Mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish
Masharipova Manzura AlimbayevnaMa‘mun Universiteti https://ror.org/03fatne332026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 962–964
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan meva-sabzavot mahsulotlari eksportining mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashdagi o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining 2022–2025-yillardagi rasmiy ma‘lumotlari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish va shu orqali agrar hududlarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Boshqa tillarda
ruschaРазвитие экспорта сельскохозяйственной продукции для обеспечения региональной экономической устойчивости
В статье на основе официальных данных Национального комитета по статистике Республики Узбекистан за 2022–2025 годы проанализирована роль экспорта сельскохозяйственной продукции, в частности плодоовощной, в обеспечении региональной экономической устойчивости в Республике Узбекистан. Разработаны также практические рекомендации по дальнейшему развитию экспорта сельскохозяйственной продукции и укреплению на этой основе экономической устойчивости аграрных регионов.
inglizchaDeveloping the export of agricultural products to ensure regional economic stability
The article analyzes the role of agricultural exports, in particular fruit and vegetable exports, in ensuring regional economic stability in the Republic of Uzbekistan based on official data from the National Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan for 2022–2025. Practical recommendations are also developed to further develop the export of agricultural products and thereby strengthen the economic stability of agrarian regions.
Kalit so‘zlar
- qishloq xo‘jaligi eksporti
- mintaqaviy iqtisodiy barqarorlik
- meva-sabzavot mahsulotlari
- tashqi savdo
- eksport diversifikatsiyasi
- qo‘shilgan qiymat
- agrar hududlar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 962–964 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Masharipova Manzura Alimbayevna. Mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 962–964. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910194
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
UDK: 339.564:631.11(575.1) MINTAQAVIY IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI EKSPORTINI RIVOJLANTIRISH Masharipova Manzura Alimbayevna “Ma’mun universiteti” Nodavlat ta’lim muassasasi, Iqtisodiyot kafedrasi, Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha PhD, professor e-mail: masharipova_manzura@mamunedu.uz
Annotatsiya: Maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan meva-sabzavot mahsulotlari eksportining mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining 2022–2025-yillardagi rasmiy ma’lumotlari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini yanada rivojlantirish va shu orqali agrar hududlarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar: qishloq xo‘jaligi eksporti, mintaqaviy iqtisodiy barqarorlik, meva-sabzavot mahsulotlari, tashqi savdo, eksport diversifikatsiyasi, qo‘shilgan qiymat, agrar hududlar.
Abstract: The article analyzes the role of agricultural exports, in particular fruit and vegetable exports, in ensuring regional economic stability in the Republic of Uzbekistan based on official data from the National Statistics Committee of the Republic of Uzbekistan for 2022–2025. Practical recommendations are also developed to further develop the export of agricultural products and thereby strengthen the economic stability of agrarian regions.
Keywords: agricultural exports, regional economic stability, fruit and vegetable products, foreign trade, export diversification, added value, agrarian regions. Kirish Mintaqaviy iqtisodiy barqarorlik zamonaviy iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, hududlarning tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki va eksport salohiyati bilan uzviy bog‘liq. Qishloq xo‘jaligi eksporti, ayniqsa qazib olish sanoati yoki og‘ir sanoat infratuzilmasiga ega bo‘lmagan agrar hududlar uchun, mahalliy aholi bandligini ta’minlash, valyuta tushumlarini oshirish va hududiy tashqi savdo balansini barqarorlashtirishning muhim omili hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rag‘batlantirishga qaratilgan izchil siyosat olib borilmoqda: bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish, agrologistika markazlarini barpo etish, eksport subsidiyalari va konsulligi qo‘llab-quvvatlash tizimlari joriy etilmoqda. Natijada, mamlakat eksportining umumiy hajmi 2022- yildagi 19,7 mlrd AQSH dollaridan 2025-yilda 33,8 mlrd dollarga, ya’ni 1,7 barobarga oshgan. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, xususan meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bundan ham yuqori sur’atlarda o‘sib, uch yil ichida qiymat jihatidan 2,1 barobarga ko‘paygan[1]. Shuningdek, O‘zbekiston quritilgan olcha va o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda 3-o‘rinda, shaftoli va mayiz eksporti bo‘yicha 7-o‘rinda turadi. Bunday yuqori xalqaro raqobatbardoshlik, birinchi navbatda, mamlakatning asosiy qishloq NUKUS · 2026
xo‘jaligi hududlari – Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo kabi viloyatlarning eksport salohiyati bilan bevosita bog‘liq. Shu sababli, qishloq xo‘jaligi eksportining o‘sish dinamikasini statistik jihatdan tahlil qilish va uni mintaqaviy iqtisodiy barqarorlik nuqtai nazaridan baholash dolzarb ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Materiallar va uslublar Maqolada tavsifiy-analitik va qiyosiy-statistik tahlil usullaridan foydalanilgan. Asosiy ma’lumot manbalari sifatida O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining 2022-2025-yillardagi rasmiy ma’lumotlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy bayonotlarida e’lon qilingan, rasmiy statistikaga asoslangan tahliliy materiallar jalb qilingan. Natijalar Bugungi kunda mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashda qishloq « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
xo‘jaligi mahsulotlari eksportining umumiy dinamikasi tahlilini ko‘rib chiqish asosiy masalalardan biri hisoblanadi. 2022-2025-yillarda O‘zbekistonning jami eksport hajmi 19,7 mlrd dollardan 33,8 mlrd dollarga oshgan. Ushbu davrda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari (meva-sabzavot) eksporti undan ham yuqori sur’atlarda - 1,0 mlrd dollardan 2,1 mlrd dollarga, ya’ni 2,1 barobarga o‘sgan, uning jami eksportdagi ulushi 2025-yilda 6,3 foizga yetgan[2] (1-jadval). 1-jadval. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi (meva-sabzavot) mahsulotlari eksporti dinamikasi Ko‘rsatkich 2022 2023 2024 2025 Jami eksport, mlrd dollar 19,7 24,9 27,3 33,8 Meva-sabzavot eksporti, mlrd 1,0* 1,1 1,5 2,1 dollar Meva-sabzavot eksporti, mln 1,6* 1,7 2,0 2,2 tonna Jami eksportdagi ulushi, foiz - - 5,3 6,3
Manba. O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan. Shu bilan birga, eksport bozorlarining geografik tarkibi tahlilini ko‘radigan bo‘lsak, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy iste’molchisi Rossiya bo‘lib qolmoqda va 815,1 ming tonna, 632,9 mln dollarni tashkil qiladi. Qozog‘iston va Xitoy mos ravishda ikkinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni egallaydi. Besh yirik hamkor davlat umumiy eksport hajmining aksariyat qismini tashkil etadi, bu esa bozorlar diversifikatsiyasining hali yetarli emasligidan dalolat beradi [3].
Bundan tashqari, mahsulot turlari kesimidagi tarkib. 2025-yil yanvar–oktabr oylarida O‘zbekiston 1,82 mln tonna meva-sabzavot mahsuloti eksport qildi, bu 1,72 mlrd dollarga baholandi. Eng yuqori qiymat o‘sishi quritilgan mahsulotlar va uzumda kuzatildi, bu qayta ishlangan va qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlarga o‘tishning ijobiy tendensiyasidan dalolat beradi[4]. NUKUS · 2026
Mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikka ta’sirida qishloq xo‘jaligi eksportining asosiy hajmi an’anaviy ravishda Farg‘ona vodiysi, Samarqand va Qashqadaryo kabi sanoat infratuzilmasi kam rivojlangan hududlarda shakllanadi, bu yerlarda u tashqi iqtisodiy faoliyat va valyuta tushumlarining asosiy manbalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli uning barqaror o‘sishi ushbu hududlarda ishsizlikni X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
pasaytirish, fermer daromadini oshirish va mintaqalararo tengsizlikni qisqartirish uchun strategik ahamiyatga ega. Xulosa va tavsiyalar Yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib xulosa qiladigan bo‘lsak, 2022-2025-yillarda qishloq xo‘jaligi eksporti barqaror o‘sib bormoqda, biroq uning jami eksportdagi ulushi (6,3%) va bozorlar diversifikatsiyasi darajasi hali yetarli emas. Shu asosda quyidagi tavsiyalar ilgari suriladi: 1) meva-sabzavot yetishtiruvchi hududlarda sovuq zanjir (cold chain) infratuzilmasi va agrologistika markazlarini kengaytirish; « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
2) eksport bozorlarini Rossiya va Qozog‘istondan tashqari, Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga diversifikatsiya qilish; 3) qayta ishlangan, qo‘shilgan qiymati yuqori mahsulotlar (quritilgan mevalar, konservalar, sharbatlar) ulushini oshirish; 4) xalqaro sifat standartlari (GlobalGAP, HACCP) bo‘yicha fermer xo‘jaliklarini sertifikatlashtirishni kengaytirish; 5) an’anaviy qishloq xo‘jaligi hududlarida (Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Qashqadaryo) eksportga yo‘naltirilgan ixtisoslashtirilgan agroklasterlarni rivojlantirish orqali mintaqaviy iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini izchil rivojlantirish nafaqat mamlakat valyuta tushumlarini oshiradi, balki agrar hududlarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashning muhim vositasi sifatida ham strategik ahamiyat kasb etadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi ma`lumotlari.URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/67394
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi. Rasmiy ma'lumotlar. URL: https://www.agro.uz/vazirlik-malumotlari-2/
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi. O‘zbekiston eksporti 35 yilda qariyb 19 barobarga oshgan. – 2026. URL: https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita- yangiliklar/67394
- O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo'mitasi. Eksportda qaysi hududlar yetakchi. URL: https://stat.uz/en/press-center/news-of-committee/67269
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014377
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910194
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 962–964
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31