O‘smirlarda egoistik tendensiyalarni shakllantiruvchi psixologik omillar
Amanbaeva Gulistan Quwanishbay qiziQoraqalpoq davlat universiteti https://ror.org/059w0gb062026
Konferensiyalar«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)Jild 1Son 6Sahifa 315–318
Annotatsiya
Mazkur tezisda o‘smirlarda egoistik tendensiyalarning shakllanishiga ta‘sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilingan. O‘smirlik davrida o‘zini anglash, kattalik hissi, mustaqillikka intilish, o‘z-o‘ziga baho berish, ehtiyoj va motivlarning rivojlanishi, empatik munosabat hamda tengdoshlar bilan muloqotning egoistik tendensiyalar bilan bog‘liqligi yoritilgan.
Boshqa tillarda
ruschaПсихологические факторы формирования эгоистических тенденций у подростков
В настоящих тезисах проанализированы психологические факторы, влияющие на формирование эгоистических тенденций у подростков. Освещена связь эгоистических тенденций с самосознанием, чувством взрослости, стремлением к самостоятельности, самооценкой, развитием потребностей и мотивов, эмпатическим отношением и общением со сверстниками в подростковом возрасте.
inglizchaPsychological factors shaping egoistic tendencies in adolescents
This paper analyzes the psychological factors that influence the development of egoistic tendencies in adolescents. It examines how self-awareness, the sense of adulthood, the striving for independence, self-esteem, the development of needs and motives, empathic attitudes and communication with peers during adolescence are related to egoistic tendencies.
Kalit so‘zlar
- o‘smirlik
- egoizm
- egoistik tendensiya
- o‘zini anglash
- mustaqillik
- o‘z-o‘ziga baho
- empatiya
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
R E S E A RC H F O C US xalqaro ilmiy jurnali hamkorligida
QR-kod maqolaning DOI sahifasini ochadi SAHIFALAR TIL 315–318 O‘zbek
Amanbaeva Gulistan Quwanishbay qizi. O‘smirlarda egoistik tendensiyalarni shakllantiruvchi psixologik omillar // «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026- yil 9–10-oktyabr). – Nukus, 2026. – B. 315–318. – DOI: https://doi.org/ 10.66073/ReFocus-Conf/0910059
«O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA NUKUS, 9–10-OKT YABR 2026
O‘SMIRLARDA EGOISTIK TENDENSIYALARNI SHAKLLANTIRUVCHI PSIXOLOGIK OMILLAR
Amanbaeva Gulistan Quwanishbay qizi Berdoq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Psixologiya yo‘nalishi 1-kurs magistranti Annotatsiya: Mazkur tezisda o‘smirlarda egoistik tendensiyalarning shakllanishiga ta’sir etuvchi psixologik omillar tahlil qilingan. O‘smirlik davrida o‘zini anglash, kattalik hissi, mustaqillikka intilish, o‘z-o‘ziga baho berish, ehtiyoj va motivlarning rivojlanishi, empatik munosabat hamda tengdoshlar bilan muloqotning egoistik tendensiyalar bilan bog‘liqligi yoritilgan. Kalit so‘zlar: o‘smirlik, egoizm, egoistik tendensiya, o‘zini anglash, mustaqillik, o‘z-o‘ziga baho, empatiya.
Bugungi kunda o‘smir shaxsining ijtimoiy-psixologik rivojlanishini chuqur o‘rganish ta’lim va tarbiya jarayonining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘smirlik davri shaxsning biologik, psixologik va ijtimoiy jihatdan faol o‘zgarishlar bosqichidir. Mazkur davrda o‘smirning o‘ziga, tengdoshlariga, ota-onasiga va jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarga bo‘lgan qarashlari sezilarli darajada o‘zgaradi. Shu sababli mazkur davrda namoyon bo‘ladigan xulq-atvor xususiyatlarini, jumladan, egoistik tendensiyalarni psixologik jihatdan o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Egoizmni faqat salbiy xulq-atvor ko‘rinishi sifatida talqin qilish masalaga bir tomonlama yondashishga olib keladi. Chunki o‘smirlik davrida o‘z manfaatini anglash, mustaqil qaror qabul qilish, shaxsiy chegaralarni belgilash va o‘z fikrini himoya qilish tabiiy rivojlanish jarayonining tarkibiy qismlaridir. Muammo shundaki, shaxsiy ehtiyoj va manfaatlarning boshqa insonlarning ehtiyojlari hamda manfaatlaridan ustun qo‘yilishi barqaror xususiyatga aylanganda egoistik tendensiyalar kuchayishi mumkin. O‘smirlik davri shaxsning psixologik rivojlanishida muhim va murakkab bosqichlardan biri hisoblanadi. Ushbu davrda nafaqat fiziologik o‘zgarishlar, balki o‘ziga, atrofdagilarga va ijtimoiy muhitga munosabatda ham sezilarli o‘zgarishlar yuzaga keladi. O‘smirlik bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, mazkur bosqichda kattalik hissining paydo bo‘lishi, yangilikka intilish, o‘z imkoniyatlarini namoyon etishga ehtiyojning kuchayishi va xarakterning faol shakllanishi kuzatiladi [1;118–119]. Mazkur o‘zgarishlar o‘smirning o‘z imkoniyatlarini anglashiga va mustaqil faoliyatga intilishiga sharoit yaratadi. Shu bilan birga, shaxsiy ehtiyoj va manfaatlarning boshqa insonlarning ehtiyojlari bilan muvofiqlashuvi yetarlicha shakllanmagan hollarda o‘z manfaatlarini ustun qo‘yishga moyillik yuzaga kelishi mumkin.
Egoizm shaxsning o‘z manfaatlari, ehtiyojlari va istaklarini boshqa insonlarning manfaatlaridan ustun qo‘yishga moyilligi bilan tavsiflanadi. O‘smirlik davrida ushbu hodisani baholashda o‘z fikriga ega bo‘lish, mustaqil qaror qabul qilish, shaxsiy chegaralarni belgilash va ortiqcha nazoratdan xalos bo‘lishga intilishning o‘zi egoizm emasligini hisobga olish zarur. Mazkur xususiyatlar mustaqillikning shakllanish jarayonini ifodalaydi. O‘smirlik davrida o‘zini kattalardek his qilish va mustaqil faoliyatga intilish kuchayadi [1;135]. NUKUS · 2026
Shuning uchun egoistik tendensiyani aniqlashda asosiy mezon mustaqillikning mavjudligi emas, balki shaxsiy manfaatlarni boshqa insonlarning manfaatlari bilan qanday muvofiqlashtirishidir. Mustaqillik mas’uliyat bilan uyg‘unlashganda shaxsiy rivojlanish ko‘rsatkichi bo‘lsa, o‘z istaklarini mutlaq ustuvor qo‘yish va boshqalarning manfaatlarini inkor etish egoistik yo‘nalishga yaqinlashadi. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
Shaxsning ehtiyojlari va motivlari uning xulq-atvorini belgilovchi muhim ichki omillardandir. E.G‘.G‘oziyevning umumiy psixologiyaga oid qarashlarida shaxsning motivatsion sohasi, ehtiyojlari va faoliyat bilan bog‘liq psixologik xususiyatlari yoritilgan [2;173]. Ushbu yondashuv o‘smirning egoistik xatti-harakatlarini faqat tashqi ko‘rinishiga qarab baholash yetarli emasligini ko‘rsatadi. Bir xil xatti-harakat turli ehtiyoj va motivlar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin. Masalan, o‘z fikrini qat’iy himoya qilish mustaqillik ehtiyojidan kelib chiqishi mumkin, boshqa insonning fikrini butunlay inkor etish esa shaxsiy ustunlikka intilish bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimol. Shuning uchun egoistik tendensiyalarni o‘rganishda xulqning tashqi shakli bilan bir qatorda uning ichki psixologik « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
P.I.Ivanov va M.E.Zufarovaning qarashlarida shaxsning motivatsion sohasi, hissiy holatlari, individual-psixologik xususiyatlari va faoliyatining o‘zaro aloqadorligi yoritilgan [3;276]. Mazkur yondashuv o‘smirlikdagi egoistik tendensiyalarni birgina xarakter xususiyati bilan izohlash mumkin emasligini ko‘rsatadi. Egoistik xulqning namoyon bo‘lishida ehtiyojlar, motivlar, hissiy reaksiyalar, o‘ziga bo‘lgan munosabat va shaxslararo tajriba o‘zaro ta’sirga kirishadi. Ayniqsa, o‘smir o‘z ehtiyojini qondirish jarayonida boshqa insonlarning manfaatlarini hisobga oladimi yoki yo‘qmi, degan mezon egoistik tendensiyaning mazmunini aniqlash imkonini beradi.
Egoistik tendensiyalarning shakllanishida tengdoshlar bilan munosabatlar ham muhim psixologik omil hisoblanadi. O‘smirlik davrida tengdoshlar bilan munosabatga intilish va tengdoshlar jamoasi hayotiga qiziqish kuchayadi. Tengdoshlar guruhi o‘smirning o‘zini baholashi, ijtimoiy mavqeini anglash va tajriba orttirishida muhim muhit vazifasini bajaradi. Guruhdagi raqobat, maqomga intilish va tan olinish ehtiyoji ayrim hollarda o‘z manfaatlarini ustun qo‘yishga sabab bo‘lishi mumkin. Boshqa tomondan, hamkorlikka asoslangan guruh muhiti o‘zaro yordam, empatiya va mas’uliyatning rivojlanishiga sharoit yaratadi. Demak, tengdoshlar muhiti egoistik tendensiyalarni kuchaytiruvchi yoki ularni ijtimoiy jihatdan maqbul xulq bilan muvozanatlashtiruvchi omil sifatida namoyon bo‘ladi.
V.M.Karimovaning qarashlarida shaxsning ijtimoiy muhitdagi munosabatlari, guruhlararo va shaxslararo o‘zaro ta’sirining psixologik jihatlariga e’tibor qaratiladi [4;32]. Ushbu yondashuv o‘smirlarda egoistik tendensiyalarni shakllantirishda ijtimoiy munosabatlarning rolini alohida ko‘rib chiqish zarurligini ko‘rsatadi. O‘smirning atrofidagi insonlar bilan munosabat o‘rnatishi uning o‘z manfaatlarini boshqalarning manfaatlari bilan muvofiqlashtirish tajribasini belgilaydi. Muloqot jarayonida kelishish, yon berish, boshqa insonni tinglash va uning hissiy holatini hisobga olish ko‘nikmalari shakllanadi. Ushbu ko‘nikmalar yetarli darajada rivojlanmagan hollarda shaxslararo munosabatlarda faqat o‘z nuqtai nazarini ustun qo‘yish ehtimoli ortadi. NUKUS · 2026
Oila muhiti ham o‘smirning egoistik tendensiyalarini shakllantiruvchi muhim psixologik sharoitlardan biridir. Oilada o‘smirning barcha istaklarini cheklovsiz bajarish, undan mas’uliyat talab qilmaslik yoki aksincha, uning fikri va ehtiyojlarini muntazam ravishda inkor etish shaxslararo munosabatlar haqidagi tasavvurlarga ta’sir qilishi mumkin. Tarbiya jarayonida talab va qo‘llab-quvvatlashning X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA
muvozanatli bo‘lishi, mustaqillikka imkon berish bilan birga mas’uliyatni ham talab qilish o‘smirning shaxsiy ehtiyojlarini ijtimoiy talablar bilan muvofiqlashtirishiga yordam beradi. Shu jihatdan oiladagi tarbiya uslubi egoistik tendensiyalarning yagona sababi emas, balki o‘smirning o‘z ehtiyojlari va boshqa insonlarning ehtiyojlarini muvofiqlashtirishni o‘rganishiga ta’sir qiluvchi muhim psixologik muhitdir. O‘smirlarda egoistik tendensiyalarni shakllantiruvchi psixologik omillarni umumlashtirish ularning bir-biridan ajralgan holda emas, balki o‘zaro bog‘langan tizim sifatida namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi. O‘zini anglash shaxsiy “Men”ning mazmunini kuchaytiradi, mustaqillikka intilish o‘z qarorlarini qabul qilish ehtiyojini « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
oshiradi, o‘z-o‘ziga baho shaxsning o‘z imkoniyatlari va ijtimoiy mavqeiga munosabatini belgilaydi, ehtiyoj va motivlar xulqning ichki yo‘nalishini shakllantiradi, empatiya esa shaxsiy manfaatlarni boshqa insonlarning manfaatlari bilan muvofiqlashtirish imkonini beradi. Mazkur komponentlarning muvozanatli rivojlanishi ijtimoiy jihatdan maqbul xulqning shakllanishiga xizmat qiladi, ayrim komponentlar o‘rtasidagi nomutanosiblik esa egoistik tendensiyalarning kuchayishiga sharoit yaratishi mumkin.
Shu asosda o‘smirlarda egoistik tendensiyalarni empirik o‘rganishda faqat egoizm darajasini aniqlash bilan cheklanmasdan, uning psixologik determinantlarini ham aniqlash zarur. Ayniqsa, o‘z-o‘ziga baho, empatiya, muloqotchanlik, mustaqillikka intilish va shaxslararo munosabatlar ko‘rsatkichlarini birgalikda o‘rganish egoistik tendensiyalarning ichki tuzilishini chuqurroq ochib berishga imkon beradi. Bunday yondashuv egoistik xulqni faqat salbiy xususiyat sifatida baholash o‘rniga, uning shakllanish mexanizmlarini aniqlashga imkon beradi. Natijada o‘smirning mustaqillik ehtiyojini qo‘llab-quvvatlagan holda empatiya, o‘zaro hurmat, ijtimoiy mas’uliyat va hamkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan psixologik ishlarning mazmunini belgilash mumkin.
Shunday qilib, o‘smirlarda egoistik tendensiyalarning shakllanishi o‘zini anglash, mustaqillikka intilish, o‘z-o‘ziga baho berish, ehtiyoj va motivlar, empatiya hamda shaxslararo munosabatlarning o‘zaro ta’siri bilan bog‘liq murakkab psixologik jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu omillarning o‘zaro uyg‘unligi o‘smirning shaxsiy manfaatlarini ijtimoiy manfaatlar bilan muvofiqlashtirish qobiliyatini belgilaydi. Shu jihatdan egoistik tendensiyalarni aniqlash va psixologik jihatdan korreksiya qilishda shaxsning faqat xulq-atvorini emas, balki uning o‘zini anglash darajasi, motivatsion sohasi, o‘z-o‘ziga bahosi, empatik imkoniyatlari va shaxslararo munosabatlarini kompleks o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Do‘stmuhamedova.Sh.A, Tillashayxova.X.A, Baykunusova.G, Ziyavitdinova.G NUKUS · 2026 Umumiy psixologiya. Toshkent, 2020. 118-119, 135 b.
- G‘oziyev.E.G‘ Umumiy psixologiya. – Toshkent: Universitet, 2002. 173 b.
- Ivanov.P.I, Zufarova.M.E Umumiy psixologiya. – Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. – 276 b.
- Karimova.V.M Ijtimoiy psixologiya. – Toshkent: Fan, 2000. 32 b. X A L Q A R O I L M I Y- A M A L I Y K O N F E R E N S I YA « O ‘ Z B E K I S T O N O L I M A AY O L L A R I N I N G M A M L A K AT T A R A Q Q I Y O T I G A Q O ‘ S H AY O T G A N H I S S A S I »
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-014242
- Nashr sanasi
- 2026-10-31
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- «O‘zbekiston olima ayollarining mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi» mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari (Nukus, 2026-yil 9–10-oktyabr)
- Jild
- 1
- Son
- 6
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/0910059
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 315–318
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-10-31