Asosiy mazmunga o‘tish

Motam marosimlarini tashkil etishda ayollarning o‘rni: olima ayollar faoliyati misolida

Kamalova Dilfuza AbdulloyevnaQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 801–803

Annotatsiya

Ushbu maqola motam marosimlarida ayollarning o‘rni haqida yozilgan bo‘lib, ayollarning turli urf-odat va an‘analarning kelajak avlodlarga yetkazilishida muhim o‘rni yoritilib berilgan. Shuningdek, maqolada ushbu mavzu yuzasidan ilmiy tadqiqot olib borgan olima ayollar haqida ham ma‘lumot berilgan.

Boshqa tillarda

ruschaРоль женщин в организации траурных обрядов: на примере деятельности женщин-ученых

Статья посвящена роли женщин в траурных обрядах; в ней раскрывается их важная роль в передаче различных обычаев и традиций будущим поколениям. В статье приводятся также сведения о женщинах-ученых, проводивших научные исследования по данной теме.

inglizchaThe role of women in organizing mourning rites: evidence from the work of women scholars

This article deals with the role of women in mourning rites and highlights their important part in passing on various customs and traditions to future generations. It also provides information on women scholars who have conducted research on this subject.

Kalit so‘zlar

  • motam
  • elti
  • yig‘i-yo‘qlov
  • aza
  • olima ayol

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 801–803 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Kamalova Dilfuza Abdulloyevna. Motam marosimlarini tashkil etishda ayollarning o‘rni: olima ayollar faoliyati misolida // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10- oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 801– 803. – DOI: https://doi.org/10.66073/ ReFocus-Conf/0910159

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

393.05.7 MOTAM MAROSIMLARINI TASHKIL ETISHDA AYOLLARNING O‘RNI: OLIMA AYOLLAR FAOLIYATI MISOLIDA Kamalova Dilfuza Abdulloyevna Qoraqalpoq davlat universiteti e-mail. dilfuzakamalova654@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqola motam marosimlarida ayollarning o‘rni haqida yozilgan bo‘lib, ayollarning turli urf-odat va an’analarning kelajak avlodlarga yetkazilishida muhim o‘rni yoritilib berilgan. Shuningdek, maqolada ushbu mavzu yuzasidan ilmiy tadqiqot olib borgan olima ayollar haqida ham ma’lumot berilgan.

Kalit so‘zlar: motam, elti, yig‘i-yo‘qlov, aza, olima ayol.

Kirish. Dunyo xalqlarida asrlar davomida yig‘ilib kelgan turli xil urf-odat va an’analar mavjud. Insoniyat paydo bo‘lganidan buyon geografik muhit, ijtimoiy hayot va kishilarning imkoniyatlari, shuningdek, ilmiy tasavvurlariga va dunyoqarashiga bog‘liq holda o‘zgarib borgan. Shulardan oilaviy-maishiy marosimlar qatoriga dafn va motam marosimlarini kiritishimiz mumkin. Dafn marosimi barcha xalqlarda o‘ziga xos rasmrusumlarga, qoidalarga ega bo‘lib, ular har doim o‘rganilib boriladi. Bir qator olima ayollar motam marosimlarini o‘zlarining ilmiy tadqiqotlarida yoritib bergan. Jumladan, B. X. Karmisheva[1], R. M. Mustafina[2], M. Payziyeva[3], E. A. Bijanova[4], Z. Qurbanova [5] kabi olima ayollar ushbu mavzuni keng o‘rganishgan.

Uslublar: Tadqiqotda manbalarni o‘rganish uchun tarixiyetnografik usuldan foydalanildi. Kuzatish uslubi orqali motam marosimidagi yig‘i-yo‘qlovlar jarayonidagi o‘zgarishlar va transformatsiya o‘rganildi. Dala yozuvlarida suhbat metodi qo‘llanilib respondentlardan ma’lumotlar olindi.

Natijalar. Tug‘ilish va o‘lim bilan bog‘liq marosimlar o‘tkazilish tartibining o‘ziga xosligi, shuningdek, qat’iyligi bilan har bir hududda alohida ko‘rinishga ega. Bu kabi marosimlar nafaqat ilmiy tadqiqotchilarni, balki har qanday yoshdagi insonlarni o‘ziga jalb qilib, qiziqish tug‘dira oladi.

Motam marosimlaridagi urf-odat va an’analar jamiyatimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lib kelmoqda. Zero, Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev aytganidek, “Nomoddiy madaniy meros – bu xalqimizning qalbida saqlanayotgan bebaho xazina”[6]. Har bir urf-odat bizni o‘tmish bilan bog‘lab turuvchi ko‘prik hisoblanadi.

XXI asrga kelib turli etnoslarga xos etnomilliy o‘ziga xoslikni saqlab qolish dolzarb muammolaridan biri sifatida ta’kidlanmoqda. Motam marosimi marhumni xotirlashgina emas, balki ijtimoiy hamjihatlikni ta’minlovchi dastak vazifasini ham bajaradi. Kundalik turmush tarzimizda ancha uzoqlashib qolgan qarindoshlik va qo‘shnichilik aloqalari motam marosimlari orqali qayta tiklanadi. Motam marosimlarida xalfa yoki elti ayollar tomonidan aytilgan turli xil pand-nasihatlar insonlarni hayotning qadriga yetishga, to‘g‘ri yashashga chorlaydi. NUKUS · 2026

Motam marosimlarini tashkil etishda ayollarning o‘rni katta, albatta. Motamning birinchi belgilaridan biri bu yig‘i yo‘qlov hisoblanadi. Marhumning vafoti munosabati bilan yig‘i qilinishi marhumning hayotdagi o‘rni va qadrini bildiribgina qolmay asrlar osha davom etib kelayotgan urf-odatimiz sifatida namoyon bo‘ladi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

Etnograf olima B.X. Karmishevaning yozishicha, motam davrida yig‘ilarning ahamiyati katta bo‘lib, unda ayollarning janoza marosimidan keyingi yig‘isini quyidagi turlarga ajratadi. Har kuni ertalab turib yig‘i qilish, qabr boshiga borgan paytdagi yig‘i qilish va marhumning ma’rakalarida yig‘i qilish[1]. Dala yozuvi jarayonida motam marosimida ayollarning o‘rni haqida ma’lumot yig‘ish asnosida ayollar motam marosimlarida asosiy o‘rin egallashi, turli an’ana va urf-odatlarning avloddan-avlodga o‘tkazilishida ahamiyati katta ekanini ta’kidlab o‘tadi. Respondentimiz yig‘i qilish jarayoni bugungi kunga kelib anchagina “ixchamlashganini” ta’kidlar ekan, ilgari tik turgan holda yoki qarsak chalib yig‘lash motam marosimida asosiy elementlaridan biri bo‘lganini ta’kidlaydi « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Motam marosimida ayollar ta’ziya bildirish va tasalli berish, turli xil marsiya va yo‘qlovlar aytishda bevosita ishtirok etishadi. Bundan tashqari, ayollarning kiyinishida kamtarona va yopiq kiyinish, turli pardoz va taqinchoqlardan xoli ravishda ishtirok etishi ham etik axloqni bildiradi. Marosimda turli xizmatlarni boshqarishda ham ayollarning vazifalari mavjud.

Aza tutish ham asosan ayollarga xos bo‘lgan motam marosimining o‘ziga xos xususiyatidir. O‘rganilayotgan hududda aza libosini kiyish asosan marhumning qirq sadaqasiga qadar amal qilinishi ko‘zda tutiladi. Asosan ko‘k yoki qora rangli libos yangidan kiyiladi. Aza libosining ham boshqa liboslardan tikilishi jihatidan farqli tomonlari mavjud. Aza libosi yoqasi va yengi qayirib tikilmaydi. Lozimida esa tasma (jiyak) bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. Azadorlar toq sonda bo‘lishi ham o‘limning yakka bo‘lishiga ishora qilinadi deydi. Azador ayollarga alohida hurmat ko‘rsatilib, mahallada biror tadbir yoki marosim o‘tkaziladigan bo‘lsa, avvalo azador xonadonga taom chiqarilishi ham xalqimizning yozilmagan qonuni desak bo‘ladi[8].

M. Payziyevaning “O‘zbeklarning an’anaviy va zamonaviy motam marosimlari”[3] mavzusidagi monografiyasida ayollarning yig‘i yo‘qlovlarda va xotirlash marosimlaridagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot bergan. Yig‘i yo‘qlovlarda turli xil yo‘qlov she’rlari onaning farzandga atalgan yoki farzandning ota-onaga atalgan yo‘qlovlari haqida bir qancha misollar keltiradi. Shuningdek, marhumga atab aytiladigan marsiya haqida ham ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin.

D. O‘rayeva “O‘zbek motam marosim folklori”[9] mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi ham ushbu yo‘nalishda ayollarning ilmiy ijodi yuksak ekanidan dalolat beradi. Uning fikricha, motam marosimlari faqat diniy yoki bajarilishi lozim bo‘lgan hodisa emas, balki xalqning ma’naviy xotirasi sifatida ham talqin qiladi. Z. Kurbanovaning “Роль элти в семейных обрядах узбеков Каракалпакстана”[5] nomli maqolasida Qoraqalpog‘istonning janubiy hududlarida elti atamasining ijtimoiy-madaniy hayotdagi o‘rnini batafsil yoritib bergan. Olima NUKUS · 2026

ushbu maqolasida eltini etnografik amaliy vazifalarni bajarishga rahbarlik qiluvchi shaxs sifatida ta’riflaydi. Marhumni yuvib poklashda eltining ishtirok etishi qat’iy va majburiy bo‘lib, u har bir amalning to‘g‘ri bajarilishiga mas’ul bo‘ladi. Elti marhumning xotirlash ma’rakalarida turli xil pand-nasihat o‘qib yoshlarni sabrli bo‘lishga chorlaydi. An’ana va urf-odatlarni kelajak avlodga jonli uzatuvchi X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

vazifasini bajaruvchi shaxsdir deydi. A. Bijanovaning “Семейно-бытовые обряды казахов низовьев Амударьи”[4] nomli nomzodlik dissertatsiyasida Qoraqalpog‘iston hududidagi qozoq xalqlari motam marosimlari va ulardagi ayollarning o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Xulosa va tavsiyalar. Motam marosimlarining tashkiliy jihatlarida faol ishtirok etib, marosimlarning asrlar davomida saqlanib qolishini ta’minlaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan olimalarning ilmiy tadqiqotlari ayollarning motam marosimida o‘rni va rolini ko‘rsatib beradi. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar9 ta adabiyot

  1. Кармышева Б.Х. Архаическая символика в погребально-поминальной обрядности... С. 161. // Древние верования и культы народов Средней Азии. М.: Наука, 1986. С. 139-153.
  2. Мустафина Р.М. Представления культы, обряды у казахов. Алма-ата. “Қазақ унивеситети” 1992. С. 176
  3. Пайзиева М. Ўзбекларнинг анъанавий ва замонавий мотам маросимлари Т. 2014. С
  4. Бижанова. А.Е. Семейно- бытовые обряды казахов низовьев Амударьи конец ХIX- начало ХХ вв.// Автереф. дисс. к-на истор наук. Нукус, 2001. c- 147
  5. Курбанова З. Роль элти в семейных обрядах узбеков Каркалпакстана(на примере Турткульского, Берунийскогоби Элликкалинского районов)2026
  6. Zahriddinbobir Haydarov. Nomoddiy madaniy meros. 2014 y. C-194
  7. Muallif dala yozuvi. Rahimova O‘g‘iljon. 1932 y. Amudaryo tumani. Bosuv MFY. Xalqa yo ‘li ko‘chasi.3 uy.
  8. Muallif dala yozuvi. To’rayeva Amina. 1971 y. Amudaryo tumani. arna bo’yi MFY.
  9. Ўраева Д. Ўзбек мотам маросими фольклори. T -2004 18-бет.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014342
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910159
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
801–803
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31