Binolarning energiya samaradorligini oshirishda bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish
Kalıknazarova Amangul Rustem qizi, Karabaeva Albina Biysenbay qizi, Amaniyazova Farida Bayrambay qiziQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 773–777
Annotatsiya
Ushbu maqolada zamonaviy binolarda energiya samaradorligini oshirish, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish hamda qulay mikroiqlimni ta‘minlashda issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Ayniqsa, bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya materiallarining fizik-mexanik va issiqlik-texnik xususiyatlari tahlil qilingan. Bazalt tolali materiallarning past issiqlik o‘tkazuvchanligi, yuqori haroratga chidamliligi, yong‘in xavfsizligi, uzoq muddat xizmat qilishi va ekologik jihatdan maqbulligi ularni bino va inshootlarning tashqi devorlari, tom yopmalari hamda boshqa konstruktiv elementlarini izolyatsiyalashda qo‘llash imkonini beradi. Maqolada bazalt materiallarini boshqa keng tarqalgan issiqlik izolyatsiya materiallari bilan taqqoslash, mahalliy xomashyodan foydalanish va energiya tejamkor qurilishdagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПрименение теплоизоляционных материалов на основе базальта для повышения энергоэффективности зданий
В статье рассматриваются вопросы применения теплоизоляционных материалов для повышения энергоэффективности современных зданий, снижения теплопотерь и обеспечения комфортного микроклимата. Особо проанализированы физико-механические и теплотехнические свойства теплоизоляционных материалов на основе базальта. Низкая теплопроводность, высокая термостойкость, пожарная безопасность, длительный срок службы и экологическая приемлемость материалов из базальтового волокна позволяют применять их для изоляции наружных стен, кровельных покрытий и других конструктивных элементов зданий и сооружений. В статье проведено сравнение базальтовых материалов с другими распространенными теплоизоляционными материалами, рассмотрены использование местного сырья и перспективы их применения в энергосберегающем строительстве.
inglizchaThe use of basalt-based thermal insulation materials to improve the energy efficiency of buildings
This article addresses the use of thermal insulation materials to improve the energy efficiency of modern buildings, reduce heat losses and ensure a comfortable indoor microclimate. In particular, the physical and mechanical properties and thermal performance of basalt-based thermal insulation materials are analyzed. The low thermal conductivity, high heat resistance, fire safety, long service life and environmental acceptability of basalt fiber materials make it possible to use them for insulating the external walls, roof coverings and other structural elements of buildings and structures. The article compares basalt materials with other widely used thermal insulation materials and considers the use of local raw materials and the prospects for basalt insulation in energy-efficient construction.
Kalit so‘zlar
- issiqlik izolyatsiyasi
- bazalt tolasi
- bazalt plitasi
- energiya samaradorligi
- issiqlik o‘tkazuvchanlik
- bino va inshootlar
- energiya tejamkor materiallar
- issiqlik himoyasi
- mahalliy xomashyo
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 773–777 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Kalıknazarova Amangul Rustem qizi, Karabaeva Albina Biysenbay qizi, Amaniyazova Farida Bayrambay qizi. Binolarning energiya samaradorligini oshirishda bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 773–777. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910153
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
BINOLARNING ENERGIYA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA BAZALT ASOSIDAGI ISSIQLIK IZOLYATSIYA MATERIALLARIDAN FOYDALANISH Kalıknazarova Amangul Rustem qizi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Qurilish fakulteti, “Bino va inshootlar” qurilishi kafedrasi assistenti E-mail: Kalıknazarovaamangul55@gmail.com
Karabaeva Albina Biysenbay qizi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Qurilish fakulteti “Bino va inshootlar” qurilishi kafedrasi 1-kurs magistranti Amaniyazova Farida Bayrambay qizi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Qurilish fakulteti 4-kurs talabasi Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy binolarda energiya samaradorligini oshirish, issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish hamda qulay mikroiqlimni ta’minlashda issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish masalalari yoritilgan. Ayniqsa, bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya materiallarining fizik-mexanik va issiqlik-texnik xususiyatlari tahlil qilingan. Bazalt tolali materiallarning past issiqlik o‘tkazuvchanligi, yuqori haroratga chidamliligi, yong‘in xavfsizligi, uzoq muddat xizmat qilishi va ekologik jihatdan maqbulligi ularni bino va inshootlarning tashqi devorlari, tom yopmalari hamda boshqa konstruktiv elementlarini izolyatsiyalashda qo‘llash imkonini beradi. Maqolada bazalt materiallarini boshqa keng tarqalgan issiqlik izolyatsiya materiallari bilan taqqoslash, mahalliy xomashyodan foydalanish va energiya tejamkor qurilishdagi istiqbollari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: issiqlik izolyatsiyasi, bazalt tolasi, bazalt plitasi, energiya samaradorligi, issiqlik o‘tkazuvchanlik, bino va inshootlar, energiya tejamkor materiallar, issiqlik himoyasi, mahalliy xomashyo. Kirish (adabiyotlar sharhi)
Bugungi kunda qurilish sohasida energiya resurslaridan samarali foydalanish, binolarning issiqlik himoyasini yaxshilash va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish dolzarb ilmiy-amaliy masalalardan biridir. Binolarda issiqlik energiyasining sezilarli qismi tashqi devorlar, tom yopmalari, pol va deraza konstruksiyalari orqali yo‘qotiladi. Shu sababli konstruksiyalarning issiqlik-texnik xususiyatlarini yaxshilashda zamonaviy issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Issiqlik izolyatsiya materiallari binoning ichki va tashqi muhitlari orasidagi issiqlik almashinuvini kamaytirishga xizmat qiladi. Ularning samaradorligi, avvalo, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti, zichligi, namlikni yutish darajasi, mexanik mustahkamligi, haroratga va yong‘inga chidamliligi bilan belgilanadi.
Qurilish amaliyotida mineral paxta, shisha tolali materiallar, polistirol, ekstrudirovka qilingan polistirol, perlit, vermikulit va boshqa izolyatsiya materiallari keng qo‘llaniladi. Shu bilan birga, mineral xomashyolar asosida olinadigan bazalt tolali materiallar yuqori haroratga chidamliligi va yong‘in xavfsizligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bazalt tabiiy tog‘ jinsi bo‘lib, undan yuqori harorat ta’sirida tolali material olish mumkin. Bazalt tolalaridan plita, mat, silindr va boshqa shakldagi issiqlik izolyatsiya mahsulotlari ishlab chiqariladi. Bunday materiallarning tuzilishida NUKUS · 2026
ko‘plab mayda havo bo‘shliqlari mavjud bo‘lib, ular issiqlik oqimining o‘tishini kamaytiradi. O‘zbekiston sharoitida yoz faslida tashqi haroratning yuqori bo‘lishi, qish davrida esa isitish tizimlariga bo‘lgan ehtiyojning ortishi binolarning issiqlik himoyasiga qo‘yiladigan talablarni kuchaytiradi. Ayniqsa, Qoraqalpog‘iston X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Respublikasi hududida keskin kontinental iqlim sharoitida bino konstruksiyalarining issiqlik-texnik ko‘rsatkichlarini yaxshilash muhimdir. Shu nuqtayi nazardan, bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya materiallarini o‘rganish va ularning bino konstruksiyalarida qo‘llanish imkoniyatlarini aniqlash ilmiy va amaliy jihatdan dolzarb hisoblanadi. Materiallar va uslublar Tadqiqotda binolarning issiqlik himoyasida qo‘llaniladigan issiqlik izolyatsiya materiallari, xususan, bazalt asosidagi mineral tolali materiallarning xususiyatlari o‘rganildi. Tahlil jarayonida materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
zichligi, yong‘inga chidamliligi, namlik ta’siriga barqarorligi va mexanik xususiyatlari asosiy mezon sifatida qabul qilindi. Issiqlik o‘tkazuvchanlik material orqali issiqlik oqimining o‘tish qobiliyatini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkich qancha kichik bo‘lsa, materialning issiqlik izolyatsiya xususiyati shuncha yuqori bo‘ladi.
1-rasm. Binoning tashqi devorlarini bazalt plitalari bilan issiqlik izolyatsiyalash Issiqlik uzatish jarayonini baholashda Fourier qonunidan foydalanish mumkin: Q = −λA(dT/dx) bu yerda: Q — issiqlik oqimi; λ — materialning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti; A — issiqlik almashinuvi yuzasi; dT/dx — harorat gradienti. Bino devorining issiqlik qarshiligi soddalashtirilgan holda quyidagicha aniqlanadi: R = δ/λ bu yerda: R — issiqlik qarshiligi; δ — material qalinligi; λ — issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsiyenti. NUKUS · 2026 X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
2-rasm. Bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya qatlamlarining devor konstruksiyasida joylashishi Shundan ko‘rinadiki, izolyatsiya qatlamining qalinligi va issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatlarini to‘g‘ri tanlash bino konstruksiyasining umumiy issiqlik qarshiligiga bevosita ta’sir qiladi. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Tadqiqotda bazalt plitasi, shuningdek, perlit va vermikulit kabi yengil issiqlik izolyatsiya materiallarining qo‘llanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi. Bunda materialning faqat issiqlik o‘tkazuvchanligi emas, balki uning zichligi, namlikka chidamliligi, konstruksiyaga o‘rnatish qulayligi va xizmat muddati ham hisobga olindi. Natijalar O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya materiallari bino konstruksiyalarining issiqlik himoyasini oshirish uchun samarali materiallardan biri hisoblanadi. Bazalt tolalarining o‘ziga xos g‘ovak-tolali strukturasi issiqlik oqimining tarqalishini cheklaydi.
Bazalt mineral plitalarini tashqi devorlarning issiqlik izolyatsiya qatlamida qo‘llash orqali konstruksiyaning issiqlik qarshiligini oshirish mumkin. Bunday tizimda asosiy konstruktiv devor issiqlikni saqlovchi qatlam bilan tashqi tomondan himoyalanadi. Natijada qish mavsumida bino ichidan tashqariga chiqadigan issiqlik oqimi, yoz mavsumida esa tashqi muhitdan bino ichiga kiradigan issiqlik oqimi kamayadi.
Bazalt asosidagi materiallarning muhim afzalliklaridan biri — yuqori harorat ta’siriga chidamliligidir. Bu xususiyat ularni yong‘in xavfsizligi talabi yuqori bo‘lgan obyektlarda qo‘llash imkoniyatini kengaytiradi. Bundan tashqari, bazalt tolali mahsulotlarning shaklini saqlashi va konstruksiyaga nisbatan qulay o‘rnatilishi ularni fasad, tom va boshqa izolyatsiya tizimlarida qo‘llash uchun qulay qiladi.
Issiqlik izolyatsiya materiallarini tanlashda faqat bitta ko‘rsatkichga asoslanish to‘g‘ri emas. Materialning issiqlik o‘tkazuvchanligi bilan bir qatorda namlikka chidamliligi va konstruksiyaning ekspluatatsiya sharoitlari ham hisobga olinishi kerak. Bazalt asosidagi materiallarni perlit va vermikulit asosidagi issiqlik izolyatsiya qatlamlari bilan birgalikda qo‘llash istiqbolli yo‘nalishlardan biridir. Bunday kompozitsion yondashuvda turli materiallarning ijobiy xususiyatlarini NUKUS · 2026
birlashtirish imkoniyati paydo bo‘ladi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
3-rasm. Bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya plitalarining ko‘rinishi Energiya samaradorligi nuqtayi nazaridan binoning tashqi qobig‘ini kompleks izolyatsiyalash muhim hisoblanadi. Devor, tom, pol va boshqa issiqlik yo‘qotish ehtimoli yuqori bo‘lgan elementlarning issiqlik himoyasini yaxshilash orqali isitish va sovitish tizimlariga tushadigan yuklamani kamaytirish mumkin. Mahalliy xomashyodan foydalanish esa issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshirishga yordam beradi. Bazalt xomashyosini qayta ishlash texnologiyalarini takomillashtirish, mahalliy korxonalarda issiqlik izolyatsiya plitalari va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarish qurilish materiallari assortimentini kengaytirish imkonini beradi. Bazalt asosidagi issiqlik izolyatsiya materiallarini tashqi devorlar, tom va chordoq konstruksiyalari, pol va qavatlararo yopmalar, quvurlar hamda muhandislik tarmoqlarini izolyatsiyalashda qo‘llash mumkin. Shuningdek, yong‘inga chidamlilik talabi yuqori bo‘lgan konstruksiyalarda ham ulardan foydalanish maqsadga muvofiq. Issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarishda ikkilamchi resurslardan foydalanish ekologik va iqtisodiy samaradorlikni oshirishi mumkin. Qurilish chiqindilarini qayta ishlash, mineral komponentlardan qayta foydalanish va yangi kompozitsion izolyatsiya materiallarini ishlab chiqish kelgusidagi tadqiqotlar uchun muhim yo‘nalish hisoblanadi. Xulosa va tavsiyalar O‘tkazilgan tahlil asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin: 1. Binolarning energiya samaradorligini oshirishda issiqlik izolyatsiya materiallaridan foydalanish muhim texnik yechim hisoblanadi.
2. Bazalt asosidagi mineral tolali materiallar past issiqlik o‘tkazuvchanligi, yuqori haroratga chidamliligi va yong‘in xavfsizligi kabi xususiyatlari sababli bino konstruksiyalarida samarali qo‘llanish imkoniyatiga ega. 3. Bazalt plitalarini tashqi devor, tom, pol va boshqa konstruksiyalarda qo‘llash orqali binoning issiqlik himoyasini yaxshilash mumkin. NUKUS · 2026
4. Issiqlik izolyatsiya materiallarini tanlashda issiqlik o‘tkazuvchanlik bilan bir qatorda zichlik, namlikka chidamlilik, mexanik mustahkamlik, yong‘inga chidamlilik va xizmat muddati kabi ko‘rsatkichlarni kompleks hisobga olish zarur. 5. Bazalt materiallarini perlit, vermikulit va boshqa mahalliy mineral komponentlar bilan kombinatsiyalash orqali yangi, samarali kompozitsion issiqlik X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
izolyatsiya materiallarini yaratish mumkin. 6. Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanish issiqlik izolyatsiya materiallari ishlab chiqarishning iqtisodiy va ekologik samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Kelgusida bazalt tolasi asosidagi kompozitsion issiqlik izolyatsiya materiallarining optimal tarkibini aniqlash, ularning issiqlik o‘tkazuvchanligi, namlikka chidamliligi, mexanik xususiyatlari va uzoq muddatli ekspluatatsion barqarorligini tajribaviy asosda tadqiq etish maqsadga muvofiq.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Neufert E. Architects’ Data. Wiley-Blackwell.
- Cengel Y.A., Ghajar A.J. Heat and Mass Transfer: Fundamentals and Applications. McGraw-Hill.
- Callister W.D., Rethwisch D.G. Materials Science and Engineering: An Introduction. Wiley.
- Ashby M.F. Materials Selection in Mechanical Design. Butterworth-Heinemann.
- A. Kalıknazarova “Justification of the Production Technology (Precast Concrete), with the Use of Secondary Construction Waste from Crushed Concrete” TELEMATIQUE ISSN:1856- 4194 Volume 21 Issue1, 2022, 7175-7178.
- A. Kalıknazarova “YENGIL BETON TARKIBIN HISOBLASH’’ 2022j IMPACT FACTOR: 4.628 Vol.1No.9(2022): RESEARCH AND EDUCATION.
- A. Kalıknazarova “EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH”, Volume 3 Issue 11, November 2023, ISSN 2181-2020, UIF = 8.1 | SJIF = 5.685
- A. Kalıknazarova ‘’CHEMICAL ADDITIVE SUPERPLASTICIZER BETON STRONG’’, ISSN (E): 2938-3617 Volume 2, Issue 12, December - 2024
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014336
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910153
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 773–777
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31