Fermentlarning katalitik reaksiyalardagi roli
Muratbaeva Gulzira ZulfkarovnaQoraqalpog‘iston tibbiyot instituti2026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 984–985
Annotatsiya
Fermentlar faoliyatida nofaol shakldan faol shaklga o‘tishda ta‘sir qiluvchi omillarning ahamiyati.
Boshqa tillarda
ruschaРоль ферментов в каталитических реакциях
Значение факторов, влияющих на переход ферментов из неактивной формы в активную.
inglizchaThe role of enzymes in catalytic reactions
The significance of the factors influencing the transition of enzymes from the inactive to the active form.
Kalit so‘zlar
- ferment
- faol markaz
- omil
- kaskad
- reagent (aktivator, ingibitor)
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 984–985 O‘zbek
Muratbaeva Gulzira Zulfkarovna. Fermentlarning katalitik reaksiyalardagi roli // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 984–985. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910199
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
FERMENTLARNING KATALITIK REAKSIYALARDAGI ROLI
Muratbaeva Gulzira Zulfkarovna 220-topar Emlew isi fakulteti student Qaraqalpaqstan medicina institutı Annotatsiya: Fermentlar faoliyatida nofaol shakldan faol shaklga o‘tishda ta’sir qiluvchi omillarning ahamiyati.
Kalit so‘z: Ferment, faol markaz, omil, kaskad, reagent (aktivator, ingibitor). Ferment tizimlari, fibrinoliz va boshqa fermentlarning faollashuvi nofaol profermentlarni katalitik jihatdan faol shaklga aylantirish orqali amalga oshiriladi. Maxsus proteaza fermentlari
ta’sirida profermentlar selektiv proteolizga uchraydi, natijada peptid zanjirining bir qismi ajralib chiqadi va ferment molekulasining uch o‘lchamli tuzilishi qayta qurilib, faol markaz shakllanadi.[1]
Masalan, proteolitik ferment tripsin, oshqozon osti bezi hujayralarida sintezlanadigan tripsinogen profermentidan hosil bo‘ladi. Tripsinogen oshqozon osti bezi shirasi tarkibida sekretsiyalanadi va 12 barmoqli ichakka tushadi. U yerda ichak shirasining fermenti ta’sirida tripsinogendan geksapeptid – ingibitor ajralib chiqadi va natijada tripsin hosil bo‘ladi. Tripsin esa boshqa profermentlarni faollashtiradi.
Bu fermentlarning faollashuvi ketma-ket proteoliz reaksiyalari kaskadi natijasida yuz beradi. Oldingi ferment faollashganidan keyin navbatdagi fermentni faollashtiradi.[2] Proteolitik fermentlar sekretsiya qiluvchi hujayralar ichida faollashsa, hujayraning strukturaviy va funksional oqsillari parchalanib, hujayraning o‘ziga zarar yetkazishi va patologik jarayon yuzaga kelishi mumkin. Proteolitik fermentlar hujayralarda nofaol va xavfsiz shaklda saqlanadi va faqat hujayradan tashqarida faollashadi.[3] Fermentlarning kimyoviy modifikatsiyasi mexanizmida gormon tomonidan boshqariladigan tizimlar asosiy rol o‘ynaydi, jumladan: Adenilatsiklaza, fosfolipid, ion-retseptor va Ca² + messenjer tizimlari.[4] Biokimyoviy jarayonlarning nozik tartibga solinishi gormon signallarining plazmatik membrana retseptorlari orqali uzatilishi va hujayra membranasi atrofida messenjerlar konsentratsiyasining o‘zgarishi orqali ta’minlanadi. Ushbu vositachilarning darajasi ularning biosintezi va parchalanishini katalizlovchi fermentlar faolligi bilan belgilanadi [5].
Har bir gormon tomonidan boshqariladigan tizimda gormonal ta’sir vositachilari darajasining oshishi A, G, C va Ca²⁺-kalmodulin bog‘liq mos proteinkinazalar sinfini faollashtirishi natijasida ma’lum reaksiyalar siklining fermentlari fosforillanadi. Natijada nafaqat fermentlarning faolligi, balki hujayraning ko‘plab ferment tizimlarining tartibga solish va katalitik xususiyatlari ham o‘zgaradi. Xulosa. Fermentning birlamchi tuzilishining o‘zgarishi, molekulaga oqsil bo‘lmagan modulyatsiya qiluvchi komponentlarning qo‘shilishi quyidagi NUKUS · 2026
mexanizmlardan biri yoki bir nechtasi orqali ta’minlanadi: 1. Profermentlarning qisman (selektiv) proteolizi 2. Apofermentning kofaktorlarning samarali konsentratsiyasi bilan o‘zaro ta’siri 3. Fermentning ma’lum moddalar – reagentlar (aktivatorlar, ingibitorlar) bilan X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
o‘zaro ta’siri 4. Fermentning quyidagi modifikatsiya jarayonlari orqali shakllanishi: metillanish, glikozillanish, uridillanish, adenillanish, ADP-ribozillanish va boshqalar. 5. Ikkilamchi vositachilar ishtirokida oqsil-oqsil o‘zaro ta’siri 6. Fosforillanish va defosforillanish 7. Fermentning katalitik faolligining allosterik modulyatsiyasi past molekulali effektorlar orqali. [6]
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Е.С.Северин, А.Я. Николаев Биохимия. Краткий курс с упражнениями и задачами. Москва. "ГЭОТАР-Мед", 2001г.
- Т.Т. Берёзов, Б.Ф. Коровкин Биологическая химия. Москва. Медицина. 1998г.
- Л.Ленинджер Основы биохимии. Часть 1. Москва. "Мир" 2022г.
- А.Я.Николаев Биологическая химия. Москва. Высшая школа. 1989г.
- Д. Страйер Биохимия. Том І Москва. "Мир" 1984г.
- Е.А. Строев Биологическая химия. Москва. Высшая школа 1986г. Muratbaeva G.Z. DOI 10.66073/ReFocus-Conf/091019910.66073/refocus-conf/0910199
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014382
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910199
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 984–985
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31