LABORATORIYA SHAROITIDA POMIDORNING ALTERNARIOZ KASALLIGIGA QARSHI FUNGITSIDLARNING TA‘SIRI
qizi Dauletmuratova Gulzada SatbayO‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali kichik ilmiy xodimi2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 395–397
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida pomidorning alternarioz kasalligiga qarshi laboratoriya sharoitida qo‘llanilgan fungicidlarni sinash va ularning ta‘siri bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, ushbu ma‘lumotlar dala sharoitida ham ushbu fungicidlarni sinash uchun foydalanish imkonini beradi.
Boshqa tillarda
ruschaВЛИЯНИЕ ФУНГИЦИДОВ ПРОТИВ АЛЬТЕРНАРИОЗА ТОМАТА В ЛАБОРАТОРНЫХ УСЛОВИЯХ
В данной статье приведены результаты исследований по испытанию фунгицидов, применённых в лабораторных условиях против альтернариоза томата в условиях Республики Каракалпакстан, и по их эффективности; полученные данные позволяют использовать эти фунгициды для испытаний также и в полевых условиях.
inglizchaTHE EFFECT OF FUNGICIDES AGAINST ALTERNARIA BLIGHT OF TOMATO UNDER LABORATORY CONDITIONS
This article presents the results of research on the testing of fungicides applied under laboratory conditions against Alternaria blight of tomato in the conditions of the Republic of Karakalpakstan and on their effect; these data make it possible to use these fungicides for testing under field conditions as well.
Kalit so‘zlar
- pomidor
- patogen
- zamburug‘
- Alternaria
- fungitsid
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
LABORATORIYA SHAROITIDA POMIDORNING ALTERNARIOZ KASALLIGIGA QARSHI FUNGITSIDLARNING TA’SIRI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1112 Dauletmuratova Gulzada Satbay qizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali kichik ilmiy xodimi ORCID: https://orcid.org/0009-0002-0602-3564 ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida pomidorning alternarioz kasalligiga qarshi laboratoriya sharoitida qo’llanilgan fungicidlarni sinash va ularning ta’siri bo’yicha olingan tadqiqot natijalari keltirilgan bo’lib, ushbu ma’lumotlar dala sharoitida ham ushbu fungicidlarni sinash uchun foydalanish imkonini beradi. Kalit so‘zi: pomidor, patogen, zamburug’, alternaria, fungicid.
Kirish. Pomidor vegetaciya davrida biotik va abiotik omillar sababli hosil ma’lum darajada kamayishi hatto butunlay yo’qolishi mumkin. Biotik omillar orasida kasallik qo’zg’atuvchi patogen mikroorganizmlar ayniqsa fitopatogen zamburug’lar zarari tufayli o’sish, rivojlanishdan orqada qolishi va hosilning ma’lum darajada kamayishi yuz beradi [7]. Urug’orqali o’tadigan va o’suv davrida eng ko’p uchraydigan va Respublikamizning ochiq dalalari va issiqxonalarda eng ko’p uchraydigan zamburug’li kasalliklardan biri-alternarioz kasalligi hisoblanadi. Bunda zararlangan pomidorning pastki, keyinchalik esa yuqorigi barglarida ham, kuchsiz qora g’uborli koncentrik dumaloq (diametri 7-15 mm) jigarrang dog’lar hosil bo’ladi. Nam ob-havoda dog’lar soni ortadi, ular qo’shilib ketadi va burchakli ko’rinishga kiradi, bunday burglar nobud bo’ladi. Mevalarda (yosh va pishayotgan) qora baxmalsimon g’uborli, to’q tusli dumaloq dog’lar hosil bo’ladi [8]. Ushbu tadqiqotda pomidor (Solanum lycopersicum L.) o‘simligida keng tarqalgan alternarioz kasalligini qo‘zg‘atuvchi Alternaria tomatophila zamburug‘iga qarshi fungitsidlarning samaradorligini In vitro sharoitida baholashga bag‘ishlandi. Kasallikning tez rivojlanishi, yuqori moslashuvchanligi va o‘simlik to‘qimalarida keng tarqalish xususiyati uni pomidor yetishtirishda eng xavfli patogenlardan biriga aylantiradi. Shuning uchun samarali fungitsidlarni aniqlash kasallikni nazorat qilish tizimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Material va uslublar. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining O‘simliklarni himoya qilish va karantini kafedrasi laboratoriyasida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘idagi tegishli laboratoriyalarida va pomidor etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida tajribalar olib borildi. Zamburug‘turini identifikatsiya qilishda va morfologik belgilarini o‘rganishda N-300M (MD101) markali trinokulyar mikroskopidan foydalanildi. Pomidorning patogen mikroorganizmlarni tur tarkibini aniqlashda mavjud aniqlagich va qabul qilingan usullardan foydalanildi [1-5]. Laboratoriya sharoitida kasalliklarga qarshi kurashda tajribalarni qog‘ozli disk usulidan foydalandik [1].
Natijalar va munozara. Laboratoriya sharoitida alternarioz kasalligiga qarshi fungitsidlarning ta’sirini o‘rganish maqsadida 3 ta fungitsid sinovdan o‘tkazildi (1-jadvalga qarang). Bunda, Petri likopchalariga 20 ml dan susloli agar oziqa muhitidan solindi va har bir Petri likopchasiga 15 ml dan fungitsidlarining 0,001; 0,005 va 0,01 % li suspenziyasi qo‘llanildi. So’ngra Petri likopchalariga 9 kun inokulyatsiya qilingan Alternaria tomatophila zamburug‘ining koloniyalaridan 1x1 mm kattalikda kesib ekildi. So‘ngra Petri likopchalari 270C da 10 kun o‘stirildi. Har bir qaytariqda uchtadan Petri likopchasi qo‘llanildi. Tajriba 3 qaytariq (3 ta fungitsid x 3 tadan inokulyatsiya x 3 ta qaytariq va 1 nazorat ja’mi 27 ta Petri likopchasi) da bajarildi. Tajribalarda Fastrobi 60% s.d.g. (kresoxym-methyl), Sebir sus.k. 13,0 g/l (Metalaksil+Fludioksonil) va Fital s.e.k. (Fosfit aluminiy (570 g/l) + Fosfor kislota (80 g/l)) fungitsidlari qo‘llanildi. Nazorat variantiga esa Alternaria zamburug‘i ekildi, lekin fungitsid suspenziyasi quyilmadi. Tajribalar natijasiga ko‘ra, nazorat variantida izolyatlar hosil qilgan koloniyalarning diametri 80,0 mm ni tashkil etdi. Fital s.e.k. fungitsidi ta’sir ettirilgan variantlarda izolyatlar koloniyasining diametri 30,3-52,0 mm gacha rivojlanganligi aniqlandi. Fital s.e.k. ning A. tomatophila zamburug‘i izolyatlari koloniyalarining rivojlanishini maksimal 62,5 % gacha ingibrlashi kuzatildi (1-jadvalga qarang). 1-jadval Laboratoriya sharoitida A. tomatophila zamburug‘ining rivojlanishiga kimyoviy vositalarning ta’siri
Suspenziya Koloniya № Fungitsidlar Ingibrlash, % konsentratsiyasi, % diametri, mm
0,001 52,0 29,3 1 Fital s.e.k. 0,005 43,2 44,6 0,01 30,3 62,5 0,001 36,3 55,1 Fastrobi 60% 2 0,005 0,0 100,0 s.d.g. 0,01 0,0 100,0 0,001 0,0 100,0 3 Sebir sus.k. 0,005 0,0 100,0 0,01 0,0 100,0 4 Nazorat - 80,0 -
Fastrobi 60% s.d.g. fungitsidlarining 0,001 % li suspenziyalari qo‘llanilgan variantlarda izolyatlarning 55,1 % gacha, 0,005 va 0,01 % li suspenziyalari qo‘llanilgan variantlarda izolyatlarning 100 % gacha ingibrlanishi kuzatildi. Sebir sus.k. fungitsidi esa A. tomatophila zamburug‘i izolyatlari koloniyalarining rivojlanishini barcha konsentratsiyalarda maksimal 100,0 % gacha ingibrlashi aniqlandi. Xulosa qilib aytganda, tadqiqotda kresoxym-methyl, metalaksil+fludioksonil va fosfit aluminiy (570 g/l) + fosfor kislota (80 g/l) fungitsidlarining A. tomatophila zamburug‘i koloniyalarining o‘sishini to‘xtatish qobiliyati solishtirildi. Natijalarga ko‘ra, barcha fungitsidlar ma’lum darajada antifungal ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, ularning samaradorligi sezilarli farq qildi. Eng yuqori ingibitsiya metalaksil+fludioksonil (100 %) va kresoxym-methyl (55,1-100 %) kombinatsiyalarida qayd etildi.
Nazorat variantida esa, zamburug‘ning rivojlanishi kuchli darajada bo‘lishi qayd etildi. Ushbu preparatlar A. tomatophila zamburug‘ining rivojlanishiga qarshi eng samarali vositalardan biri ekanini ko‘rsatdi. Ushbu preparatlar kasallikning dastlabki bosqichlarida yoki profilaktik qo‘llanganda pomidor ekinlarida alternarioz tarqalishini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar8 ta adabiyot
- Дудка И.А., С.Вассер, Н.К.,Элланская И.А. и др. Методы экспериментальной микологии: Справочник // Под. ред. В.И. Билай.–Киев: Наукова Думка, 1982.-549 с.
- Пидопличко Н.М. Грибы – паразиты культурных растений. Определитель. Том 1. Грибы совершенные. Киев, «Наукова Думка», 1977, 296 с.
- Пидопличко Н.М. Грибы – паразиты культурных растений. Определитель. Том 2. Грибы несовершенные. Киев, «Наукова Думка», 1977а, 300 с.
- Хохряков М.К. Методические указания по экспериментальному изучению фитопатогенных грибов. – Л.1969., вып. I. –С. 52–55.
- Чумаков А.Е., Минкевич И.И. и др. Основное методы фитопатологических исследований. // Научные труды ВАСХНИЛ.- М., «Колос», 1974. – С.57.
- Поликсенова В.Д. Ретроспективный обзор болезней томата в Беларуси и перспективы развития фитопатологической ситуации. / Защита растений на рубеже ХХИ века: материалы науч-практ, конф., посвященной 30-летию БелНИИЗР. – Минск, 2001. - S.225-228.
- Xolmómínova G.K., Durshímbetov Í.K., Xurramov A. O vidovom sostave vozbuditeley al’ternarioza sel’skoxozyaystvennıx kul’tur na territorii Uzbekistana. \\Agro-ílm-Ózbekíston qíshloq xójalígí/-Toshkent:2014,№1(29).-b.34.
- Xalmóminova G.Q., Avazov S.E. Sabzavot ekinlarida uchraydigan alternarioz kasalligi va unga qarshi kurash choralari (monografiya) Toshkent-2020.-104-b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012283
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1112
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 395–397
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06