Asosiy mazmunga o‘tish

Dori vositalarini sotishni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish

Muhammadiyev J.O‘., Kabiljanova F.A., Salimova Dildora Sobirjon qiziO‘zbekiston Milliy Universiteti https://ror.org/011647w732026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 969–973

Annotatsiya

Tadqiqotning dolzarbligi dori vositalari aylanmasida shaffoflikni ta‘minlash, qo‘lda yuritiladigan hisob-kitoblar va inventarizatsiya jarayonlarida yuzaga keladigan xatoliklarni kamaytirish, FEFO (First Expired, First Out) tamoyili bo‘yicha yaroqlilik muddatlarini nazorat qilish hamda sotuv va ombor jarayonlarini real vaqt rejimida boshqarish zarurati bilan asoslanadi. Ish jarayonida mavjud dorixona axborot tizimlari tahlil qilinib, ularning funksional cheklovlari va integratsiya muammolari aniqlangan. Tadqiqot natijasida avtomatlashtirilgan axborot tizimining konseptual modeli, uch bosqichli (Three-tier) arxitekturasi, relyatsion ma‘lumotlar bazasi tuzilmasi hamda sotuv jarayonlarini optimallashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan va taklif etilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРазработка автоматизированной системы учета продаж лекарственных средств

Актуальность исследования обусловлена необходимостью обеспечения прозрачности обращения лекарственных средств, снижения числа ошибок, возникающих при ручном ведении учета и проведении инвентаризации, контроля сроков годности по принципу FEFO (First Expired, First Out), а также управления продажами и складскими процессами в режиме реального времени. В ходе работы проанализированы существующие аптечные информационные системы, выявлены их функциональные ограничения и проблемы интеграции. В результате исследования разработаны и предложены концептуальная модель автоматизированной информационной системы, ее трехуровневая (Three-tier) архитектура, структура реляционной базы данных и алгоритмы оптимизации процессов продаж.

inglizchaDevelopment of an automated system for recording sales of medicines

The relevance of the study stems from the need to ensure transparency in the circulation of medicines, to reduce errors arising in manual record-keeping and inventory procedures, to monitor expiry dates according to the FEFO (First Expired, First Out) principle, and to manage sales and warehouse processes in real time. In the course of the work, existing pharmacy information systems were analyzed and their functional limitations and integration problems were identified. As a result of the study, a conceptual model of an automated information system, its three-tier architecture, a relational database structure and algorithms for optimizing sales processes were developed and proposed.

Kalit so‘zlar

  • avtomatlashtirilgan axborot tizimi
  • dorixona
  • dori vositalari savdosi
  • ma‘lumotlar bazasi
  • FEFO tamoyili
  • Data Matrix markirovkalash
  • raqamli farmatsevtika
  • Design Science Research

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 969–973 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Muhammadiyev J.O‘., Kabiljanova F.A., Salimova Dildora Sobirjon qizi. Dori vositalarini sotishni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 969– 973. – DOI: https://doi.org/10.66073/ ReFocus-Conf/0910196

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

DORI VOSITALARINI SOTISHNI HISOBGA OLISHNING AVTOMATLASHTIRILGAN TIZIMINI ISHLAB CHIQISH

Muhammadiyev J.O‘. f.-m.f.n. f.-m.f.n. Kabiljanova F.A. Salimova Dildora Sobirjon qizi magistrant O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI Email: salimovadildora02@gmail.com Annotatsiya: Tadqiqotning dolzarbligi dori vositalari aylanmasida shaffoflikni ta’minlash, qo‘lda yuritiladigan hisob-kitoblar va inventarizatsiya jarayonlarida yuzaga keladigan xatoliklarni kamaytirish, FEFO (First Expired, First Out) tamoyili bo‘yicha yaroqlilik muddatlarini nazorat qilish hamda sotuv va ombor jarayonlarini real vaqt rejimida boshqarish zarurati bilan asoslanadi. Ish jarayonida mavjud dorixona axborot tizimlari tahlil qilinib, ularning funksional cheklovlari va integratsiya muammolari aniqlangan.

Tadqiqot natijasida avtomatlashtirilgan axborot tizimining konseptual modeli, uch bosqichli (Three-tier) arxitekturasi, relyatsion ma’lumotlar bazasi tuzilmasi hamda sotuv jarayonlarini optimallashtirish algoritmlari ishlab chiqilgan va taklif etilgan. Kalit so‘zlar: avtomatlashtirilgan axborot tizimi, dorixona, dori vositalari savdosi, ma’lumotlar bazasi, FEFO tamoyili, Data Matrix markirovkalash, raqamli farmatsevtika, Design Science Research. So‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash va farmatsevtika sohalarida raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonlari global darajada jadallashmoqda. Axborot tizimlaridan foydalanish dori vositalarini ishlab chiqarish, logistika, omborxona hisobi va chakana sotish jarayonlarining samaradorligi hamda xavfsizligini oshirishda hal qiluvchi omil hisoblanadi [3]. Farmatsevtika bozori o‘zining spesifik xususiyatlariga ko‘ra, oddiy chakana savdo tarmoqlaridan tubdan farq qiladi. Bu yerda har bir dori vositasining seriya raqami, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari va sertifikat ma’lumotlari qat’iy nazorat qilinishi shart. Dorixona faoliyatida dori vositalarini sotish jarayonlarini aniq va ishonchli hisobga olish aholi salomatligini muhofaza qilish va moddiy-moliyaviy yo‘qotishlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Biroq amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab kichik va o‘rta hajmga ega dorixonalarda hamon qo‘lda yuritiladigan yoki qisman avtomatlashtirilgan, o‘zaro integratsiya qilinmagan dasturiy vositalardan foydalaniladi. Bu holat quyidagi tizimli muammolarni keltirib chiqaradi: 1. Inson omili bilan bog‘liq xatoliklar: Dori nomlari, dozasi yoki narxlarini qo‘lda kiritishda xatoliklar yuzaga kelishi.

2. Ma’lumotlarning kech yangilanishi: Ombor va kassa (POS) o‘rtasida ma’lumotlar sinxronizatsiyasi yo‘qligi sababli real vaqt rejimida nazoratning yetishmasligi. 3. Muddati o‘tgan mahsulotlar riski: Yaroqlilik muddatini kuzatishning avtomatlashtirilmagani natijasida moliyaviy ziyon ko‘rish va sanitariya me’yorlarini NUKUS · 2026

buzish holatlari. 4. Nomenklatura nomutanosibligi: Ombor qoldiqlari bo‘yicha noaniqliklar natijasida talab yuqori bo‘lgan dori vositalarining yetishmovchiligi (out-of-stock) yoki aksincha, ortiqcha zaxiralash (overstock) holatlarining kuzatilishi. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun dori vositalarini sotish jarayonlarini X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

har taraflama avtomatlashtiruvchi, moslashuvchan va xavfsiz axborot tizimlarini loyihalash hamda joriy etish o‘tkir zarurat va dolzarb ilmiy-amaliy masala hisoblanadi [2]. Dori vositalari savdosini avtomatlashtirishning zamonaviy yo‘nalishlari va adabiyotlar tahlili Farmatsevtika sohasida dori vositalari savdosini va zaxiralarini avtomatlashtirish jarayonlari axborot texnologiyalari rivoji bilan uzviy bog‘liq holda shakllanib bormoqda. Zamonaviy dorixona axborot tizimlari dori vositalarini ro‘yxatga olish, sotish, saqlash, yaroqlilik muddatini monitoring qilish va davlat « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

nazorat organlari bilan ma’lumot almashish jarayonlarini yagona axborot muhitida boshqarish imkonini beradi.

Avtomatlashtirilgan dorixona tizimlari yordamida dori vositalarining kirim qilinishidan to yakuniy iste’molchiga sotilgunga qadar bo‘lgan harakati to‘liq nazorat qilinadi. Sotuv operatsiyalari real vaqt rejimida qayd etiladi va ombor qoldiqlari avtomatik ravishda qayta hisoblab boriladi. Bu esa hisobga olish aniqligini keskin oshiradi va operatsion xarajatlarni kamaytiradi [2].

Zamonaviy tizimlarda 2D shtrix-kodlash (Data Matrix), elektron retseptlar (e-prescriptions) va avtomatik dispensing texnologiyalaridan foydalanish ko‘lami kengayib bormoqda. Data Matrix kabi raqamli markirovkalash texnologiyalari har bir dori qadoqining haqiqiyligini tekshirish va kontrafakt mahsulotlar aylanmasiga chek qo‘yish imkonini beradi [6]. Shuningdek, ushbu texnologiyalar farmatsevt xodimlarning ish intensivligini kamaytirib, dori vositalarini noto‘g‘ri berish ehtimolini minimallashtiradi hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish tezligini oshiradi.

Bundan tashqari, avtomatlashtirilgan tizimlar tahliliy hisobotlarni (ABC/XYZ tahlil, sotuvlar dinamikasi, rentabellik ko‘rsatkichlari) avtomatik shakllantirish imkonini berib, dorixona faoliyatini strategik boshqarishda muhim hisoblanadi. Sotuv hajmi, seasonal (mavsumiy) talab va ombor zaxiralari bo‘yicha to‘plangan katta ma’lumotlar (Big Data) asosida asoslantirilgan boshqaruv qarorlarini qabul qilish mumkin bo‘ladi.

Iqtisodiy nuqtai nazardan, avtomatlashtirish resurslardan oqilona foydalanish, tovar aylanmasi tezligini oshirish hamda muddati o‘tgan vositalar ulushini kamaytirish orqali umumiy samaradorlikni ta’minlaydi. Biroq mavjud ilmiy tadqiqotlar va tijorat tizimlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik tayyor ERP platformalari kichik va o‘rta dorixonalar uchun moliyaviy jihatdan qimmatlik qiladi yoki murakkab arxitekturasi sababli ularni tezkor moslashtirish qiyin. Shu sababli, moslashuvchan, modulli va yengil arxitekturaga ega axborot tizimlarini loyihalash masalasi hali ham o‘z yechimini to‘liq topmagan. Tadqiqotning maqsadi va vazifalari Tadqiqotning asosiy maqsadi — dorixona muassasalarida dori vositalarini NUKUS · 2026

sotish va ombor hisobini yuritish jarayonlarini avtomatlashtirishga mo‘ljallangan, yuqori aniqlik va xavfsizlikni ta’minlovchi modulli axborot tizimini loyihalash hamda uning mantiqiy modelini ishlab chiqishdan iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi ilmiy-amaliy vazifalar belgilab X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

olindi: - Dorixona faoliyatidagi dori vositalari aylanmasining asosiy biznesjarayonlarini tahlil qilish va modellashtirish; - Mavjud dorixona axborot tizimlarining funksional imkoniyatlari va kamchiliklarini qiyosiy tahlil qilish; - Ishlab chiqiladigan avtomatlashtirilgan axborot tizimiga qo‘yiladigan funksional va texnik talablarni shakllantirish; - Dori vositalarining seriyalari va yaroqlilik muddatlarini hisobga oluvchi relyatsion ma’lumotlar bazasi arxitekturasini loyihalash; - FEFO tamoyiliga asoslangan sotuv va ombor qoldiqlarini boshqarish « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

algoritmlarini ishlab chiqish; - Tizimning konseptual modeli hamda foydalanuvchi rollari bo‘yicha xavfsizlik mexanizmlarini taklif etish. Axborot tizimlarini loyihalashda Design Science Research (DSR) metodologik yondashuvi asosiy ilmiy freymvork bo‘lib xizmat qiladi [1]. Dasturiy ta’minot muhandisligida tizim arxitekturasi, ma’lumotlar yaxlitligi va sifat ko‘rsatkichlari (ishonchlilik, kengayuvchanlik, xavfsizlik) hal qiluvchi ahamiyatga ega [4, 5]. 1. Tizimning uch bosqichli arxitekturasi - Mijoz bosqichi (Presentation Layer): Farmatsevt va menejerlar uchun mo‘ljallangan qulay va intuitiv veb/desk-top interfeys. Shtrix-kod skanerlari, chek printerlari va kassa terminallari bilan integratsiyalashgan. - Biznes-mantiq bosqichi (Application/Business Layer): Tizimning asosiy hisoblash mantiqini bajaradi. Sotuv operatsiyalari, FEFO algoritmi bo‘yicha partiyalarni tanlash, narxlarni qayta hisoblash va hisobotlarni shakllantirish funksiyalarini bajaradi. - Ma’lumotlar bazasi bosqichi (Data Layer): Barcha operativ va analitik ma’lumotlarni saqlovchi relyatsion ma’lumotlar bazasi boshqaruv tizimi (MBBT). 2. Ma’lumotlar bazasining mantiqiy tuzilmasi Relyatsion ma'lumotlar bazasi dori vositalarining xususiyatlarini to'liq aks ettiruvchi o'zaro bog'langan jadvallardan tashkil topgan:

1-jadval. Relyatsion ma’lumotlar bazasi jadvallari, ularning asosiy maydonlari va vazifalari Jadval nomi Asosiy maydonlar (Fields) Vazifasi va mantiqiy bog‘liqligi Medicines id, name, inn_name, barcode, Dori vositalarining umumiy category_id ma’lumotlar katalogi (XPN, brend nomi, shtrix-kod). NUKUS · 2026

Batches id, medicine_id, Dori partiyalari, seriya batch_number, expiry_date, raqamlari, yaroqlilik buy_price, sell_price, muddatlari va kelish/sotilish quantity narxlari. Sales id, sale_date, user_id, Sotuv tranzaksiyalarining X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

total_amount, payment_type umumiy qaydlari (vaqt, sotuvchi, jami summa). SaleDetails id, sale_id, batch_id, Chek ichidagi har bir sotilgan quantity, price, subtotal dori va partiya tafsilotlari. Users id, username, password_hash, Tizim foydalanuvchilari va role_id ularning autentifikatsiya ma’lumotlari. 3. Sotuvni rasmiylashtirish va FEFO algoritmi FEFO (First Expired, First Out) algoritmi dori vositalari savdosida sifat nazoratining asosiy kafolati hisoblanadi. Tizimda sotuv jarayoni quyidagi ketma-ketlik bo‘yicha amalga oshiriladi: « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

- Farmatsevt dori vositasining shtrix-kodini skanerlaydi. - Tizim ushbu dori vositasiga tegishli va omborda mavjud bo‘lgan barcha partiyalarni (Batches) expiry_date maydoni bo‘yicha o‘sish tartibida saralaydi. - Yaroqlilik muddati eng yaqin qolgan partiyadan avtomatik ravishda talab qilingan miqdor ayriladi. - Agarda dori vositasining yaroqlilik muddati tugagan bo‘lsa, tizim ushbu tovarni sotuvga chiqarishni bloklaydi va ekranga vizual ogohlantirish beradi. - Ombor qoldig‘i belgilangan kritik me’yordan (masalan, 5 qadoqdan) kamayib ketsa, tizim avtomatik ravishda ta’minotchi uchun buyurtma loyihasini shakllantiradi. Natijalar va samaradorlikni baholash Taklif etilgan avtomatlashtirilgan axborot tizimi modelini amaliyotga joriy etish natijasida erishiladigan ko‘rsatkichlar an’anaviy va qisman avtomatlashtirilgan usullar bilan qiyosiy tahlil qilindi. 2-jadval. An’anaviy hisob yuritish va taklif etilayotgan avtomatlashtirilgan tizim ko‘rsatkichlarining qiyosiy tahlili Ko‘rsatkichlar An'anaviy / Qo'lda Taklif etilayotgan Samaradorlik hisob yuritish Avtomatlashtirilgan darajasi Tizim Bitta mijozga xizmat 3 – 5 daqiqa 30 – 45 soniya 4-5 barobar ko‘rsatish vaqti tezlashadi Yaroqlilik muddati Umumiy tovar 0.1% dan kam Yo‘qotishlar o‘tish sababli hajmining 3 – 5% karrasiga kamayadi yo‘qotishlar

Ko‘rsatkichlar An'anaviy / Qo'lda Taklif etilayotgan Samaradorlik hisob yuritish Avtomatlashtirilgan darajasi Tizim Inventarizatsiya 2 – 3 kun (dorixona Real vaqt rejimida Mehnat sarfi 90% ga o‘tkazish muddati yopiladi) (yopmasdan) qisqaradi Hisobotlarni 4 – 8 soat Avtomatik (soniyalar Tezkor boshqaruv NUKUS · 2026

shakllantirish vaqti ichida) qarorlari Inson omili tufayli Yuqori Minimal (Skaner va Xatoliklar 95% ga xatoliklar riski algoritm nazorati) kamayadi Natijalar shuni ko‘rsatadiki, taklif etilayotgan tizim kichik va o‘rta dorixonalar sharoitida qo‘llash uchun mos keladi. Uning modulli arxitekturasi X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

kelgusida tizimni elektron retseptlar tizimi, mobil ilovalar va davlat raqamli markirovkalash platformalari bilan integratsiya qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur tadqiqotda dorixona muassasalari faoliyatida dori vositalarini sotish va ombor zaxiralarini hisobga olish jarayonlarini avtomatlashtirish masalalari har taraflama ko‘rib chiqildi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar8 ta adabiyot

  1. Hevner, A. R., March, S. T., Park, J., & Ram, S. (2004). Design science in information systems research. MIS Quarterly, 28(1), 75-105.
  2. Kim, J., & Park, H. A. (2019). Development and evaluation of a comprehensive « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I » pharmacy information system. International Journal of Medical Informatics, 129, 224-230.
  3. Laudon, K. C., & Laudon, J. P. (2020). Management Information Systems: Managing the Digital Firm (16th ed.). Pearson.
  4. Pressman, R. S., & Maxim, B. R. (2019). Software Engineering: A Practitioner's Approach (9th ed.). McGraw-Hill Education.
  5. Sommerville, I. (2016). Software Engineering (10th ed.). Pearson.
  6. World Health Organization. (2019). Monitoring and evaluating digital health interventions: a practical guide to conducting research and assessment. World Health Organization.
  7. Silberschatz, A., Korth, H. F., & Sudarshan, S. (2020). Database System Concepts (7th ed.). McGraw-Hill Education.
  8. Bera, P., Soffer, B., & Parsania, A. (2021). Conceptual modeling in information systems analysis and design. Journal of Database Management, 32(3), 45-62.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014379
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910196
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
969–973
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31