yo‘nalishlari bo‘yicha tahlil qilinib, ularning tadqiqotlari Quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududining tabiiy jarayonlarini o‘rganish bilan bog‘liq jihatlari asosida umumlashtirildi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlari rivojida muhim iz qoldirgan olimlardan biri akademik Ch. Abdirov hisoblanadi. Uning ilmiy faoliyati mikrobiologiya, immunologiya, virusologiya va tibbiyot-biologiya yo‘nalishlari bilan bog‘liq. Olim Qoraqalpog‘istonda mikrobiologiya va immunologiya yo‘nalishlarining rivojlanishiga hamda ilmiy maktab shakllanishiga katta hissa qo‘shgan [1]. Ch. Abdirovning tadqiqotlarida Qoraqalpog‘iston hududidagi suv manbalarining mikrobiologik xususiyatlarini o‘rganish ham muhim yo‘nalishlardan birini tashkil etgan. Xususan, L.G. Konstantinova va N.S. Sagidullaev bilan hamkorlikda Amudaryo deltasi o‘ng qirg‘og‘idagi ayrim suv manbalarining mikrobiologik va gidrokimyoviy xususiyatlari tadqiq etilgan [3]. Mazkur izlanishlar « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
hudud suv resurslarining biologik holatini o‘rganish va baholash nuqtayi nazaridan muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Qoraqalpog‘istonning suv havzalari va Orol dengizi bilan bog‘liq tadqiqotlarda R. Tleuovning ilmiy faoliyati alohida o‘rin egallaydi. Olimning asosiy ilmiy izlanishlari ixtiologiya, baliqchilik, suv havzalari va Orol dengizi bilan bog‘liq masalalarni qamrab olgan. R. Tleuov va Sh. Tleubergenov tomonidan tayyorlangan “Рыбы Каракалпакии” asari Qoraqalpog‘iston baliq faunasini o‘rganishga bag‘ishlangan muhim ilmiy manbalardan biridir [5].
R. Tleuovning ilmiy merosida Orol dengizining ekologik holati va uning ixtiofaunaga ta’siri ham muhim o‘rin tutadi. Olimning “Меры, нацеливающие на сохранение Аральского моря” nomli maqolasida Orol dengizini saqlash masalalari ilmiy nuqtayi nazardan yoritilgan [2]. Shuningdek, uning “Осетровые рыбы Амударьи”, “Новый режим Арала и его влияние на ихтиофауну”, “Природа и антропический фактор”, “Экология ҳәм тәбиятты қорғаў” kabi asarlari hududning suv biologiyasi, baliq faunasi va ekologik muammolarini o‘rganishda muhim ahamiyatga ega.
Qoraqalpog‘iston botanika va o‘simlik ekologiyasi rivojida A. Baxievning ilmiy merosi ham alohida ahamiyatga ega. Olimning tadqiqotlari, xususan, Quyi Amudaryo deltasi o‘simliklari, to‘qaylar, o‘simlik jamoalari va ularning ekologik o‘zgarishlarini o‘rganishga qaratilgan.
A. Baxievning “Экология и смена растительных сообществ низовьев Амударьи” nomli ilmiy asarida Quyi Amudaryo hududidagi o‘simlik jamoalarining ekologiyasi va o‘zgarishlari tadqiq etilgan [6]. A. Baxiev va V.B. Golubning “Типификация синтаксонов флористической классификации растительности низовьев реки Амударьи” nomli maqolasida esa Quyi Amudaryo o‘simlik qoplamining floristik tasnifi masalalari yoritilgan [4]. A. Baxievning ilmiy izlanishlari Qoraqalpog‘iston va Quyi Amudaryo hududlarida o‘simliklarning tarqalishi, o‘simlik jamoalarining ekologik xususiyatlari va tabiiy o‘simlik resurslarini o‘rganish bilan bog‘liq. Shu sababli NUKUS · 2026
uning ilmiy merosi Orolbo‘yi hududida ekologik o‘zgarishlarning o‘simlik qoplamiga ta’sirini o‘rganish uchun muhim ilmiy asoslardan biri hisoblanadi. J. Matmuratovning ilmiy faoliyati Qoraqalpog‘iston geografiyasi, hududning tabiiy-geografik xususiyatlari va tabiiy resurslarini o‘rganish bilan bog‘liq. Uning tadqiqotlarida hududning geografik xususiyatlari, tabiiy resurslari va agroiqlimiy X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
sharoitlarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratilgan. Olimning ilmiy-pedagogik faoliyati Qoraqalpog‘istonda geografiya fanining rivojlanishiga hamda ushbu yo‘nalishda ilmiy kadrlar tayyorlanishiga xizmat qilgan. Qoraqalpog‘iston suv havzalari biologiyasi va parazitologiyasi tarixida B. Allamuratovning tadqiqotlari ham muhim ahamiyatga ega. Olimning ilmiy izlanishlari, avvalo, baliqlarda uchraydigan parazitlarning faunasi, sistematikasi, ekologiyasi va geografik tarqalishini o‘rganishga qaratilgan. Uning tadqiqotlari natijasida baliq turlarida uchraydigan ko‘plab parazitlar o‘rganilib, ayrim turlar ilmiy jihatdan yangilik sifatida qayd etilgan. Mazkur izlanishlar suv ekotizimlari, baliq biologiyasi va biologik xilma-xillikni o‘rganish uchun muhim ilmiy « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Tahlil qilingan ilmiy merosdan ko‘rinadiki, Qoraqalpog‘iston olimlarining tadqiqotlari bir-birini to‘ldiruvchi ilmiy yo‘nalishlarni tashkil etadi. Ch. Abdirov suv manbalarining mikrobiologik xususiyatlarini, R. Tleuov suv havzalari va baliq faunasini, A. Baxiev o‘simlik qoplami va ekologik jarayonlarni, J. Matmuratov hududning geografik xususiyatlarini, B. Allamuratov esa suv organizmlarining parazitologik jihatlarini o‘rgangan. Shu jihatdan ularning ilmiy merosini alohida-alohida emas, balki Quyi Amudaryo va Orolbo‘yi hududining tabiiy tizimlarini kompleks o‘rganishga xizmat qilgan ilmiy tadqiqotlar majmuasi sifatida baholash mumkin.
Bugungi kunda Orolbo‘yi hududidagi ekologik muammolarni o‘rganish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, biologik xilma-xillikni saqlash va hudud ekologik barqarorligini ta’minlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Shu nuqtayi nazardan, avvalgi davrlarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘rganish va ilmiy muomalaga kiritish zamonaviy tadqiqotlar uchun muhim manbaviy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Orolbo‘yi hududini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatida ham ekologik muammolarni yumshatish, aholining turmush sharoitini yaxshilash va tabiiy muhitni muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qarori bilan tasdiqlangan 2017–2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish davlat dasturi hududning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri bo‘ldi [7].
Tadqiqot natijalari Qoraqalpog‘iston olimlarining tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy merosi hudud ilm-fanining shakllanishi va rivojlanishida muhim o‘rin tutganligini ko‘rsatadi. Ch. Abdirovning mikrobiologiya va tibbiyot-biologiya, R. Tleuovning ixtiologiya va Orol dengizi, A. Baxievning botanika va o‘simlik ekologiyasi, J. Matmuratovning geografiya hamda B. Allamuratovning parazitologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlari Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlari rivojining muhim yo‘nalishlarini tashkil etadi. Ushbu olimlarning ilmiy ishlari Quyi Amudaryo NUKUS · 2026
va Orolbo‘yi hududining suv resurslari, biologik xilma-xilligi, o‘simlik va hayvonot dunyosini o‘rganish bo‘yicha muhim ilmiy ma’lumotlarni shakllantirgan. Mazkur ilmiy meros bugungi kunda Orolbo‘yi ekologik muammolarini tarixiy va tabiiy-ilmiy jihatdan o‘rganish, biologik resurslarni muhofaza qilish hamda hududning ekologik barqarorligini ta’minlashga qaratilgan tadqiqotlarda foydalanilishi X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
mumkin. Shu asosda Qoraqalpog‘iston tabiiy fanlari tarixiga oid ilmiy asarlarni tizimli ravishda o‘rganish, olimlarning ilmiy merosini bibliografik jihatdan jamlash va ularni yosh tadqiqotchilar uchun ilmiy muomalaga kiritish maqsadga muvofiqdir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar7 ta adabiyot
- Умаров Есенғали. Академик Ч. Абдиров — медицина-биология илиминде мектеп дөреткен көрнекли алым. — 2013.
- Tleuov R. Меры, нацеливающие на сохранение Аральского моря // Вестник Каракалпакского филиала АН УзССР. — 1974. — №2. — С. 38–46.
- Abdirov Ch.A., Konstantinova L.G., Sagidullaev N.S. Микробиологическая и « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » гидрохимическая характеристика некоторых водоисточников правобережья дельты Амударьи // Вестник Каракалпакского филиала АН УзССР. — 1965. — №4. — С. 33–41.
- Bakhiev A., Golub V.B. Типификация синтаксонов флористической классификации растительности низовьев реки Амударьи // Вестник Каракалпакского отделения АН РУ. — 1995. — №2. — С. 93–95.
- Tleuov R.T., Tleubergenov Sh. Рыбы Каракалпакии. — Нукус, 1974. — 95 с.
- Bakhiev A.B. Экология и смена растительных сообществ низовьев Амударьи. — Ташкент: Фан, 1985. — 190 с.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021-yillarda Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish Davlat dasturi to‘g‘risida”gi 2017-yil 18-yanvardagi PQ-2731-son qarori.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014433
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910250
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1219–1222
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31