Asosiy mazmunga o‘tish

FRANSUZ TILIDA “AVOIR” VA “ÊTRE” FE‘LLARI ISHTIROKIDA HOSIL BO‘LGAN FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK TAHLILI

Tuyboeva ShakhnozaBuxoro davlat universiteti fransuz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 477–482

Annotatsiya

Ushbu maqolada fransuz tilida “avoir” va“être”fe‘llari asosida shakllangan frazeologik birliklarning leksiksemantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Mazkur fe‘llar fransuz tilidayuqori chastotaga ega bo‘lib, ko‘p ma‘noliligi tufayli turli turg‘un iboralarhosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda “avoir” fe‘li bilan bog‘liqiboralar ko‘proq egalikka asoslangan konseptual modelni, “être” fe‘li bilantuzilgan birliklar esa identitet va mavjudlik konsepsiyasini ifodalashiko‘rsatib beriladi. Kognitiv hamda stilistik yondashuv orqali ushbubirliklar fransuz tilida inson holati, hissiyotlari va xulq-atvoriningqanday tasvirlanishini ochib beradi. Natijada frazeologik birliklartilning madaniy va tafakkuriy xususiyatlarini aks ettiruvchi muhimvosita ekanligi aniqlanadi.

Boshqa tillarda

ruschaСемантический анализ фразеологизмов, образованных с помощью глаголов «avoir» и «Être» во французском языке.

В данной статье анализируются лексикосемантические характеристики фразеологических единицфранцузского языка, образованных с помощью глаголов “avoir” и“être”. Эти глаголы имеют высокую частоту употребления вофранцузском языке и, благодаря своей полисемии, играют важнуюроль в формировании многочисленных устойчивых выражений.Исследование показывает, что фразеологические единицы,основанные на глаголе “avoir”, в основном выражаютконцептуальную модель принадлежности, тогда как единицы,образованные с помощью глагола “être”, отражают понятияидентичности и существования. С помощью когнитивного истилистического подходов исследование раскрывает, как этивыражения представляют человеческие состояния, эмоции иповедение во французском языке.

inglizchaSEMANTIC ANALYSIS OF PHRASEOLOGISMS FORMED WITH THE VERBS “AVOIR” AND “ÊTRE” IN FRENCH

This article analyzes the lexico-semantic characteristicsof phraseological units in the French language formed with the verbs“avoir”and “être”. These verbs have a high frequency of use in French and,due to their polysemy, play an important role in the formation ofnumerous fixed expressions. The study demonstrates that phraseologicalunits based on the verb “avoir” mainly express a conceptual model ofpossession, whereas those formed with the verb “être” reflect the conceptsof identity and existence. Through cognitive and stylistic approaches, theresearch reveals how these expressions represent human states, emotions,and behaviors in French. As a result, phraseological units are shown tobe an important linguistic means that reflect the cultural and conceptualfeatures of the language.

Kalit so‘zlar

  • frazeologizm
  • semantika
  • fe‘l
  • metafora
  • egalik
  • identitet
  • turg‘un ibora

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Adabiyotlar ro‘yxati 1. G'. Zikrillayev. «Ruh va til” monografiya. Fan nashriyoti 2018. B- 41,48. 2. Islomov D. S. The articulation of sounds in french. International Multidisciplinary Journal for Research & Development, 10 (10) [Электронный ресурс]. 3. Shomurodovich I. D. THE EMERGENCE OF PSYCHOLINGUISTICS, THE SCIENTISTS’SCIENTIFICTHEORETICAL VIEWS AND ITS CONNECTION WITH OTHER SCIENCES //JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY BULLETIN. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 213-218. 4. Islomov, Dilshod. "HIS-TUYGʻUNING PAYDO BOʻLISHI, UNING ASOSIY HOLATLARI PSIXOLOG OLIM KERROLL ELLIS IZARD TALQINIDA." Farg'ona davlat universiteti 2 (2024): 96-96. 5. Islomov, Dilshod. "TILSHUNOSLIKDA FONOPSIXOLOGIYA ATAMASINING KIRIB KELISHI." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 47.47 (2024). 6. Islomov, D. Sh. "The Definition of The Concepts of «Phoneme» and «Phonostylistics». Middle European Scientific Bulletin, 9." 2021, 7. Shomurodovich, Islomov Dilshod. "À PROPOS DU TERME PHONOPSYCHOLOGIE." Conferencea (2023): 45-47. 8. Shomurodovich I. D. LE ROLE DE L'EMOTION EN PHONOPSYCHOLOGIE //Conferencea. – 2023. – С. 77-79. 9. Islomov, D. Sh. "SIMILARITY ASPECTS OF UZBEK AND FRENCH PHONETICS." International Multidisciplinary Journal for Research & Development 10.10 (2023). 10. Islomov, Dilshod. "Ўзбек тилига махсус фонетик ва фоностилистик эффект берувчи аллитерация тушунчаси ва санъати ҳақида." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 16.16 (2022). 11. Islomov, Dilshod. "ФОНЕМА BA ФОНОСТИЛИСТИКА ФОНЕМА BA ФОНОСТИЛИСТИКА ТУШУНЧАЛАРИГА ДОИР ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ КАРАШЛАР." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 1.1 (2020). FRANSUZ TILIDA “AVOIR” VA “ÊTRE” FE’LLARI ISHTIROKIDA HOSIL BO‘LGAN FRAZEOLOGIZMLARNING SEMANTIK TAHLILI Tuyboeva Shakhnoza Teacher of the Department of French Philology at Bukhara State University s.r.tuyboeva@buxdu.uz Saidova Saida Student of Bukhara State University

Annotatsiya. Ushbu maqolada fransuz tilida “avoir” va “être”fe’llari asosida shakllangan frazeologik birliklarning leksiksemantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Mazkur fe’llar fransuz tilida yuqori chastotaga ega bo‘lib, ko‘p ma’noliligi tufayli turli turg‘un iboralar hosil qilishda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda “avoir” fe’li bilan bog‘liq iboralar ko‘proq egalikka asoslangan konseptual modelni, “être” fe’li bilan tuzilgan birliklar esa identitet va mavjudlik konsepsiyasini ifodalashi ko‘rsatib beriladi. Kognitiv hamda stilistik yondashuv orqali ushbu birliklar fransuz tilida inson holati, hissiyotlari va xulq-atvorining qanday tasvirlanishini ochib beradi. Natijada frazeologik birliklar tilning madaniy va tafakkuriy xususiyatlarini aks ettiruvchi muhim vosita ekanligi aniqlanadi. Kalit so‘zlar: frazeologizm, semantika, fe’l, metafora, egalik, identitet, turg‘un ibora. Abstract. This article analyzes the lexico-semantic characteristics of phraseological units in the French language formed with the verbs “avoir”and “être”. These verbs have a high frequency of use in French and, due to their polysemy, play an important role in the formation of numerous fixed expressions. The study demonstrates that phraseological units based on the verb “avoir” mainly express a conceptual model of possession, whereas those formed with the verb “être” reflect the concepts of identity and existence. Through cognitive and stylistic approaches, the research reveals how these expressions represent human states, emotions, and behaviors in French. As a result, phraseological units are shown to be an important linguistic means that reflect the cultural and conceptual features of the language. Keywords: phraseology, semantics, verb, metaphor, possession, identity, fixed expression. Аннотация. В данной статье анализируются лексикосемантические характеристики фразеологических единиц французского языка, образованных с помощью глаголов “avoir” и “être”. Эти глаголы имеют высокую частоту употребления во французском языке и, благодаря своей полисемии, играют важную роль в формировании многочисленных устойчивых выражений. Исследование показывает, что фразеологические единицы, основанные на глаголе “avoir”, в основном выражают концептуальную модель принадлежности, тогда как единицы, образованные с помощью глагола “être”, отражают понятия идентичности и существования. С помощью когнитивного и стилистического подходов исследование раскрывает, как эти выражения представляют человеческие состояния, эмоции и поведение во французском языке. В результате показано, что фразеологические единицы являются важным лингвистическим

средством, отражающим культурные и концептуальные особенности языка. Ключевые слова: фразеология, семантика, глагол, метафора, принадлежность, идентичность, устойчивое выражение.

Kirish. Frazeologiya zamonaviy fransuz tilshunosligining muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, chunki u tilning leksik ijodkorligi hamda madaniy xususiyatlarini ochib beradi. Frazeologik birliklar tilning obrazliligi va semantik boyligini namoyon etadi. Fransuz tilida “avoir” va “être” fe’llari yuqori qo‘llanish chastotasi, ko‘p ma’noliligi hamda sintaktik moslashuvchanligi tufayli ko‘plab turg‘un iboralar shakllanishida markaziy o‘rin egallaydi. Ushbu frazeologik birliklar insonning holati, hissiyotlari, sifatlari hamda ijtimoiy munosabatlarini qanday tasvirlanishini aks ettiradi. Shuning uchun ham ularni o‘rganish tilning konseptual tizimini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Tahlil. Mazkur maqolaning maqsadi fransuz tilida “avoir” va “être” fe’llari asosida shakllangan frazeologik birliklarning leksiksemantik xususiyatlarini tahlil qilish, ularning tuzilishi, semantik qiymati hamda qo‘llanish sohalarini zamonaviy va badiiy fransuz tili misollari asosida ko‘rib chiqishdan iborat. Fransuz tilida “avoir” fe’li ikki xil vazifani bajaradi: u grammatik yordamchi fe’l sifatida ham, ko‘chma ma’noli frazeologik birliklarning semantik tayanchi sifatida ham ishlatiladi. Bu fe’l egalik, hissiy holat, sezgi yoki ramziy sifatlarni ifodalashi mumkin. “Avoir” fe’li bilan tuzilgan ko‘plab frazeologik birliklar egalik metaforasiga asoslanadi. Bunda insonning ichki holati yoki hissiyoti go‘yoki u egalik qiladigan narsa sifatida tasvirlanadi. Masalan, “avoir faim” va “avoir soif” iboralari fiziologik ehtiyojlarni bildiradi, bunda ochlik va chanqoqlik inson boshdan kechiradigan ichki holat sifatida talqin qilinadi. “Avoir peur” iborasi qo‘rquv hissini ifodalaydi va qo‘rquv metaforik tarzda shaxs egalik qiladigan narsa sifatida tasvirlanadi. “Avoir de la chance” iborasida omad vaqtinchalik ega bo‘linadigan qadriyat sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, “avoir froid” yoki “avoir chaud” iboralari sovuq yoki issiqni his qilish holatini bildiradi. “Avoir raison” va “avoir tort” iboralari bahs jarayonida haqiqat yoki xatoga ega bo‘lishni ifodalaydi. “Avoir le cafard” iborasi og‘zaki nutqda tushkunlik yoki melankoliya holatini anglatadi. “Avoir la pêche” va “avoir la patate” kabi zamonaviy iboralar esa energiya va tetiklikni bildiradi. “Avoir maille à partir avec quelqu’un” iborasi kimdir bilan kelishmovchilik yoki nizoda bo‘lishni anglatadi. “Avoir bon cœur” insonning yaxshi axloqiy fazilatga ega ekanini bildiradi, “avoir le dessus” va “avoir le dessous” iboralari esa ustunlik yoki mag‘lubiyatni ifodalaydi.

“Être” fe’li esa mavjudlik, identitet hamda subyekt va sifat o‘rtasidagi munosabatni ifodalaydi. Frazeologik birliklarda u insonning muayyan holati yoki vaziyatini tasvirlash uchun xizmat qiladi. Bu iboralar ko‘pincha fazoviy yoki ekzistensial metaforalar asosida shakllanadi. Masalan, “être fatigué” yoki “être malade” iboralari jismoniy holatni bildiradi. “Être en colère” kuchli hissiy holatni ifodalaydi. “Être au courant” iborasi ma’lum bir voqea yoki ma’lumotdan xabardor bo‘lishni bildiradi. “Être dans le pétrin” qiyin vaziyatga tushib qolishni anglatadi. “Être dans la lune” iborasi xayolparastlik yoki diqqatning tarqoqligini ifodalaydi. “Être aux anges” nihoyatda baxtli bo‘lish holatini bildiradi. “Être dans de beaux draps” noqulay yoki muammoli vaziyatga tushib qolishni anglatadi. “Être sur la même longueur d’onde” esa fikr yoki hissiyot jihatidan kelishishni bildiradi. “Être de bonne humeur” yoki “être de mauvaise foi” iboralari psixologik yoki axloqiy holatni ifodalaydi, “être à bout” iborasi esa to‘liq holdan toyish holatini bildiradi. “Avoir” va “être” fe’llari asosida shakllangan frazeologik birliklarni taqqoslash ikki xil konseptual modelni ko‘rsatadi. Birinchisi egalik modeli bo‘lib, bunda insonning hissiy yoki jismoniy holati u egalik qiladigan narsa sifatida tasvirlanadi. Ikkinchisi mavjudlik modeli bo‘lib, bunda inson ma’lum bir holat yoki vaziyat ichida tasvirlanadi. Masalan, “avoir faim” iborasi ochlikni egalik sifatida tasvirlasa, “être fatigué” iborasi charchoqni shaxsning mavjud holati sifatida ifodalaydi. Bu farq fransuz tilida inson tajribasining metaforik tasvirlanishiga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Frazeologik birliklar nafaqat kundalik nutqda, balki fransuz adabiyotida ham keng qo‘llanadi. Yozuvchilar ushbu iboralar orqali qahramonlarning ruhiy holatini va hissiyotlarini ifodalashga erishadilar. Frazeologizmlardan foydalanish faqat kundalik nutq bilan cheklanib qolmaydi; ular fransuz adabiyotida ham chuqur ildiz otgan bo‘lib, bu yerda bunday iboralar ramziy va estetik ma’no tashuvchi vositalarga aylanadi. Yozuvchilar ushbu turg‘un iboralar orqali qahramonlarning ruhiy holatini, hissiyotlarini yoki axloqiy qadriyatlarini ifodalash imkoniga ega bo‘ladilar. Bu iboralar o‘zida katta madaniy mazmunni mujassam etgan barqaror leksik shakllar hisoblanadi. Avvalo “avoir” fe’li bilan bog‘liq frazeologizmlarni ko‘rib chiqamiz. Viktor Gyugoning Les Misérables asarida avoir peur iborasi ekzistensial ma’noga ega bo‘ladi: «Il avait peur de lui-même ; la peur, c’est encore l’ombre de Dieu.» Bu yerda qo‘rquv inson egalik qiladigan narsa sifatida tasavvur qilinib, qahramonning ichki ruhiy ziddiyatini ifodalaydi. Emil Zolaning L’Assommoir romanida avoir faim iborasi moddiy va ma’naviy qashshoqlikni tasvirlaydi: “Ils avaient faim du pain, faim du

bonheur, faim de tout” Takrorlash usuli hayotiy ehtiyojning metaforik kuchini yanada oshiradi. Balzakning Le Père Goriot asarida avoir bon cœur iborasi qahramonning axloqiy olijanobligini ifodalaydi: “Il avait bon cœur, mais la vie l’avait durci”. Bu yerda frazeologizm ijobiy axloqiy qiymat kasb etadi. Shuningdek, Gyustav Flober Madame Bovary romanida avoir de la chance iborasidan romantik illuziyani ko‘rsatish uchun foydalanadi: tashqi tomondan omadga ega bo‘lishdek ko‘ringan holat aslida ichki tushkunlikni yashiradi. Bu adabiy misollar shuni ko‘rsatadiki, avoir fe’li o‘zining egalikka asoslangan metaforik ma’nosini saqlab qolgan holda, matn kontekstiga qarab psixologik va axloqiy mazmun bilan boyiydi. Être fe’li esa ko‘pincha qahramonning ekzistensial holatini yoki ruhiy kayfiyatini ifodalash uchun ishlatiladi. Marsel Prust Du côté de chez Swann asarida être dans la lune iborasidan xayol surish va ichki uzoqlashuv holatini tasvirlash uchun foydalanadi; bu ibora kontemplativ hayot ramzi sifatida namoyon bo‘ladi. Gi de Mopassanning Bel-Ami romanida être au courant iborasi nafaqat ma’lumotdan xabardor bo‘lishni, balki ijtimoiy ustunlikni ham bildiradi; u jurnalistika va jamiyat doiralarida hokimiyat belgisi sifatida talqin qilinadi. Sharl Bodler Les Fleurs du mal asarida être aux anges iborasiga mistik va ishqiy ma’no beradi, bunda tuyg‘u va muqaddaslik o‘rtasidagi uyg‘unlik ifodalanadi. Albert Kamyu esa La Chute asarida être à bout iborasidan foydalanib, insonning ekzistensial charchog‘ini tasvirlaydi; bu yerda ruhiy holdan toyish zamonaviy insonning ma’naviy qulashining metaforasiga aylanadi. Shunday qilib, être fe’liga asoslangan frazeologizmlar fransuz adabiyotida ko‘pincha “borliq” va “ko‘rinish”, ya’ni insonning ichki tajribasi va uning mavjudlik sharoiti o‘rtasidagi ziddiyatni ifodalaydi. Bu adabiy misollar frazeologizmlar faqat kundalik nutqqa xos emasligini ko‘rsatadi. Aksincha, ular badiiy uslubning muhim vositalari bo‘lib, turg‘un leksik shakllar orqali inson subyektivligi hamda fransuz madaniyatining murakkab jihatlarini ifodalash imkonini beradi. Xulosa. “Avoir” va “être” fe’llari asosida tuzilgan frazeologizmlarni o‘rganish fransuz tilining muhim semantik tizimini ochib beradi. Ushbu ikki fe’l ko‘plab metaforik ma’nolarni ifodalab, inson tajribasini ikki asosiy konseptual yo‘nalish orqali tashkil etadi: egalik va mavjudlik. Bunday turg‘un iboralar fransuz tilining boy lingvistik merosini tashkil etadi hamda nozik ma’nolarni ifodalash imkonini beradi. Shu sababli ular fransuz tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida ham, amaliy tilshunoslik tadqiqotlarida ham alohida e’tibor talab etadi.

Références bibliographiques 1.Gross, G. (1996). Les expressions figées en français: Noms composés et autres locutions. Paris: Ophrys. 2. Tuyboeva, Shakhnoza. "THE INTERPRETATION OF UNUSUAL CASES IN SENTENCE CONSTRUCTION IN THE FRENCH LANGUAGE." Innovative Development in Educational Activities 2.6 (2023): 344-347. 3.Туйбоева, Шахноза. "TRANSLATION ISSUES AND STRATEGIES TO ENSURE NATIVE FUNCTIONALITY." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 45 (2024). 4.Shakhnoza, T. "Expression of Averbal Sentence in Uzbek and French." Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT 2.5 (2022): 133- 138. 5.Le Goffic, P. (1997). Grammaire de la phrase française. Paris: Hachette. 6.Shakhnoza, Tuyboeva. "The Influence of Inversive Constructions in the Translation of French and Uzbek Artworks." EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION 4.11 (2024): 181-4. 7.Guiraud, P. (1962). La stylistique. Paris: PUF. 8.Shakhnoza, Tuyboeva. "Types of sentences and constructions in French." Gospodarka i Innowacje 42 (2023): 736-740. 9.Туйбоева, Шахноза. "Inversive Clauses and Intonation in French." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 33 (2023). 10.Shakhnoza, Tuyboeva. "STRIKING A BALANCE IN ENSURING THE FUNCTIONALITY OF THE ORIGINAL IN THE TRANSLATION." GERMANY" MODERN SCIENTIFIC RESEARCH: ACHIEVEMENTS, INNOVATIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS 9 (2023). 11.Туйбоева, Шахноза. "O’zbek va fransuz sistem tilshunosligida sodda gap qurilishi talqini." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 8 (2021). 12.Туйбоева, Шахноза. "Ajratilgan bo'lakli gaplarda binar konstruksiyaning ifodalanishi." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 30 (2023). DIGITAL TRANSFORMATION AS A CATALYST FOR METHODOLOGICAL INNOVATION IN LANGUAGE EDUCATION Mamadjonova Zukhra, Teacher of Namangan state pedagogical institute of Foreign language department; Shomirzayeva Odina, Student of Namangan state pedagogical institute (odinashomirzayeva2005@gmail.com)

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar27 ta adabiyot

  1. Références bibliographiques
  2. 1.Gross, G. (1996). Les expressions figées en français: Noms composés et autres locutions. Paris: Ophrys.
  3. Tuyboeva, Shakhnoza. "THE INTERPRETATION OF UNUSUAL
  4. CASES IN SENTENCE CONSTRUCTION IN THE FRENCH
  5. LANGUAGE." Innovative Development in Educational Activities 2.6
  6. 3.Туйбоева, Шахноза. "TRANSLATION ISSUES AND STRATEGIES
  7. TO ENSURE NATIVE FUNCTIONALITY." ЦЕНТР НАУЧНЫХ
  8. ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 45 (2024).
  9. 4.Shakhnoza, T. "Expression of Averbal Sentence in Uzbek and
  10. French." Pindus Journal of Culture, Literature, and ELT 2.5 (2022): 133-
  11. 5.Le Goffic, P. (1997). Grammaire de la phrase française. Paris: Hachette.
  12. 6.Shakhnoza, Tuyboeva. "The Influence of Inversive Constructions in the
  13. Translation of French and Uzbek Artworks." EUROPEAN JOURNAL
  14. OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION 4.11 (2024): 181-4.
  15. 7.Guiraud, P. (1962). La stylistique. Paris: PUF.
  16. 8.Shakhnoza, Tuyboeva. "Types of sentences and constructions in
  17. French." Gospodarka i Innowacje 42 (2023): 736-740.10.1055/a-2106-0327
  18. 9.Туйбоева, Шахноза. "Inversive Clauses and Intonation in
  19. French." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 33 (2023).
  20. 10.Shakhnoza, Tuyboeva. "STRIKING A BALANCE IN ENSURING
  21. THE FUNCTIONALITY OF THE ORIGINAL IN THE
  22. TRANSLATION." GERMANY" MODERN SCIENTIFIC RESEARCH:
  23. ACHIEVEMENTS, INNOVATIONS AND DEVELOPMENT
  24. PROSPECTS 9 (2023).
  25. 11.Туйбоева, Шахноза. "O’zbek va fransuz sistem tilshunosligida sodda gap qurilishi talqini." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 8 (2021).
  26. 12.Туйбоева, Шахноза. "Ajratilgan bo'lakli gaplarda binar konstruksiyaning ifodalanishi." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ
  27. (buxdu. uz) 30 (2023).

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011784
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/887
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
477–482
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25