KUNJUT URUG‘INING LABORATORIYA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI TAHLIL QILISH
Rambergenovna Utepbergenova Aysuliu, Komilovna Muminova Zulfiyatayanch doktorant, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti, q-x.f.n. (PhD)2026
KonferensiyalarGlobal ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligiJild 1Son 4Sahifa 384–386
Annotatsiya
Mazkur maqolada Qora Shahzoda kunjut navining morfobiologik va xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilari hamda uni O‘rta Osiyo sharoitida yetishtirish agrotexnologiyasi o‘rganilgan. Navning vegetatsiya davri, o‘simlik bo‘yi, barg va qo‘zoqcha tuzilishi, urug‘ining morfologik ko‘rsatkichlari hamda yog‘lilik darajasi tahlil qilingan. Tadqiqotlarda sug‘oriladigan va lalmi maydonlarda o‘sish xususiyatlari qiyosiy baholangan. Shuningdek, urug‘lik sifati, ekish muddati, ekish me‘yorlari va sug‘orish tizimining hosildorlikka ta‘siri yoritilgan. Ekinlarni parvarishlashda yagonalash, begona o‘tlarga qarshi kurash hamda optimal ko‘chat qalinligini shakllantirishning ahamiyati asoslab berilgan. Olingan ma‘lumotlar Qora Shahzoda navidan yuqori va sifatli hosil olishda samarali agrotexnik tadbirlarni qo‘llash muhim ekanligini ko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaАНАЛИЗ ВСХОЖЕСТИ СЕМЯН КУНЖУТА В ЛАБОРАТОРНЫХ УСЛОВИЯХ
В данной статье изучены морфобиологические и хозяйственно ценные признаки сорта кунжута Qora Shahzoda, а также агротехнология его возделывания в условиях Средней Азии. Проанализированы период вегетации сорта, высота растения, строение листьев и коробочек, морфологические показатели семян, а также уровень масличности. В исследованиях сравнительно оценены особенности роста на орошаемых и богарных площадях. Также освещено влияние качества семенного материала, сроков посева, норм высева и системы орошения на урожайность. Обосновано значение прореживания, борьбы с сорняками, а также формирования оптимальной густоты стояния растений при уходе за посевами. Полученные данные показывают, что для получения высокого и качественного урожая сорта Qora Shahzoda важно применение эффективных агротехнических мероприятий.
inglizchaANALYSIS OF SESAME SEED GERMINATION UNDER LABORATORY CONDITIONS
This article studies the morphobiological and economically valuable traits of the Qora Shahzoda sesame variety and the agrotechnology of its cultivation under the conditions of Central Asia. The vegetation period, plant height, the structure of the leaves and capsules, the morphological indicators of the seed and the oil content of the variety were analysed. The studies comparatively assessed the growth characteristics on irrigated and rain-fed areas. The quality of the seed material, sowing dates, seeding rates and the effect of the irrigation system on yield are also covered. The importance of thinning, weed control and the formation of an optimal plant stand density in crop care is substantiated. The data obtained show that the application of effective agrotechnical measures is essential for obtaining a high and high-quality yield from the Qora Shahzoda variety.
Kalit so‘zlar
- qorashahzoda (Sesamum indicum L)
- laboratoriya sharoitlari
- urug‘
- unuvchanlik
- ko‘chat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
KUNJUT URUG‘INING LABORATORIYA SHAROITIDA UNUVCHANLIGINI TAHLIL QILISH DOI: https://doi.org/10.66073/ReFocus-Conf/QAXAI/1109 Utepbergenova Aysuliu Rambergenovna tayanch doktorant, Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti E-mail: utepbergenovaaysuliw433@gmail.com Muminova Zulfiya Komilovna Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti dotsenti, q-x.f.n. (PhD) ANNOTATSIYA Mazkur maqolada Qora Shahzoda kunjut navining morfobiologik va xo‘jalik jihatdan qimmatli belgilari hamda uni O‘rta Osiyo sharoitida yetishtirish agrotexnologiyasi o‘rganilgan. Navning vegetatsiya davri, o‘simlik bo‘yi, barg va qo‘zoqcha tuzilishi, urug‘ining morfologik ko‘rsatkichlari hamda yog‘lilik darajasi tahlil qilingan. Tadqiqotlarda sug‘oriladigan va lalmi maydonlarda o‘sish xususiyatlari qiyosiy baholangan. Shuningdek, urug‘lik sifati, ekish muddati, ekish me’yorlari va sug‘orish tizimining hosildorlikka ta’siri yoritilgan. Ekinlarni parvarishlashda yagonalash, begona o‘tlarga qarshi kurash hamda optimal ko‘chat qalinligini shakllantirishning ahamiyati asoslab berilgan. Olingan ma’lumotlar Qora Shahzoda navidan yuqori va sifatli hosil olishda samarali agrotexnik tadbirlarni qo‘llash muhim ekanligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zlar: qorashahzoda (sesamum indicum L), labaratoriya sharoitlari, urug‘, unuvchanlik, ko‘chat. KIRISH Respublikamizda kunjutdan yuqori sifatli hosil yetishtirish hamda jahon bozorida eksport salohiyatini oshirish uchun, rayonlashtirilgan kunju navlarining birlamchi va nav urug‘chiligini tashkil etish, dehqonlarni sifatli urug‘liklar bilan uzluksiz ta’minlash va yetishtirish agrotexnologiyasini to‘g‘ri joriy etish talab etiladi. Vazirlar Mahkamasining 27.05.2025 yildagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 331-son qarori. Qoraqalpogʻiston Respublikasida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish faoliyati bilan shugʻullanuvchi xususiy sektor vakillariga koʻmaklashish, sohaning eksport salohiyatini yanada yuksaltirish hamda aholi bandligi va daromadlarini oshirish mexanizmini taʼminlaydigan tashkiliy tizimni yoʻlga qoʻyish maqsadida qabul qilindi [1, 2, 3, 4]. Natijalar muhokamasi: Kunjutning Qora Shaxzoda navi 2012-yil O‘zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun ro‘xsat etilgan qishloq xo‘jalik ekinlari Davlat Reestriga kiritilgan. Qora Shahzoda navi ssp. bicarpellatum Hilt turiga mansub bo‘lib, o‘rtapishar, o‘suv davri sug‘oriladigan maydonlarda 100-110 kun, lalmi yerlarda 90 kun. O‘simlik balandligi sug‘oriladigan maydonlarda 140-150 sm, lalmi maydonlarda 90 sm ni tashkil etadi. Yon shohlar soni 6-8 dona, o‘simlikning pastki barglari butun, qirrali tishsimon va shakli tuxumsimon, o‘rta qismida joylashgan barglari uzunchoq tuxumsimon qirqilgan, barg qo‘ltig‘ida qo‘zoqchalari bittadan rivojlangan. Qo‘zoqchalari to‘rt uyali, urug‘i to‘q qora rang, 1000 dona urug‘vazni 3-3,5 g, urug‘i tarkibida yog‘miqdori 60%. Ekish. O‘rta Osiyo sharoitida kunjut urg‘ligini ekish, may oylarining oxiri va iyun oyining boshlarida amalga oshiriladi. Bu vaqtga kelib kunlar issiq, ayniqsa kuchli (jala) yomg‘irlar ortda qoladi, chunki qisqa vaqtli past xarorat, kuchli jala nixollarni juda tez zararlaydi. Ekish uchun olingan urug‘likning sifati 2 sinf va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. Urug‘unuvchanligi 90% dan yuqori bo‘lishi kerak.
Tuproqning mexanik holatidan kelib chiqib sug‘orish ariqlari 60; 70 va 90 sm kengliklarda olinadi. Urug‘lik katta maydonlarda maxsus seyalkalar yordamida, kichik maydonlarda esa qo‘l kuchi bilan amalga oshiriladi. Har bir gektar maydonga 6-8 kg urug‘lik sarflanadi. Pushtaga chiqarmasdan qondirib sug‘oriladi. Ekinlarni parvarishlash. Ko‘chatlar to‘la unib chiqqanidan keyin, nihollar atrofi yumshatiladi va begona o‘tlardan tozalanadi. Ko‘chatlar 2-3 chinbarg chiqarganda birinchi yagonalash o‘tkaziladi. Xar bir uyada 3-4 tadan baquvvat nixollar qoldiriladi. Uyalar orasi pushta kengligiga bog‘liq holda 5-10 sm ni tashkil qiladi. Oradan 7-8 kun o‘tgach so‘ngi yagonalash o‘tqazilib, uyada bittadan eng baquvvat, sog‘lom ko‘chat qoldiriladi. “O‘simliklar genetik resurslari institutidan” kunjutning Qora shaxzoda navi urug‘lari olib kelindi. “O‘zbekiston Respublikasi ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish vazirligi huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi” laboratoriyasida kunjut urug‘larini unuvchanligini aniqlash uchun beshta tarorlikda 100 donadan urug‘olinib, petri chashkasida tahlil olib borildi. Urug‘lar unuvchanligini aniqlashda Petri chashkasini tagiga namlangan filtr qog‘ozi qo‘yilib, so‘ngra 100 donadan urug‘oralari ochiq holda (bir-biriga tegmaslik uchun) ekildi. Petri chashkasidagi urug‘lar laboratoriyada termostatda 200C haroratda unuvchanligi o‘rganildi. Ekilgan vaqti, sanasi daftarchaga yozib qo‘yildi. GOST 12038-84 standarti talabi bo‘yicha kunjut (Sesamum indicum L.) o‘simligi urug‘ining unuvchanligi 5 kunda to‘liq unib chiqib, urug‘larning o‘rtacha unuvchanlik darajasi 92,0-95,0 % ni tashkil qildi.
Kunjut qimmatli moyli ekin bo‘lib, oziq-ovqat va sanoat uchun muhim xomashyo hisoblanadi. Uning biologik xususiyatlarini chuqur o‘rganish va agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkil etish yuqori hosildorlikka erishishda asosiy omillardan biridir. Respublikamizda kunjut yetishtirishni kengaytirish iqtisodiy samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar4 ta adabiyot
- Vazirlar Mahkamasining 27.05.2025 yildagi «Qoraqalpogʻiston Respublikasida kunjut va mosh ekinlarini yetishtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi
- Amanova M.E. Kunjut ekoguruhlarining biologik xususiyatlari va seleksiya uchun birlamchi manbalar//Agro-ilm jurnali № 1(21), 31 b. Toshkent 2012 y
- M.E.Amanova, A.S.Rustamov//Moyli ekinlar jahon kolleksiyasini o‘rganish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma//Respublika yoshlarining “BIOEKOSAN” o‘quvuslubiy majmuasi. Toshkent 2010. 20 bet, adadi 300.
- https://www.norma.uz/oz/qonunchilikda_yangi/qoraqalpogistonda_kunjut_va_mosh_ekinlari_k upaytiriladi
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-012280
- Nashr sanasi
- 2026-06-02
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- Global ekologik muammolar, cho‘llanish va oziq-ovqat xavfsizligi
- Jild
- 1
- Son
- 4
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/qaxai/1109
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 384–386
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-06