MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINI MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
Abduvaliyeva Farida Salimjon qiziNamangan davlat universiteti Maktabgacha ta‘lim va tarbiya kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 789–795
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabga tayyorlov guruhitarbiyalanuvchilarida nutq madaniyatini shakllantirish jarayonidamultimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati tahlilqilinadi. Tadqiqotda zamonaviy axborot-kommunikatsiyatexnologiyalarining bolalar nutqini rivojlantirish, ularningkommunikativ kompetensiyasini oshirish hamda ta‘lim jarayonigaqiziqishini kuchaytirishdagi imkoniyatlari yoritib berilgan. Shuningdek,multimedia vositalaridan foydalanish orqali tarbiyalanuvchilarning so‘zboyligini kengaytirish, to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish vamuloqot madaniyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.Tadqiqot natijalari multimedia texnologiyalarining maktabgacha ta‘limjarayonida nutq madaniyatini samarali shakllantirishga xizmat qilishiniko‘rsatadi.
Boshqa tillarda
ruschaВажность формирования речевой культуры учащихся подготовительной группы на основе мультимедиа.
В данной статье рассматривается педагогическоезначение использования мультимедийных средств в процессеформирования культуры речи у воспитанников подготовительнойгруппы дошкольного образования. В исследовании освещаютсявозможности современных информационно-коммуникационныхтехнологий в развитии речи детей, повышении их коммуникативнойкомпетентности и интереса к образовательному процессу. Такжеанализируется роль мультимедийных средств в расширениисловарного запаса, формировании правильного произношения иразвитии культуры речевого общения у детей. Результатыисследования показывают, что использование мультимедийныхтехнологий способствует эффективному формированию культурыречи в системе дошкольного образования.
inglizchaTHE IMPORTANCE OF FORMING THE SPEECH CULTURE OF STUDENTS IN THE SCHOOL PREPARATION GROUP BASED ON MULTIMEDIA
This article analyzes the pedagogical significance ofusing multimedia tools in the formation of speech culture among childrenof the preschool preparatory group. The study highlights the possibilitiesof modern information and communication technologies in developingchildren‘s speech, improving their communicative competence, andincreasing their interest in the educational process. In addition, thearticle discusses the role of multimedia tools in expanding children‘svocabulary, developing correct pronunciation skills, and improvingcommunication culture. The research results show that the effective useof multimedia technologies contributes significantly to the developmentof speech culture in preschool education.
Kalit so‘zlar
- multimedia vositalari
- nutq madaniyati
- maktabgacha ta‘lim
- tayyorlov guruhi
- kommunikativ kompetensiya
- nutq rivoji
- pedagogik texnologiyalar
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
MAKTABGA TAYYORLOV GURUHI TARBIYALANUVCHILARINI MULTIMEDIA VOSITALARI ASOSIDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI
Abduvaliyeva Farida Salimjon qizi Namangan davlat universiteti Maktabgacha ta’lim va tarbiya kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti E-mail: faridaabduvaliyeva57@gmail.com ORCID: 0009-0000-01473254 Tel: [telefon raqami yashirilgan]
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida nutq madaniyatini shakllantirish jarayonida multimedia vositalaridan foydalanishning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Tadqiqotda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining bolalar nutqini rivojlantirish, ularning kommunikativ kompetensiyasini oshirish hamda ta’lim jarayoniga qiziqishini kuchaytirishdagi imkoniyatlari yoritib berilgan. Shuningdek, multimedia vositalaridan foydalanish orqali tarbiyalanuvchilarning so‘z boyligini kengaytirish, to‘g‘ri talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirish va muloqot madaniyatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari multimedia texnologiyalarining maktabgacha ta’lim jarayonida nutq madaniyatini samarali shakllantirishga xizmat qilishini ko‘rsatadi.
Kalit so‘zlar: multimedia vositalari, nutq madaniyati, maktabgacha ta’lim, tayyorlov guruhi, kommunikativ kompetensiya, nutq rivoji, pedagogik texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari.
Abstract. This article analyzes the pedagogical significance of using multimedia tools in the formation of speech culture among children of the preschool preparatory group. The study highlights the possibilities of modern information and communication technologies in developing children's speech, improving their communicative competence, and increasing their interest in the educational process. In addition, the article discusses the role of multimedia tools in expanding children's vocabulary, developing correct pronunciation skills, and improving communication culture. The research results show that the effective use of multimedia technologies contributes significantly to the development of speech culture in preschool education.
Keywords: multimedia tools, speech culture, preschool education, preparatory group, communicative competence, speech development, pedagogical technologies, information and communication technologies.
Аннотация. В данной статье рассматривается педагогическое значение использования мультимедийных средств в процессе формирования культуры речи у воспитанников подготовительной группы дошкольного образования. В исследовании освещаются возможности современных информационно-коммуникационных технологий в развитии речи детей, повышении их коммуникативной компетентности и интереса к образовательному процессу. Также анализируется роль мультимедийных средств в расширении словарного запаса, формировании правильного произношения и развитии культуры речевого общения у детей. Результаты исследования показывают, что использование мультимедийных технологий способствует эффективному формированию культуры речи в системе дошкольного образования.
Ключевые слова: мультимедийные средства, культура речи, дошкольное образование, подготовительная группа, коммуникативная компетентность, развитие речи, педагогические технологии, информационно-коммуникационные технологии.
Kirish. Maktabgacha ta’lim tizimi jamiyat taraqqiyotining muhim bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Ushbu bosqichda bolalarning shaxs sifatida shakllanishi, ularning intellektual, axloqiy hamda kommunikativ rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy kompetensiyalar shakllantiriladi. Ayniqsa maktabga tayyorlov guruhi bosqichida bolalarning nutq madaniyatini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki aynan ushbu davrda bola nutqi faol rivojlanadi, so‘z boyligi ortadi hamda muloqot qilish ehtiyoji kuchayadi. Nutq madaniyati insonning umumiy madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, fikrni aniq, ravon, mantiqiy va ifodali bayon qilish qobiliyatini o‘z ichiga oladi. Nutq madaniyati shaxsning tafakkuri, dunyoqarashi va kommunikativ kompetensiyasini namoyon etuvchi muhim ko‘rsatkichdir. Shu sababli maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirish pedagogika fanining dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. So‘nggi yillarda ta’lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng joriy etilishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga olib chiqdi. Multimedia vositalari esa ushbu texnologiyalarning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ular o‘quv jarayonini ko‘rgazmali, interaktiv va samarali tashkil etish imkonini beradi.
Multimedia vositalari orqali tashkil etilgan mashg‘ulotlar bolalarning qiziqishini oshiradi, ularning nutqiy faolligini rag‘batlantiradi hamda o‘quv materialini osonroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Shu bois, maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarida nutq madaniyatini shakllantirishda multimedia vositalaridan foydalanish masalasi zamonaviy pedagogikaning dolzarb ilmiy muammolaridan biri hisoblanadi. Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Nutq madaniyati tilshunoslik va pedagogika fanlarining muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biridir. Nutq madaniyati tushunchasi til me’yorlariga rioya qilgan holda fikrni aniq, mantiqiy, ravon va ifodali bayon qilish qobiliyatini anglatadi. Tilshunos olim B.N. Golovin nutq madaniyatini “adabiy til me’yorlariga amal qilgan holda nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi va ifodaliligini ta’minlaydigan til madaniyati” sifatida ta’riflaydi. Ushbu ta’rif nutq madaniyatining lingvistik va kommunikativ jihatlarini ochib beradi. N. Mahmudov nutq madaniyatini shaxsning ma’naviy madaniyatining muhim tarkibiy qismi sifatida baholab, uni jamiyatdagi muloqot jarayonining samaradorligini ta’minlovchi muhim omil sifatida talqin qiladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq rivojlanishi ularning psixologik va kognitiv rivojlanishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Mashhur psixolog L.S. Vygotskiy nutqni bolaning tafakkuri va ijtimoiy rivojlanishining asosiy vositasi sifatida talqin qiladi³. Uning fikriga ko‘ra, nutq bolaga o‘z fikrlarini ifodalash, atrof-muhit bilan muloqot qilish va yangi bilimlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. A.A. Leontyev nutq faoliyatini insonning ijtimoiy faoliyati bilan bog‘liq jarayon sifatida tavsiflab, nutq rivojlanishi muloqot jarayonida amalga oshishini ta’kidlaydi. R. Mayerning multimedia ta’lim nazariyasiga ko‘ra, vizual va eshitish axborotlarini birgalikda qo‘llash o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Tadqiqot metodologiyasi. Multimedia vositalarining didaktik imkoniyatlaridan ko‘rgazmalilikni kuchaytirish — bu ta’lim jarayonida axborotni matn, rasm, audio, video, animatsiya va interaktiv materiallar orqali ko‘rgazmali tarzda taqdim etib, o‘quvchilarning mavzuni yaxshiroq tushunishi va eslab qolishini ta’minlash jarayonidir. Ko‘rgazmalilikni kuchaytirishda multimedia vositalari muhim rol o‘ynaydi, chunki ular o‘quv materialini faqat og‘zaki tushuntirish bilan emas, balki vizual va eshitish orqali ham qabul qilish imkonini beradi. Bu esa o‘quvchilarning diqqatini jalb qiladi, o‘rganishni qiziqarli va samarali qiladi. Multimedia vositalari orqali ko‘rgazmalilikni kuchaytirish quyidagi imkoniyatlarni beradi:
➢ murakkab tushunchalarni rasm, diagramma va animatsiyalar yordamida aniq ko‘rsatish; ➢ o‘quv materialini video va audiolar orqali jonli tarzda namoyish qilish; ➢ jarayon va hodisalarni bosqichma-bosqich ko‘rsatish; ➢ o‘quvchilarning vizual va eshitish xotirasini faollashtirish; ➢ dars jarayonini interaktiv va qiziqarli qilish.
Bundan tashqari multimedia vositalari orqali ta’lim jarayonini interaktiv tashkil etish orqali yuqori samaradorlikka erishiladi. Bolalarning qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish, ta’lim samaradorligini oshirish mumkin. Shuningdek multimedia vositalari o‘quv materialini turli sezgi organlari orqali qabul qilish imkonini yaratadi. Bu esa bolalarning bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirishiga yordam beradi. Multimedia vositalari maktabgacha ta’lim jarayonida bolalarda nutqiy faollikni rag‘batlantiradi hamda o‘rganilayotgan materialni qiziqarli va tushunarli shaklda yetkazishga yordam beradi. Multimedia vositalari yordamida quyidagi pedagogik vazifalarni amalga oshirish mumkin: ✓ bolalarning so‘z boyligini kengaytirish ✓ to‘g‘ri talaffuzni shakllantirish ✓ bog‘lanishli nutqni rivojlantirish ✓ dialogik nutqni rivojlantirish ✓ hikoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish Masalan, animatsion videolar asosida hikoya tuzish, rasmli taqdimotlar asosida suhbat o‘tkazish yoki interaktiv o‘yinlar yordamida yangi so‘zlarni o‘rganish bolalarning nutqiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Multimedia vositalaridan foydalangan holda bolalarga o‘z tajribalari orqali nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkonini yaratiladi. Bolalarning faol ishtiroki: Interaktiv multimedia dasturlari bolalarda ijodkorlik va fikrlar erkinligini shakllantiradi. Nazariy asoslar shuni ko‘rsatadiki, multimedia texnologiyalari yordamida maktabga tayyorlov guruhidagi bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish samaradorligini oshirish mumkin. Bu jarayon pedagog va psixologlar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv tamoyillari va texnologiyalariga asoslanadi.
Tahlil va natijalar. Maktabga tayyorgarlik jarayonida nutqning o'z vaqtida rivojlanishi asosiy omillardan biridir. Nutqni ishlab chiqish bolani har tomonlama rivojlantirishga ta'sir qildi. Maktabgacha tayyorlov tarbiyalanuvchisining hissiy rivojlanishi, uni boshqa odamlarning hissiy holati bilan tushunish hissiy holatlarning og'zaki belgilari va tashqi ifodalarining rivojlanish darajasiga bog'liqligi aniqlandi. Maktabgacha tayyorlov guruhi yoshidagi bolalarda allaqachon deyarli barcha lug'at shaakllangan bo’lishi kerak. Kattalar va ularning tengdoshlarining tilini hech bir qiyinchiliksiz tushuna oladilar. Multimedia vositalari samaradorligi quyidagi shartlar bilan ta’minlib ko’rib chiqildi:
Maktabgacha yoshdagi bolalarda multimedia vositalari orqali nutq faolligi 27% ga oshgani tajriba asosida isbotlandi.
An'anaviy texnik o'qitish vositalaridan farqli o'laroq, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bolani nafaqat katta hajmdagi tayyor, qat'iy tanlangan, to'g'ri tashkil etilgan bilimlar bilan to'ldirishga, balki intellektual, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga imkon berdi va bu juda muhimligi isbotlandi. Kompyuterning bir vaqtning o'zida matn, grafik, ovoz, nutq, video ko'rinishidagi ma'lumotlarni takrorlash, ma'lumotlarni eslab qolish va katta tezlikda qayta ishlash qobiliyati mutaxassislarga bolalar uchun barcha mavjud o'yinlardan tubdan farq qiladigan yangi faoliyat vositalarini yaratishga imkon berdi. Bularning barchasi uzluksiz ta'limning birinchi bo'g'ini bo'lgan maktabgacha ta'limga sifat jihatidan yangi talablar qo'yadi, uning asosiy vazifalaridan biri bola shaxsining boyitilgan rivojlanishiga zamin yaratishdir.
Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, bu bolalarning darslarga bo'lgan qiziqishini sezilarli darajada oshiradi, kognitiv qobiliyat darajasini rivojlantiradi. Tushuntirish va mustahkamlashning yangi noodatiy usullarini, ayniqsa o'yin shaklida qo'llash bolalarning ixtiyoriy diqqatini oshirib rivojlantirishga yordam beradi. Axborot texnologiyalari shaxsga yo'naltirilgan yondashuvni ta'minlaydi. Multimedia vositalarining yana bir ustunligi – bu bolalarning individual xususiyatlariga mos yondashuv imkoniyatidir. Ba’zi bolalar ko‘proq eshitish orqali o‘rganadi, boshqalar esa vizual materiallarga nisbatan sezgir bo‘ladi. Shu bois bolalar uchun multimedia esa bu farqni hisobga olgan holda mos materiallarni tanlashga imkon berishini ko’rsatdi. Yorqin nurli ekran e'tiborni tortadi, bolalarning audio idrokini vizualga o'tkazishga imkon beradi, jonlantirilgan belgilar qiziqish uyg'otdi.
Multimedia taqdimotlaridan foydalanish darslarni hissiy jihatdan rang-barang, jozibali qilish, bolada katta qiziqish uyg'otish imkonini berdi. Ular ajoyib ko'rgazmali qurol va ko'rgazmali material orqali darsning yaxshi samarali o’tishiga yordam berdi. Shunday qilib mashg’ulotlarda nutq o’stirish, savodga o’rgatish, matematika, musiqa, tashqi dunyo bilan tanishish bo'yicha multimedia taqdimotlaridan foydalanish bolalarning ob'ektning belgilari va xususiyatlarini tekshirish hamda vizual ravishda ta'kidlashda faolligini ta'minlab bera oldi.
Xulosa va takliflar. Hozirda nutqni rivojlantirishga oid multimedia mahsulotlarning shakli o‘zgarib, yanada izchil, mazmunli va pedagogik maqsadlarga yo‘naltirilgan formatda ishlab chiqilmoqda. Multimedia vositalari, ayniqsa, o‘qishda qiynalayotgan yoki ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun imkoniyatlar yaratadi. Elektron kitoblarda matnni og‘zaki shaklda eshittirish, so‘zlarning talaffuzini berish kabi imkoniyatlar mavjud bo‘lib, bu bolalar savodxonligiga ijobiy ta’sir qiladi. Tushuntirish va mustahkamlashning yangi xilma-xil va g'ayrioddiy usullarini, ayniqsa o'yin uslubida qo'llash, bilish jarayonida bolalarning ixtiyoriy e'tiborini oshiradi, ularning ixtiyoriy diqqatini faollashtirishga yordam beradi va bolalarda barcha aqliy jarayonlarning rivojlanishiga yordam beradi.
Multimedia texnologiyalaridan foydalanish maktabgacha yoshdagi bolalar tomonidan maktabgacha ta'limning davlat ta'lim standarti tomonidan belgilangan ustuvor ta'lim yo'nalishlari orasida eng muhimlaridan biri bo'lib, bilish kabi muhim ta'lim sohasini samarali o'zlashtirishga qaratilgan. Maktabgachan ta’lim muassasalarida multimedia vositalarining keng qo’llanilishi bolalarni maktabga tayyorlash jarayonining muvaffaqiyatli kechishiga xizmat qilmoqda.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar9 ta adabiyot
- Sodiqova Sh. Maktabgacha pedagogika. – Toshkent, 2018. –
- 78–85-betlar
- Babayeva D.R. Nutq o‘stirish metodikasi. – Toshkent, 2016. –
- 34–40-betlar
- Ishmuhamedov R. Innovatsion pedagogik texnologiyalar. –
- Toshkent, 2014.
- Begimqulov U. Pedagogik texnologiyalar va axborot texnologiyalari. – Toshkent, 2016. – 90–98-betlar
- Mayer R. Multimedia Learning. – Cambridge University
- Press, 2001. – 41–55 pages
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011828
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/935
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 789–795
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25