VATAN KONSEPTI SEMANTIK MAYDONIDA AKS ETUVCHI “UY, TOM VA O‘LKA” SO‘ZLARINING FUNKSIONAL-SEMANTIK TALQINI
Shodiyeva Shokhida InatovnaJizzax davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1143–1146
Annotatsiya
Tilning leksik-semantik tabiatiga e‘tibor bersak,“Vatan” konseptida tildagi mavjud so‘z-konseptlar yig‘indisi semantikmaydonni, o‘ziga xos mavzuiy guruhlarni hosil qiladi. Maqolada ushbusemantik maydondagi “uy, tom va o‘lka” so‘zlarining funksionalsemantik talqini xususida fikr yuritiladi.
Boshqa tillarda
ruschaФункционально-семантическая интерпретация слов «дом», «крыша» и «страна» в семантическом поле понятия родины.
Учитывая лексико-семантическую природу языка, понятие «Родина» образует семантическое поле, совокупность существующих в языке словесных понятий, формирующих собственные тематические группы. В статье рассматривается функционально-семантическая интерпретация слов «дом, крыша и страна» в этом семантическом поле.
inglizchaFUNCTIONAL-SEMANIC INTERPRETATION OF THE WORDS “HOUSE, ROOF AND COUNTRY” REFLECTING IN THE SEMANTIC FIELD OF THE CONCEPT OF HOMELAND
Considering the lexical-semantic nature of the language, the concept of "Homeland" forms a semantic field, a set of existing word-concepts in the language, forming its own thematic groups. The article discusses the functional-semantic interpretation of the words "house, roof and country" in this semantic field.
Kalit so‘zlar
- uy
- qadriyat
- oila
- semantik maydon
- gender xususiyat tom
- o‘lka
- vatan.
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
VATAN KONSEPTI SEMANTIK MAYDONIDA AKS ETUVCHI “UY, TOM VA O‘LKA” SO‘ZLARINING FUNKSIONAL-SEMANTIK TALQINI
Shodiyeva Shoxida Inatovna Jizzax davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya: Tilning leksik-semantik tabiatiga e’tibor bersak, “Vatan” konseptida tildagi mavjud so‘z-konseptlar yig‘indisi semantik maydonni, o‘ziga xos mavzuiy guruhlarni hosil qiladi. Maqolada ushbu semantik maydondagi “uy, tom va o‘lka” so‘zlarining funksionalsemantik talqini xususida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar: uy, qadriyat, oila, semantik maydon, gender xususiyat tom, o‘lka, vatan. .
Uy so‘zi Vatan konseptining yadrosida turadigan tushuncha hisoblanadi. Uy deganda har bir insonning muqaddas qadriyati oilasi, oila a’zolari bilan, dastlab, bobo-buvisi, ota-onasi, opa-singillari, akaukalari bilan yosh ulg‘aygan turmush o‘rtog‘i, farzandlari, kelinlari, nabiralari bilan istiqomat qiladigan, yashaydigan maskani tushuniladi. Aslida har bir insonning tug‘ilib o‘sgan, yashaydigan uyi uning VATANI hisoblanadi. Shoir Azim Suyunning “O‘zbek” she’rida shunday satrlar bor: Nimalarni yaxshi ko‘radi o‘zbek? Uylarini yaxshi ko‘radi o‘zbek, To‘ylarini yaxshi ko‘radi o‘zbek. To‘ylariga ataylab boqqan Qo‘ylarini yaxshi ko‘radi o‘zbek [6]. Darhaqiqat, o‘zbek yaxshi niyat bilan uy quradi, bu uylarda to‘ylar qilsin deb, kattalardan duolar olinadi. Uy - bu qadriyat. Uy so‘zining bugungi tilimizdagi dastlabki yashash uchun qurilgan bino ma’nosidan, to katta bir Vatan ma’nosiga qadar bo‘lgan jarayon shu xalqning yashash tarzi va qadriyatlari natijasida paydo bo‘lgan. Sevimli shoiramiz Halima Xudoyberdiyeva “Shunday uy bor” she’rida uy so‘zi bilan oila chambarchas bog‘liqligini shunday ta’riflaydi: Shunday uy bor, devorlari metindan metin, Ko‘rar faqat muhabbatning o‘tli yozini. Yotog‘ida juda qisqa tuyuladi tun, Devorida baxt pichiri qolar yozilib. Shunday uy bor, odamdayin bosh eggan quyi, Ustunlari ketgudayin saldan cho‘rt sinib. Yotog‘ida tun o‘tmog‘i ajaldan qiyin, Devorida xo‘rsiniqlar qolar xo‘rsinib [1]. Baxt ham, baxtsizlik ham uyda odam qanday hayot kechirayotganligi bilan bog‘lik ekanligini shoiramiz juda ta’sirli tasvirlagan. Uyning xonadon, hovli ma’nosidan tashqari, uning qismini bildiruvchi xona ma’nosi ham mavjud: “Bu bulutli havoni ochmoq faqat onaning vazifasi edi: - Otasi bomdoddan kirsin, -dedi u Saltiga qarab, - men o‘zim yotig‘i bilan aytib ko‘ray, yo‘q demas, - so‘ngra Zebiga yuzlandi: - Sen, qizim, uyga joy qil, o‘rtog‘ingni o‘tqiz, dasturxon sol. Biz, otang bilan, choyni so‘rida ichib haligi gapni gaplashamiz” (Cho‘lpon. Kecha va kunduz.) Uy so‘zida gender xususiyati ham mavjudki, aksariyat qizlar, ayollar nutqida “ota uyim” iborasi ko‘p uchraydi: Qizga ota yo‘li - eng qisqa yo‘ldir,
Men-ku hol so‘rmoqqa uchgayman har vaqt. Tunlar duoday yod tilagim shuldir, Ota uyim, sendan yuz burmasin baxt. (Halima Xudoyberdiyeva. Uzatilayotgan qiz o‘ylari [2]. Tug‘ilgan uyini tashlab ketish qismati nafaqat qizlarda, balki yigitlarda ham uchrab turadi, ayollardan farqli tomoni yigitlar kasbi bois yoki hayotdagi ba’zi sabablar bilan boshqa shaharlarga ko‘chib ketishi mumkin: Ota uyimizda yoz-u, kuz, bahor, Aka-ukalar-u, opa-singillar, To‘plangan paytlari takror va takror Porlaganday bo‘lar o‘nlab qandillar [5]. Uy - bu Vatan. Chunki o‘zining uyini sevgan, uni obod qilgan, unda baxt yarata olgan inson Vatanni obod qiladi, uni asrab-avaylaydi: Sen Vatan deysan-u, Porlar yuzlaring, Mening yurtim ham o‘z Rang-u ro‘yimdir. Talpinib kelguvchi O‘g‘il-qizlaring - Bu -sening uyingdir, Bu -mening uyim [4]. Qipchoq shevasida tom so‘zi ham uy ma’nosini anglatadi: “Men xiyoldan keyin turdim. Ro‘yi hushim bo‘lmadi. Tandir chetida cho‘nqayib o‘tirdim. Ko‘zlarimni uqaladim. Kerishib esnadim. Onamiz tom ketilab obtova ko‘tarib o‘tdi. Ayolimiz qo‘lyuvgichda yuz-qo‘l yuvgan bo‘ldi. Naridan-beri artingan bo‘ldi. Buzog‘ini yetaklab kelib molini emizdi”. (Tog‘ay Murod. Otamdan qolgan dalalar.) Uy so‘zi oddiy so‘zlashuv uslubida, badiiy va publitsistik uslubda ham faol qo‘llaniladi. O‘lka so‘zida ham mamlakat, yurt, vatan ma’nosi mujassam. O‘zbek she’riyatida o‘lka Vatan tasvirini chizishda faol qo‘llanadi: Bir o‘lkaki, tuprog‘ida oltin gullaydi, Bir o‘lkaki, qishlarida shivirlar bahor, Bir o‘lkaki, sal ko‘rmasa, quyosh sog‘inar… Bir o‘lkaki, g‘ayratidan asabi chaqnar [3]. Sevimli shoirimiz Cho‘lponning XX asr boshlarida Vatanning taqdiridan, holidan xavotirlanib yozgan mashhur she’rida sarlavhasi ham “Buzilgan o‘lkaga” deb nomlanadi. She’rda vatanni tasvirlashda o‘lka so‘zidan foydalanilgan. Garchi she’r nomi “Buzilgan o‘lkaga” deb nomlansa-da, matn ichida biror satrda shu birikma ishlatilmaydi. Shoir “zo‘r o‘lka”, “hur o‘lka” birikmalarini qo‘llaydi. Vatanni ifodalashda o‘lka so‘zining qo‘llanishiga sabab, ushbu so‘zning sof turkiycha ekanligi bilan birga, xalq tiliga yaqinligi, jarangdor ekanligi, badiiylik xususiyati mavjudligida deb hisoblaymiz.
Ey, tog‘lari ko‘klarga salom bergan zo‘r o‘lka, Nega sening boshingda quyuq bulut ko‘lanka? Uchmoxlarning kavsaridek pokiza, Sadaflarning donasidek top-toza Salqin suvlar tog‘dan quyi tusharkan, Tomchilari yomg‘ir kabi ucharkan, Nima uchun yig‘lar kabi ingraylar? Yov bormi deb to‘rt tarafni tinglaylar? Xulosa qilib aytganda, “Vatan” konseptining lisoniy namoyon bo‘lishini diaxronik jihatdan tadqiq etishda uning mazmuniy tomondan rivojlanishi kuzatiladi. Rivojlanish jarayoni tarix, din, til va adabiyot asosida konseptual belgilarning mazkur konseptning tabiiy-etnik tomondan diniy-axloqiy bosqichlar va fuqarolik tushunchalari orqali vatan tushunchasi haqida milliy identifikatsiya g‘oyalari asosida to‘planishi hisoblanadi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar6 ta adabiyot
- Halima Xudoyberdiyeva. https://n.ziyouz.com/books/uzbek_zamonaviy_ sheriyati/Halima%20Xudoyberdiyeva.%20Saylanma.pdfю .
- Halima Xudoyberdiyeva. Uzatilayotgan qiz o‘ylari. https:// n.ziyouz.com/books/uzbek_zamonaviy_sheriyati /Halima%20 Xudoyberdiyeva. %20Saylanma.pdfю 116b.
- Oybek. O‘zbekiston. Ойбек. Созим www.ziyouz.com kutubxonasi 24Ойбек СОЗИМ Шеърлар Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти Тошкент 1980. 23. 64.
- Sirojiddin Sayyid. Bu sening uyingdir. http://nurzamon.uz/article_view.php?id=575.
- Sirojiddin Sayyid. Diydor. (https://n.ziyouz.com/portal- haqida/xarita/uzbek-sheriyati/zamonaviy-o-zbek-she-riyati/sirojiddin- sayyid-19580.)
- Суюн, Азим. Мен – ерликман [Матн]. Шеърлар ва достон / А.Суюн.– Тошкент: «ADABIYOT», 2020. – 144 б. -B.91.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011872
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/981
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1143–1146
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25