Asosiy mazmunga o‘tish

“Yo‘l”, “safar” va “manzil” ramzlarining irfoniy mazmuni: o‘zbek va turk mumtoz she‘riyatida tasavvufiy poetika

Qahharova Dilafro‘z Abdug‘afforovnaO‘zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti https://ror.org/017x26m022026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1086–1091

Annotatsiya

Mazkur maqolada “yo‘l”, “safar” va “manzil” ramzlarining o‘zbek va turk mumtoz she‘riyatidagi irfoniy-semantik mohiyati qiyosiy-tipologik aspektda tadqiq etiladi. Tasavvufiy poetik tafakkurda inson hayoti va ruhiy kamoloti ko‘pincha safar, suluk, yo‘l va manzil tushunchalari orqali ifodalanadi. Mazkur ramzlar zohiriy ma‘noda makon va harakatni anglatsa-da, botiniy qatlamda insonning nafsdan poklanishi, ma‘rifatga intilishi, ruhiy tajriba orttirishi va Haqiqat sari harakatini ifodalovchi poetik vositalarga aylanadi. Tadqiqotda Alisher Navoiy, Fuzuliy hamda turk mumtoz adabiyotining boshqa vakillari ijodida “yo‘l”, “safar”, “manzil”, “karvon”, “yo‘lovchi”, “rahbar”, “manzilga yetish” kabi obraz va motivlarning funksional-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Alisher Navoiy poetikasida yo‘l va safar motivlari insonning ma‘naviy kamoloti, komil inson g‘oyasi va Haqiqatni izlash jarayoni bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi. Turk mumtoz she‘riyatida esa ushbu ramzlar divan poetikasi, tasavvufiy tafakkur va ishq konsepsiyasi bilan uzviy aloqada shakllangan. Tadqiqot natijasida “yo‘l–safar–manzil” uchligi mumtoz she‘riyatning muhim irfoniy-poetik modeli sifatida baholanadi.

Boshqa tillarda

ruschaИрфанское содержание символов «путь», «путешествие» и «место назначения»: суфийская поэтика в узбекской и турецкой классической поэзии

В статье в сравнительно-типологическом аспекте исследуется ирфанско-семантическое содержание символов «путь», «путешествие» и «место назначения» в узбекской и турецкой классической поэзии. В суфийской поэтической мысли человеческая жизнь и духовное совершенствование часто выражаются посредством понятий пути, путешествия, духовного странствия и достижения конечной цели. Внешне данные символы обозначают пространство и движение, однако в глубинном смысле они становятся художественными средствами выражения очищения человека от нафса, стремления к познанию, приобретения духовного опыта и движения к Истине. В исследовании анализируются функционально-семантические особенности таких образов и мотивов, как путь, путешествие, место назначения, караван, путник, духовный наставник и достижение цели, в творчестве Алишера Навои, Физули и других представителей турецкой классической литературы. Показано, что в поэтике Навои мотивы пути и путешествия связаны с духовным совершенствованием человека, концепцией совершенного человека и поиском Истины. В турецкой классической поэзии данные символы формируются в тесной связи с поэтикой дивана, суфийским мышлением и концепцией любви. В результате исследования триада «путь–путешествие–место назначения» определяется как одна из значимых ирфанско-поэтических моделей классической литературы.

inglizchaThe mystical meaning of the symbols “path,” “journey,” and “destination”: Sufi poetics in Uzbek and Turkish classical poetry

This article examines the mystical and semantic meanings of the symbols of “path,” “journey,” and “destination” in Uzbek and Turkish classical poetry from a comparative and typological perspective. In Sufi poetic thought, human life and spiritual perfection are frequently represented through the concepts of the path, journey, spiritual wandering, and reaching the final destination. Although these symbols literally refer to space and movement, on a deeper level they function as poetic representations of the purification of the self, the pursuit of spiritual knowledge, the acquisition of mystical experience, and the movement toward Truth. The study analyzes the functional and semantic characteristics of such motifs and images as the path, journey, destination, caravan, traveler, spiritual guide, and reaching the goal in the works of Alisher Navoi, Fuzuli, and other representatives of Turkish classical literature. It demonstrates that in Navoi‘s poetic thought, the motifs of the path and journey are closely connected with spiritual perfection, the concept of the perfect human being, and the search for Truth. In Turkish classical poetry, these symbols developed in close interaction with Divan poetic tradition, Sufi thought, and the concept of love. The study concludes that the triad “path–journey–destination” represents one of the significant mystical-poetic models of classical literature.

Kalit so‘zlar

  • tasavvuf
  • irfon
  • ramz
  • yo‘l
  • safar
  • manzil
  • suluk
  • solik
  • tariqat
  • haqiqat
  • ma‘rifat
  • Alisher Navoiy
  • Fuzuliy
  • turk mumtoz adabiyoti
  • divan she‘riyati
  • poetika
  • ramziy obraz

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1086–1091 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Qahharova Dilafro‘z Abdug‘afforovna. “Yo‘l”, “safar” va “manzil” ramzlarining irfoniy mazmuni: o‘zbek va turk mumtoz she’riyatida tasavvufiy poetika // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1086–1091. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910223

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

“YO‘L”, “SAFAR” VA “MANZIL” RAMZLARINING IRFONIY MAZMUNI: O‘ZBEK VA TURK MUMTOZ SHEʻRIYATIDA TASAVVUFIY POETIKA

Qahharova Dilafro‘z Abdug‘afforovna O‘zDJTU dotsenti Annotatsiya: Mazkur maqolada “yo‘l”, “safar” va “manzil” ramzlarining o‘zbek va turk mumtoz she’riyatidagi irfoniy-semantik mohiyati qiyosiy-tipologik aspektda tadqiq etiladi. Tasavvufiy poetik tafakkurda inson hayoti va ruhiy kamoloti ko‘pincha safar, suluk, yo‘l va manzil tushunchalari orqali ifodalanadi. Mazkur ramzlar zohiriy ma’noda makon va harakatni anglatsa-da, botiniy qatlamda insonning nafsdan poklanishi, ma’rifatga intilishi, ruhiy tajriba orttirishi va Haqiqat sari harakatini ifodalovchi poetik vositalarga aylanadi. Tadqiqotda Alisher Navoiy, Fuzuliy hamda turk mumtoz adabiyotining boshqa vakillari ijodida “yo‘l”, “safar”, “manzil”, “karvon”, “yo‘lovchi”, “rahbar”, “manzilga yetish” kabi obraz va motivlarning funksional-semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Alisher Navoiy poetikasida yo‘l va safar motivlari insonning ma’naviy kamoloti, komil inson g‘oyasi va Haqiqatni izlash jarayoni bilan bog‘liq holda namoyon bo‘lishi ko‘rsatiladi.

Turk mumtoz she’riyatida esa ushbu ramzlar divan poetikasi, tasavvufiy tafakkur va ishq konsepsiyasi bilan uzviy aloqada shakllangan. Tadqiqot natijasida “yo‘l–safar–manzil” uchligi mumtoz she’riyatning muhim irfoniypoetik modeli sifatida baholanadi. Kalit so‘zlar: tasavvuf, irfon, ramz, yo‘l, safar, manzil, suluk, solik, tariqat, haqiqat, ma’rifat, Alisher Navoiy, Fuzuliy, turk mumtoz adabiyoti, divan she’riyati, poetika, ramziy obraz. Annotatsiya: V statye v sravnitelno-tipologicheskom aspekte issleduyetsya irfansko-semanticheskoye soderjaniye simvolov “put”, “puteshestviye” i “mesto naznacheniya” v uzbekskoy i tureskoy klassicheskoy poezii. V sufiyskoy poeticheskoy mysli chelovecheskaya jizn i duxovnoye sovershenstvovaniye chasto vyrajayutsya posredstvom ponyatiy puti, puteshestviya, duxovnogo stranstviya i dostijeniya konechnoy seli. Vneshne dannye simvoly oboznachayut prostranstvo i dvijeniye, odnako v glubinnom smysle oni stanovyatsya xudojestvennymi sredstvami vyrajeniya ochishcheniya cheloveka ot nafsa, stremleniya k poznaniyu, priobreteniya duxovnogo opyta i dvijeniya k Istine. V issledovanii analiziruyutsya funksionalno-semanticheskiye osobennosti takix obrazov i motivov, kak put, puteshestviye, mesto naznacheniya, karavan, putnik, duxovnyy nastavnik i dostijeniye seli v tvorchestve Alishera Navoi, Fuzuli i drugix predstaviteley tureskoy klassicheskoy literatury. Pokazano, chto v poetike Navoi motivy puti i puteshestviya svyazany s duxovnym sovershenstvovaniyem cheloveka, konsepsiyey sovershennogo cheloveka i poiskom Istiny. V tureskoy klassicheskoy poezii dannye simvoly formiruyutsya v tesnoy svyazi s poetikoy divana, sufiyskim myshleniyem i konsepsiyey lyubvi. V rezultate issledovaniya triada “put–puteshestviye–mesto naznacheniya” opredelyayetsya kak odna iz znachimyx irfansko-poeticheskix modeley klassicheskoy literatury. Kalit so‘zlar: sufizm, irfan, simvol, put, puteshestviye, mesto naznacheniya, duxovnyy put, salik, tarikat, istina, poznaniye, Alisher Navoi, Fuzuli, tureskaya klassicheskaya literatura, divannaya poeziya, poetika, simvolicheskiy obraz.

Abstract: This article examines the mystical and semantic meanings of the symbols of “path,” “journey,” and “destination” in Uzbek and Turkish classical poetry from a comparative and typological perspective. In Sufi poetic thought, human life and spiritual perfection are frequently represented through the concepts of the path, journey, spiritual wandering, and reaching the final destination. Although these symbols literally refer to space and movement, on a deeper level they function as poetic representations of the purification of the self, the pursuit of spiritual knowledge, NUKUS · 2026

the acquisition of mystical experience, and the movement toward Truth. The study analyzes the functional and semantic characteristics of such motifs and images as the path, journey, destination, caravan, traveler, spiritual guide, and reaching the goal in the works of Alisher Navoi, Fuzuli, and other representatives of Turkish classical literature. It demonstrates that in Navoiʻs poetic thought, the motifs of the path and journey are closely connected with spiritual perfection, the concept of the X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

perfect human being, and the search for Truth. In Turkish classical poetry, these symbols developed in close interaction with Divan poetic tradition, Sufi thought, and the concept of love. The study concludes that the triad “path–journey–destination” represents one of the significant mystical-poetic models of classical literature. Keywords: Sufism, mysticism, symbol, path, journey, destination, spiritual way, seeker, tariqa, Truth, knowledge, Alisher Navoi, Fuzuli, Turkish classical literature, Divan poetry, poetics, symbolic image. Mumtoz Sharq adabiyotida insonning hayot yo‘li, ruhiy izlanishlari va ma’naviy kamolotini ifodalashda makon va harakat bilan bog‘liq obrazlar alohida o‘rin egallaydi. Xususan, “yo‘l”, “safar”, “manzil”, “karvon”, “yo‘lovchi”, “rahbar”, “manzilga yetish” kabi tushunchalar nafaqat hayotiy tajribani, balki insonning « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

botiniy olamidagi o‘zgarishlarni ham ifodalovchi ramziy birliklarga aylangan. Tasavvufiy dunyoqarashda insonning mavjudlik holati harakatsiz, yakunlangan jarayon sifatida emas, balki doimiy ruhiy izlanish va kamolot sari intilish sifatida tushuniladi. Shu jihatdan “yo‘l” tushunchasi tasavvufning asosiy kategoriyalaridan biri bo‘lgan suluk bilan bevosita aloqador.

Suluk – solikning, ya’ni ma’naviy yo‘lga kirgan insonning ruhiy kamolot sari bosqichma-bosqich harakatini anglatadi. Shuning uchun tasavvufiy adabiyotda yo‘lning o‘zi ham oddiy makon emas, balki insonning ichki olamida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlar majmuasini ifodalovchi poetik ramz sifatida namoyon bo‘ladi. O‘zbek va turk mumtoz adabiyotlari mazkur ramziy tafakkurning boy namunalarini saqlab qolgan. Alisher Navoiy, Fuzuliy, Yunus Emro, Shayx G‘olib kabi ijodkorlar asarlarida yo‘l, safar va manzil motivlari turli poetik shakllarda namoyon bo‘ladi. Mazkur obrazlar tizimining asosiy xususiyati shundaki, unda tashqi va ichki makon o‘zaro uyg‘unlashadi. Shoir tashqi safar haqida gapirar ekan, ko‘pincha inson ruhining ichki safarini nazarda tutadi. Manzil esa oddiy geografik nuqta emas, balki ruhiy maqsad, ma’rifat yoki Haqiqatga yaqinlashish holatini anglatadi.

Tasavvufiy tafakkurda “yo‘l” tushunchasi insonning ruhiy kamolot sari harakatini ifodalovchi markaziy ramzlardan biridir. Yo‘l – harakatdir. Ammo bu harakat faqat bir makondan ikkinchi makonga o‘tish emas. U insonning ichki o‘zgarishi, nafsdan uzoqlashishi, ma’rifatga yaqinlashishi va Haqiqatni izlash jarayonini ifodalaydi. Tasavvuf terminologiyasida “tariqat” so‘zining o‘zi ham yo‘l ma’nosi bilan bog‘liq. Shu sababli mumtoz shoirlar uchun yo‘l obrazi tabiiy ravishda ma’naviy sayr va suluk tushunchalari bilan birikadi. Yo‘lning mavjudligi maqsadning mavjudligini ham nazarda tutadi. Demak, “yo‘l” va “manzil” bir-biridan ajralmas tushunchalardir. Yo‘lning og‘irligi, undagi to‘siqlar, sahro, tun, cho‘l, vodiy, dovon va boshqa makonlar esa solikning ruhiy sinovlarini ifodalovchi ramzlarga aylanishi mumkin. Safar inson hayotining tabiiy qismi sifatida turli xalqlar adabiyotida keng uchraydi. Ammo tasavvufiy adabiyotda safar alohida falsafiy mazmun kasb etadi. NUKUS · 2026

Safar – insonning o‘zligini anglash jarayoni sifatida talqin qilinishi mumkin. Solik safar davomida turli ruhiy bosqichlardan o‘tadi. Bu jarayonda tashqi olamdagi masofa ichki masofaga aylanadi. Ya’ni: Tashqi safar → ichki safar → ruhiy tajriba → ma’rifat → manzil. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Shu jihatdan safar ramzi insonning o‘z “men”idan Haqiqat sari harakatini ifodalash imkonini beradi. Mumtoz she’riyatda safar ko‘pincha hijron bilan ham bog‘lanadi. Oshiqning yordan uzoqligi uning ruhiy safarini boshlaydi. U izlaydi, qiynaladi, sabr qiladi va nihoyat visolni maqsad sifatida tasavvur qiladi. Alisher Navoiy ijodida safar, yo‘l, manzil va izlanish motivlari keng falsafiy mazmunga ega. Navoiy uchun inson hayoti ma’naviy mas’uliyat va kamolot yo‘li bilan bog‘liq. Shoir asarlarida insonning o‘zligini anglash, nafsni tarbiyalash, ilm va ma’rifatga intilish masalalari muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa, “Lison ut-tayr” asari yo‘l va safar ramzining eng yirik poetik namunalaridan biridir. Asardagi qushlarning Simurg‘ni izlab qilgan safari oddiy sayohat emas. U « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

ruhiy izlanish, o‘zlikni anglash va Haqiqatni izlashning ramziy ifodasidir. Qushlarning safar davomida turli vodiylardan o‘tishi insonning ruhiy kamolot bosqichlarini ifodalaydi. Har bir vodiy muayyan ma’naviy sinov va ruhiy holat bilan bog‘liq. Bu jihatdan “Lison ut-tayr”dagi safar motivini quyidagi model orqali ifodalash mumkin: Izlanish → safar → sinov → o‘zlikni anglash → Haqiqat → visol. Asarning eng muhim g‘oyalaridan biri shundaki, izlanayotgan Haqiqat tashqi olamning uzoq bir nuqtasida emas, balki insonning o‘z ruhiy olamida namoyon bo‘ladi. Shu tariqa safar tashqi harakatdan ichki kashfiyotga aylanadi. Manzil ramzi yo‘l va safarning mantiqiy yakuni hisoblanadi. Ammo tasavvufiy poetikada manzilni oddiy geografik nuqta sifatida tushunish mumkin emas. U ko‘pincha Haqiqat, ma’rifat, visol yoki komillik holatini ifodalaydi. Solikning yo‘li davomida manzil tushunchasi ham o‘zgaradi. Dastlab u tashqi maqsad sifatida tasavvur qilinadi. Keyinchalik esa manzil insonning ichki dunyosida ekanligi anglashiladi. Navoiy poetikasida bu g‘oya komil inson konsepsiyasi bilan bog‘lanadi. Inson o‘zini anglagan sari Haqiqatni anglashga yaqinlashadi. Shuning uchun manzilga yetish faqat makonning tugashi emas, balki ruhiy jarayonning yangi bosqichga ko‘tarilishidir. “Lison ut-tayr”dagi yetti vodiy tasavvufiy safarning muhim ramziy modelini tashkil etadi. Qushlarning Simurg‘ sari qilgan safari bir necha ruhiy bosqichlardan o‘tadi. Vodiylar ramziy jihatdan solikning ruhiy tajribalarini ifodalaydi. Mazkur safarning asosiy xususiyati – uning tashqi makondan ichki makonga o‘tishidir. Qushlar uzoq manzilni izlab yo‘lga chiqadilar. Safar yakunida esa izlanayotgan Simurg‘ o‘zlarining o‘zida aks etishini anglaydilar. Bu holat tasavvufdagi o‘zlikni anglash va Haqiqatni ichki olamdan izlash g‘oyasi bilan uyg‘unlashadi. Shu jihatdan

Navoiy “yo‘l” ramzini nafaqat harakat, balki ma’rifatga eltuvchi tafakkur jarayoni sifatida badiiylashtirgan. Turk mumtoz adabiyotida “yol”, “sefer”, “menzil”, “kervan”, “yolcu”, “rehber” kabi tushunchalar divan poetikasida turli ma’nolarda qo‘llangan. Tasavvufiy she’riyatda “yol” ko‘pincha Haqiqat sari boruvchi ruhiy yo‘lni anglatadi. NUKUS · 2026

Yunus Emro ijodida yo‘l va safar tushunchalari insonning Haqiqatni izlash jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. Uning she’riyatida yo‘lning tashqi va ichki mazmuni bir-biriga yaqinlashadi. Yunus Emro uchun insonning Haqiqatni izlash jarayoni o‘z qalbini anglashdan boshlanadi. Turk divan she’riyatida esa yo‘l obrazi ko‘pincha oshiqning yor sari harakatini ham anglatadi. Yor sari boruvchi yo‘l – ishq X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

yo‘li, uning qiyinchiliklari esa oshiqning ruhiy sinovlari sifatida tasvirlanadi. Fuzuliy ijodida safar motivi ishq va hijron tushunchalari bilan chambarchas bog‘liq. Fuzuliy poetikasida oshiqning holati doimiy izlanish va dard bilan belgilanadi. Hijron – oshiqning ma’naviy tajribasini chuqurlashtiruvchi omil. Shuning uchun yo‘lning uzoqligi faqat geografik masofani emas, balki yor bilan uchrashishning murakkabligini ham anglatadi. Oshiq uchun yo‘l qanchalik uzoq bo‘lsa, uning ishqi shunchalik kuchli namoyon bo‘ladi. Tasavvufiy nuqtayi nazardan esa hijronning o‘zi ham ma’naviy tarbiya vazifasini bajaradi. Ayriliq orqali oshiq o‘zining ehtiyojini, ojizligini va yorning mutlaq qadrini anglaydi. Yo‘l va safar motivlari bilan birga “karvon” va “yo‘lovchi” obrazlari ham « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

muhim poetik vazifani bajaradi. Karvon – birgalikdagi ruhiy harakatni ifodalashi mumkin. Yo‘lovchi esa bu yo‘lda harakat qiluvchi shaxsdir. Tasavvufiy talqinda yo‘lovchi – solik. U ma’naviy rahbar ko‘rsatmasiga muhtoj. Shuning uchun “yo‘lovchi” va “pir” yoki “murshid” obrazlari o‘rtasida ramziy aloqa mavjud. Murshid yo‘lni biluvchi, solik esa yo‘lni bosib o‘tuvchi shaxsdir. Bu poetik model: Murshid → yo‘l → solik → safar → manzil ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Tasavvufiy yo‘lni yolg‘iz bosib o‘tish mumkin emasligi haqidagi qarash mumtoz adabiyotda ham o‘z aksini topadi. Solik uchun murshid yo‘l ko‘rsatuvchi shaxsdir. Poetik matnda murshid ba’zan pir, ustoz, soqiy yoki rahbar obrazlari orqali ifodalanadi. Soqiy obrazining may beruvchi vazifasi ham shu jihatdan murshidning ruhiy yo‘l ko‘rsatuvchilik funksiyasi bilan bog‘lanishi mumkin. Navoiy va turk mumtoz shoirlari poetikasida bu obrazlar o‘rtasidagi semantik yaqinlik ramziy tizimning murakkabligini ko‘rsatadi. Tasavvufiy poetikada yo‘l har doim ham tekis va oson emas. Sahro, cho‘l, tog‘, dovon, tun, qorong‘ilik kabi obrazlar ruhiy sinovlarni ifodalashi mumkin. Sahro – yolg‘izlik va sinov. Dovon – yengib o‘tilishi lozim bo‘lgan ruhiy to‘siq. Tun – jaholat yoki Haqiqatning hali namoyon bo‘lmagan holati. Nur – ma’rifat. Tong – yangi ruhiy bosqichning boshlanishi. Demak, geografik makon unsurlari mumtoz she’riyatda inson ruhiyatining holatlarini ifodalovchi poetik belgilar sifatida ishlatiladi. O‘zbek va turk mumtoz she’riyatini qiyoslaganda “yo‘l–safar–manzil” uchligi umumiy poetik model sifatida namoyon bo‘ladi.

Ushbu modelni quyidagicha ifodalash mumkin: YO‘L – ma’naviy imkoniyat. SAFAR – ruhiy harakat. SINOV – kamolot vositasi. MANZIL – ma’rifat va Haqiqat. NUKUS · 2026

VISOL – maqsadga yetish. Bu tizimda har bir tushuncha boshqasi bilan semantik jihatdan bog‘langan. Yo‘l bo‘lmasa, safar bo‘lmaydi. Safar bo‘lmasa, manzil tushunchasi mazmunsiz qoladi. Manzil esa safarning maqsadini belgilaydi. Shu sababli bu uchlikni tasavvufiy poetikaning konseptual modeli sifatida baholash mumkin. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Alisher Navoiy va turk mumtoz shoirlari ijodida yo‘l va safar ramzlarining mushtarak jihatlari quyidagilarda ko‘rinadi: Birinchidan, yo‘l inson hayotining metaforik modeli sifatida qo‘llanadi. Ikkinchidan, safar ruhiy kamolot jarayoni bilan bog‘lanadi. Uchinchidan, manzil ma’rifat, Haqiqat yoki visolning ramziga aylanishi mumkin. To‘rtinchidan, yo‘ldagi to‘siqlar insonning ruhiy sinovlarini ifodalaydi. Beshinchidan, yo‘l ko‘rsatuvchi shaxs – pir, murshid yoki rahbar – ma’naviy tajribaning muhim vositachisi sifatida namoyon bo‘ladi. Biroq individual talqinda muayyan farqlar ham mavjud. Navoiyda safar ko‘pincha keng falsafiy va didaktik mazmun bilan boyitiladi. Uning asarlarida insonning ma’naviy kamoloti, komil inson g‘oyasi va ijtimoiy- « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

axloqiy masalalar bilan bog‘liqlik kuchli. Turk shoirlarida esa yo‘l va safar ramzlari ko‘pincha ishq, hijron, visol va lirik kechinmalar bilan uyg‘unlashadi. Bu farq ikki adabiy an’ananing umumiy asoslari mavjud bo‘lsa-da, ularning individual poetik rivojlanish yo‘llari turlicha bo‘lganini ko‘rsatadi. “Yo‘l”, “safar” va “manzil” ramzlari o‘zbek va turk mumtoz she’riyatining muhim tasavvufiy-poetik birliklari hisoblanadi. Mazkur ramzlar orqali shoirlar insonning tashqi hayotini emas, balki uning ichki, ruhiy va ma’naviy harakatini ham ifodalaganlar. Tasavvufiy tafakkurda yo‘l insonning Haqiqat sari harakatini, safar shu yo‘ldagi ruhiy tajribalarni, manzil esa ma’rifat, komillik yoki visol holatini ifodalaydi. Alisher Navoiy ijodida bu ramzlar ayniqsa murakkab va tizimli shaklda namoyon bo‘ladi. “Lison ut-tayr”dagi qushlarning safarini inson ruhining o‘zligini anglash yo‘lidagi ramziy harakati sifatida talqin qilish mumkin. Turk mumtoz adabiyotida esa yo‘l, safar va manzil motivlari divan poetikasi, tasavvufiy tafakkur va ishq konsepsiyasi bilan uzviy bog‘langan. Fuzuliy, Yunus Emro va boshqa ijodkorlar poetikasida mazkur ramzlarning turli shakllari mavjud. “Yo‘l–safar–manzil” uchligi mumtoz Sharq poetikasida insonning ma’naviy hayotini tasvirlashning universal badiiy modellaridan biridir. Ushbu ramziy tizimda yo‘l – imkoniyat, safar – jarayon, sinov – tarbiya, manzil – maqsad, visol esa ruhiy kamolotning natijasi sifatida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, o‘zbek va turk mumtoz she’riyatidagi yo‘l va safar motivlarini o‘rganish ikki adabiy an’ananing tasavvufiy-estetik asoslarini, ularning umumiy poetik ildizlarini va individual rivojlanish xususiyatlarini yanada chuqurroq anglash imkonini beradi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar11 ta adabiyot

  1. Navoiy, A. Lison ut-tayr. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.
  2. Navoiy, A. Xazoyin ul-maoniy. 20 jildlik. – Toshkent: Fan.
  3. Haqqul, I. Tasavvuf va she’riyat. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti. NUKUS · 2026
  4. Bertels, E. E. Sufizm i sufiyskaya literatura. – Moskva: Nauka.
  5. Fuzuliy, M. Fuzuliy devoni. – Istanbul.
  6. Köprülü, M. F. Türk Edebiyatında İlk Mutasavvıflar. – Ankara: Türk Tarih Kurumu.
  7. İpekten, H. Eski Türk Edebiyatı: Nazım Şekilleri ve Aruz. – İstanbul: Dergâh Yayınları.
  8. Pala, İ. Ansiklopedik Divan Şiiri Sözlüğü. – İstanbul: Kapı Yayınları. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
  9. Şentürk, A. A. Osmanlı Şiiri Antolojisi. – İstanbul: Yapı Kredi Yayınları.
  10. Gibb, E. J. W. A History of Ottoman Poetry. – London: Luzac and Co.
  11. Schimmel, A. Mystical Dimensions of Islam. – Chapel Hill: The University of North Carolina Press. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014406
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910223
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1086–1091
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31