INGLIZ SO‘ZLARINI MORFOLOGIK TAHLIL QILISH USULLARI VA ULARNING SAMARALI METODLARI
Boltabayeva Marifatkhon Bakhromjon kizi1, Azimov Samandar Murodjon oglu22026
- 1Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kefedrasi katta o‘qituvchisi
- 2Namangan Davlat Pedagogika Instituti Xorijiy tillar kafedrasi Xorijiy til va adabiyoti yonalishi (XTA-BU-22)
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1075–1082
Annotatsiya
Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganishda morfologiktahlilning ahamiyati, so‘zlarning tuzilishi va morfemalarga ajratilishi,so‘z yasash jarayonlari hamda semantik va grammatik xususiyatlariyoritiladi. Shuningdek, til strukturasini o‘rgatishda samarali metodlarva solishtirma tahlil usullari ko‘rib chiqiladi.
Boshqa tillarda
ruschaМетоды морфологического анализа английских слов и их эффективные методы.
В статье рассматривается значениеморфологического анализа при изучении английского языка,включая структуру слов, их деление на морфемы, процессысловообразования, а также семантические и грамматическиеособенности. Также анализируются эффективные методы обучения исравнительный подход к изучению структуры языка
inglizchaMETHODS OF MORPHOLOGICAL ANALYSIS OF ENGLISH WORDS AND THEIR EFFECTIVE METHODS
This article highlights the importance ofmorphological analysis in learning English, including word structure,morpheme segmentation, word formation processes, and semantic andgrammatical features. It also discusses effective teaching methods andcomparative analysis for understanding language structure.
Kalit so‘zlar
- Morfologiya
- morfologik tahlil
- so‘z yasash
- semantik ma‘no
- grammatik funksiya
- ta‘lim metodikasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
INGLIZ SO‘ZLARINI MORFOLOGIK TAHLIL QILISH USULLARI VA ULARNING SAMARALI METODLARI
Boltabayeva Ma’rifatxon Baxromjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kefedrasi katta o’qituvchisi E-mail: boltabayevamarifathon@gmail.com https://orcid.org/0009-0009-5336-6675 Telefon:[telefon raqami yashirilgan] Azimov Samandar Murodjon o’g’li Namangan Davlat Pedagogika Instituti Xorijiy tillar kafedrasi Xorijiy til va adabiyoti yonalishi (XTA-BU-22) E-mail: azimovsamandar@196gmail.com Telefon: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya: Ushbu maqolada ingliz tilini o‘rganishda morfologik tahlilning ahamiyati, so‘zlarning tuzilishi va morfemalarga ajratilishi, so‘z yasash jarayonlari hamda semantik va grammatik xususiyatlari yoritiladi. Shuningdek, til strukturasini o‘rgatishda samarali metodlar va solishtirma tahlil usullari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Morfologiya, morfologik tahlil, so‘z yasash, semantik ma’no, grammatik funksiya, ta’lim metodikasi. Annotation: This article highlights the importance of morphological analysis in learning English, including word structure, morpheme segmentation, word formation processes, and semantic and grammatical features. It also discusses effective teaching methods and comparative analysis for understanding language structure. Keywords: Morphology, morphological analysis, word formation, semantic meaning, grammatical function, teaching methodology. Аннотация: В статье рассматривается значение морфологического анализа при изучении английского языка, включая структуру слов, их деление на морфемы, процессы словообразования, а также семантические и грамматические особенности. Также анализируются эффективные методы обучения и сравнительный подход к изучению структуры языка. Ключевые слова: Морфология, морфологический анализ, словообразование, семантическое значение, грамматическая функция, методика обучения.
Til tizimida so‘z muhim lingvistik birliklardan biri hisoblanadi. So‘zlarning tuzilishi, shakllanish jarayoni va grammatik xususiyatlarini o‘rganish morfologiya bo‘limining asosiy vazifasidir. Morfologiya tilshunoslikning muhim yo‘nalishi sifatida so‘zning ichki tuzilishi, tarkibiy qismlari va grammatik shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etadi hamda umumiy lingvistikaning ajralmas qismi sanaladi.
Ingliz tilida morfologik tizim asosan so‘z shakllarining o‘zgarishi va so‘z yasash jarayonlari orqali ifodalanadi. Xususan, otlarda ko‘plik (- s, -es), egalik (-’s), fe’llarda esa zamon va shaxs ko‘rsatkichlari (-ed, -ing, -s) orqali grammatik ma’nolar yuzaga chiqadi. Shu bilan birga, prefiks va suffikslar (un-, re-, -ness, -er) yordamida yangi so‘zlar hosil qilish keng tarqalgan bo‘lib, bu tilning semantik va grammatik imkoniyatlarini kengaytiradi.
Til o‘rganish jarayonida morfologik tahlil muhim metodik vosita sifatida namoyon bo‘ladi. U o‘quvchilarga so‘z tarkibini aniqlash, morfemalarning funksiyasini tushunish va yangi birliklarning ma’nosini mustaqil anglash imkonini beradi. Morfema tilning eng kichik ma’noli birligi bo‘lib, asos (root), so‘z yasovchi va grammatik affikslarga ajratiladi.
Ingliz tilida so‘z tuzilishi ko‘pincha affiksatsiya orqali shakllanadi (happy → unhappy → happiness). Ushbu jarayonni o‘zlashtirish o‘quvchilarning lug‘aviy boyligini oshirish va analitik fikrlashini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ingliz tilida derivatsiya va infleksiya jarayonlari morfologik tizimning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Derivatsiya yangi so‘z hosil qilishni ifodalaydi (teach → teacher), infleksiya esa so‘zning grammatik shaklini o‘zgartiradi (work → works → worked → working). Ushbu jarayonlarni o‘zlashtirish o‘quvchilarning grammatik kompetensiyasini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Morfologik tahlil jarayonida so‘zlarning asos (root) va affikslar orqali shakllanishi aniqlanadi. Masalan, act asosi “harakat qilmoq” ma’nosini bildirib, undan turli affikslar yordamida yangi so‘zlar hosil qilinadi: action (act + -ion) – harakat, active (act + -ive) – faol, activity (active + -ity) – faollik, actor (act + -or) harakatni bajaruvchi shaxs. Ushbu misollar asosida bir ildizdan turli so‘z turkumlariga mansub birliklar hosil bo‘lishi kuzatiladi. Bu esa o‘quvchilarga so‘zlarning tuzilishi va o‘zaro semantik bog‘liqligini anglash imkonini beradi.
So‘zning semantik tahlili uning ma’nosini alohida semantik komponentlar semalarga ajratish orqali amalga oshiriladi. Mazkur yondashuv semantika doirasida o‘rganiladi. Masalan, teacher so‘zi umumiy “ta’lim beruvchi shaxs” ma’nosiga ega bo‘lib, uning tarkibi [+inson], [+kasb], [+bilim berish], [+ta’lim jarayoni bilan bog‘liqlik] kabi semalardan tashkil topadi.
Morfologik va semantik tahlil uyg‘unligi o‘quvchilarning so‘z tuzilishi va ma’nosini chuqurroq anglashiga, shuningdek, yangi leksik birliklarni mustaqil o‘zlashtirishiga xizmat qiladi.
Morfologik jihatdan teacher so‘zi teach + -er modeli asosida shakllangan bo‘lib, -er suffiksi harakatni bajaruvchi shaxsni bildiradi. Shu bois semantik tahlilda ham “harakatni bajaruvchi shaxs” ma’nosi aks etadi. Demak, teacher leksemasi “bilim beruvchi, o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi inson” mazmunini ifodalaydi. Bunday yondashuv o‘quvchilarga so‘zlarning ichki ma’no tuzilishini chuqurroq anglash va leksik tafakkurni rivojlantirish imkonini beradi.
Morfologik tahlil o‘quvchilarning analitik va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim vosita hisoblanadi. So‘z tuzilishini tahlil qilish orqali ular til hodisalarini tizimli ravishda anglaydi, so‘zlarning shakllanish mexanizmlarini o‘zlashtiradi. Bu jarayon morfologiya doirasida o‘rganilib, lingvistik tafakkurning shakllanishiga xizmat qiladi.
Quyidagi misollar affiksatsiya orqali ma’no o‘zgarishini yaqqol ko‘rsatadi: unhappy (un + happy) – inkor ma’no hosil qilib, “baxtsiz”ni bildiradi; rewrite (re + write) – “qayta yozmoq” ma’nosini ifodalaydi; careless (care + -less) – “e’tiborsiz, beparvo” ma’nosini anglatadi; teacher (teach + -er) – “o‘qituvchi” ma’nosini bildiradi; national (nation + -al) – “milliy” sifatini hosil qiladi.
Morfologik tahlil orqali affikslarning funksional roli va ularning semantik ta’siri ochib beriladi, bu esa o‘quvchilarning yangi so‘zlarni mustaqil anglash va qo‘llash kompetensiyasini rivojlantiradi.
Bunday misollar orqali o‘quvchilar so‘zlarning asos (root) va affikslar (prefix, suffix) yordamida qanday shakllanishini anglaydilar. Natijada ular notanish leksik birliklarning ma’nosini morfologik tahlil asosida aniqlash ko‘nikmasini egallaydi, bu esa tilni chuqurroq o‘zlashtirish va mustaqil fikrlash qobiliyatining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Pedagogik nuqtai nazardan, morfologik tahlilni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini oshiradi. Mazkur yondashuv morfologiya doirasida amalga oshirilib, so‘zlarning ichki tuzilishi va tarkibiy qismlarini o‘rganishga asoslanadi. O‘qituvchilar ushbu metod asosida turli mashq turlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarning tahliliy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin.
Amaliy jihatdan quyidagi mashq turlari samarali hisoblanadi:
Morfema ajratish mashqi: unfriendly → un + friend + -ly (inkor prefiksi, asos va suffiksni aniqlash); So‘z yasash mashqi: help → helpful, helpless, helper (bir asosdan turli leksik birliklar hosil qilish); Ma’noni aniqlash mashqi: disagree → dis + agree (prefiks orqali inkor ma’noni aniqlash); Taqqoslash mashqi: create, creative, creation (affikslar orqali ma’no va so‘z turkumining o‘zgarishini kuzatish).
Morfologik tahlilga asoslangan mashqlar tizimi o‘quvchilarning lingvistik kompetensiyasini rivojlantirib, so‘zlarning tuzilishi va ma’nosini ongli ravishda o‘zlashtirishiga imkon yaratadi. Bunday mashqlar orqali o‘quvchilar so‘zlarning tuzilishini chuqurroq anglaydi hamda yangi leksik birliklarni samarali o‘zlashtiradi. Natijada ularning tilga bo‘lgan qiziqishi ortib, tahliliy fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi. Morfologik tahlil til o‘rganishda integrativ yondashuvni ta’minlab, leksikologiya, grammatika va semantika kabi tilshunoslik yo‘nalishlari bilan uzviy bog‘liq holda amalga oshiriladi. Bu jarayon o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytirish, grammatik bilimlarini mustahkamlash hamda ingliz tilida erkin va samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Til o‘qitish metodikasida grammatik ma’nolar va so‘zlararo aloqalarni o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayon morfologiya va sintaksis bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda so‘zlarning grammatik shakllari hamda gap tarkibidagi funksional munosabatlari tahlil qilinadi. Grammatik kategoriyalarni o‘zlashtirish orqali o‘quvchilar til birliklari o‘rtasidagi tizimli aloqalarni chuqurroq anglaydilar. Solishtirma tahlil metodidan foydalanish o‘quvchilarga ingliz tilining tuzilishini boshqa tillar bilan qiyoslab o‘rganish imkonini beradi. Bu yondashuv tilshunoslikda Qiyosiy lingvistika (Comparative Linguistics) doirasida qo‘llanadi va turli tillarning grammatik hamda leksik xususiyatlarini solishtirish orqali o‘rganishni nazarda tutadi. Shu orqali o‘quvchilar so‘z tuzilishi, grammatik shakllar va ma’no ifodalash vositalarining o‘xshash hamda farqli jihatlarini aniqlashni o‘rganadilar. Masalan ko‘plik shaklining ifodalanishi ingliz tilida book → books -s qo‘shimchasi orqali ko‘plik hosil bo‘ladi. O‘zbek tili kitob → kitoblar - lar qo‘shimchasi orqali ko‘plik hosil bo‘ladi. Bu misolda har ikki tilda ko‘plik qo‘shimcha orqali ifodalanishi o‘xshashlikni ko‘rsatadi. So‘z yasash jarayoni ingliz tilida teach → teacher, teach + -er – harakatni bajaruvchi shaxs. O‘zbek tilida esa o‘qit → o‘qituvchi o‘qit + -uvchi – harakat egasi. Bu yerda ham ikkala tilda harakatni bajaruvchi shaxs qo‘shimcha orqali hosil bo‘lishi kuzatiladi. Inkor ma’nosining ifodalanishi ingliz tilida happy → unhappy un- prefiksi orqali inkor ma’no hosil qilinadi. O‘zbek tilida baxtli → baxtsiz -siz qo‘shimchasi orqali inkor ma’no ifodalanadi. Bu misolda ingliz tilida prefiks, o‘zbek tilida esa suffiks yordamida inkor ma’no hosil qilinishi farqli jihat sifatida namoyon bo‘ladi. Bunday solishtirma misollar orqali o‘quvchilar turli tillarning tuzilishini chuqurroq tushunadilar, til hodisalarini mantiqiy ravishda tahlil qilishni o‘rganadilar hamda ularning lingvistik kompetensiyasi yanada rivojlanadi.
Shuningdek, morfologik tahlil o‘quvchilarning nutq faoliyatida so‘zlardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantiradi. Bu jarayon tilshunoslikning Morphology bo‘limi bilan bog‘liq bo‘lib, so‘zlarning grammatik shakllari va ularning gapdagi funksional vazifalarini o‘rganishga yordam beradi. So‘zlarning qanday o‘zgarishini tushunish orqali o‘quvchilar grammatik me’yorlarga rioya qilishni o‘rganadilar va natijada yozma hamda og‘zaki nutqda uchraydigan xatolar kamayadi.
Tilshunoslik va ta’lim metodikasi doirasida o‘quvchilarning leksikon va uning tarkibiy elementlarini chuqur anglashlari muhim ahamiyatga ega. Leksikon tilning umumiy so‘z boyligini ifodalab, muayyan til jamoasi tomonidan qo‘llaniladigan barcha leksik birliklarni o‘z ichiga oladi. Har bir so‘zning semantik mazmuni uning leksik funksiyasini belgilaydi, ya’ni u qanday ma’noni ifodalashi va qaysi kontekstda qo‘llanishini aniqlaydi.
Amaliy jihatdan bu quyidagi misollarda yaqqol namoyon bo‘ladi: book – ot bo‘lib, “kitob” ma’nosini bildiradi va o‘quv materiali sifatida qo‘llanadi (I borrowed a book from the library); run – fe’l sifatida harakatni ifodalaydi (She runs every morning in the park); teacher – kasb egasini anglatuvchi ot (The teacher explained the lesson clearly); happy – sifat bo‘lib, ruhiy holatni bildiradi (He was very happy with his results).
Mazkur yondashuv o‘quvchilarga so‘zlarning nafaqat lug‘aviy ma’nosini, balki ularning funksional qo‘llanishini ham anglash imkonini beradi. Natijada til birliklaridan to‘g‘ri va maqsadga muvofiq foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi.
So‘zning grammatik funksiyasi uning gap tarkibidagi rolini belgilaydi. Fe’l, ot va sifat kabi so‘z turkumlari turli sintaktik vazifalarni bajaradi. Morfologik va semantik tahlil asosida o‘rganish o‘quvchilarga nafaqat lug‘at boyligini oshirish, balki so‘zlarni nutqda to‘g‘ri qo‘llash va grammatik me’yorlarga rioya qilish imkonini beradi.
Quyidagi misollar buni yaqqol ko‘rsatadi: eat – fe’l bo‘lib, gapda asosiy harakatni bildiradi (She eats an apple every morning); dog – ot sifatida sub’ekt vazifasini bajaradi (The dog is barking loudly); beautiful – sifat bo‘lib, otni aniqlaydi (She has a beautiful dress); go → went – fe’lning zamon shakli o‘zgarib, o‘tgan zamonni ifodalaydi (Yesterday, he went to school).
Leksikon, semantik ma’no va grammatik funksiyani integratsiyalashgan holda o‘rgatish o‘quvchilarning til tizimini chuqur anglashiga, nutqiy kompetensiyasini rivojlantirishga hamda grammatik xatolarni kamaytirishga xizmat qiladi.
Leksikonni o‘rganish orqali o‘quvchilar so‘zlarning ma’nosi, talaffuzi va turli kontekstlarda qo‘llanishini tizimli ravishda o‘zlashtiradilar. Semantik tahlil esa so‘zlarning ichki ma’no tuzilishi va semantik komponentlarini aniqlashga xizmat qilib, yangi leksik birliklarni anglash va ularni mos ravishda qo‘llash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Shu bilan birga, grammatik funksiyani o‘rganish so‘zlarning gap tarkibidagi rolini belgilab, nutq va yozuvda grammatik me’yorlarga rioya qilishni ta’minlaydi hamda xatolarni kamaytiradi.
Ta’lim jarayonida morfologik tahlil, solishtirma yondashuv, kontekstual mashqlar va leksikografik vositalardan foydalanish integratsiyalashgan metodikani kuchaytiradi. Xususan, so‘z oilalari va affiksatsiya asosida olib boriladigan tahlil (act → action, active, actor, activity) o‘quvchilarning morfologik sezgirligini oshiradi va notanish so‘zlarni tushunishni osonlashtiradi.
Bundan tashqari, kontrastiv yondashuv ingliz va o‘zbek tillarining grammatik hamda leksik xususiyatlarini solishtirish imkonini beradi (masalan, dog → dogs / it → itlar). Bu usul o‘quvchilarning til tizimini chuqurroq anglashiga va uning strukturaviy hamda funksional xususiyatlarini ongli ravishda o‘zlashtirishiga yordam beradi.
Kontekstual o‘rganish so‘zlar va ularning grammatik shakllarini real gaplarda qo‘llashni o‘rgatadi, semantik tahlil esa so‘zlarning chuqur ma’nosini aniqlash va ularni mos ravishda ishlatish imkonini beradi (teacher → [+inson], [+kasb], [+bilim berish]). Lug‘atlar va elektron resurslardan foydalanish so‘zlarning talaffuzi, grammatik turkumi, sinonim va antonimlarini o‘rganishga xizmat qiladi (develop → development → developer). Shu bilan birga, morfologiya, semantika va grammatikaning integratsiyalashgan o‘qitilishi o‘quvchilarda tilni tizimli tushunish, mustaqil tahlil qilish va lug‘at boyligini samarali oshirishga yordam beradi.
Natijada integratsiyalashgan yondashuv o‘quvchilarning lug‘at boyligini kengaytirib, nutq va yozma matndagi ifodaviylik, grammatik to‘g‘rilik hamda lingvistik kompetensiyani mustahkamlaydi. Morfologik, semantik va grammatik elementlarni birlashtirib o‘rgatish o‘quvchilarda tilni chuqur, mantiqiy va tizimli anglash ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Shu tariqa, bu metodika nafaqat bilimni oshirishga, balki tahliliy va tanqidiy fikrlashni shakllantirishga ham xizmat qiladi va til kompetensiyasini samarali rivojlantirishda asosiy vosita sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar30 ta adabiyot
- ro’yhati
- Dehqanova, G. A. (2024). SAMARALI MULOQOT VA
- INNOVATSION TEXNOLOGIYALARGA TAYYORLASHNING ILMIY-METODIK JIHATLARINI TAKOMILLASHTIRISH. Academic research in educational sciences, 5(CSPU Conference 1), 550-555.
- Marifatkhon Boltabayeva. (2025). The Clash Of Religious and
- Secular Views In Graham Greene’s Works. Emergent: Journal of
- Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL), 6(3), 8. https://doi. org/10. 47134/emergent. v4i1. 64
- Dehkhonova, G. A. (2024). THE CLASSIFICATION OF
- LEXICAL UNITS WITH FINANCIAL POSITION ACCORDING TO
- SCIENTISTS VIEW. Academic research in educational sciences, 5(CSPU
- Conference 1), 542-549.
- YULDASHEV, O. K., AZIMOV, S. M. MAKTABGACHA VA
- YOSHIDAGI BOLALARGA INGLIZ TILINI O'QITISHDA
- METODIK O'YINLARNING AHAMIYATI // Лучшие интеллектуальные исследования (Luchshie intellektualnye issledovaniya). – 2025. – № 54, Vol. 1 (Oktyabr). – P. 129. https://doi.org/10.5281/zenedo.17315226610.5281/zenedo.173152266
- Azimov S. M. The place and significance of the English language worldwide //
- International Journal of Scientific Researchers. – 2024. – Vol. 5,
- Issue 2. – P. 31–35.
- M Boltabayeva, G Gaipova Universal xalqaro ilmiy jurnal
- Изучение педагогического значения использования технологии слайма в обучении английскому языку учащихся 3-4 классов в условиях инклюзивного образования. (2026). Universal Xalqaro Ilmiy
- Jurnal, 3(2.1), 147-151. https://universaljournal.uz/index.php/uxij/article/view/39
- Saydaliyeva M.A, Azimov S. M. THE EFFECTIVE IMPACT
- OF EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN ORGANIZING ENGLISH
- LANGUAGE LESSONS . (2025). ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И
- ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 81(3), 136-141. https://journalss.org/index.php/obr/article/view/5633
- Karimova D. Morphological Analysis in Teaching English as a Foreign Language. Tashkent: National University Press, 2018.
- Akhmedova G. R. English Lexicology. Tashkent: Teacher
- Publishing House, 2015.
- Dehqanova, A. G., & Azimov, M. S. (2024). Axborot va uning mazmuni, axborotdalashish davrida xorijiy tillar va ularning axborotlashgan jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va ahamiyati 214-219
- Toshkent gumanitar fanlar universiteti,“. CURRENT ISSUES OF
- SCIENCE: PROBLEMS AND SOLUTIONS.
- Azimov, S., Abdumuminova, D. Xorijiy tillarni o‘quvchilarga o‘rgatishda metodik usul va yondashuvlar hamda o‘qituvchining
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011850
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/958
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1075–1082
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25