QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA POMIDOR DALALARIDA QAYD ETILGAN ZAMBURUG‘LARNING TUR TARKIBI VA SISTEMATIK O‘RNI
qizi Dauletmuratova Gulzada SatbayO‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali kichik ilmiy xodimi2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 391–394
Annotatsiya
Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida pomidor dalalaridan olingan pomidorning kasallangan a‘zolari, urug‘ va tuprog‘idan olingan namunalarda ajratailgan zamburug‘larning tur tarkibi va sistematik or‘ni bo‘yicha 2023-2025-yillarda olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, ushbu ma‘lumotlar kelajakda pomidorda kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlarini o‘rganishda manba sifatida foydalanish imkonini beradi.
Boshqa tillarda
ruschaВИДОВОЙ СОСТАВ И СИСТЕМАТИЧЕСКОЕ ПОЛОЖЕНИЕ ГРИБОВ, ЗАРЕГИСТРИРОВАННЫХ НА ТОМАТНЫХ ПОЛЯХ В УСЛОВИЯХ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН
В данной статье приведены результаты исследований, проведённых в 2023–2025 годах, по видовому составу и систематическому положению грибов, выделенных из поражённых органов, семян и почвы томата, отобранных на томатных полях в условиях Республики Каракалпакстан; полученные данные позволят в дальнейшем использовать их в качестве источника при изучении видов грибов — возбудителей болезней томата.
inglizchaSPECIES COMPOSITION AND SYSTEMATIC POSITION OF FUNGI RECORDED IN TOMATO FIELDS UNDER THE CONDITIONS OF THE REPUBLIC OF KARAKALPAKSTAN
This article presents the results of research carried out in 2023-2025 on the species composition and systematic position of the fungi isolated from samples taken from diseased organs, seeds and soil of tomato collected from tomato fields under the conditions of the Republic of Karakalpakstan; these data will make it possible to use them as a source in the future study of the fungal species that cause tomato diseases.
Kalit so‘zlar
- pomidor
- patogen
- zamburug‘
- sistematika
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI SHAROITIDA POMIDOR DALALARIDA QAYD ETILGAN ZAMBURUG‘LARNING TUR TARKIBI VA SISTEMATIK O‘RNI DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1111 Dauletmuratova Gulzada Satbay qizi Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqaviy filiali kichik ilmiy xodimi E-mail: gulzadadawletmuratova@gmail.com ANNOTATSIYA Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida pomidor dalalaridan olingan pomidorning kasallangan a’zolari, urug’va tuprog’idan olingan namunalarda ajratailgan zamburug’larning tur tarkibi va sistematik or’ni bo‘yicha 2023-2025-yillarda olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, ushbu ma’lumotlar kelajakda pomidorda kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug’turlarini o‘rganishda manba sifatida foydalanish imkonini beradi. Kalit so‘zi: pomidor, patogen,zamburug‘, sistematika.
Kirish. Dunyo bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ekinlarining asosiy qismini sabzavotlarning yalpi hosili jahon bo‘yicha 560-570 mln.tonnani tashkil qilib, rivojlangan davlatlarda har bir kishining sabzavotlarni qabul qilishi yil davomida 100 kilogrammga to‘g‘ri kelmoqda. Respublika aholisi va sanoatning ehtiyojini taminlash uchun bir yilda 1,9 mln.t. kartochka va 5,9 mln.t. sabzavot-poliz mahsulotlari talab etiladi. Sabzavot ekinlari orasida pomidor dunyodagi eng muhim turlaridan biri bo‘lib, ular besh million gektardan ortiq maydonda yetishtirilib, yiliga 1,4 milliard AQSh dollari hissa qo‘shadi. Pomidor yetishtiruvchi o‘nta davlat orasida Xitoy birinchi o‘rinda, Hindston va AQSh uchinchi o‘rinda turadi [9]. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O’zbekiston Respublikasida 2023-yilda mamlakatda 2,6 million tonnadan ortiq pomidor yetishtirilgan. Qoraqalpog’iston Respublikasida esa 2022-yili 84155,2 tonna pomidor yetishtirilgan bo‘lsa, 2023-yili 94732,0 tonna pomidor yetishtirilgan [10-12]. Talablarga javob beradigan hosil etishtirish uchun asosiy shartlardan biri ekinlarni kasalliklardan himoya qilish hisoblanadi. Pomidorning kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlari tur tarkibi, zarar keltirish darajasi ma’lum bir agroekologik hududlarda turlicha bo‘lib, himoya choralarining samaradorligi kasallik qo‘zg‘atuvchi patogenlar tur tarkibi va ularning bioekologik xususiyatlarini to‘g‘ri taxlil qilishga bog‘liq. Pomidorning zamburug’li kasalliklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sharoitida Omonova N.M., [6] Zuparova D.M.,[7] Xasanov S.B.,[8] kabi bir qator olimlarning mehnatlarida ma’lumotlar keltirilgan. Lekin Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida pomidor mikobiotasi, patogen turlar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari rejali asosda o‘rganilmagan bo‘lib, ushbu muammolarni hal qilishga qaratilgan tadqiqotlar to‘g‘risida deyarli ma’lumotlar yo‘q. Shuning uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi tumanlari xo‘jaliklarida pomidorda tarqalgan asosiy kasalliklarni monitoring qilish, laboratoriya sharoitida ekib, sof kulturalarini ajratib, kasallik qo’zg’atuvchi zamburug’lar tur tarkibini to’g’ri sistematikaga solib, uning qaysi turga tegishli ekanligini aniqlash asosiy maqsad va vazifalarimizdan biri hisoblanadi.
Tadqiqot usullari. Tadqiqotlar Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining O‘simliklarni himoya qilish va karantini kafedrasi laboratoriyasida, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog‘idagi tegishli laboratoriyalarida va pomidor etishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklarida tajribalar olib borildi. Natijalar muhokamasiIlmiy tadqiqot ishlarimizning asosiy maqsadlaridan biri Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida o‘stirilayotgan pomidorning kasallangan a’zolaridan namunalarni yig‘ish va ulardagi zamburug‘turlarini aniqlash va kasalliklarning dastlabki belgilari paydo bo‘lgan vaqtidan boshlab monitoring (kuzatuvlar) olib borish edi. Keyingi yillarda Respublikamizda pomidor zamburug’li kasalliklari turlari keng chiddat bilan rivojlanmoqda. Bunda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va samarali olib borilmaganligi, o‘simliklarni himoya qilish choralari qoniqarli darajada o‘tkazilmagani va kasallik qo‘zg’atuvchi zamburg’lar tez o‘zgaruvchanligi sababli Respublikamizning tuproq-iqlim sharoitiga moslashib va boshqa omillar sababli ularning zarari yildan-yilga ortib bormoqda. Shuning uchun biz 2023-2025 yillar davomida ilmiy tadqiqot ishlarimizni bajarish jarayonida erta bahordan kech kuzgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida o‘stirilayotgan pomidor ekinlarida paydo bo‘lgan kasalliklarni monitoring qildik. Tajribalar pomidorning unib chiqish, gullash va mevalash yoki pishish davrida marshrutli kuzatuvlar asosida olib borildi va kasal o‘simlik a’zolaridan gerbariy namunalarini yig‘ildi, urug’lar va tuproq namunalari olindi va laboratoriya sharoitida mikologik va fitopatologik taxlil qilindi. Namunalar laboratoriya sharoitida kartochka saxarozali agar, Chapeka va susloli agar oziqa muhitlarida ekildi va qayta ekilib, sof kulturalar ajratildi [1-5]. Zamburug‘turini identifikatsiya qilishda va morfologik belgilarini o‘rganishda N-300M (MD101) markali trinokulyar mikroskopidan foydalanildi. Pomidorning patogen mikroorganizmlarni tur tarkibini aniqlashda mavjud aniqlagich va qabul qilingan usullardan foydalanib identifikatsiya qilindi [13-14]. Tadqiqotlar davomida zamburug‘larning 20 ta tur 1 ta formasi aniqlandi. Ular 7 ta sinf, 11 ta tartib, 13 ta oila, 16 ta turkumga mansubligi qayd qilindi. Eng ko‘p turlarini Sordariomycetes sinfi - 6 ta tur va Dothideomycetes sinfi - 5 ta turni tashkil qildi, Oomycetes, Leotiomycetes va Eurotiomycetes, Mucoromycetes sinflaridan - 2 tadan turni va Agaricomycetes sinfidan 1 tadan turni tashkil qilishi, eng ko‘p kasallik qo‘zg‘atuvchilar Fusarium va Alternaria turkumlariga mansub 3 tadan turni va qolgan turkum vakillaridan esa 1 tadan turlar uchrashi qayd etildi (1- jadvalga qarang). 1-jadval Pomidor ekinlaridan ajratilgan kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘turlari va ularning sistematik joylanishi (2023-2025 yillar) Sinf Tartib Oila Turkum Tur va formalari Oomycetes Pythiales Pythiaceae Pythium P. baryanum Hesse Phytophthora Ph. infestans de Bary. Mycor M.mucedo Fres emend Bref. Mucoromycet Mycorales Mycoraceae Rhizopus R.stolonifer var. stolonifer es (Ehrenb.) Vuill.,
Leotiomycetes Helotiales Erysiphaceae Leveilulla L. taurica (Lev.)G. Arnaud Sclerotiniaceae Botrytis B.cinerea Pers. Eurotiomycete Eurotiales Aspergillaceae Aspergillus A.fumigatus Fres. s Pencillium P.stoloniferum Thom in U.S. Cladosporiales Cladosporiaceae Cladosporium C.herbarum Fr. Mycosphaerell Mycosphaerellac Septoria S. lycopersici Speg. Dothideomyce ales eae tes Pleosporales Pleosporaceae Alternaria A.alternata (Ell.et.Ev). Elliot. A.solani Sorauer. A.tomatophila E.G. Simmons. Sordariomycet Diaporthales Diaporthaceae Phomopsis Ph. vexans (Sacc. & P. Syd.) es Harter Gnomoniaceae Diplodina D. destructiva (Plowr.) Petr Hypocreales Nectriaceae Fusarium F. oxysporum f.sp. lycopersici F.solani (Mart.) App.et.Wr. Fusarium sp. Trichosphaerial Trichosphaeriace Verticillium V. dahlia Kleb. es ae Agaricomycet Cantharellales Ceratobasidiacea Rhizoctonia R.solani J.G.Kuhn es e JAMI: 7 11 13 16 20 tur, 1 ta forma Xulosalar 1. Olib borilgan tadqiqotlar asosida pomidorda 3 ta bo‘lim, 7 ta sinf, 11 ta tartib, 13 ta oila, 16 ta turkumga mansub 20 ta tur va 1 ta forma mikromitset turlari uchrashi qayd etildi. 2. Aniqlangan turlarning eng ko‘pchiligi Sordariomycetes sinfi vakillari bo‘lib, ular 3 ta tartib, 4 ta oila, 4 ta turkumga mansub 5 ta tur va 1 ta formani tashkil etadi. Keyingi o‘rinda esa Dothideomycetes sinfi vakillari 3 ta tartib, 3 ta oila, 3 ta turkumga mansub 5 ta turdan va Oomycetes, Leotiomycetes va Eurotiomycetes, Mucoromycetes sinflaridan - 2 tadan turni va Agaricomycetes sinfidan 1 tadan turni tashkil qilishi, eng ko‘p kasallik qo‘zg‘atuvchilar Fusarium va Alternaria turkumlariga mansub 3 tadan turni va qolgan turkum vakillaridan esa 1 tadan turlar uchrashi aniqlandi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar13 ta adabiyot
- Дудка И.А., С.Вассер, Н.К.,Элланская И.А. и др. Методы экспериментальной микологии: Справочник // Под. ред. В.И. Билай.–Киев: Наукова Думка, 1982.-549 с.
- Пидопличко Н.М. Грибы – паразиты культурных растений. Определитель. Том 1. Грибы совершенные. Киев, «Наукова Думка», 1977, 296 с.
- Пидопличко Н.М. Грибы – паразиты культурных растений. Определитель. Том 2. Грибы несовершенные. Киев, «Наукова Думка», 1977а, 300 с.
- Хохряков М.К. Методические указания по экспериментальному изучению фитопатогенных грибов. – Л.1969., вып. I. –С. 52–55.
- Чумаков А.Е., Минкевич И.И. и др. Основное методы фитопатологических исследований. // Научные труды ВАСХНИЛ.- М., «Колос», 1974. – С.57.
- Omonova N.M. Pomidor o‘simligining zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish. Avtoreferat Andijon-2021. 1-41-b. qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Nukus
- Zuparova D.M. Urug‘likka etishtirilgan asosiy sabzavot ekinlarining zamburug‘ qo‘zg‘atadigan kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari. Dissertaciya avtoreferati. Toshkent-2022.
- Xasanov S.S. Toshkent viloyati sharoitidagi issiqxonalarda o‘stirilayotgan Solanum lycopersicum L. va Cucumis sativus ekinlarida kasallik qo‘zg‘atuvchi zamburug‘ turlarining bio ekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash choralari. Dissertaciya Toshkent-2021.
- FAO (2024) FAOSTAT online database. Available online at:www.fao.org\faostat (Accessed 3 January 2024).
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi (2023).
- Qishloq xo‘jaligi statistik ma’lumotlari.
- https://www.indexfungorum.org/names/Names.asp
- https://www.mycobank.org/Simple%20names%20search
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012282
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1111
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 391–394
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06