MULOQOT JARAYONIDA INSON RUHIYATINING TILDA NAMOYON BO‘LISHI
Islomov Dilshod ShomurodovichBuxoro davlat universiteti doktoranti (DSc)2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 474–477
Annotatsiya
Ushbu maqolada muloqot jarayonida insonruhiyatining tilda namoyon bo‘lishi, unsurlarning ahamiyati, ruhso‘zining mazmuni dunyoviy va diniy tomonlama keng doiradao‘rganilishi, olimlarning nazariy fikrlari, ruh va tilning bir-biri bilanuzviy bog‘liqligi o‘rganildi. Psixologiya va lingvistikaning o‘zarobog‘liqligi haqida dunyo tilshunos olimlarning ilmiy qarashlari keltirildiva ularga munosabat bildirildi. Shu bilan birga ruh va tilningpsixolingvistika fanidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha o‘rganildi hamdailmiy asoslandi.
Boshqa tillarda
ruschaПРОЯВЛЕНИЕ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ДУХА В ЯЗЫКЕ В ПРОЦЕССЕ КОММУНИКАЦИИ
В данной статье рассматривается проявлениечеловеческой психики в языке в процессе общения, значениеэлементов, изучение значения слова «душа» в широком спектресветских и религиозных аспектов, теоретические идеи ученых инеразрывная связь между душой и языком. Представлены научныевзгляды мировых лингвистов на взаимосвязь психологии илингвистики и высказаны их реакции. Одновременно подробноизучена и научно обоснована роль и значение души и языка впсихолингвистике
inglizchaTHE MANIFESTATION OF THE HUMAN SPIRIT IN LANGUAGE IN THE PROCESS OF COMMUNICATION
This article examines the manifestation of the humanpsyche in language during communication, the importance of elements,the study of the meaning of the word soul in a wide range of secular andreligious aspects, the theoretical ideas of scientists, and the inextricableconnection between the soul and language. The scientific views of world linguists on the interrelationship of psychology and linguistics werepresented and their reactions were expressed. At the same time, the roleand significance of the soul and language in the science ofpsycholinguistics were studied in detail and scientifically substantiated
Kalit so‘zlar
- ruh
- til
- tasavvur
- ruhiy holat
- nutq
- zakovat
- tafakkur
- tushuncha
- idrok
- xotira
- zehn
- his-tuyg‘u
- fikr
- nutqiy faoliyat
- unsur
- ruhiy faoliyat
- ruhiy quvvat
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
O‘rmonjonov Azizbek Muhammadjon o‘g‘li. (2025). MUSIQA TA’LIMINI BARCHA TALABALAR UCHUN INKLYUZIV TARTIBDA TASHKIL ETISH. “Iqtidorli Talabalar Ilmiy Xabarlari" Ilmiy-Uslubiy Jurnali, 1(2), 3-9.
MULOQOT JARAYONIDA INSON RUHIYATINING TILDA NAMOYON BO‘LISHI
Islomov Dilshod Shomurodovich Buxoro davlat universiteti doktoranti (DSc) d.s.islomov@buxdu.uz https://orcid.org/0000-0001-8793-8031 https://buxdu.academia.edu/DilshodIslomov/
Annotatsiya: Ushbu maqolada muloqot jarayonida inson ruhiyatining tilda namoyon bo‘lishi, unsurlarning ahamiyati, ruh so‘zining mazmuni dunyoviy va diniy tomonlama keng doirada o‘rganilishi, olimlarning nazariy fikrlari, ruh va tilning bir-biri bilan uzviy bog‘liqligi o‘rganildi. Psixologiya va lingvistikaning o‘zaro bog‘liqligi haqida dunyo tilshunos olimlarning ilmiy qarashlari keltirildi va ularga munosabat bildirildi. Shu bilan birga ruh va tilning psixolingvistika fanidagi o‘rni va ahamiyati atroflicha o‘rganildi hamda ilmiy asoslandi. Kalit so‘zlar: ruh, til, tasavvur, ruhiy holat, nutq, zakovat, tafakkur, tushuncha, idrok, xotira, zehn, his-tuyg‘u, fikr, nutqiy faoliyat, unsur, ruhiy faoliyat, ruhiy quvvat. Аннотация: В данной статье рассматривается проявление человеческой психики в языке в процессе общения, значение элементов, изучение значения слова «душа» в широком спектре светских и религиозных аспектов, теоретические идеи ученых и неразрывная связь между душой и языком. Представлены научные взгляды мировых лингвистов на взаимосвязь психологии и лингвистики и высказаны их реакции. Одновременно подробно изучена и научно обоснована роль и значение души и языка в психолингвистике. Ключевые слова: душа, язык, воображение, психическое состояние, речь, интеллект, мышление, понятие, восприятие, память, разум, эмоция, мысль, речевая деятельность, элемент, умственная деятельность, умственная энергия. Abstract: This article examines the manifestation of the human psyche in language during communication, the importance of elements, the study of the meaning of the word soul in a wide range of secular and religious aspects, the theoretical ideas of scientists, and the inextricable connection between the soul and language. The scientific views of world
linguists on the interrelationship of psychology and linguistics were presented and their reactions were expressed. At the same time, the role and significance of the soul and language in the science of psycholinguistics were studied in detail and scientifically substantiated. Keywords: soul, language, imagination, mental state, speech, intelligence, thinking, concept, perception, memory, mind, emotion, thought, speech activity, element, mental activity, mental energy.
Ruh mazmun nuqtai nazardan g‘oyat murakkab tushuncha bo‘lib, uning ma’no ko‘lami benihoya keng so‘zlardan iborat ekanligi bilan ajralib turadi. Ayni paytda insonning butun faoliyati ruhga bog‘liqligi Hijr surasining 29-oyatida o‘z aksini topgan. “Bas, qachonki uni to‘g‘rilab bo‘lganimda va ichiga O‘z ruhimdan puflaganimda, unga sajda qilgan holingizda yiqiling” Yuqoridagi mazkur oyatda insonning hayoti davomidagi butun faoliyati, tirikligi uning ruhiga bog‘langan holda yaratilganligini ko‘rish mumkin. Bu esa insonning ichki kechinmalari, tasavvuri, ruhiy holatlarini namoyon etishda tilning roli benihoya katta desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Inson ruhining rivojlanishida ong, shuur, aql, zakovat, fahm, farosat, tamiz, fikr, tafakkur, tasavvur, tushuncha, idrok, xotira, zehn, his-tuyg‘u kabi unsurlar asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Bu unsurlar inson ruhiy faoliyatini rivojlantiradi, tartibga soladi hamda tashqi muhitga nisbatan munosabatni bildirishda ham muhim omillardan bo‘lib xizmat qiladi. Ruhiy faoliyat esa psixolingvistikada axloq, til, nutq, madaniyat, tamaddun, ilm-fan va san’at kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Manbalar shuni ko‘rsatadiki, nemis tilshunos olimi V.Gumbolt ta’limotida “Til mazmun-mohiyatiga ko‘ra faoliyat, quvvat, aniqrog‘i ruhiy faoliyat, ruhiy quvvat bo‘lsa, tuzilishi jihatdan butunlik, tizim(sistema)”dir deb bildirgan ilmiy qarashlari yuqoridagi fikrlarni to‘ldiradi. Yuqorida ko‘rganimizdek, Qur’oni karim hamda nemis tilshunos olimi V.Gumbolt ta’limotida til ruhiy-ijtimoiy xilqat deb qaralishi, uning ijtimoiy hodisa sifatida vositai robita vazifasini bajarishi, oddiyroq qilib aytganda, jamiyat a’zolarining o‘zaro muloqot qilishiga imkon beradi. Ruhiy xilqat o‘laroq, til fikr va his-tuyg‘u ifodalash uchun xizmat qiladi. Inson ruhiyati til va nutq orqali turli shakllarda namoyon bo‘ladi, chunki til nafaqat fikr bildirish vositasi, balki insonning ichki dunyosini ifodalash vositasi ham deyish mumkin. Ruhiyat va til o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, insonning ichki hissiyotlari, dunyoqarashi va kayfiyati uning nutqida aks ettiradi.
Birinchidan til – ruhiyat ko‘zgusi bo‘lib, inson o‘z fikr va histuyg‘ularini so‘zlar yordamida ifodalaydi. U qanday so‘zlar tanlaydi, qaysi ohangda gapiradi, qanday uslubda muloqot qiladi – bularning barchasi uning ruhiy holatini aks ettiradi. Masalan, kayfiyati yaxshi odam jonli, ijobiy so‘zlar ishlatsa, tushkun odam nutqida salbiylik, noaniqlik sezilishi mumkin. Ikkinchidan hissiyotlarning tilga ta’siri natijasida til inson hissiyotlarini aniq va ta’sirchan ifodalash imkonini beradi. Shuning uchun shoirlar, yozuvchilar yoki notiqlar o‘z nutqlari orqali odamlarning qalbiga ta’sir qila oladi. Masalan, sevgi, g‘am, hayajon yoki qo‘rquv kabi his-tuyg‘ular metaforalar, tashbehlarga boy bo‘lgan ifodalar orqali tilga ko‘chadi. Uchinchidan til madaniyati va ruhiy holati turli madaniyatlarda ruhiyat va tilning bog‘liqligi turlicha namoyon bo‘ladi. Ba’zi jamiyatlarda odamlar o‘z his-tuyg‘ularini ochiq ifodalashadi, boshqalarida esa hissiyotlarni yashirish odatiy hol. Bu esa til uslubiga ham ta’sir qiladi – masalan, ba’zi tillarda hissiyotlarni ifodalash uchun juda ko‘p so‘zlar mavjud bo‘lsa, boshqalarida bunday imkoniyat cheklangan bo‘lishi mumkin. To‘rtinchidan ichki nutq – ruhiyatning ichki tili hisoblanib, u ba’zida inson o‘z ichida, xayolan o‘zi bilan muloqot qilishi jarayonida ichki nutqning paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu esa ruhiyatning eng tabiiy ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, inson o‘ziga-o‘zi savol beradi, javob topadi yoki o‘z harakatlarini rejalashtiradi. Ichki nutq insonning ong ostidagi kechinmalarini ham aks ettiradi. Beshinchidan nutq ohangi va jismoniy belgilar muloqot jarayoning asosi bo‘lib xizmat qilishi nutqning faqat so‘zlardan iborat emasligini, ya’ni turli jismoniy belgilarning mavjudligini ko‘rishimiz mumkin. Insonning ovoz ohangi, tana harakati, mimikasi va pauzalari ham uning ruhiyatini ochib beradi. Ba’zida odam so‘zsiz ham o‘z hissiyotlarini ifoda qila oladi. Bunga ijobiy va salbiy ma’no anglatadigan nigoh, kulgi, yig‘i yoki qo‘rquv ovozidagi titroq bunga misol bo‘la oladi. Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, ruh va til bir-birini to‘ldiradigan kuchli ijtimoiy xilqatlardan hisoblanadi. Til ruhiyatni ifodalash bilan birga, uni shakllantirishga ham yordam beradigan eng asosiy vositadir. Inson o‘z his-tuyg‘ularini qanday so‘zlar bilan ifodalasa, uning o‘zi va atrofdagilar uchun ham ruhiy dunyosi shunchalik tushunarli bo‘ladi. Yuqoridagi ilmiy-nazariy fikrlarni umumlashtirgan holda psixologiya lingvistika bilan chambarchas bog‘liq, bu ikki sohaning chorrahasida kesishuvi natijasida psixolingvistikani paydo bo‘lishi albatta ilm-fanning rivojlanishida o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda deb ta’kidlash mumkin. Qolaversa bu ijtimoiy xilqatlar faqat insoniyatga xos bo‘lib, ollohning insonlarga bergan eng oliy ne’matidir.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- G'. Zikrillayev. «Ruh va til” monografiya. Fan nashriyoti 2018. B- 41,48.
- Islomov D. S. The articulation of sounds in french. International Multidisciplinary Journal for Research & Development, 10 (10) [Электронный ресурс].
- Shomurodovich I. D. THE EMERGENCE OF PSYCHOLINGUISTICS, THE SCIENTISTS’SCIENTIFIC- THEORETICAL VIEWS AND ITS CONNECTION WITH OTHER SCIENCES //JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY BULLETIN. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 213-218.
- Islomov, Dilshod. "HIS-TUYGʻUNING PAYDO BOʻLISHI, UNING ASOSIY HOLATLARI PSIXOLOG OLIM KERROLL ELLIS IZARD TALQINIDA." Farg'ona davlat universiteti 2 (2024): 96-96.
- Islomov, Dilshod. "TILSHUNOSLIKDA FONOPSIXOLOGIYA ATAMASINING KIRIB KELISHI." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 47.47 (2024).
- Islomov, D. Sh. "The Definition of The Concepts of «Phoneme» and «Phonostylistics». Middle European Scientific Bulletin, 9." 2021,
- Shomurodovich, Islomov Dilshod. "À PROPOS DU TERME PHONOPSYCHOLOGIE." Conferencea (2023): 45-47.
- Shomurodovich I. D. LE ROLE DE L'EMOTION EN PHONOPSYCHOLOGIE //Conferencea. – 2023. – С. 77-79.
- Islomov, D. Sh. "SIMILARITY ASPECTS OF UZBEK AND FRENCH PHONETICS." International Multidisciplinary Journal for Research & Development 10.10 (2023).
- Islomov, Dilshod. "Ўзбек тилига махсус фонетик ва фоностилистик эффект берувчи аллитерация тушунчаси ва санъати ҳақида." ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz) 16.16 (2022).
Adabiyotlar ro‘yxatidagi 1 ta yozuv matnni ajratishda buzilgan, tuzatilmoqda.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011783
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/886
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 474–477
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 32026-10-10 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25