Asosiy mazmunga o‘tish

Ayol jurnalistlarning emotsional intellekti: zamonaviy mediada ijtimoiy taraqqiyot omili sifatida

Gulayim NurgaliyevaQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 1020–1023

Annotatsiya

Ushbu tezisda biz ayol jurnalistlarning kasbiy faoliyatida namoyon bo‘ladigan emotsional intellekt va empatiya kabi psixologik resurslarni zamonaviy media tizimining ijtimoiy taraqqiyot omili sifatida ko‘rib chiqamiz. So‘nggi xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayol jurnalistlarning yuqori emotsional sezgirligi va empatik muloqot uslubi nafaqat individual kasbiy afzallik, balki auditoriya ishonchini mustahkamlovchi va jamiyatda konstruktiv muhokamani rag‘batlantiruvchi tizimli resurs hisoblanadi. Biz ushbu nazariy pozitsiyani o‘zimizning ilgari o‘tkazgan empirik tadqiqotimiz natijalari — xususan, ayol jurnalistlarning matn yozishdagi emotsional-baholovchi uslubi va insonga yo‘naltirilgan hikoyachilik afzalligi — bilan bog‘lab tahlil qilamiz. Shuningdek, biz Reuters institutining 2025-yilgi xalqaro tadqiqoti asosida ayol jurnalistlarning media rahbariyatidagi ulushi so‘nggi olti yilda izchil o‘sib borayotganini (2020-yilda 23% dan 2025-yilda 28% gacha) ko‘rsatib, bu tendentsiyaning O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston media muhiti uchun qanday istiqbollar ochishi mumkinligi haqida fikr yuritamiz. Bizningcha, ayol jurnalistlarning psixologik-kommunikativ salohiyatini ilmiy jihatdan tan olish va rivojlantirish — mamlakatimizda olima va ijodkor ayollarning ilmiy-ijtimoiy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini yanada kuchaytirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Boshqa tillarda

ruschaЭмоциональный интеллект женщин-журналистов как фактор социального развития в современных медиа

В настоящих тезисах мы рассматриваем такие психологические ресурсы, проявляющиеся в профессиональной деятельности женщин-журналистов, как эмоциональный интеллект и эмпатия, в качестве фактора социального развития современной медиасистемы. Последние международные исследования показывают, что высокая эмоциональная чувствительность и эмпатический стиль общения женщин-журналистов являются не только индивидуальным профессиональным преимуществом, но и системным ресурсом, укрепляющим доверие аудитории и стимулирующим конструктивное обсуждение в обществе. Мы анализируем эту теоретическую позицию в связи с результатами проведённого нами ранее эмпирического исследования — в частности, с эмоционально-оценочным стилем письма женщин-журналистов и их предпочтением повествования, ориентированного на человека. Кроме того, опираясь на международное исследование Института Reuters 2025 года, мы показываем, что доля женщин-журналистов в руководстве медиа за последние шесть лет неуклонно растёт (с 23% в 2020 году до 28% в 2025 году), и размышляем о том, какие перспективы эта тенденция может открыть для медиасреды Узбекистана и Каракалпакстана. По нашему мнению, научное признание и развитие психолого-коммуникативного потенциала женщин-журналистов — одно из важных направлений дальнейшего усиления вклада женщин-учёных и творческих женщин нашей страны в научно-социальное развитие.

inglizchaEmotional intelligence of women journalists as a factor in social development within modern media

In this paper, we consider psychological resources manifested in the professional activity of women journalists, such as emotional intelligence and empathy, as a factor in the social development of the modern media system. Recent international studies show that the high emotional sensitivity and empathetic communication style of women journalists are not only an individual professional advantage but also a systemic resource that strengthens audience trust and encourages constructive discussion in society. We analyze this theoretical position in relation to the results of our earlier empirical study, in particular the emotionally evaluative writing style of women journalists and their preference for human-centered storytelling. Drawing on the Reuters Institute‘s 2025 international study, we also show that the share of women journalists in media leadership has grown steadily over the last six years (from 23% in 2020 to 28% in 2025) and reflect on the prospects this trend may open up for the media environment of Uzbekistan and Karakalpakstan. In our view, the scholarly recognition and development of the psychological and communicative potential of women journalists is one of the important ways of further strengthening the contribution of women scientists and creative women in our country to scientific and social development.

Kalit so‘zlar

  • ayol jurnalistlar
  • emotsional intellekt
  • empatiya
  • media rahbariyati
  • konstruktiv jurnalistika
  • kasbiy-psixologik salohiyat
  • ijtimoiy taraqqiyot

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 1020–1023 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Gulayim Nurgaliyeva. Ayol jurnalistlarning emotsional intellekti: zamonaviy mediada ijtimoiy taraqqiyot omili sifatida // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 1020– 1023. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910208

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

UDK: 070-055.2:159.9 AYOL JURNALISTLARNING EMOTSIONAL INTELLEKTI: ZAMONAVIY MEDIADA IJTIMOIY TARAQQIYOT OMILI SIFATIDA Gulayim Nurgaliyeva Tayanch doktorant Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Jurnalistika kafedrasi e-mail: gulayimnurgaliyeva@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu tezisda biz ayol jurnalistlarning kasbiy faoliyatida namoyon bo‘ladigan emotsional intellekt va empatiya kabi psixologik resurslarni zamonaviy media tizimining ijtimoiy taraqqiyot omili sifatida ko‘rib chiqamiz. So‘nggi xalqaro tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ayol jurnalistlarning yuqori emotsional sezgirligi va empatik muloqot uslubi nafaqat individual kasbiy afzallik, balki auditoriya ishonchini mustahkamlovchi va jamiyatda konstruktiv muhokamani rag‘batlantiruvchi tizimli resurs hisoblanadi. Biz ushbu nazariy pozitsiyani o‘zimizning ilgari o‘tkazgan empirik tadqiqotimiz natijalari — xususan, ayol jurnalistlarning matn yozishdagi emotsionalbaholovchi uslubi va insonga yo‘naltirilgan hikoyachilik afzalligi — bilan bog‘lab tahlil qilamiz. Shuningdek, biz Reuters institutining 2025-yilgi xalqaro tadqiqoti asosida ayol jurnalistlarning media rahbariyatidagi ulushi so‘nggi olti yilda izchil o‘sib borayotganini (2020-yilda 23% dan 2025-yilda 28% gacha) ko‘rsatib, bu tendentsiyaning O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston media muhiti uchun qanday istiqbollar ochishi mumkinligi haqida fikr yuritamiz. Bizningcha, ayol jurnalistlarning psixologik-kommunikativ salohiyatini ilmiy jihatdan tan olish va rivojlantirish — mamlakatimizda olima va ijodkor ayollarning ilmiy-ijtimoiy taraqqiyotga qo‘shayotgan hissasini yanada kuchaytirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Kalit so‘zlar: ayol jurnalistlar; emotsional intellekt; empatiya; media rahbariyati; konstruktiv jurnalistika; kasbiy-psixologik salohiyat; ijtimoiy taraqqiyot. Kirish (adabiyotlar sharhi)

Zamonaviy media tadqiqotlarida jurnalistning emotsional intellekti tobora ko‘proq nafaqat shaxsiy psixologik xususiyat, balki kasbiy mahoratning muhim tarkibiy qismi sifatida e’tirof etilmoqda. Xalqaro tadqiqotlar empatiyani jurnalistik faoliyatning markaziy resursi deb hisoblaydi: manba bilan ishonchli aloqa o‘rnatish, murakkab ijtimoiy vaziyatlarni chuqur tushunish va auditoriyaga ta’sirchan tarzda yetkazib berish uchun yuqori darajadagi hissiy sezgirlik talab etiladi (Glück, 2016). Bu nuqtai nazar an’anaviy "sovuqqon ob’ektivlik" modeliga muqobil sifatida jurnalistika psixologiyasida tobora kuchayib bormoqda.

Bizning ilgari o‘tkazgan empirik tadqiqotimizda (Nurgaliyeva, 2026) Qoraqalpog‘iston jurnalistlari (N=120) orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, ayol jurnalistlarning katta qismi (62%) professional muloqotda reflektiv, ya’ni faol-emotsional tinglash uslubini afzal ko‘radi — bu manba va suhbatdosh bilan chuqur psixologik aloqa o‘rnatishga xizmat qiluvchi kommunikativ resurs hisoblanadi, erkak jurnalistlarning aksariyati (62%) esa norefleksiv, rasionalnazoratli tinglash uslubini afzal ko‘rgan. Biz bu topilmani kamchilik emas, balki jinsning o‘ziga xos kasbiy kuchi sifatida baholaymiz — reflektiv tinglash uslubi, xususan, murakkab ijtimoiy mavzularni (oilaviy masalalar, bolalar huquqi, ijtimoiy himoya) yoritishda manba va auditoriya bilan chuqurroq ishonch aloqasini o‘rnatish NUKUS · 2026

imkonini beradi. Bu psixologik salohiyat endilikda institutsional darajada ham tan olinmoqda. Oksford universiteti qoshidagi Reuters institutining 12 ta mamlakatni qamrab olgan so‘nggi tadqiqotiga ko‘ra, dunyo bo‘ylab yetakchi media tashkilotlarining bosh muharrirlari orasida ayollar ulushi 2020-yildagi 23 foizdan 2025-yilga kelib 28 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

foizga o‘sgan, yangi tayinlangan bosh muharrirlar orasida esa bu ko‘rsatkich 34 foizga yetgan (Ross Arguedas va boshqalar, 2025). Bu tendentsiya ayol jurnalistlarning nafaqat ijodiy, balki boshqaruv salohiyatining ham izchil tan olinib borayotganidan dalolat beradi (Kempton, 2025). Shu bilan birga, konstruktiv, yechim-yo‘naltirilgan jurnalistika yondashuvi — bunda muammo emas, balki uni hal qilish yo‘llari markazga qo‘yiladi — jurnalistlarning kasbiy mazmunlilik hissini va psixologik farovonligini sezilarli darajada oshirishi isbotlangan (Wake va boshqalar, 2026), bu esa ayol jurnalistlarning empatik uslubi bilan tabiiy uyg‘unlik hosil qiladi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, ushbu tezisning maqsadi ayol jurnalistlarning « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

emotsional intellekt va empatiyaga asoslangan kasbiy uslubini alohida "farq" sifatida emas, balki zamonaviy media tizimining sifatli va ijtimoiy foydali rivojlanishiga xizmat qiluvchi ijobiy resurs sifatida nazariy jihatdan asoslashdan iborat. Materiallar va uslublar Tadqiqot nazariy-tahliliy uslubda olib borildi. Tahlil uchun uch turdagi manba jalb etildi: (1) jurnalistik empatiya va emotsional intellektga bag‘ishlangan xalqaro nazariy-empirik tadqiqotlar; (2) ayol jurnalistlarning media rahbariyatidagi ulushi bo‘yicha xalqaro statistik ma’lumotlar (Reuters instituti, 2025); (3) bizning ilgari Qoraqalpog‘iston jurnalistlari (N=120) orasida o‘tkazgan so‘rovnomamizning tegishli natijalari (tinglash uslublari bo‘yicha ma’lumotlar). Ushbu uch manba guruhini qiyosiy-sintetik tahlil qilish orqali ayol jurnalistlarning psixologik-kommunikativ resursini media tizimining rivojlanish omili sifatida nazariy jihatdan asoslash imkoniyati yaratildi. Natijalar O‘tkazilgan tahlil bir necha muhim xulosaga olib keldi. Birinchidan, ayol jurnalistlarning reflektiv tinglash uslubiga moyilligi (bizning ilgarigi tadqiqotimizda aniqlangan, Nurgaliyeva, 2026) xalqaro adabiyotda tavsiflangan "empatik jurnalistika" modeliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri mos keladi (Glück, 2016) — bu shuni ko‘rsatadiki, mintaqaviy media amaliyotimizda global tendentsiyaning aniq namoyon bo‘lishi kuzatiladi, va bu bizning oldingi topilmalarimizga qo‘shimcha nazariy chuqurlik beradi.

Ikkinchidan, ayol jurnalistlarning boshqaruv lavozimlaridagi ulushi xalqaro miqyosda izchil o‘sib borayotgani (23%dan 28%gacha) shuni ko‘rsatadiki, empatiya va emotsional intellekt endilikda faqat "yumshoq mavzular"ga xos xususiyat emas, balki tahririyat siyosatini shakllantiruvchi strategik boshqaruv resursi sifatida ham qadrlanmoqda. Bizningcha, bu tendentsiya Qoraqalpog‘iston va O‘zbekiston media bozori uchun ham istiqbolli yo‘nalish bo‘lib, ayol jurnalistlarning nafaqat ijodiy, balki tashkiliy-boshqaruv salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish NUKUS · 2026

zarurligini ko‘rsatadi. Uchinchidan, konstruktiv jurnalistika yondashuvining kasbiy mazmunlilik va psixologik farovonlikka ijobiy ta’siri haqidagi ma’lumotlarni (Wake va boshqalar, 2026) hisobga olsak, ayol jurnalistlarning tabiiy empatik uslubi ularni ushbu zamonaviy yondashuvni joriy etishda tabiiy "yetakchi" pozitsiyaga qo‘yishi mumkin X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

— bu, o‘z navbatida, nafaqat ularning shaxsiy kasbiy qoniqishini, balki butun tahririyat jamoasining ijtimoiy foydali kontent yaratish samaradorligini oshirishi mumkin. Xulosa va tavsiyalar Yakunda ta’kidlash joizki, biz ushbu tezisda ayol jurnalistlarning emotsional intellekti va empatik kommunikativ uslubini kamchilik yoki farqlanish sifatida emas, balki zamonaviy media tizimining ijtimoiy-psixologik taraqqiyotiga xizmat qiluvchi qimmatli kasbiy resurs sifatida nazariy jihatdan asosladik. Bizning fikrimizcha, bu salohiyatni ilmiy jihatdan tan olish va institutsional darajada qo‘llab- « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

quvvatlash mamlakatimizda ayollarning ilm-fan, ta’lim va ijtimoiy-gumanitar sohalardagi hissasini yanada kuchaytirishning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Shu asosda biz quyidagi tavsiyalarni taklif etamiz: (1) jurnalistika ta’limi dasturlariga empatik intervyu va konstruktiv jurnalistika bo‘yicha maxsus kurslarni kiritish; (2) tahririyatlarda ayol jurnalistlarning boshqaruv lavozimlariga ko‘tarilishini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus mentorlik dasturlarini yo‘lga qo‘yish; (3) ayol va erkak jurnalistlarning uslubiy afzalliklarini bir-birini to‘ldiruvchi jamoaviy resurs sifatida qo‘llash amaliyotini kengaytirish; (4) kelgusi tadqiqotlarda ayol jurnalistlarning emotsional intellekt darajasi bilan ularning kasbiy o‘sish sur’ati o‘rtasidagi bog‘liqlikni mintaqaviy miqyosda o‘rganish — bu yo‘nalish bizning kelgusi PhD tadqiqotimiz uchun ham istiqbolli asos yaratadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Ross Arguedas A., Mukherjee M., Nielsen R. K. Women and Leadership in the News Media 2025: Evidence from 12 Markets. – Oxford: Reuters Institute for the Study of Journalism, University of Oxford, 2025.
  2. Glück A. What Makes a Good Journalist? Empathy as a central resource in journalistic work practice // Journalism Studies. – 2016. – Vol. 17, № 7.
  3. Kempton S. D. From the Classroom to the Newsroom: Exploring Leadership Trajectories for Women in Journalism // Journalism & Mass Communication Educator. – 2025.
  4. Nurgaliyeva G. Socio-Psychological Determinants of Journalists' Professional Activity // 4th International Conference on Global Education (ICOGE 2026): Transforming Education in the Age of Artificial Intelligence. – Kuala-Lumpur, 2026.
  5. Nurgaliyeva G. Jurnalist shaxsining ijtimoiy-psixologik portreti (Qoraqalpog'iston jurnalistlari faoliyati misolida): magistrlik dissertatsiyasi. – Nukis: Berdaq nomidagi QDU, 2025. – 95 b.
  6. Wake A., Van Antwerpen N., Fielding V. Constructive journalism and the perceived wellbeing of journalists // Journalism. – 2026.
  7. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya: o'quv qo'llanma. – Toshkent: TDIU nashriyoti, 2012. – B. 68–69. NUKUS · 2026 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014391
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910208
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1020–1023
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31