Asosiy mazmunga o‘tish

Qoraqalpoq «Ko‘k ko‘ylak» milliy libosi haqida

Z.T.Bekmuratova, M.B.Ortiqboyeva, G.T.BekmuratovaQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026

Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 450–452

Annotatsiya

Ushbu maqolada «Ko‘k ko‘ylak» Qoraqalpoq milliy libosi matosining xomashyo asosi, ip yigirish, to‘quv va tabiiy-koloristik texnologiyalari tadqiq etilgan. Unutilgan an‘anaviy usullarni zamonaviy sanoatda qayta tiklash masalalari I.V. Savitskiy muzeyi eksponatlari tahlili asosida yoritilgan.

Boshqa tillarda

ruschaО каракалпакском национальном костюме «Кок койлек»

В статье исследованы сырьевая основа ткани каракалпакского национального костюма «Кок койлек», технологии прядения, ткачества и крашения природными красителями. На основе анализа экспонатов Музея имени И. В. Савицкого освещены вопросы возрождения забытых традиционных способов в современной промышленности.

inglizchaOn the Karakalpak national dress “Kok koylek”

The article studies the raw material base of the fabric used for the Karakalpak national dress “Kok koylek” and the spinning, weaving and natural dyeing technologies involved. The revival of forgotten traditional methods in modern industry is discussed on the basis of an analysis of exhibits from the I. V. Savitsky Museum.

Kalit so‘zlar

  • Ko‘k ko‘ylak
  • Amirxon paxtasi
  • o‘rilish raporti
  • chiziqli zichlik
  • sirt zichligi
  • jonshig‘an
  • qoramiq
  • Savitskiy muzeyi
  • xalq to‘qimachiligi
  • eko-moda

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida

QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 450–452 O‘zbek IQTIBOS UCHUN Z.T.Bekmuratova, M.B.Ortiqboyeva, G.T.Bekmuratova. Qoraqalpoq «Ko‘k ko‘ylak» milliy libosi haqida // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 450–452. – DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/0910085

«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026

QORAQALPOQ «KO‘K KO‘YLAK» MILLIY LIBOSI HAQIDA

Z.T.Bekmuratova M.B.Ortiqboyeva G.T.Bekmuratova Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat Universiteti Annotatsiya: Ushbu maqolada «Ko‘k ko‘ylak» Qoraqalpoq milliy libosi matosining xomashyo asosi, ip yigirish, to‘quv va tabiiy-koloristik texnologiyalari tadqiq etilgan. Unutilgan an’anaviy usullarni zamonaviy sanoatda qayta tiklash masalalari I.V. Savitskiy muzeyi eksponatlari tahlili asosida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Ko‘k ko‘ylak, Amirxon paxtasi, o‘rilish raporti, chiziqli zichlik, sirt zichligi, jonshig‘an, qoramiq, Savitskiy muzeyi, xalq to‘qimachiligi, eko-moda.

Har bir millatning o‘ziga xosligi, tarixiy taraqqiyot bosqichlari va madaniy qadriyatlari uning moddiy madaniyat namunalari, xususan, an’anaviy to‘qimachilik mahsulotlarida mukammal aks etadi. Qoraqalpoq xalq amaliy san’atida alohida o‘rin tutadigan «ko‘k ko‘ylak» shunchaki marosim kiyimi bo‘lmay, o‘z davrining iqtisodiy-texnologik munosabatlarini va xalqning yuksak estetik didini ko‘rsatuvchi ob’yekt hisoblanadi. Global madaniyat va sanoatlashuv jarayonlari jadallashgan hozirgi davrda, an’anaviy to‘qimachilik merosini ilmiy asosda tadqiq etish muhim vazifadir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti YUNESKO tomonidan qabul qilingan qadriyatlarni tiklash, ularning yo‘qolib ketishining o‘tkir xavfining oldini olish va kelajak avlodga yetkazish tamoyillaridan kelib chiqqan holda, ushbu milliy libos matosining tuzilishi hamda tayyorlanish jarayonini tarixiy-texnik jihatdan o‘rganish fanda ham, ishlab chiqarishda ham katta dolzarblikka ega.

«Ko‘k ko‘ylak» libosi xomashyo asosi va iplarni tayyorlash jarayoni o‘ziga xos tarixiy-texnik xususiyatlarga ega bo‘lib, XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Qoraqalpog‘iston hududida ekilgan maxsus paxta navi bilan uzviy bog‘liqdir. Tarixiy manbalarda va arxiv ma’lumotlarida qayd etilishicha, ushbu matoni to‘qish uchun Amerika navli uzun tolali paxtadan keng foydalanilgan bo‘lib, mahalliy aholi uni o‘z tilida Amirxon paxtasi deb atagan. Ushbu navga mansub paxta tolasining asosiy texnologik xarakteristikasi uning o‘ta yumshoqligi, ingichkaligi hamda yigirish jarayonida yuqori pishituvchanlikka egaligidir. Tola tarkibidagi tabiiy elastiklik va uzunlik ipning uzilishga chidamliligini ta’minlagan, bu esa qo‘lda ip yigirish sifatini keskin oshirgan. Biroq, vaqt o‘tishi bilan sodir bo‘lgan ekologik o‘zgarishlar, Orol dengizining qurishi va iqlimning keskin kontinentallashuvi sababli hozirgi kunda ushbu Amirxon paxta navi Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi sharoitida mutlaqo uchramaydi va uning o‘rnini zamonaviy seleksiya navlari egallagan. Matoni ishlab chiqarish texnologiyasi to‘liq qo‘l mehnatiga asoslangan bo‘lib, bir necha bosqichli murakkab jarayonlardan tarkib topgan. Chigitdan qo‘lda ajratib olingan sof paxta tolalari dastlab maxsus savash yordamida titilgan va piltalar NUKUS · 2026

holatiga keltirilgan. Shundan so‘ng, xotin-qizlar an’anaviy qo‘l urchug‘idan foydalangan holda tolalarni yigirib, ingichka iplar hosil qilishgan. Matoning mustahkamligini, chiziqli va sirt zichligini ta’minlash maqsadida iplar bir qavat emas, balki qo‘sh qavat qilib bir-biriga eshilgan va pishitilgan. Ushbu pishiq iplar qadimiy ensiz qo‘l dastgohlarida, ya’ni o‘rmek yoki do‘kon uslubidagi to‘quv X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

moslamalarida to‘qilgan. Maqsadimiz tariximizning boy xazinasi bo‘lgan ushbu milliy to‘qima strukturasini mexanik jihatdan chuqur o‘rganish hamda unga juda o‘xshash bo‘lgan gazlamani zamonaviy usulda, ya’ni avtomatlashtirilgan sanoat to‘quv stanoklarida ishlab chiqarish yo‘llarini ishlab chiqishdir. «Ko‘k ko‘ylak» libosining ijtimoiy-pedagogik va tarbiyaviy ahamiyati qoraqalpoq xalqining oilaviy hayot tarzi bilan uzviy bog‘liqdir. Urf-odatlarga ko‘ra, har bir qiz bola o‘zining bo‘lajak to‘y libosini yoshligidan, aniqrog‘i o‘n-o‘n uch yoshidan boshlab o‘z qo‘li bilan tikishga kirishgan. Bu an’ana yosh qizlar hayotida o‘ziga xos amaliy hunarmandchilik maktabi va « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »

ijtimoiy imtihon vazifasini bajargan. Ko‘ylak matosini to‘qish, unga rang berish va andaza asosida bichib, kashta tikish jarayoni juda katta mehnat, aniqlik va vaqt talab qilganligi sababli, bu jarayon qizlarni bolalikdan sabr-toqatli bo‘lishga, irodani chiniqtirishga va qiyinchiliklarga chidashga o‘rgatgan. Shu sababli ham xalq orasida ko‘k ko‘ylak tikish qiz bolaning kelajakdagi sabr-bardoshi va hunarmandlik mahorati ramzi sifatida talqin qilingan. Libosning estetik va dekorativ bezaklari o‘ziga xos chuqur simvolik naqshlar tizimidan iboratdir.

Ko‘k ko‘ylakning old tomoni, yuqori ko‘krak qismidan boshlab to pastki etagigacha zich tarzda, shuningdek, yeng uchlari aylana qilib har xil qo‘lda to‘qilgan naqshlar bilan to‘ldirilgan. Naqshlarni to‘qishda asosan yorqin qizil va sariq rangli ipak iplardan foydalanilgan bo‘lib, bu ranglar ko‘k fon bilan kuchli kontrast hosil qilgan. Kiyim hamda bezaklarning uyg‘unligi xalqning o‘tmishdagi yarim ko‘chmanchi turmush tarzini tushuntiradi. Kashtalarda qo‘llanilgan naqshlarning asosiy motivlari dengiz to‘lqinlari, baliq ko‘zi va shabada oqimi bo‘lib, bular bir so‘z bilan aytganda, tabiat hamda kundalik turmush bilan boyitilgan, badiiy jihatdan umumlashtirilgan elementlardir.

Xulosa o‘rnida ta’kidlash joizki, Qoraqalpoq xalqining moddiy merosi bo‘lgan «Ko‘k ko‘ylak» libosi va uning an’anaviy tayyorlanish usullari o‘tmishdagi yuksak texnologik va estetik madaniyatning yorqin namunasidir.

Hozirgi kunda ushbu an’anaviy kiyimning haqiqiy asl nusxasi Nukus shahridagi jahonga mashhur I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyida ko‘ylak hamda boshqa bezak buyumlari bilan birga nodir eksponat sifatida saqlanib kelmoqda (1-rasm).

Ushbu an’anaviy to‘qimachilik elementlarini, xususan, olti raportli palatno o‘rilishini va tabiiy o‘simliklardan bo‘yoq olish texnologiyasini zamonaviy yengil sanoatga tatbiq etish, bugungi kun trendidagi ekologik moda yo‘nalishida yangi milliy brendlarni yaratishga hamda xalqaro miqyosda ommalashtirishga mustahkam poydevor bo‘ladi. Г.Д.Абдурахманова «Ko‘k «Каракалпакская ko‘ylak» невеста», 1981 ж., eksponati NUKUS · 2026

холст. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA

1-rasm. Nukus shahri I.V. Savitskiy muzeyidagi «Ko‘k ko‘ylak» eksponatlari

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar5 ta adabiyot

  1. Есбергенов Х., Атамуратов Т. Қарақалпақлардың миллий кийимлери (XIX–XX әсирлер). – Нукус: Каракалпакстан, 1999. – 142б.
  2. Лобачева Н. П. Каракалпакский костюм: Историко-этнографический атлас. – Москва: Наука, 2002. – С. 85-112.
  3. Савицкий И. В. Народное прикладное искусство каракалпаков. Резьба по дереву. Ткачество. – Ташкент: Гослитиздат УзССР, 1965. – 240 с. « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
  4. Шаниязов К. Ш. Традиционное ткачество и крашение тканей у народов Средней Азии (Историко-этнографические очерки). – Ташкент: Фан, 1988. – С. 54-76.
  5. M.B.Ortiqboyeva Z.T.Bekmuratova «Qoraqalpoq «Ko‘k ko‘ylak» milliy libosi matosining tarixiy-texnik tahlili» - “ILM-FAN VA INNOVATSIYA” Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi,2026.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-014268
Nashr sanasi
2026-10-31
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
Jild
1
Son
6
DOI
10.66073/refocus-conf/0910085
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
450–452
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-10-31