Asosiy mazmunga o‘tish

OLIY TA‘LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA‘LIM SIFATINI OSHIRISH

Rustamova Dilnoza OzodovnaUrganch innovatsion universiteti “Boshlang‘ich ta‘lim va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 782–785

Annotatsiya

Ushbu maqola oliy ta‘lim bosqichida o‘qitishjarayonida raqamli texnologiyalaridan foydalanish masalalarigabag‘ishlangan. Maqolada raqamli texnologiyalarning ta‘lim jarayonidagio‘rni, ularning talabalar bilish faoliyatini oshirishdagi ahamiyati vaamaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, darsda zamonaviyraqamli texnologiyalardan foydalanishning bir qancha usullari, tavsiyava tahlillar keltiriladi.

Boshqa tillarda

ruschaПовышение качества высшего образования с помощью цифровых технологий.

Данная статья посвящена вопросамиспользования цифровых технологий в учебном процессе на уровневысшего образования. В статье анализируется роль цифровыхтехнологий в образовательном процессе, их значение в повышениипознавательной активности студентов и их практическогоприменения. Также представлены несколько методов, рекомендацийи анализов использования современных цифровых технологий науроках.

inglizchaIMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION IN HIGHER EDUCATION WITH THE HELP OF DIGITAL TECHNOLOGIES

This article is devoted to the issues of using digitaltechnologies in the teaching process at the higher education level. Thearticle analyzes the role of digital technologies in the educational process,their importance in increasing students‘ cognitive activity and practicalapplication. Also, several methods, recommendations and analyses ofusing modern digital technologies in the lesson are presented

Kalit so‘zlar

  • raqamli texnologiyalar
  • oliy ta‘lim
  • ta‘lim sifati
  • innovatsion ta‘lim
  • aralash ta‘lim
  • masofaviy ta‘lim
  • interaktiv metodlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

bog‘liq. Boshlang‘ich ta’lim bosqichida o‘yin elementlaridan unumli foydalanish kelgusida yuqori sinflarda ingliz tilini yanada chuqur o‘rganish uchun mustahkam poydevor va barqaror motivatsiya yaratadi. Shunday qilib, zamonaviy o‘qituvchining metodik portfelida o‘yin texnologiyalari markaziy o‘rinni egallashi, ta’lim sifatini oshirish va barkamol avlodni shakllantirishning asosiy omillaridan biri bo‘lib qolaveradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Saidahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Moliya, 2003. 2.Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning nazariy va amaliy asoslari. – Toshkent: Fan, 2006. 3.Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – Toshkent: Iste’dod, 2008 4.Xoshimova O. PRAGMATIC ASPECTS OF COLOREXPRESSING LEXEMES: A COMPARATIVE STUDY OF ENGLISH AND UZBEK // Journal of Advanced Linguistic Studies. – New Delhi, 2025. – Vol. 12. – № 2. – P. 1335–1350. ISSN: 2231-4075. 5.Xoshimova O. OLAMNING LISONIY MANZARASIDA NOMINATSIYANING O‘RNI VA RANGLAR IFODASI //Ижтимоийгуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2025. – Т. 5. – №. 2. – С. 332-338. 6.Xoshimova O. KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA LINGVORANGLI OLAM TUSHUNCHASI // Ilm sarchashmalari. – 2025. – Mart soni. – С. 33–35.

OLIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH

Rustamova Dilnoza Ozodovna Urganch innovatsion universiteti “Boshlang‘ich ta’lim va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi [telefon raqami yashirilgan] rustamovadilnoza7@gmail.com

Annotatsiya: Ushbu maqola oliy ta’lim bosqichida o‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalaridan foydalanish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada raqamli texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, ularning talabalar bilish faoliyatini oshirishdagi ahamiyati va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Shuningdek, darsda zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishning bir qancha usullari, tavsiya va tahlillar keltiriladi.

Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, oliy ta’lim, ta’lim sifati, innovatsion ta’lim, aralash ta’lim, masofaviy ta’lim, interaktiv metodlar. Аннотация: Данная статья посвящена вопросам использования цифровых технологий в учебном процессе на уровне высшего образования. В статье анализируется роль цифровых технологий в образовательном процессе, их значение в повышении познавательной активности студентов и их практического применения. Также представлены несколько методов, рекомендаций и анализов использования современных цифровых технологий на уроках. Ключевые слова: цифровые технологии, высшее образование, качество образования, инновационное образование, смешанное обучение, дистанционное обучение, интерактивные методы. Abstract: This article is devoted to the issues of using digital technologies in the teaching process at the higher education level. The article analyzes the role of digital technologies in the educational process, their importance in increasing students' cognitive activity and practical application. Also, several methods, recommendations and analyses of using modern digital technologies in the lesson are presented. Keywords: digital technologies, higher education, quality of education, innovative education, blended learning, distance learning, interactive methods.

XXI asrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi jamiyatning barcha sohalarida tub o‘zgarishlarga olib keldi. Xususan, ta’lim tizimi ushbu jarayonlarning markazida bo‘lib, raqamli transformatsiya oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Bugungi kunda oliy ta’lim oldida turgan asosiy vazifalardan biri — raqobatbardosh, mustaqil fikrlay oladigan, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashdir. Bu esa an’anaviy o‘qitish metodlari bilan bir qatorda raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishni talab etadi. Muhtaram Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning: “Yuksak bilimli, dunyoqarashi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoshlari ko‘p bo‘lgan yurtda tinchlik va taraqqiyot, o‘zaro jipslik hamisha barqaror bo‘ladi. Yoshlarimizga sifatli ta’lim va tarbiya berish, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni o‘rgatish, hayotda munosib o‘rin topishi uchun zarur sharoitlar yaratish eng asosiy vazifamiz va burchimizga aylangan[1]”, - degan so‘zlari biz uchun eng katta chorlovdir. Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonini individuallashtirish, moslashuvchanlikni oshirish va bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish orqali ta’lim sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi. Raqamli texnologiyalar ta’lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oladi:

rejalashtirish, tashkil etish, amalga oshirish va baholash. Ular yordamida ta’lim jarayonini avtomatlashtirish, resurslardan samarali foydalanish hamda o‘quv materiallarini tezkor yetkazish mumkin. Zamonaviy oliy ta’lim muassasalarida quyidagi raqamli vositalar keng qo‘llanilmoqda: • video ma’ruzalar va vebinarlar; • virtual laboratoriyalar; • mobil ta’lim ilovalari; • sun’iy intellekt asosidagi o‘quv tizimlari. Ushbu vositalar ta’lim jarayonini yanada interaktiv va samarali qiladi. Raqamli texnologiyalar talabalarni passiv tinglovchidan faol ishtirokchiga aylantiradi. Interaktiv topshiriqlar, testlar, muammoli vaziyatlar va o‘yin elementlari orqali talabalar o‘quv jarayoniga faol jalb etiladi. Masalan, onlayn testlar orqali o‘z-o‘zini nazorat qilish, forum va chatlar orqali muhokamalar tashkil etish, loyiha asosida o‘qitish, simulyatsiyalar orqali real vaziyatlarni modellashtirish. Bu jarayonlar talabalarning tanqidiy fikrlash, muammolarni hal qilish va mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Raqamli texnologiyalar ta’lim sifatiga quyidagi jihatlar orqali ijobiy ta’sir ko‘rsatadi: a) individuallashtirilgan ta’lim: har bir talaba o‘z o‘rganish tezligi va darajasiga mos ravishda bilim oladi, faol talabalar nisbatan tez, o‘zlashtirishdan orqada qolayotgan talabalar soddalashtirilgan usulda o‘qib-o‘rganadilar. b) moslashuvchanlik va qulaylik: talabalar istalgan joy va vaqtda o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. d) resurslarning kengligi: elektron kutubxonalar, ochiq ta’lim resurslari bilim doiramizni kengaytirishga yordam beradi. e) tezkor baholash tizimi: avtomatlashtirilgan testlar orqali talabalarning bilim darajasini tez aniqlash mumkin. Aralash ta’lim modeli an’anaviy va raqamli ta’limni uyg‘unlashtiradi. Bu model ta’lim samaradorligini oshirishda eng samarali yondashuvlardan biri hisoblanadi. Masofaviy ta’lim esa pandemiya davrida o‘zining naqadar muhim ekanligini ko‘rsatdi. Bu tizim ta’limni uzluksiz davom ettirish, geografik cheklovlarni bartaraf etish, mustaqil ta’limni rivojlantirish imkonini beradi. Raqamli texnologiyalarni joriy etishda quyidagi muammolarga duch kelishimiz mumkin: a) texnik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi; b) internet tezligi va sifatining pastligi;

c) o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyalarining yetarli emasligi; d) akademik halollik masalalari (plagiat, nazorat muammolari). Ushbu muammolarni hal etish tizimli yondashuvni talab qiladi. Ularni iloji boricha bartaraf etish va ta’lim sifatini oshirish uchun quyidagi amaliy takliflarni aytishimiz mumkin: • oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy texnika bilan ta’minlash; • o‘qituvchilar uchun raqamli pedagogika bo‘yicha malaka oshirish kurslarini tashkil etish; • interaktiv va innovatsion metodlarni keng joriy etish; • milliy raqamli ta’lim platformalarini rivojlantirish; • akademik halollikni ta’minlash tizimlarini kuchaytirish. Xulosa qilib aytganda, raqamli texnologiyalar oliy ta’lim tizimida ta’lim sifatini oshirishning eng muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini zamonaviy, samarali va interaktiv shaklga keltiradi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ularni pedagogik jarayonga moslashtirish va ulardan samarali foydalanish kelajak ta’limining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qoladi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar6 ta adabiyot

  1. Prezident Sh. M. Mirziyoyevning 2025-yil 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan qilgan nutqidan
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni, 2020.
  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi materiallari. – Toshkent, 2022.
  4. Abduqodirov A. A. Ta’limda axborot texnologiyalari. – Toshkent: Fan, 2018.
  5. Xodjayev B. X. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. – Toshkent: Sano-standart, 2020.
  6. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalar: nazariya va amaliyot. – Toshkent, 2017

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011824
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/930
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
782–785
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25