Asosiy mazmunga o‘tish

Dual ta‘lim shaklida o‘quv jarayonlarini tashkil etishning metodik asoslari va samaradorligi

R.O.PaxratdinovaQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1066–1067

Annotatsiya

Zamonaviy mehnat bozorining shiddat bilan rivojlanishi professional ta‘lim muassasalari oldiga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mukammal darajada birlashtira oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Ushbu muammoning eng maqbul yechimlaridan biri — dual ta‘lim tizimidir. Ushbu tizimning didaktik mohiyati an‘anaviy ta‘limdagi “nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzilish” to‘sig‘ini to‘liq bartaraf etishga qaratilgan. Korxona va ta‘lim muassasasi hamkorligida dual ta‘lim shaklida o‘quv jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkil etish uch tomonlama “Ta‘lim muassasasi – Korxona – Talaba” rasmiy shartnoma tuzishdan boshlanadi. O‘quv jarayoni odatda blok-modul tizimi asosida tashkil etiladi. Dual ta‘lim tizimining yakuniy natijasi talabalarda mehnat bozori talab qiladigan professional kompetensiyalarni shakllantirishdir. Shuning uchun ushbu tizimda innovatsion nazorat vositalaridan foydalaniladi, bularga mezonli baholash va amaliy portfolio tizimi kiradi.

Boshqa tillarda

ruschaМетодические основы и эффективность организации учебного процесса в форме дуального обучения

Стремительное развитие современного рынка труда ставит перед профессиональными образовательными учреждениями задачу подготовки конкурентоспособных кадров, способных в совершенстве сочетать теоретические знания с практическими навыками. Одно из наиболее приемлемых решений этой проблемы — система дуального обучения. Дидактическая суть этой системы заключается в полном устранении характерного для традиционного обучения барьера — «разрыва между теорией и практикой». Успешная организация учебного процесса в форме дуального обучения при сотрудничестве предприятия и образовательного учреждения начинается с заключения трёхстороннего официального договора «Образовательное учреждение – Предприятие – Студент». Учебный процесс, как правило, организуется на основе блочно-модульной системы. Конечным результатом системы дуального обучения является формирование у студентов профессиональных компетенций, востребованных на рынке труда. Поэтому в этой системе используются инновационные средства контроля, к которым относятся критериальное оценивание и система практического портфолио.

inglizchaMethodological foundations and effectiveness of organizing the educational process in the form of dual education

The rapid development of the modern labor market confronts vocational education institutions with the task of training competitive personnel able to combine theoretical knowledge perfectly with practical skills. One of the most suitable solutions to this problem is the dual education system. The didactic essence of this system lies in completely removing the barrier of the “gap between theory and practice” in traditional education. Successful organization of the educational process in the form of dual education, in cooperation between the enterprise and the educational institution, begins with signing a formal tripartite “Educational institution – Enterprise – Student” contract. The educational process is usually organized on a block-modular basis. The final outcome of the dual education system is the formation in students of the professional competencies required by the labor market. The system therefore uses innovative assessment tools, which include criteria-based assessment and a practical portfolio system.

Kalit so‘zlar

  • dual ta‘lim
  • o‘quv jarayoni
  • ta‘lim muassasasi
  • korxona
  • blok-modul tizimi
  • professional kompetensiyalar
  • mezonli baholash

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1066–1067 O‘zbek IQTIBOS UCHUN R.O.Paxratdinova. Dual ta’lim shaklida o‘quv jarayonlarini tashkil etishning metodik asoslari va samaradorligi // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1066–1067. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910218

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

DUAL TA’LIM SHAKLIDA O‘QUV JARAYONLARINI TASHKIL ETISHNING METODIK ASOSLARI VA SAMARADORLIGI R.O.Paxratdinova QDU, Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi dotsenti Zamonaviy mehnat bozorining shiddat bilan rivojlanishi professional ta’lim muassasalari oldiga nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan mukammal darajada birlashtira oladigan raqobatbardosh kadrlar tayyorlash vazifasini qo‘ymoqda. Ushbu muammoning eng maqbul yechimlaridan biri — dual ta’lim tizimidir. Dual ta’lim (nemischa duales System – ikki tomonlama tizim) — bu ta’lim tizimining shunday shaklidirki, unda talaba o‘quv vaqtining bir qismini (odatda 30-40% qismini) ta’lim muassasasida nazariy bilimlarni egallashga, qolgan katta qismini

(60-70% qismini) esa bevosita ishlab chiqarish korxonasida, real ish o‘rnida amaliy malaka oshirish va kasbni egallashga sarflaydi. Ushbu tizimning didaktik mohiyati an’anaviy ta’limdagi

"nazariya va amaliyot o‘rtasidagi uzilish" to‘sig‘ini to‘liq bartaraf etishga qaratilgan. Dual ta’lim tizimida ta’lim oluvchi dars xonasida o‘rgangan qoidalarini ertasi kuni korxonada amalda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu jarayon talabalarda fanga va kasbga bo‘lgan qiziqishini keskin oshiradi. Zero, bilim quruq yodlash orqali emas, mantiqiy ehtiyoj va amaliy mehnat jarayonida hosil qilinadi. Bu tizim pedagogik nuqtai nazardan "shaxsga yo‘naltirilgan" hamda "faoliyatli yondashuv" tamoyillariga to‘liq mos keladi.

Korxona va ta’lim muassasasi hamkorligida dual ta’lim shaklida o‘quv jarayonlarini muvaffaqiyatli tashkil etish uch tomonlama “Ta’lim muassasasi – Korxona – Talaba” rasmiy shartnoma tuzishdan boshlanadi. Jarayonning eng murakkab va mas’uliyatli qismi bu o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqarish talablariga moslab muvofiqlashtirish hisoblanadi. O‘quv jarayoni odatda blok-modul tizimi asosida tashkil etiladi: masalan, talaba haftaning 2 kunida universitet yoki texnikumda nazariy darslarni o‘zlashtirsa, qolgan 3 yoki 4 kunida korxonaga "shogird" yoki xodim sifatida borib ishlaydi.

Bu jarayonda korxona tomonidan tajribali mutaxassis yoki ishlab chiqarish ustasi, ta’lim muassasasi tomonidan esa pedagogkoordinator tayinlanadi. O‘quv rejasi shunday tuzilishi kerakki, korxonada bajarilayotgan amaliy topshiriqlar ta’lim muassasasida o‘tilayotgan haftalik mavzular bilan parallel ravishda mos kelishi shart. Raqamli texnologiyalar va elektron platformalar (masalan, HEMIS tizimi) orqali talabaning korxonadagi davomati, bajargan amaliy ishlari sifati va korxona tomonidan tajribali mutaxassisning bergan baholari monitoring qilib boriladi. Bu esa o‘quv jarayonining boshqariluvchanligi va shaffofligini ta’minlaydi. Dual ta’lim tizimining yakuniy natijasi talabalarda mehnat bozori talab qiladigan professional kompetensiyalarni shakllantirishdir. Shuning uchun ushbu tizimda an’anaviy baholash usullaridan oddiy og‘zaki yoki yozma imtihonlardan NUKUS · 2026

voz kechilib, innovatsion nazorat vositalaridan foydalaniladi. Bularga mezonli baholash va amaliy portfolio tizimi kiradi. Talabaning bilim darajasi uning korxonadagi real texnik qurilmalar, smart texnologiyalar (BIM, kompyuter dasturlari va h.k.) bilan qanchalik mustaqil va xatosiz ishlay olishiga qarab baholanadi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar3 ta adabiyot

  1. O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida” GI O‘RQ637-son Qonuni. https://lex.uz/docs/-5013007
  2. Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risida NIZOM. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2025 y., 09/25/14/0063-son
  3. Есенина Е.Ю. Дуальное обучение: возможности, ограничения, условия и практика использования / Е.Ю. Есенина // Профессиональное образование и рынок труда. – 2015. – № 8. – С. 16-1 « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » R.O.Paxratdinova DOI 10.66073/ReFocus-Conf/091021810.66073/refocus-conf/0910218

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014401
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910218
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1066–1067
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31