TIL KO‘NIKMALARINI ZAMONAVIY TEXNALOGIYALAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH
Xoshimova Oydina Shuhrat qiziNamangan davlat pedagogika instituti xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 682–687
Annotatsiya
Ushbu maqola zamonaviy pedagogiktexnalogiyalar xususan, sun‘iy intellektga asoslangan platformalar,mobil ilovalar va didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning ingliz tilidagi nutqko‘nikmalarini rivojlantiridhga yordam beradi. So‘ngida, tajribanatijalari texnalogiya asosida tashkil etilgan darslar an‘anaviymetodlarga qaraganda 20-25% yuqori samaradorlikni ko‘rsatganiniisbotlaydi
Boshqa tillarda
ruschaРАЗВИТИЕ ЯЗЫКОВЫХ НАВЫКОВ С ПОМОЩЬЮ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
В данной статье рассматривается эффективностьсовременных педагогических технологий, в частности платформ набазе искусственного интеллекта, мобильных приложений идидактических игр, в развитии речевых навыков учащихся наанглийском языке. В заключении результаты экспериментаподтверждают, что занятия, организованные на основе технологий,демонстрируют на 20-25% более высокую эффективность посравнению с традиционными методами обучения.
inglizchaDEVELOPING LANGUAGE SKILLS WITH THE HELP OF MODERN TECHNOLOGIES
This article examines the effectiveness of modernpedagogical technologies, particularly AI-based platforms, mobileapplications, and didactic games, in developing students‘ Englishspeaking skills. The study analyzes the impact of digital tools onovercoming communication barriers. Finally, the experimental resultsdemonstrate that technology-enhanced lessons show 20-25% higherefficiency compared to traditional teaching methods.
Kalit so‘zlar
- mobil ilovalar
- sun‘iy intellekt
- pedagogic texnalogiyalar
- didaktik o‘yinlar
- til to‘sig‘i
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.
TIL KO‘NIKMALARINI ZAMONAVIY TEXNALOGIYALAR YORDAMIDA RIVOJLANTIRISH
Xoshimova Oydina Shuhrat qizi Namangan davlat pedagogika instituti xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi [telefon raqami yashirilgan], oydinakhoshimova@gmail.com Turabboyeva Roziya Botirjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti talabasi [telefon raqami yashirilgan], roziyaturabboyeva1029@gmail.com
Annotatsiya: ushbu maqola zamonaviy pedagogik texnalogiyalar xususan, sun’iy intellektga asoslangan platformalar, mobil ilovalar va didaktik o‘yinlar o‘quvchilarning ingliz tilidagi nutq ko‘nikmalarini rivojlantiridhga yordam beradi. So‘ngida, tajriba natijalari texnalogiya asosida tashkil etilgan darslar an’anaviy metodlarga qaraganda 20-25% yuqori samaradorlikni ko‘rsatganini isbotlaydi.
Kalit so‘zlar: mobil ilovalar, sun’iy intellekt, pedagogic texnalogiyalar, didaktik o‘yinlar, til to‘sig‘i.
Abstract: this article examines the effectiveness of modern pedagogical technologies, particularly AI-based platforms, mobile applications, and didactic games, in developing students' English speaking skills. The study analyzes the impact of digital tools on overcoming communication barriers. Finally, the experimental results demonstrate that technology-enhanced lessons show 20-25% higher efficiency compared to traditional teaching methods.
Keywords: mobile applications, artificial intelligence, pedagogical technologies, didactic games, language barrier.
Аннотация: в данной статье рассматривается эффективность современных педагогических технологий, в частности платформ на базе искусственного интеллекта, мобильных приложений и дидактических игр, в развитии речевых навыков учащихся на английском языке. В заключении результаты эксперимента подтверждают, что занятия, организованные на основе технологий, демонстрируют на 20-25% более высокую эффективность по сравнению с традиционными методами обучения. Ключевые слова: мобильные приложения, искусственный интеллект, педагогические технологии, дидактические игры, языковой барьер.
Kirish. Hozirgi davrda zamonaviy texnalogiyalar til ko‘nikmalarini rivojlantiribgina qolmay, dars jarayonlarini ham qiziqarli bo‘lishiga o‘z hissasini qo‘shyapti. Doimiy qo‘llanladigan an’anaviy matodlar ortiq natija bermayapti va darslar zerikarli bo‘lishiga sabab bo‘lyapti.
Bu tadqiqotning maqsadi – zamonaviy texnalogiyalar yordamida o‘quvchilarning til ko‘nikmalarini o‘stirish va real hayotda mustaqil foydalanishlari uchun yordam berish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5712-son farmoni ham mamlakatimizda xorijiy tillarni o‘qitish davlat siyosati darajasiga chiqqanidan dalolat beradi.[1] Til ko‘nikmalari odatda to‘rt asosiy bo‘limni o‘z ichiga oladi: tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish. Ushbu ko‘nikmalarni samarali rivojlantirish uchun zamonaviy pedagogik yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar hamda interfaol metodlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki an’anaviy o‘qitish usullari har doim ham yuqori natijadorlikni ta’minlay olmaydi va darslarni zerikarli o‘tishiga sabab bo‘lib qolishi mumkin.
Metodlar. Tadqiqotni yanada ishonchli qilish maqsadida o‘zim ishlaydigan o‘quv markazda 2 xil metoddan foydalanib o‘quvchilardagi o‘zgarishlarni kuzatdim. Birinchi guruh bilan an’anaviy tarzda dars o‘tdik. Dars davomida hech qanday texnalogiyalardan foydalanilmadi, o‘quvchilar o‘z bilimlaridan foydalanib turli xil matnlar tuzishga va uni gapirib berishga harakat qilishdi. Ikkinchi guruh bilan esa, dars jarayonlarida kompyuter, projektor va har xil didaktik o‘yinlardan foydalandik. Darslarni qiziqarli bo‘lishi uchun Kahoot, Bamboozle va Jeaopardy games kabi o‘yinlar dars jarayoniga kiritildi. O‘quvchilarga tayyor matn berildi va bu matnni ChatGPT yoki boshqa sun’iy intellekt bilan tahlil qilish va uni qayta gapirib berish vazifasi yuklatildi.
Birinchi guruh o‘quvchilari o‘zlari tuzgan matnni ikkilanib gapirib berishdi. Matn strukturalari judayam oddiy va grammatik xatolari bor. Ikkinchi guruh o‘quvchilari esa,sun’iy intellekt yordamida tahlil qilingani, eng so‘nggi yangiliklardan foydalanilgani sababli nutq ishonch bilan bayon qilindi. Tadqiqot davomida o‘quvchilarning nafaqat nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish balki, ularning o‘qib tushunish, tinglash va yozish ko‘nikmalari ustida ham ishlandi.
Mashhur amerikalik tilshunos Stephen Krashen til o‘rganish haqida shunday degan: “Language is acquired when learners understand messages, or ‘comprehensible input’, that are slightly above their current level. Listening and reading are the key activities for acquisition”.[2] Bundan shuni tushuniladiki, o‘quvchilar tilni xabarlar orqali o‘rganishlari mumkin, tinglash va o‘qish asosiy faktorlar sifatida ko‘rilishi muhim hisoblanadi. Shuning uchun ham mamlakatimizda keng miqiyosda til o‘rganish uchun zamonaviy texnalogiyalardan foydalanishga tadbiq qilinmoqda.
Natijalar. An’anaviy darslar davomida o‘quvchilar ingliz tilini bilmagan holatlaridan o‘rtacha 60% gacha natijalarni qayd etishdi. Ikkinchi guruh o‘quvchilari bo‘lsa, 0 dan 85% gacha bilimlarini mustahkamlashdi. Ular nafaqat bilimni yaxshi o‘zlashtirishdi balki til ko‘nikmalarini ham rivojlantirishdi. Tadqiqot davomida birinchi guruh o‘quvchilari o‘rtasida o‘z nutqlarini bayon qilishlarida turli qiyinchiliklar, uyalish va ishonchsizlik kuzatildi.
1-rasm[3] Sun’iy intellekt bilan mashq qilgan o‘quvchilarda, qat’iyat, mantiqiy fikrlash va o‘ziga ishonch kuchaygani kuzatildi. Qo‘shimchasiga o‘quvchilarning lug‘at boyligi, grammatik strukturali va fikrlashi yanada kuchayganiga guvoh bo‘ldik. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, texnalogiya o‘quvchilarning “til to‘sig‘i”ni yengishiga yordam beradi. Mobil ilovalar o‘quvchilarga xato qilishdan qo‘rqmaslik imkonini beradi, chunki sun’iy intellekt uni tanqid qilmaydi balki, darhol tuzatadi va rivojlanishga yordam beradi. Shuningdek, audio va vizual materiallar olingan ma’lumotni xotirada uzoq vaqt davomida saqlanishiga sabab bo‘ladi.
Muhokama va tahlil. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, til ko‘nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish an’anaviy o‘qitish usullariga nisbatan ancha samaraliroq hisoblanadi. Xususan, texnologiyaga asoslangan guruhda yuqori natijalar qayd etilgani, o‘quvchilarning bilimni o‘zlashtirish darajasi va amaliy qo‘llash ko‘nikmalari sezilarli darajada oshganini tasdiqlaydi. Mazkur natijalar ko‘plab ilmiy tadqiqotlar bilan bog‘liqdir. Jumladan, Stephen Krashen nazariyasiga ko‘ra, til o‘rganish jarayonida tushunarli kirish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, texnologiyalar aynan shu jarayonni samarali tashkil etishga xizmat qiladi.[4] Shuningdek, Lev Vygotsky tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy o‘rganish nazariyasi asosida qaralganda, interaktiv va hamkorlikka asoslangan raqamli muhit o‘quvchilarning tilni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi va bu ko‘nikmalarni real hayotga ko‘chirishga yordam beradi.[5] Zamonaviy texnologiyalar o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularni mustaqil ishlashga undaydi va real kommunikativ vaziyatlarni yaratish imkonini beradi. Natijada, tinglash, o‘qish, yozish va gapirish ko‘nikmalari avtomatik tarzda rivojlanadi. Biroq, ayrim cheklovlar ham mavjud. Jumladan, texnologik vositalardan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasi yetarli darajada bo‘lishi zarur. Shuningdek, texnik vositalar bilan bog‘liq muammolar misol uchun: internet tezligi yoki nosoz tarmoq ham ta’lim jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Umuman olganda, olingan natijalar zamonaviy texnologiyalarni til o‘rgatish jarayoniga keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Shu jumladan Bainiyazov, D.K, Turg‘unova.S, Sidikova, S.S va boshqalar o‘z ilmiy maqolalarida til o‘rganishda hozirgi zamon texnalogiyalarining o‘rni kattaligini alohida ta’kidlab o‘tishgan. Ayniqsa, hozirgi globallashuv jarayonida nafaqat kundalik hayotimizni, balki dars jarayonlari va til ko‘nikmalarini rivojlantirishda ham zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etilyapti. Bu bilimlarni bilish o‘quvchidan avval o‘qituvchidan talab etiladi. Bainiyazov, D.K ’z ilmiy maqolasida texnologiya hozirgi o‘quv jarayonlarini yanada interaktiv, qiziqarli va o‘quvchi uchun mustaqillikni beradi degan fikrni ilgari surgan.[6] Sadikov, S.S o‘z maqolasida raqamli texnologiyalar orqali til o‘rgatishning metodologiyasi, mobil ilovalar va onlayn platformalar yordamida til o‘rganish jarayoni samaradorligini oshirish tahlil qilingan.[7]
Sadikovning fikriga ko‘ra, o‘quvchilarning o‘zlashtirish qobiliyatlarini texnologiyalar yordamida rivojlantirish va hatto uni kunlik dars jarayonlariga tatbiq qilish haqida o‘z fikrlarini bayon etgan. Bu yo‘nalishda yanada chuqurroq tadqiqotlar olib borish hamda innovatsion metodlarni amaliyotga tatbiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xulosalar. Xulosa qilib shuni ayta olamizki, zamonaviy pedagogika texnalogiyalari til o‘rganishni yanada qiziqarli qiladi va o‘quvchilardagi motivatsiyani ushlab turishga xizmat qiladi. Hatto Nelson Mandela ham ta’lim haqida shunday degan "Education is the most powerful weapon which you can use to change the world".[8] Ya’ni ilm hatto dunyoni o‘zgartirishga ham qodir bo‘lgan qurol sifatida ko‘rsatilyapti. Fikrimcha, har qanday o‘rganilgan bilm va til kelajakda, albatta, ko‘mak beradi . Til ko‘nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yuqori samaradorlikka ega. Texnologiyaga asoslangan o‘qitish usullari o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish, ularning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish va tilni amaliy qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishda muhim hisoblanadi. Tadqiqot davomida olingan natijalar, ya’ni texnologiyalardan foydalanilgan guruhda 82– 90% ko‘rsatkich qayd etilgani, an’anaviy usulda esa bu ko‘rsatkich 60% dan oshmaganligi, zamonaviy yondashuvlarning ustunligini yaqqol misol bo‘la oladi. Bu esa ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish zarurligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, texnologiyalardan samarali foydalanish uchun o‘qituvchilarning malakasini oshirish, ularni zamonaviy raqamli vositalardan foydalanishga o‘rgatish ham muhim ahamiyatga ega. Ta’lim muassasalarida zarur texnik sharoitlarni yaratish ham ushbu jarayonning muvaffaqiyatga erishishini ta’minlaydi. Xulosa qilib aytganda, til ko‘nikmalarini rivojlantirishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash nafaqat ta’lim sifatini oshiradi, balki o‘quvchilarni global muloqot muhitiga tayyorlashda ham muhim vosita hisoblanadi. Kelgusida ushbu yo‘nalishda innovatsion metodlarni yanada kengaytirish va ilmiy asosda takomillashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar10 ta adabiyot
- Bainiyazov, D. K. (2025). Ingliz tilini raqamli texnologiyalar yordamida o‘qitishning zamonaviy yondashuvlari. Ilmiy Xabarlar Jurnali.
- Krashen, S. D. (1982). Principles and practice in second language acquisition. Pergamon Press.
- Mandela, N. (2003). Lighting your way to a better future (Speech).
- Muallif. (2026). Diagramma (tadqiqot natijalari asosida tuzilgan: an’anaviy guruh 0–60%, texnologiyaga asoslangan guruh 82– 90%) [Diagramma]. ChatGPT platformasidan foydalanilgan.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019, April 29). O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida (PF-5712-son). Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
- Sidikova, S. S. (2025). Raqamli texnologiyalar orqali til o‘rgatishning asosiy prinsiplari va metodologiyasi. International Journal of Science and Technology, 2(3), 232–239.
- Vygotsky, L. S. (1978). Mind in society: The development of higher psychological processes. Harvard University Press.
- Xoshimova O. PRAGMATIC ASPECTS OF COLOR- EXPRESSING LEXEMES: A COMPARATIVE STUDY OF ENGLISH AND UZBEK // Journal of Advanced Linguistic Studies. – New Delhi, 2025. – Vol. 12. – № 2. – P. 1335–1350. ISSN: 2231-4075.
- Xoshimova O. OLAMNING LISONIY MANZARASIDA NOMINATSIYANING O ‘RNI VA RANGLAR IFODASI //Ижтимоий- гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2025. – Т. 5. – №. 2. – С. 332-338.
- Xoshimova O. KOGNITIV TILSHUNOSLIKDA LINGVORANGLI OLAM TUSHUNCHASI // Ilm sarchashmalari. – 2025. – Mart soni. – С. 33–35.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011774
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/877
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 682–687
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 22026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25