Asosiy mazmunga o‘tish

O‘ZBEKISTONDA 1950-1980 YILLARDA XOTIN-QIZ O‘QITUVCHILARNING TA‘LIM VA TARBIYA TIZIMIDAGI O‘RNI

Mardiyeva Guzal KarimovnaSamarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD assistant2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1149–1155

Annotatsiya

1950–1980-yillar O‘zbekiston SSR ta‘lim tizimida ayol pedagog kadrlarning miqdoriy va sifat jihatdan faol jalb etilishi bilan tavsiflanadi. Sovet davlati tomonidan e‘lon qilingan gender tengligi siyosati doirasida xotin-qizlar ta‘lim sohasining asosiy ijrochilaridan biriga aylandi. Ayniqsa, ayol o‘qituvchilarning ta‘lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni savodxonlikni oshirish, mafkuraviy tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Boshqa tillarda

ruschaМесто женщин-учителей в системе образования и воспитания в Узбекистане в 1950-1980 годах.

Период с 1950-х по 1980-е годы характеризуется активным участием женщин-преподавателей в системе образования Узбекской ССР как в количественном, так и в качественном отношении. В рамках политики гендерного равенства, провозглашенной советским государством, женщины стали одними из главных исполнителей в сфере образования. В частности, роль женщин-учителей в образовательном и воспитательном процессе приобрела важное значение для повышения грамотности и обеспечения идеологического воспитания.

inglizchaTHE PLACE OF FEMALE TEACHERS IN THE EDUCATION AND UPbringing SYSTEM IN UZBEKISTAN IN 1950-1980

The 1950s–1980s are characterized by the active involvement of female teaching staff in the educational system of the Uzbek SSR in terms of quantity and quality. Within the framework of the gender equality policy declared by the Soviet state, women became one of the main performers in the field of education. In particular, the role of female teachers in the educational and upbringing process became important in increasing literacy and providing ideological education.

Kalit so‘zlar

  • xotin-qiz o‘qituvchilar
  • O‘zbekiston SSR
  • 1950–1980-yillar
  • ta‘lim tarixi
  • gender tengligi
  • pedagog kadrlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

O‘ZBEKISTONDA 1️950-1980 YILLARDA XOTIN-QIZ O‘QITUVCHILARNING TA’LIM VA TARBIYA TIZIMIDAGI O‘RNI

Mardiyeva Guzal Karimovna Samarqand davlat tibbiyot universiteti, PhD assistant [telefon raqami yashirilgan], mardievaguzal@gmail.com

Kirish.1950–1980-yillar O‘zbekiston SSR ta’lim tizimida ayol pedagog kadrlarning miqdoriy va sifat jihatdan faol jalb etilishi bilan tavsiflanadi. Sovet davlati tomonidan e’lon qilingan gender tengligi siyosati doirasida xotin-qizlar ta’lim sohasining asosiy ijrochilaridan biriga aylandi. Ayniqsa, ayol o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o‘rni savodxonlikni oshirish, mafkuraviy tarbiya berishda muhim ahamiyat kasb etdi. Mazkur maqolada 1950–1980-yillarda xotin

qiz o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiya tizimidagi o‘rni arxiv hujjatlari, statistik hisobotlar va normativ hujjatlar asosida tahlil qilinadi. Asosiy qism.1950–1980-yillar O‘zbekiston SSR ta’lim tizimi rivojida ayol pedagog kadrlarning miqdoriy va sifat jihatdan faol jalb etilishi bilan ajralib turadi. Ushbu davrda sovet davlati tomonidan e’lon qilingan gender tengligi siyosati xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini oshirish, ularni mehnat bozoriga, jumladan ta’lim sohasiga keng jalb etishni ko‘zda tutdi. Natijada ayol pedagoglar umumta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim muassasalari hamda o‘rta maxsus ta’lim tizimida muhim ijtimoiy-pedagogik kuch sifatida shakllandi. Ayniqsa, ayol o‘qituvchilarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi roli savodxonlik darajasini oshirish, yosh avlodni sovet mafkurasi ruhida tarbiyalash hamda jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Ular nafaqat bilim beruvchi mutaxassis, balki tarbiyachi, targ‘ibotchi va mahalliy ijtimoiy muhitda sovet siyosatining asosiy tashuvchilaridan biri sifatida ham faoliyat yuritdilar. Qishloq joylarda ayol o‘qituvchilar xotin-qizlarni ta’limga jalb etishda, ularning ijtimoiy ongini shakllantirishda va an’anaviy qarashlarni bosqichma-bosqich o‘zgartirishda muhim vositaga aylandi. Shu bilan birga, ayol pedagog kadrlarning sifat ko‘rsatkichlari, ya’ni ularning kasbiy tayyorgarligi, pedagogik mahorati va malaka oshirish tizimidagi ishtiroki ham bosqichma-bosqich takomillashib bordi. Biroq mazkur jarayon deklarativ gender tengligi tamoyillari bilan real ijtimoiy-amaliy sharoitlar o‘rtasidagi ziddiyatlar, jumladan mehnat yuklamasining notekis taqsimlanishi, maishiy majburiyatlar va karyera imkoniyatlarining cheklanganligi bilan bir qatorda kechdi. Urushdan keyingi davrda ayol pedagog kadrlar sonining keskin oshishi bir qator ijtimoiy-siyosiy va demografik omillar bilan bevosita bog‘liq bo‘ldi. Avvalo, Ikkinchi jahon urushi oqibatida mehnatga layoqatli erkaklar sonining kamayishi ta’lim tizimida bo‘shliqni yuzaga keltirib, xotin-qizlarni pedagogik faoliyatga jalb etishni muqobil va zaruriy yechim sifatida ilgari surdi. Shu bilan birga, sovet davlatining gender tengligi va ayollarni ijtimoiy ishlab chiqarishga keng jalb etishga qaratilgan siyosati ushbu jarayonning mafkuraviy asosini mustahkamladi. Mazkur siyosat doirasida pedagogika bilim yurtlari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida xotin-qizlar uchun qulay shartsharoitlar yaratilib, ularga imtiyozlar berilishi ayol pedagoglar tayyorlash sur’atlarini jadallashtirdi. Xususan, 1955-yilda respublika bo‘yicha oliy o‘quv yurtlari va texnikumlarda 30 ming nafarga yaqin xotin-qiz, boshlang‘ich va o‘rta maktablarda 400 ming nafarga yaqin qizlar tahsil olgan. Respublikadagi maktablarda 7,5 ming nafarga yaqin mahalliy millat ayol pedagoglar faoliyat ko‘rsatgan.[1] Ta’lim tizimida ayol o‘qituvchilar ulushining oshishi savodxonlik darajasining barqaror

o‘sishini ta’minlash bilan birga, boshlang‘ich va o‘rta ta’limda pedagogik jarayonning uzluksizligini saqlab qolishga xizmat qildi. Biroq mazkur ijobiy o‘zgarishlar bilan bir qatorda, ayol pedagoglar zimmasiga tushgan mehnat va ijtimoiy yuklamaning ortishi, ularning maishiy majburiyatlar bilan pedagogik faoliyatni uyg‘unlashtirishdagi qiyinchiliklari ham kuzatildi. Bu holat sovet gender siyosatining deklarativ tamoyillari bilan real ijtimoiy-amaliy sharoitlar o‘rtasidagi muayyan ziddiyatlarni yuzaga chiqardi va ayol o‘qituvchilarning kasbiy faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatdi.[2] Arxiv hujjatlari ko‘rsatadiki, 20-asrning 50-60 yillarida O‘zbekistonda ayol o‘qituvchilar asosan boshlang‘ich va yetti yillik maktablarda faoliyat yuritgan. Bu davrda ularning asosiy vazifasi maktabning dastlabki bosqichlarida o‘quvchilarga asosiy savodxonlik va maktab bilimlarini yetkazish bo‘lgan. Jamiyatning genderga oid pedagogik qarashlari ayol pedagoglarni aynan boshlang‘ich ta’lim sohasida samarali deb hisoblagan. Shu bilan birga, 1970-yillarga kelib ayol o‘qituvchilarning professional faoliyati sezilarli darajada kengayib, ularning fan o‘qituvchilari (til va adabiyot, biologiya, tarix) sifatidagi ulushi oshgani kuzatiladi. Bu tendensiya O‘zbekistonda ayol pedagoglarning malaka darajasi, metodik tayyorgarligi va akademik salohiyatining oshganini ko‘rsatadi. Xususan, Samarqand viloyati xalq ta’limi bo‘limi tomonidan 1974-yilda o‘tkazilgan tekshiruv materiallari shuni tasdiqlaydi: ayol o‘qituvchilarning dars sifati va metodik tayyorgarligi yuqori baholangan.[3] Ular nafaqat o‘quv jarayonini samarali tashkil etishda, balki o‘quvchilarning savodxonligini oshirish, bilimga qiziqish va tanqidiy fikrlashni rivojlantirishda ham muhim rol o‘ynagan. Shu tarzda, O‘zbekistonda ayol pedagoglarning ta’lim tizimidagi roli faqat boshlang‘ich maktab bilan cheklanib qolmasdan, o‘rta maktab fanlarida ham muhim ahamiyat kasb etgan. Bu jarayon gender nuqtai nazaridan pedagogik kasbga bo‘lgan qarashlarning va jamiyatdagi ayol mehnatining qadriyatlarining o‘zgarayotganini ko‘rsatadi. Ayol o‘qituvchilarning soni ortishi va metodik tayyorgarligining oshishi O‘zbekistonda ta’lim sifatini yaxshilashga bevosita ta’sir ko‘rsatgan. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy va intellektual roli mustahkamlanib, O‘zbekiston jamiyatida ayollarning ilmiy va pedagogik salohiyatining rivojlanishida muhim omil sifatida namoyon bo‘lgan. 1960-1968-yillarda O‘zbekiston SSRdagi pedagoglar haqida ma’lumot.

Umumi y pedagog Pedagogla Shunda xodimlarda r soni n xotin-qizlar xotinqizlarning ulushi 1960-1961 y 84761 34542 41 1965-1966 y 120859 49146 41 1966-1967 y 125098 50117 40 1967-1968 y 132408 54231 41 Shundan Boshlang‘ic 180 14 h maktab 1282 direktorlari Sakkiz yillik maktab 2924 438 15 direktorlari O‘rta maktab 2551 418 16 direktorlari Sakkiz yillik maktab direktor 2810 405 14 o‘rinbosarlari O‘rta maktab direktor 5260 1268 24 o‘rinbosarlari O‘qituvchila r: 48714 25616 53 1-4 sinflar 5-10 sinflar 58103 23965 41 Musiqa, rasm, chizmachilik, 10764 1941 18 jismoniy tarbiya va mehnat fanlari Ushbu statistik ma’lumotlar O‘zbekistonda ayol o‘qituvchilarning professional o‘sishi va pedagogik samaradorligi ta’lim tizimining rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shganini ko‘rsatadi.[4] Bu esa jamiyatdagi gender tengligi, ayol mehnatining qadri va pedagogik tizimning modernizatsiyasi bilan bevosita bog‘liqdir. Arxiv hujjatlarida ayol pedagoglarning nafaqat dars metodikasida, balki pedagogik tarbiya jarayonida ham faol subyekt

sifatida ishtirok etgani qayd etilgan. Ular pioner va Komsomol tashkilotlarining faoliyatida yetakchi rollarni egallagan. Pioner tashkiloti (9–14 yoshdagi bolalar uchun) va Komsomol (14–28 yoshdagi yoshlar uchun) Sovet Ittifoqi bo‘ylab ijtimoiy-ma’rifiy va ideologik ta’sir vositalari sifatida shakllangan bo‘lib, aynan maktabning tarbiyaviy rejimida markaziy komponent bo‘lgan.[5] O‘zbekiston kontekstida ayol o‘qituvchilar sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarni, jumladan siyosiy-ma’rifiy suhbatlar, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etishda faol ishtirok etganlar. Ular yoshlar orasida ijtimoiy faollikni oshirish, yangi sotsialistik qadriyatlarni shakllantirish hamda qiz o‘quvchilarni jamoatchilik hayotiga jalb etishda muhim rol o‘ynagan. Bu ko‘rinish Sovet maktablaridagi tarbiyaviy paradigmaning markaziy tamoyillaridan biri bo‘lib, pedagogik hamjamiyat ayollarning tarbiyaviy kompetensiyasini ta’lim tizimining keng qamrovli komponenti sifatida qadrlagan. Xususan, ayol pedagoglar pioner va Komsomol faoliyati doirasida nafaqat tadbirlarni rejalashtirish balki ularni amalga oshirishda ham yetakchilik qilganlar, bu esa yoshlar orasida sotsialistik ideallarni mustahkamlashga xizmat qilgan. Komsomol tashkiloti 1970- 1980-yillarda Sovet yoshlarining eng yirik siyosiy-ijtimoiy tashkilotiga aylangan bo‘lib, uning a’zolari jamiyatning turli ijtimoiy vazifalarida faol qatnashgan. O‘zbekiston SSRda ham bu institutlar maktab hayotining ajralmas qismi bo‘lib, o‘qituvchilar orasida ayollarning yetakchi roli shuni ko‘rsatadiki, pedagogik tarbiya jarayonida gender faktori muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ayol pedagoglar nafaqat maktablarda dars berish bilan cheklanmay, balki yoshlarni jamoatchilik hayotiga olib kirish, ularni jamiyatdagi ijtimoiy mas’uliyat va sotsialistik qadriyatlarni qabul qilishga yo‘naltirishda markaziy o‘rin tutgan. Bu esa Sovet ta’lim siyosatining ijtimoiy va ideologik sifatini yanada chuqurroq anglashni ta’minlaydi. Rasmiy hujjatlar va sovet davrining pedagogik statistik ma’lumotlarida ayol o‘qituvchilarning jamiyatdagi mavqei yuqori baholanganligi qayd etilgan bo‘lsa-da, arxiv materiallari ularning kundalik faoliyati bir qator ijtimoiy va iqtisodiy muammolar bilan kechganini ko‘rsatadi. Xususan, ayol pedagoglarning ish haqi masalasi, uy-joy bilan ta’minlanishi va rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi borasida gender nomutanosibliklar mavjud bo‘lgan. Bu holat, Sovet pedagogik siyosatining deklarativ va amaliy taraflari orasidagi tafovutni ochib beradi va ayol o‘qituvchilar professional faoliyatida sezilarli cheklovlar bo‘lganini ko‘rsatadi. Samarqand viloyati xalq ta’limi bo‘limining 1981-yilgi ma’ruzasida qayd etilishicha, maktab direktorlarining asosiy qismi erkaklar bo‘lgan, holbuki o‘qituvchilarning katta qismi ayollardan iborat edi. Bu statistik tafovut ayol pedagoglarning kasbiy salohiyati va

malakasiga qaramay, ularni rahbarlik lavozimlariga tayinlashda genderga asoslangan cheklovlar mavjudligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, uy-joy bilan ta’minlash va moddiy rag‘batlantirish kabi masalalarda ham ayol o‘qituvchilar kamroq imtiyozlarga ega bo‘lgan, bu esa ularning ish samaradorligi va motivatsiyasiga bevosita ta’sir qilgan.[6] Shunday qilib, O‘zbekiston kontekstida ayol pedagoglarning pedagogik va tarbiyaviy faoliyati yuqori baholangan bo‘lsa-da, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va rahbarlik imkoniyatlaridagi gender nomutanosibliklar sovet maktab tizimida ayollarning professional rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. Bu holat ayol pedagoglarning jamiyatdagi mavqeini baholashda faqat deklarativ ko‘rsatkichlar yetarli emasligini, amaliy muammolarni hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, gender siyosati va ijtimoiy adolat masalalari O‘zbekiston maktab tizimining rivojlanishi kontekstida muhim ilmiy va pedagogik tadqiqot obyekti sifatida e’tibor qaratishni talab qiladi. Sovet ta’lim tizimida tarbiya va pedagogik faoliyat davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan. Bu siyosat maktablarda nafaqat bilim berish, balki bolalarni sotsialistik qadriyatlar, jamiyatdagi faol fuqarolik va ideologik onglik bilan tarbiyalashga qaratilgan edi. O‘zbekiston kontekstida ayol o‘qituvchilar bu jarayonning markaziy subyektlari bo‘lib, nafaqat dars berish, balki sinfdan tashqari tarbiyaviy faoliyatda ham yetakchi rol o‘ynagan. Arxiv hujjatlari va statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 1970- yillarga kelib ayol pedagoglar nafaqat boshlang‘ich va yetti yillik maktablarda, balki til va adabiyot, biologiya, tarix kabi fanlarni o‘qitishda ham faol ishtirok etgan. Ularning metodik tayyorgarligi va dars sifati yuqori baholangan, o‘quvchilarning savodxonligini oshirish va tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirishda asosiy kuch sifatida namoyon bo‘lgan. Samarqand viloyati xalq ta’limi bo‘limining 1974-yilgi tekshiruv materiallari ayol pedagoglarning bu boradagi salohiyatini tasdiqlaydi. Ayol pedagoglar pioner va Komsomol tashkilotlari faoliyatida ham yetakchi o‘rin tutgan. Ular sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar, siyosiy-ma’rifiy suhbatlar, madaniy va sport tadbirlarini tashkil etishda faol ishtirok etgan. Ayniqsa, qiz o‘quvchilarni jamoatchilik hayotiga jalb etish va ularni ijtimoiy faollikka yo‘naltirishda ayol o‘qituvchilarning roli muhim bo‘lgan. Bu jarayon O‘zbekiston maktablarida Sovet pedagogik siyosatining amaliy samaradorligini namoyon qilgan. Shunga qaramay, arxiv materiallari shuni ko‘rsatadiki, ayol pedagoglarning faoliyati bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bilan kechgan. Xususan, ish haqi masalasi, uy-joy bilan ta’minlash va rahbarlik lavozimlariga tayinlashda gender nomutanosibliklar mavjud bo‘lgan. Samarqand viloyati xalq ta’limi bo‘limining 1981-yilgi ma’ruzasida maktab direktorlarining asosiy qismi erkaklar bo‘lgani,

holbuki o‘qituvchilarning katta qismi ayollardan iborat bo‘lganligi qayd etilgan. Bu holat ayol pedagoglarning kasbiy salohiyatiga qaramay, rahbarlik lavozimlarida genderga asoslangan cheklovlar mavjudligini ko‘rsatadi.[7] Natijada, O‘zbekistonda ayol o‘qituvchilarning ta’lim tizimidagi roli murakkab va ko‘p qirrali bo‘lgan. Ular nafaqat dars jarayonida yuqori samaradorlik ko‘rsatgan, balki tarbiyaviy va ijtimoiy faoliyat orqali yoshlarni jamiyat hayotiga jalb etishda muhim vazifa bajarishgan. Shu bilan birga, ularning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlari va rahbarlik imkoniyatlaridagi gender nomutanosibliklar Sovet maktab tizimida ayollarning professional rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan. Ushbu tahlil ayol pedagoglarning jamiyatdagi mavqeini baholashda faqat deklarativ ko‘rsatkichlar yetarli emasligini, amaliy muammolarni hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi va gender siyosati hamda pedagogik kasbning ahamiyatini o‘z ilmiy e’tiboriga tortadi. Xulosa. Umuman olganda, O‘zbekistonda ayol pedagoglarning ta’lim va tarbiya tizimidagi roli nafaqat deklarativ ko‘rsatkichlar bilan, balki amaliy faoliyatdagi yuqori pedagogik samaradorlik va tarbiyaviy salohiyat bilan ham baholanishi lozim. Ularning pioner va Komsomol faoliyati, dars va tarbiyaviy ishdagi yetakchi roli, shuningdek, ijtimoiyiqtisodiy cheklovlarga qaramay, ta’lim tizimining rivojlanishida, yosh avlodning ijtimoiy faolligi va sotsialistik qadriyatlarni qabul qilishida muhim omil bo‘lgan. Shu bilan birga, gender nomutanosibliklar va ijtimoiy cheklovlar O‘zbekiston maktab tizimida ayol pedagoglarning professional rivojlanishini to‘sib, ularning jamiyatdagi mavqeini yanada murakkablashtirgan. Natijada, ayol pedagoglarning 1970–1980- yillardagi faoliyati O‘zbekiston ta’lim tizimining gender, pedagogik metodika, tarbiyaviy jarayon va ijtimoiy-iqtisodiy omillar nuqtai nazaridan chuqur tahlilini talab qiladi va ularning jamiyatdagi roli nafaqat tarixiy, balki zamonaviy pedagogik tadqiqotlar uchun ham muhim ilmiy ob’ekt hisoblanadi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Dilfuza Sobirova. O‘zbekistonda xotin-qizlar masalasi tarixidan (XX asrning 40-80 yillari), Toshkent. – 2011.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi, 148-fond, 1- ro‘yxat, 245- ish.
  3. O‘z MA, 17-fond, 3-ro‘yxat, 562-ish.
  4. O‘z MA, R-94-fond, 5-ro‘yxat, 5702-yig‘ma jild, 67-varaq.
  5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sovet_Ittifoqi_Kommunistik_partiyasi
  6. Samarqand viloyat davlat arxivi (SVDA), 32-fond, 2- ro‘yxat, 118-ish.
  7. SVDA, 32-fond, 4- ro‘yxat, 301-ish.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011875
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/984
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1149–1155
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-13 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25