O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning hududiy imkoniyatlari
Odebaeva Arazjemal Meylis kiziQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1033–1036
Annotatsiya
Mazkur tezisda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning hududiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli infratuzilma, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, IT xizmatlari hamda hududlar o‘rtasidagi raqamli tafovut masalalariga e‘tibor qaratiladi. Rasmiy statistik ma‘lumotlar asosida hududlarning raqamli iqtisodiyot uchun mavjud salohiyati qiyosiy baholanadi. Tahlil natijasida hududiy raqamli rivojlanishni yagona model asosida emas, balki hududning iqtisodiy ixtisoslashuvi, aholi va tadbirkorlik salohiyati hamda infratuzilma imkoniyatlaridan kelib chiqib tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslanadi.
Boshqa tillarda
ruschaРегиональные возможности развития цифровой экономики в Узбекистане
В настоящих тезисах анализируются региональные возможности развития цифровой экономики в Узбекистане. Внимание уделяется вопросам цифровой инфраструктуры, услуг связи и информатизации, ИТ-услуг, а также цифрового разрыва между регионами. На основе официальных статистических данных проводится сравнительная оценка имеющегося потенциала регионов для цифровой экономики. По итогам анализа обосновывается целесообразность организации регионального цифрового развития не на основе единой модели, а исходя из экономической специализации региона, потенциала населения и предпринимательства, а также инфраструктурных возможностей.
inglizchaRegional opportunities for the development of the digital economy in Uzbekistan
This paper analyzes the regional opportunities for developing the digital economy in Uzbekistan. Attention is focused on digital infrastructure, communication and informatization services, IT services and the digital divide between regions. Based on official statistics, the existing potential of the regions for the digital economy is assessed comparatively. The analysis substantiates the view that regional digital development should be organized not on the basis of a single model but with regard to each region‘s economic specialization, population and business potential, and infrastructure capabilities.
Kalit so‘zlar
- raqamli iqtisodiyot
- raqamli transformatsiya
- hududiy rivojlanish
- raqamli infratuzilma
- IT xizmatlar
- internet
- raqamli tafovut
- hududiy iqtisodiyot
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1033–1036 O‘zbek
Odebaeva Arazjemal Meylis kizi. O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning hududiy imkoniyatlari // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1033– 1036. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910211
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING HUDUDIY IMKONIYATLARI
Odebaeva Arazjemal Meylis kizi Qoraqaploq Davlat Universiteti Shimbay fakulteti Tabiiy va aniq fanlar kafedrasi stajyor-o‘qituvchisi e-mail: adilbekov.2002.02@gmail.com Annotatsiya: Mazkur tezisda O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning hududiy imkoniyatlari tahlil qilinadi. Raqamli infratuzilma, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari, IT xizmatlari hamda hududlar o‘rtasidagi raqamli tafovut masalalariga e’tibor qaratiladi. Rasmiy statistik ma’lumotlar asosida hududlarning raqamli iqtisodiyot uchun mavjud salohiyati qiyosiy baholanadi. Tahlil natijasida hududiy raqamli rivojlanishni yagona model asosida emas, balki hududning iqtisodiy ixtisoslashuvi, aholi va
tadbirkorlik salohiyati hamda infratuzilma imkoniyatlaridan kelib chiqib tashkil etish maqsadga muvofiqligi asoslanadi.
Kalit so‘zlar: raqamli iqtisodiyot, raqamli transformatsiya, hududiy rivojlanish, raqamli infratuzilma, IT xizmatlar, internet, raqamli tafovut, hududiy iqtisodiyot. Kirish (adabiyotlar sharhi)
Raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotga chuqur kirib borishi hududlar rivojlanishining yangi omillarini yuzaga keltirmoqda. Internet infratuzilmasi, ma’lumotlar almashinuvi, raqamli xizmatlar va IT mutaxassislarining mavjudligi bugungi sharoitda hududiy raqobatbardoshlikning muhim tarkibiy qismlariga aylanmoqda.
O‘zbekistonda raqamli transformatsiyaning strategik asoslari 2020-yil 5-oktyabrda tasdiqlangan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasi bilan mustahkamlangan. Strategiyada raqamli infratuzilmani rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni kengaytirish, IT bozorini rivojlantirish hamda raqamli kadrlar tayyorlash ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan [1]. 2025-yil 16-sentyabrdagi PQ-286-son qarorida hudud, soha va tarmoqlarda raqamli texnologiyalarni joriy etishni yanada jadallashtirish vazifalari belgilandi [2].
Jahon banki raqamli iqtisodiyotning yangi ish o‘rinlari yaratish, innovatsiyalarni rag‘batlantirish va barqaror rivojlanishni tezlashtirishdagi rolini ta’kidlaydi [3]. Shu bilan birga, raqamli imkoniyatlarning hududlar bo‘yicha notekisligi iqtisodiy natijalarning ham farqlanishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun raqamli iqtisodiyotni hududiy kesimda o‘rganish dolzarb ilmiy-amaliy masaladir.
Tadqiqotning maqsadi — O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning hududiy imkoniyatlarini baholash va hududlar kesimida raqamli rivojlanishni jadallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Vazifalar: hududiy raqamli rivojlanish omillarini aniqlash; statistik ma’lumotlarni qiyosiy tahlil qilish; raqamli xizmatlar uchun istiqbolli hududiy yo‘nalishlarni belgilash; raqamli tafovutni qisqartirish mexanizmlarini taklif etish. Materiallar va uslublar Tadqiqotning axborot bazasini O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika NUKUS · 2026
qo‘mitasining raqamli iqtisodiyot, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari bo‘yicha rasmiy ma’lumotlari hamda raqamli transformatsiyaga oid normativ-huquqiy hujjatlar tashkil etdi. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, statistik guruhlash, dinamik qatorlar tahlili va mantiqiy umumlashtirish usullaridan X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
foydalanildi. Hududiy imkoniyatlarni baholashda xizmatlar hajmi bilan bir qatorda ularning o‘sish dinamikasi va hudud iqtisodiyotining ixtisoslashuvi ham hisobga olindi. Natijalar Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 2020-yildagi 15 861,1 mlrd so‘mdan 2025-yilda 79 485,5 mlrd so‘mga yetgan. Demak, besh yil ichida ushbu xizmatlar hajmi qariyb besh baravar oshgan. 2025-yilda yillik o‘sish 22,7 foizni tashkil qilgan [4]. Bu raqamli xizmatlar bozorining mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati tez ortib borayotganini ko‘rsatadi. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
2025-yilda aloqa va axborotlashtirish xizmatlarining eng katta hajmi Toshkent shahrida — 57,8 trln so‘mni tashkil qilgan. Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida 2,8 trln so‘mdan, Toshkent viloyatida 2,6 trln so‘m, Andijon va Qashqadaryoda 1,8 trln so‘mdan qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur ko‘rsatkich 1,4 trln so‘mni tashkil qilgan [4;5].
Raqamli xizmatlar bozoridagi bunday tafovutni faqat aholi soni bilan izohlash yetarli emas. Toshkent shahrida biznes xizmatlari, moliya, davlat boshqaruvi, IT kompaniyalari va malakali mehnat resurslarining jamlanishi raqamli xizmatlarga talab va taklifni kuchaytiradi. Boshqa hududlarda esa sanoat, qishloq xo‘jaligi, turizm, logistika va savdo sohalarini raqamlashtirish orqali yangi raqamli bozorlar yaratish imkoniyati mavjud.
Qoraqalpog‘iston misolida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 2020- yildagi 433,4 mlrd so‘mdan 2025-yilda 1 403,2 mlrd so‘mga yetgan. Nukus shahrida 2025-yil ko‘rsatkichi 366,4 mlrd so‘m bo‘lgan [5]. Bu hududda ham raqamli xizmatlar o‘sayotganini, biroq markaz va tumanlar o‘rtasida raqamli faollikni yanada tenglashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
IT xizmatlarining rivojlanishi hududiy raqamli iqtisodiyot uchun alohida imkoniyat yaratadi. 2026-yil yanvar–avgust oylarida kompyuter dasturlash, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar hajmi respublika bo‘yicha 34,8 trln so‘mga yetgan; Qoraqalpog‘istonda esa 201,5 mlrd so‘mni tashkil qilgan [6]. Masofaviy xizmatlar orqali hududlardan turib dasturlash, dizayn, konsalting va boshqa xizmatlarni respublika hamda tashqi bozorga chiqarish mumkin.
Tahlil hududiy raqamli rivojlanishni uchta model asosida tashkil etish mumkinligini ko‘rsatadi. Birinchi model — yirik raqamli markazlar modeli; bunda Toshkent shahri kabi hududlarda IT kompaniyalari, startaplar, raqamli moliya va yuqori texnologiyali xizmatlar konsentratsiyasi rivojlanadi. Ikkinchi model — ixtisoslashgan hududiy model; masalan, Samarqand va Buxoroda raqamli turizm, elektron bronlash va destinatsiya boshqaruvi rivojlantiriladi. Uchinchi model — masofaviy xizmatlar modeli bo‘lib, unda chekka hududlardagi yoshlar raqamli ko‘nikmalar orqali xalqaro va milliy xizmatlar bozoriga chiqadi. NUKUS · 2026
Raqamli tafovutni kamaytirish uchun infratuzilma bilan bir qatorda inson kapitaliga investitsiya qilish zarur. Hududlarda IT ta’lim, qisqa muddatli kasbiy kurslar, oliy ta’lim muassasalari va biznes hamkorligi, yoshlarning masofaviy ish bozoriga chiqishi raqamli iqtisodiyotning hududiy ta’sirini oshiradi. Jahon banki ham raqamli iqtisodiyot uchun raqamli ko‘nikmalar, startap ekotizimi va qulay X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
institutsional muhit muhimligini qayd etadi [3]. Raqamli iqtisodiyotni hududiy rivojlantirishda mahalliy kichik biznesning elektron platformalarga chiqishi ham muhim. Elektron savdo, elektron to‘lov, onlayn marketing va bulutli xizmatlar kichik korxonalarning bozor geografiyasini kengaytiradi. Natijada hududiy tadbirkor faqat mahalliy xaridorga emas, boshqa hududlar va xorijiy bozorlarga ham xizmat ko‘rsatishi mumkin. Muallif tomonidan hududiy raqamli rivojlanishni baholash uchun “Hududiy raqamli imkoniyatlar indeksi”ni joriy etish taklif qilinadi. Indeks tarkibida raqamli infratuzilma — 30 foiz, raqamli xizmatlar bozori — 25 foiz, inson kapitali va IT ko‘nikmalari — 20 foiz, biznesning raqamli faolligi — 15 foiz, raqamli « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
innovatsiyalar va startaplar — 10 foiz ulushga ega bo‘lishi mumkin. Ushbu indeks hududlarning faqat hozirgi holatini emas, balki rivojlanish zaxirasini ham baholashga yordam beradi. Shuningdek, hududlar uchun yagona ko‘rsatkich sifatida internet foydalanuvchilari sonidan foydalanish yetarli emas. Raqamli rivojlanish samaradorligini baholashda internet qamrovi, korxonalarning internetdan foydalanish darajasi, IT xizmatlari hajmi, elektron tijorat, raqamli to‘lovlar, IT bandligi va dasturiy mahsulotlar eksporti kabi ko‘rsatkichlarni birgalikda qo‘llash maqsadga muvofiq. Xulosa va tavsiyalar Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotning yuqori sur’atlarda rivojlanayotganini, biroq hududlar bo‘yicha raqamli xizmatlar hajmi keskin farqlanishini ko‘rsatdi. 2025-yilda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 79,5 trln so‘mga yetgani raqamli xizmatlarning iqtisodiyotdagi o‘rnini kuchaytirayotganini bildiradi [4]. Shu bilan birga, Toshkent shahri va boshqa hududlar o‘rtasidagi tafovut raqamli siyosatda differensial yondashuvni talab etadi. Shu asosda quyidagilar tavsiya etiladi: hududlarni raqamli rivojlantirish bo‘yicha differensial dasturlar joriy etish; chekka hududlarda yuqori tezlikdagi internet va raqamli infratuzilmaga investitsiyalarni kengaytirish; hududiy IT markazlari va startaplarni mahalliy iqtisodiy ixtisoslashuv bilan bog‘lash; yoshlar va ayollar uchun IT hamda masofaviy xizmatlar bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish; raqamli xizmatlar eksportini rag‘batlantirish; “Hududiy raqamli imkoniyatlar indeksi” asosida natijadorlikni muntazam baholab borish.
Umuman, raqamli iqtisodiyot hududlar o‘rtasidagi tafovutni kuchaytiruvchi emas, balki yangi daromad manbalarini yaratish va iqtisodiy imkoniyatlarni hududlar bo‘yicha kengaytirishga xizmat qiluvchi mexanizmga aylanishi mumkin. Buning uchun raqamli infratuzilma, inson kapitali, biznes muhiti va innovatsiyalar yagona hududiy siyosat doirasida uyg‘unlashtirilishi lozim. NUKUS · 2026
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrdagi PF-6079-son “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. – https://lex.uz X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentyabrdagi PQ-286-son “Respublikaning hudud, soha va tarmoqlarida raqamli texnologiyalar joriy etilishini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. – https://lex.uz
- World Bank. Digital Economy. 2025. – https://www.worldbank.org
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi, 2025-yil. – https://stat.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi, hududlar va tumanlar kesimida, 2020–2025-yillar. – https://siat.stat.uz
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi. Kompyuter dasturlash, konsalting va boshqa tegishli xizmatlar hajmi, hududlar kesimida. – https://siat.stat.uz « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014394
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910211
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1033–1036
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31