Taxiya-tosh IESdan chiqayotgan suvning biologik va kimyoviy xususiyatlarini tavsiflash
Kosheterova Nurzadaxan Kadirxanovna, Ibragimova Zaravshan YuldashevnaQoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti https://ror.org/02b42av242026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 867–869
Annotatsiya
Ushbu maqolada Taxiya-tosh issiqlik elektr stansiyasi (IES) faoliyati jarayonida hosil bo‘ladigan oqava va texnologik suvlarning biologik hamda kimyoviy xususiyatlari, ularning atrof-muhitga potensial ta‘siri, suv sifatini belgilovchi asosiy gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar va ekologik nazorat masalalari yoritiladi. Issiqlik elektr stansiyalarida suv energiya ishlab chiqarishning muhim texnologik komponentlaridan biri hisoblanadi. Suv bug‘ hosil qilish, uskunalarni sovitish, qozon agregatlarini oziqlantirish, suvni kimyoviy tayyorlash hamda turli texnologik jarayonlarda foydalaniladi. Natijada turli tarkib va xususiyatlarga ega oqava suvlar hosil bo‘ladi. Bunday suvlar tarkibida mineral tuzlar, muallaq moddalar, kalsiy, magniy, xlorid, sulfat ionlari, temir birikmalari, ayrim hollarda neft mahsulotlari va texnologik reagentlar qoldiqlari bo‘lishi mumkin. Ularning biologik xususiyatlari esa organik moddalar miqdori, mikroorganizmlar faoliyati, suv harorati va toksik komponentlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Maqolada ushbu suvlarni tozalash va ekologik xavfsizligini ta‘minlashning asosiy yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqiladi.
Boshqa tillarda
ruschaХарактеристика биологических и химических свойств воды, сбрасываемой Тахиаташской ТЭС
В статье освещаются биологические и химические свойства сточных и технологических вод, образующихся в процессе работы Тахиаташской тепловой электростанции (ТЭС), их потенциальное воздействие на окружающую среду, основные гидрохимические показатели, определяющие качество воды, и вопросы экологического контроля. На тепловых электростанциях вода является одним из важных технологических компонентов производства энергии. Она используется для получения пара, охлаждения оборудования, питания котлоагрегатов, химической водоподготовки и в различных технологических процессах. В результате образуются сточные воды различного состава и свойств. В таких водах могут содержаться минеральные соли, взвешенные вещества, ионы кальция и магния, хлорид- и сульфат-ионы, соединения железа, в отдельных случаях нефтепродукты и остатки технологических реагентов. Их биологические свойства определяются содержанием органических веществ, жизнедеятельностью микроорганизмов, температурой воды и наличием токсичных компонентов. В статье рассматриваются также основные направления очистки этих вод и обеспечения их экологической безопасности.
inglizchaCharacterization of the biological and chemical properties of water discharged from the Takhiatash Thermal Power Plant
This article examines the biological and chemical properties of wastewater and process water generated during the operation of the Takhiatash Thermal Power Plant (TPP), their potential environmental impact, the main hydrochemical indicators that determine water quality, and environmental control issues. At thermal power plants, water is one of the important technological components of energy production. It is used for steam generation, equipment cooling, feeding boiler units, chemical water treatment and various technological processes. As a result, wastewater of varying composition and properties is produced. Such water may contain mineral salts, suspended solids, calcium, magnesium, chloride and sulfate ions, iron compounds and, in some cases, petroleum products and residues of process reagents. Its biological properties are determined by the amount of organic matter, the activity of microorganisms, water temperature and the presence of toxic components. The article also considers the main approaches to treating this water and ensuring its environmental safety.
Kalit so‘zlar
- issiqlik elektr stansiyasi
- chiqindi suv
- kimyoviy tarkib
- biologik tarkib
- ekologiya
- og‘ir metallar
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 867–869 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Kosheterova Nurzadaxan Kadirxanovna, Ibragimova Zaravshan Yuldashevna. Taxiya-tosh IESdan chiqayotgan suvning biologik va kimyoviy xususiyatlarini tavsiflash // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 867–869. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910172
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
TAXIYA-TOSH IESDAN CHIQAYOTGAN SUVNING BIOLOGIK VA KIMYOVIY XUSUSIYATLARINI TAVSIFLASH Kosheterova Nurzadaxan Kadirxanovna 1-курс магистр kosheterovanurzada@gmail.com Ibragimova Zaravshan Yuldashevna B.f.f.d. (PhD) dotsent v.v.b. ibragimova.zarafshan@mail.ru Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institut Annotatsiya: Ushbu maqolada Taxiya-tosh issiqlik elektr stansiyasi (IES) faoliyati jarayonida hosil bo‘ladigan oqava va texnologik suvlarning biologik hamda kimyoviy xususiyatlari, ularning atrof-muhitga potensial ta’siri, suv sifatini belgilovchi asosiy gidrokimyoviy ko‘rsatkichlar va ekologik nazorat masalalari yoritiladi. Issiqlik elektr stansiyalarida suv energiya ishlab chiqarishning muhim texnologik komponentlaridan biri hisoblanadi. Suv bug‘ hosil qilish, uskunalarni sovitish, qozon agregatlarini oziqlantirish, suvni kimyoviy tayyorlash hamda turli texnologik jarayonlarda foydalaniladi. Natijada turli tarkib va xususiyatlarga ega oqava suvlar hosil bo‘ladi. Bunday suvlar tarkibida mineral tuzlar, muallaq moddalar, kalsiy, magniy, xlorid, sulfat ionlari, temir birikmalari, ayrim hollarda neft mahsulotlari va texnologik reagentlar qoldiqlari bo‘lishi mumkin. Ularning biologik xususiyatlari esa organik moddalar miqdori, mikroorganizmlar faoliyati, suv harorati va toksik komponentlarning mavjudligi bilan belgilanadi. Maqolada ushbu suvlarni tozalash va ekologik xavfsizligini ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari ham ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: issiqlik elektr stansiyasi, chiqindi suv, kimyoviy tarkib, biologik tarkib, ekologiya, og‘ir metallar. Kirish Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan bo‘lib, mintaqaning asosiy energetik manbalaridan biri hisoblanadi. Elektr energiyasi ishlab chiqarish jarayonida katta miqdorda suv ishlatiladi. Bu suvlar qozon agregatlari, sovitish tizimlari va boshqa texnologik jarayonlarda foydalaniladi [1]. Texnologik jarayonlardan so‘ng suvning kimyoviy tarkibi o‘zgaradi va u chiqindi suv sifatida tashqi muhitga chiqarilishi mumkin. Agar bunday suvlar yetarli darajada tozalanmasa, ular suv havzalarining ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi [3]. Shuning uchun issiqlik elektr stansiyalaridan chiqadigan suvlarning kimyoviy va biologik tarkibini o‘rganish ekologik jihatdan muhim ilmiy masala hisoblanadi [2].
Tadqiqot obyekti va usullari Tadqiqot obyekti sifatida Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasining texnologik jarayonlaridan chiqadigan suv namunalarini o‘rganish tanlandi.
Tadqiqotda quyidagi suv turlari tekshirildi: sovitish tizimi suvlari texnologik chiqindi suvlari kimyoviy suv tayyorlash tizimi suvlari Tadqiqot usullari NUKUS · 2026
Suv namunalarini tahlil qilishda quyidagi laboratoriya usullari qo‘llanildi: 1. Titrimetriya usuli – suvning umumiy qattiqligini aniqlash uchun 2. Spektrofotometriya usuli – og‘ir metallarni aniqlash uchun 3. Mikrobiologik tahlil – bakteriyalar va suv o‘tlarini aniqlash uchun X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
4. pH-metrik usul – suvning kislotalilik darajasini aniqlash uchun Suvning ekologik xavfini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar Taxiya-tosh IES oqava suvlarini ekologik jihatdan baholashda bir qator fizik-kimyoviy va biologik ko‘rsatkichlarni kompleks ravishda o‘rganish talab etiladi. Asosiy ko‘rsatkichlar quyidagilardan iborat: 1-jadval. Suvning ekologik xavfini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlar va ularning ekologik ahamiyati Ko‘rsatkich Ekologik ahamiyati pH Suvning kislotali yoki ishqoriyligini ko‘rsatadi « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Harorat Muallaq moddalar Mineralizatsiya Elektr o‘tkazuvchanlik BKS/BOD KKS/COD Neft mahsulotlari Temir va boshqa metallar Xlorid va sulfatlar Erigan kislorod Mikrobiologik ko‘rsatkichlar
Suv ekotizimining termik holatiga ta’sir qiladi Suvning loyqaligi va shaffofligini belgilaydi Suvdagi erigan tuzlar miqdorini tavsiflaydi Ionlar va erigan tuzlar miqdorini bilvosita baholaydi Biologik parchalanadigan organik moddalar miqdorini ko‘rsatadi Oksidlanadigan moddalar miqdorini baholashga yordam beradi Uglevodorodlar bilan ifloslanish darajasini ko‘rsatadi Metall ifloslanishini baholash imkonini beradi Mineral tuzlar yuklamasini tavsiflaydi Suv organizmlari uchun muhim ekologik ko‘rsatkich Suvning biologik holatini baholash imkonini beradi
Ushbu ko‘rsatkichlarning har biri alohida ahamiyatga ega bo‘lsa-da, suvning ekologik holati haqida to‘liq xulosa chiqarish uchun ularni kompleks ravishda tahlil qilish zarur. Hozirgi kunda, tabiatni muhofaza qilish idoralari bosimining kuchayishi natijasida, juda ko‘plab sanoat korxonalari iste’mol qilinayotgan suv zahiralari uchun ikki martadan – dastlab foydalanishga suv manbalaridan olingan suv resurslari uchun, ikkinchi marta – ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilgan chiqindi suvlarini tozalash uchun to‘lovlar qilishga majbur bo‘lmoqdalar.
NUKUS · 2026 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
1-rasm. Reaktor bo‘limi rejasining texnik chizmasi Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasi (IES) oqova suvlari asosan Amudaryoga quyiladi va tarkibida yuqori harorat, minerallar (sulfatlar, xloridlar), neft mahsulotlari hamda kimyoviy tozalashdan qolgan ion almashinuvchi moddalar mavjud bo‘lishi mumkin. Biologik tarkibida yuqori harorat tufayli mikroflora tarkibi o‘zgaradi va suv havzalarida ifloslanish xavfini oshiradi. Taxiatosh IESdan chiqayotgan suvning biologik va kimyoviy xususiyatlari « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
quyidagicha tavsiflanadi: Harorat: Chiqindi suvlar yuqori haroratga ega bo‘lib, suv havzasining biologik muvozanatiga ta’sir qiladi (termal ifloslanish). Biologik komponentlar: Issiq suvda chidamli mikroorganizmlar va bakteriyalar ko‘payishi mumkin. Kimyoviy-biologik ta’sir: Suv tarkibida neft mahsulotlari va boshqa kimyoviy birikmalar bo‘lgani uchun, ular suv havzasidagi flora va faunaga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Stansiya asosan tabiiy gaz va zaxira yoqilg‘isi sifatida mazutdan foydalanadi, bu esa suv tarkibida neft mahsulotlari bo‘lishi ehtimolini oshiradi. Xulosa Taxiatosh issiqlik elektr stansiyasidan chiqadigan suv tarkibida turli mineral tuzlar, og‘ir metallar va mikroorganizmlar mavjud bo‘lishi mumkin. Ushbu moddalar suv havzalarining ekologik holatiga ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun chiqindi suvlarni muntazam ravishda monitoring qilish va zamonaviy tozalash texnologiyalarini qo‘llash muhim hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- O‘zbekiston energetika tizimi haqida ma’lumotlar
- Industrial Water Treatment – ilmiy qo‘llanma
- Environmental Chemistry – ilmiy darslik
- Taxiya-tosh issiqlik elektr stansiyasidagi kimyo tsexi laboratoriyasidan olingan maʼlumotlari.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014355
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910172
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 867–869
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31