SO‘Z TURKUMLARI KONVERSIYA SO‘Z VA UNING HOSIL BO‘LISHI (DERIVATSIYA)
A‘lokhanova Ravzakhon Abdurashid kizi, Samigullaeva Oydina Otabek kiziNamangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti xorijiy tillar kafedrasi “Xorijiy til va adabiyoti” ta‘lim yo‘nalishi 4-kurs XTA-BU-22-guruh talabalari2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1102–1107
Annotatsiya
Annotatasiya: Maqolada so‘z turkumlari, derivatsiya vakonversiya hodisalari hamda ularni texnologiya asosida o‘qitishmetodikasi tahlil qilinadi, raqamli vositalar va sun‘iy intellektyordamida til ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatiladi.
Boshqa tillarda
ruschaГруппировка слов, слово и его происхождение
Статья анализирует части речи, деривацию и конверсию, атакже методику их преподавания с использованием технологий,показывая возможности развития языковых навыков с помощьюцифровых инструментов и искусственного интеллекта.
inglizchaWORD GROUPS CONVERSION WORD AND ITS DERIVATION
The article analyzes word classes, derivation, and conversion,along with methods of teaching them using technology, highlighting howdigital tools and artificial intelligence can enhance language skills.
Kalit so‘zlar
- so‘z turkumlari
- derivatsiya
- konversiya
- so‘z yasalishi
- texnologiya
- interaktiv ta‘lim
- sun‘iy intellect
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
SO‘Z TURKUMLARI KONVERSIYA SO’Z VA UNING HOSIL BO’LISHI (DERIVATSIYA)
A’loxanova Ravzaxon Abdurashid qizi Elektron pochta:msralokhanova@gmail.com Telefon: [telefon raqami yashirilgan] Samigullayeva Oydina Otabek qizi
Elektron pochta: samigullayevaoydina@gmail.com Telefon: [telefon raqami yashirilgan] Namangan davlat pedagogika institute Ijtimoiy fanlar fakulteti xorijiy tillar kafedrasi “Xorijiy til va adabiyoti” ta'lim yo‘nalishi 4-kurs XTA-BU-22-guruh talabalari
Annotatasiya: Maqolada so‘z turkumlari, derivatsiya va konversiya hodisalari hamda ularni texnologiya asosida o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi, raqamli vositalar va sun’iy intellekt yordamida til ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rsatiladi. Kalit so‘zlar: so‘z turkumlari, derivatsiya, konversiya, so‘z yasalishi, texnologiya, interaktiv ta’lim, sun’iy intellect Статья анализирует части речи, деривацию и конверсию, а также методику их преподавания с использованием технологий, показывая возможности развития языковых навыков с помощью цифровых инструментов и искусственного интеллекта. Ключевые слова: части речи, деривация, конверсия, словообразование, технологии, интерактивное обучение, искусственный интеллект The article analyzes word classes, derivation, and conversion, along with methods of teaching them using technology, highlighting how digital tools and artificial intelligence can enhance language skills. Keywords: word classes, derivation, conversion, word formation, technology, interactive learning, artificial intelligence
Ingliz tilida so‘z turkumlari - bu so‘zlarning gapdagi grammatik va semantik funksiyasiga ko‘ra guruhlanishi hisoblanadi. So‘z turkumlarini bilish tilni o‘rganishda asosiy nazariy baza bo‘lib, u o‘quvchilarga so‘zlarni to‘g‘ri ishlatish, gap tuzish va matnni mazmunli ifodalash imkonini beradi.[1] So‘z turkumlari nafaqat ingliz tilida, balki boshqa tillarda ham grammatik jihatdan va ularning gapdagi bajaradigan vazifasi nuqtai nazaridan o‘xshashlikka ega bo‘lib, tahliliy natijalarni o‘quvchilarga aniq yetkazish imkonini beradi. Ingliz morfologiyasida texnologiyalar yordamida so‘z turkumlarini o‘quvchilarga guruhlab o‘rgatish jarayoni samaraliroq bo‘lib, so‘zlarning ifodalanish maqsadini ham yaqqol ko‘rsatadi. Masalan, onlayn platforma twee.com misolida, darsga oid testlar yoki qo‘shiqlar yordamida ba’zi so‘zlar tushirib qoldiriladi va o‘quvchilar ularni to‘ldiradi. So‘z topilgach, u morfologik tahlil qilinadi. So‘z qo‘shimchalarga ajratiladi, so‘z yasovchi va shakl yasovchi turkumlariga bo‘linadi. Shu tarzda, o‘quvchilar so‘zning tuzilishi va grammatik xususiyatlarini amaliy ravishda o‘rganadilar.
So‘z turkumlari har bir so‘zning gapdagi rolini belgilaydi va shu orqali tilning strukturaviy tizimi shakllanadi.[2] Ingliz tilida asosiy so‘z turkumlari quyidagilardir:
1. Noun (ot) – shaxs, joy, narsa yoki tushunchani bildiradi.
Izoh: Otlar gapda odatda sub’ekt yoki predikat rolini bajaradi.
2. Verb (fe’l) – harakat, holat yoki jarayonni ifodalaydi.
Izoh: Fe’llar gapning asosiy qismi bo‘lib, voqeani yoki harakatni bildiradi.
3. Adjective (sifat) – otning xususiyatini aniqlaydi.
Izoh: Sifatlar o‘quvchilarga otni batafsil tasvirlash imkonini beradi.
4. Adverb (ravish) – fe’l, sifat yoki boshqa ravishlarni aniqlaydi.
Izoh: Ravishlar gapning harakat yoki sifatini ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi.
5. Pronoun (olmosh) – otdan o‘rnini bosadi.
Izoh: Olmoshlar takroriylikni kamaytiradi va matnni silliq qiladi.
6. Preposition (predlog) – so‘zlar yoki iboralar orasidagi munosabatni bildiradi.
Izoh: Predloglar kontekstni aniqlash va gap mazmunini tushunishga yordam beradi.
7. Conjunction (bog‘lovchi) – so‘zlar, iboralar yoki gaplarni bog‘laydi.
Izoh: Bog‘lovchilar mantiqiy va grammatik aloqani ta’minlaydi.
8. Article (maqola) – otni aniqlaydi yoki umumiyligini bildiradi.
Ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil etsak, so‘z turkumlarining vazifasini qo‘shimchalar yordamida o‘quvchilarga ularning ishlatilish maqsadi o‘zgarishi yoki o‘zgarmasligini savol-javob shaklida tushuntirish mumkin. Masalan, quiz.com, JeopardyLabs va boshqa onlayn interaktiv platformalar yordamida bu jarayon qiziqarli va samarali tarzda o‘tkazilishi mumkin.[3] Bunday platformalarda o‘quvchilar nafaqat so‘zning qaysi turkumga tegishli ekanligini, balki uning boshqa vazifalarini ham aniqlay oladi va morfologik-semantik tahlilni mustaqil ravishda bajaradi. Masalan, o‘quvchi “run” so‘zini tekshirayotganda, u fe’l sifatida harakatni bildirishi, lekin “runner” shaklida ot sifatida ishlatilishini ham ko‘rishi mumkin, shuningdek qo‘shimchalar orqali yangi so‘z yasash imkoniyatini ham o‘rganadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, so‘zlarning asos va qo‘shimchalari qanday o‘zgarishini va shu kabi jarayonlarni tahlil qila olgan o‘quvchi, ingliz tilida so‘zlar hosil qilish jarayoni - derivatsiyani -ham oson tushunadi va amalda tatbiq eta oladi.[4] Masalan, o‘quvchi “happy” so‘zidan “happiness” yoki “unhappy” so‘zlarini hosil qilganda, qo‘shimchalar yordamida ma’no va turkumni qanday o‘zgartirish mumkinligini ko‘radi. Bu jarayon o‘quvchiga so‘z boyligini oshirish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi. Shuningdek, ta’lim texnologiyalari o‘quvchilarga tushuntirishni soddalashtiradi, interaktiv mashqlar va vizual materiallar yordamida mavzuni osonroq o‘zlashtirish imkonini yaratadi. Masalan, onlayn platformalarda derivatsion mashqlarni bajarish orqali o‘quvchilar yangi so‘zlarni mustaqil shakllantirishi mumkin. Masalan, “teach” so‘zini olsak, u fe’l turkumiga mansub bo‘lib, harakat yoki jarayonni bildiradi. Agar unga “- er” qo‘shimchasini qo‘shsak, “teacher” shaklida otga aylanishi va shaxsni bildirishi mumkin. Shu tarzda o‘quvchilarga derivatsiya jarayoni va so‘z turkumlarining o‘zaro bog‘liqligi tushuntiriladi. Agar bu jarayon an’anaviy usulda tushuntirilsa, til o‘rganishdagi qiyinchiliklar o‘quvchilarning natijalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Biroq zamonaviy ta’lim texnologiyalari, interaktiv mashqlar, debatlar yoki o‘yin shaklida dars olib borilganda, hatto tortinchoq o‘quvchilar ham asta-sekin bilim olish nuqtasiga yetadi, darsga 10 nafar faol o‘quvchi qatnashayotgan bo‘lsa, interaktiv va gamifikatsiyalangan usullar yordamida ularning barchasini 100% natijaga erishish darajasiga olib chiqish mumkin.
O‘qitish texnologiyalari va metodlarini takomillashtirish jarayonida, biz o‘quvchilarga til o‘rgatish jarayonini yanada samarali va natijaga boy qilish uchun metodologik va texnologik usullar ishlab chiqamiz.[5] Shu jarayonda til o‘rgatishda uchraydigan yana bir qiyinchilik - konversiya, ya’ni bir so‘zning ma’nosi va so‘z turkumini o‘zgartirish jarayonidir. Masalan, “run” fe’li odatda harakatni bildiradi, lekin uni “a run” shaklida ishlatsak, u ot bo‘lib, bir voqea yoki harakatning nomini bildiradi. Shu kabi konversiya jarayonini interaktiv mashqlar va onlayn platformalar yordamida o‘quvchilarga tushuntirish, ularning til ko‘nikmalarini yanada mustahkamlaydi va so‘zlarning turli vazifalarini amaliy ravishda qo‘llash imkonini beradi. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida o‘quvchilar bu jarayonlarni interaktiv tarzda o‘rganadi: ular so‘zlarni turkum va ma’no o‘zgarishiga qarab ajratadi, tahlil qiladi va mustaqil qo‘llashni o‘rganadi. Shu orqali, o‘quvchilarning leksik va grammatik kompetensiyasi rivojlantiriladi, og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalari mustahkamlanadi.
Bundan tashqari, platformalar va o‘yin shaklidagi mashqlar orqali dars jarayoni qiziqarli va motivatsion bo‘lib, tortinchoq o‘quvchilar ham asta-sekin ishtirok etishga o‘rganadi. Natijada, individual yondashuv bilan har bir o‘quvchi o‘z darajasida bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.[6] Ta’lim texnologiyalari va metodlarini samarali qo‘llash orqali o‘quvchilarda ingliz tilidagi so‘z turkumlari, derivatsiya va konversiya jarayonlarini chuqur tushunish imkoniyati yaratiladi. Interaktiv platformalar, onlayn testlar va o‘yinlar yordamida o‘quvchilar so‘zlarning asos va qo‘shimchalari orqali ularning ma’nosi va turkumini qanday o‘zgartirish mumkinligini amaliy tarzda o‘rganadi. Masalan, “teach” fe’li “-er” qo‘shimchasi bilan “teacher” otiga aylanishi, yoki “text” otining “to text” shaklida fe’lga aylanishi kabi misollar orqali derivatsiya va konversiya jarayonlari aniq tushuntiriladi. Bunday yondashuv nafaqat so‘z boyligini oshirish va grammatik kompetensiyani rivojlantirishga yordam beradi, balki og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Shuningdek, darslarni gamifikatsiyalash va interaktiv mashqlar bilan boyitish orqali tortinchoq o‘quvchilar ham o‘zlashtirish jarayoniga faolroq jalb qilinadi. Natijada, zamonaviy ta’lim texnologiyalari yordamida til o‘rganish jarayoni samaraliroq, motivatsion va natijaga boy bo‘ladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar29 ta adabiyot
- M Boltabayeva, G Gaipova Universal xalqaro ilmiy jurnal
- Изучение педагогического значения использования технологии слайма в обучении английскому языку учащихся 3-4 классов в условиях инклюзивного образования. (2026). Universal Xalqaro Ilmiy
- Jurnal, 3(2.1), 147-151. https://universaljournal.uz/index.php/uxij/article/view/39
- Dehqanova, A. G., & Azimov, M. S. (2024). Axborot va uning mazmuni, axborotdalashish davrida xorijiy tillar va ularning axborotlashgan jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati 214-219
- Toshkent gumanitar fanlar universiteti,“. CURRENT ISSUES OF
- SCIENCE: PROBLEMS AND SOLUTIONS.
- Azimova, M. M. (2025). Ingliz tili o‘rganayotgan o‘quvchilarda leksik boylikni oshirishda metodik yondashuvlar va tushunchalar.
- Ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi, 49(1), 169–171. https://scientificjl.com/tal/article/view/24878 DOI: https://10.5281/zenodo.1628196310.5281/zenodo.16281963
- Dehqanova, G. A. (2024). SAMARALI MULOQOT VA
- INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA TAYYORLASHNING ILMIYMETODIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1), 550-555.
- Dehkhonova, G. A. (2024). THE CLASSIFICATION OF
- LEXICAL UNITS WITH FINANCIAL POSITION ACCORDING TO SCIENTISTS VIEW. Academic research in educational sciences, 5(CSPU
- Conference 1), 542-549.
- Azimov, S., Abdumuminova, D. Xorijiy tillarni o‘quvchilarga o‘rgatishda metodik usul va yondashuvlar hamda o‘qituvchining psixologik bilimi. *Universal xalqaro ilmiy jurnal, 1(7), 2024. –B.189-195
- Yuldashev Og'abek Komiljon o'g'li, Azimov Samandar
- Murodjon o'g'li. (2025). Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda metodik o‘yinlarning ahamiyati. Лучшие интеллектуальные исследования, Vol. 54 No. 1. https://journalss.org/index.php/luch/article/view/2046
- Marifatkhon Boltabayeva. (2025). The Clash Of Religious and
- Secular Views In Graham Greene’s Works. Emergent: Journal of
- Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 6(3), 8. https://doi. org/10. 47134/emergent. v4i1. 64
- Ahmadjonovna, D. G. (2024). The importance and role of lexical competence in teaching foreign languages to students. Ethiopian
- International Journal of Multidisciplinary Research, 11(5), 16-23.
- M Boltabayeva, G Gaipova Universal xalqaro ilmiy jurnal
- Изучение педагогического значения использования технологии слайма в обучении английскому языку учащихся 3-4 классов в условиях инклюзивного образования. (2026). Universal Xalqaro Ilmiy
- Jurnal, 3(2.1), 147-151. https://universaljournal.uz/index.php/uxij/article/view/39
- Saydaliyeva, M. A., & Azimov, S. M. (2025, November 18). The effective impact of educational technologies in organizing English language lessons. Образование, наука и инновационные идеи в мире,
- 81(3). https://journalss.org/index.php/obr/article/view/5633 https://doi.org/10.5281/zenodo.1765233610.5281/zenodo.17652336
- Azimov S. M. The place and significance of the English language worldwide //
- International Journal of Scientific Researchers.-2024. Vol. 5, Issue
- – P. 31–35.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011858
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/967
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1102–1107
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25