BO‘LAJAK MUHANDISLARNING UMUMTEXNIK KOMPETENTLIGINI TUSHUNTIRISHNING ZAMONAVIY NAZARIY YONDASHUVLARI
Parmonov Abdutalib Abduvahob ogluO‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali dotsenti, PhD2026
Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1246–1250
Annotatsiya
Ushbu tezisda umumiy texnik kompetentlikning konseptual mazmuni metaforik “uy modeli” asosida sharhlab berildi. Mazkur modelga ko‘ra, umumtexnik kompetentlikni tashkil etuvchi asosiy kompetensiyalar - axborot kompetensiyasi, texnik kompetensiya, tadqiqot kompetensiyasi va liderlik kompetensiyasi - yagona tizim sifatida ko‘rib chiqiladi.
Boshqa tillarda
ruschaСОВРЕМЕННЫЕ ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ОБЪЯСНЕНИЮ ОБЩЕЙ ТЕХНИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ ИНЖЕНЕРОВ
В данной диссертации концептуальное содержание общей технической компетенции интерпретируется на основе метафорической «модели дома». Согласно этой модели, основные компетенции, составляющие общую техническую компетенцию — информационная компетенция, техническая компетенция, исследовательская компетенция и лидерская компетенция — рассматриваются как единая система.
inglizchaMODERN THEORETICAL APPROACHES TO EXPLAINING THE GENERAL TECHNICAL COMPETENCE OF FUTURE ENGINEERS
In this thesis, the conceptual content of general technical competence is interpreted based on the metaphorical "house model". According to this model, the main competencies that constitute general technical competence - information competence, technical competence, research competence and leadership competence - are considered as a single system.
Kalit so‘zlar
- Umumiy texnik kompetentlik
- kompetentlik
- axborot kompetensiyasi
- texnik kompetensiya
- tadqiqot kompetensiyasi
- liderlik kompetensiyasi
To‘liq matn
Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni
Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.
BO‘LAJAK MUHANDISLARNING UMUMTEXNIK KOMPETENTLIGINI TUSHUNTIRISHNING ZAMONAVIY NAZARIY YONDASHUVLARI
Parmonov Abdutolib Abduvahob oʻgʻli Oʻzbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali dotsenti, PhD pabdutolib@gmail.com
Annotatsiya. Ushbu tezisda umumiy texnik kompetentlikning konseptual mazmuni metaforik “uy modeli” asosida sharhlab berildi. Mazkur modelga ko‘ra, umumtexnik kompetentlikni tashkil etuvchi asosiy kompetensiyalar - axborot kompetensiyasi, texnik kompetensiya, tadqiqot kompetensiyasi va liderlik kompetensiyasi - yagona tizim sifatida ko‘rib chiqiladi. Kalit soʻzlar. Umumiy texnik kompetentlik, kompetensiya, kompetentlik, axborot kompetensiya, texnik kompetensiya, tadqiqot kompetensiya, liderlik kompetensiysi.
Kirish. Zamonaviy muhandislik ta’limi innovatsion iqtisodiyot sharoitida murakkab texnologik jarayonlarni boshqara oladigan, tahliliy fikrlaydigan, muammolarni hal qilishda ijodkorlik namoyon qila
oladigan mutaxassislarni tayyorlashni talab etmoqda. Global mehnat bozori raqobati kuchayib borayotgan bir paytda bo‘lajak muhandislarning umumtexnik kompetentligini shakllantirish oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb vazifalardan biriga aylandi. Chunki umumtexnik kompetentlik texnik bilimlar majmuasi bo‘libgina qolmay, balki talabaning real texnik obyekt va jarayonlar bilan ishlashga tayyorligi, texnik tafakkuri, analitik fikrlashi, texnik masalalarni modellashtirish va baholash qobiliyatlarining integratsiyalashgan ko‘rinishidir. O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida ham muhandislik ta’limi mazmunini modernizatsiya qilish, texnik fanlarni kompetentlikka yo‘naltirilgan texnologiyalar asosida qayta qurish, amaliyot bilan uzviy integratsiyani kuchaytirish ustuvor vazifa etib belgilangan. Bunday sharoitda bo‘lajak muhandislarning umumtexnik kompetentligini zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida talqin qilish, uni aniqlovchi mezonlar, tarkibiy komponentlar va rivojlanish qonuniyatlarini ilmiy asoslash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot metodologiyasi. Kompetentlikka asoslangan yondashuv doirasida texnologik jarayonlarda faoliyat yurituvchi muhandis kadrlarning umumiy texnik tayyorgarligi sifatini oshirish muammosini hal etishdagi asosiy yo‘nalishlardan biri - bu ularning kasbiy kompitentlikning muhim tarkibiy qismi sifatida umumiy texnik kompetentlig(UTK)ini rivojlantirishdir. Pedagog olim N.A.Muslimovning fikriga koʻra “kompetentlik talabaning shaxsiy hamda ijtimoiy ahamiyatga molik kasbiy faoliyatini yuritishda kerak boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarning kasbiy faoliyatda ishlatilishi bilan belgilanadi [1]. A.Verbitskiy “kompetensiya subyektga biror vazifani bajarish imkonini beradigan normativ talablar tizimidir, lekin subyektning uni real bajarishi boshqa masaladir, kompetentlik shaxsning egallagan bilim va ko‘nikmalarni real vaziyatda ongli, ijodiy, mas’uliyatli qo‘llash qobiliyati, faoliyatni mustaqil tashkil etish, natijaga erishish uchun shaxsiy sifatlar va tajribani safarbar etish jarayoni” sifatida talqin qiladi [2]. T.P.Petlina umumiy texnik kompetensiyani talabaning umumtexnik faoliyati, ya’ni muhandislik va grafik bilimlari, oʻz-oʻzini rivojlantiruvⅽhi koʻnikmalari va qobiliyatlari asosida olgan BKMlar belgilaydi va bu muhandis kasbiy faoliyatining koʻp qirralligi va keng qamrovliligini belgilaydi[6]. O.A.Qo‘ysinov esa, “kompetensiya o‘z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o‘z amaliy faoliyatida qo‘llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi
bo‘lgan mutaxassis muammolarni yechishda o‘zi o‘zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo‘lgan metodlarni tanlab olib qo‘llashi, to‘g‘ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko‘z bilan qarashi kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishi”ni [6, 17-b.], “kompetentlik esa, bo‘lajak mutaxassisning shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kasbiy faoliyatni amalga oshirilishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo‘llay olishi bilan tushuntiradi” [7]. M.Urazova tadqiqotlarida “kompetensiyani nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, malakalar, kasbiy vazifalarni bajarishga oid normativ talablar yig‘indisi sifatida izohlasa, kompetentlik shaxsning kasbiy vazifalarni amalda bajarishi bilan belgilanadi, unda nafaqat bilimi, balki tashabbuskorlik, muloqot, ijodiy faoliyat, mas’uliyat, refleksiv yondashuv kabi shaxsiy sifatlar namoyon bo‘ladi” deya izohlaydi [8]. Yuqoridagi ilmiy manbalar tahlili natijalariga ko‘ra, kompetensiya - bu shaxsning muayyan kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va ijtimoiy-huquqiy talablar tizimidir. Bu tizim tegishli me’yoriy hujjatlar va davlat ta’lim standartlari asosida belgilanadi. Kompetentlik esa shaxsning o‘z kasbiy salohiyatini - bilim, amaliy tajriba, qobiliyat va shaxsiy fazilatlarni - aniq real vaziyatlarda samarali qo‘llay olish qobiliyatini, shuningdek bu jarayonga nisbatan mas’uliyatli va motivatsion yondashuvini ifodalaydi. Agar umumtexnik kompetentlikni bir “uy” deb tasavvur qilsak, unda axborot, texnik, tadqiqotchilik va liderlik kompetensiyalari shu uy tarkibidagi turli asosiy konstruktiv qismlar sifatida qaraladi (1-rasm). Quyidagicha talqin qilish mumkin. Umumtexnik kompetentlik – bu butun uy. U – muhandis yoki talabaning kasbiy faoliyatda samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan integrallashgan sifatlar tizimi. 1. Axborot kompetensiyasi – uyning poydevori. Axborot – hamma narsaning boshlanishi. Poydevor mustahkam bo‘lmasa, uy qulaydi. Bu kompetensiya texnik axborotni izlash, tanlash, tahlil qilish va undan foydalana olish qobiliyatini bildiradi. Poydevor sifatida u barcha boshqa kompetensiyalar uchun tayanch bilim bazasini yaratadi. Ya’ni, axborotsiz texnik fikrlash ham, tadqiqot ham, liderlik ham barqaror bo‘lmaydi. 2. Texnik kompetensiya – uyning devorlari.
Texnik kompetensiya – bu kasbiy faoliyatni amalda bajarish, loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish ko‘nikmalaridir. Uyning devorlari uyga shakl beradi, ya’ni nazariy bilimlar amaliy faoliyatga aylanadi. Texnik kompetensiya shuningdek, uyning mustahkamligini, ya’ni mutaxassisning amalda ishlash, mexanizmlar va texnologiyalarni boshqarish imkonini ta’minlaydi. 3. Tadqiqotchilik kompetensiyasi – uyning tomi (yopmasi). Tom uyni tashqi ta’sirlardan himoya qiladi, yangiliklarni singdiradi. Tadqiqotchilik kompetensiyasi – bu muammolarni tahlil qilish, ilmiy asosda yangi yechim topish va yangilik kiritish qobiliyatidir. Tom sifatida u uyga ilmiy yangilanish va rivojlanish imkonini beradi, ya’ni kompetentlikni doimiy ravishda takomillashtiradi. 4. Liderlik kompetensiyasi – uyning eshigi va oynalari. Eshik va oyna – tashqi dunyo bilan aloqa vositalari. Liderlik kompetensiyasi esa muloqot, tashabbus, boshqalarni ilhomlantirish va boshqarish qobiliyatini ifodalaydi. Bu qism orqali “uy” tashqi muhit bilan integratsiyalanadi: jamoaviy ish, kommunikatsiya, boshqaruv va tashabbus shu orqali amalga oshadi. Ya’ni, liderlik kompetensiyasi mutaxassisni faqat ichki bilim sohibi emas, balki tashqi dunyoda faol, mas’uliyatli ishtirokchiga aylantiradi. Xulosa va tavsiyalar. Tadqiqotda bo‘lajak muhandislarning umumtexnik kompetentligini talqin qilish jarayonida “kompetensiya” va “kompetentlik” tushunchalarining nazariy mazmun-mohiyati tizimli ravishda tahlil qilindi. Ilmiy manbalar asosida kompetensiya shaxsning kasbiy faoliyatni samarali bajarishi uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va ijtimoiy talablar majmui ekanligi; kompetentlik esa mazkur salohiyatni real vaziyatlarda ongli ravishda qo‘llay olish qobiliyatini aks ettirishi isbotlab berildi.
Iqtiboslar dinamikasi
ReLibraryTekshirilgan Metodologiya
Adabiyotlar5 ta adabiyot
- Muslimov N.A. Kasb ta'limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fan.dokt. ... diss. Avtoreferati. ˗T., 2007. 46-b.
- Вербицкий А.А., Личностный и компетентностный подходы в образовании: проблемы интеграции / 2009 г. – 336 с.
- Петлина Т.П., Возможности формирования политехнической компетенции студентов агроинженерных специальностей в процессе общетехнической подготовки / Т.П. Петлина // Вестник ФГОУ ВПО МГАУ им. В.П. Горячкина. – 2008. – № 6-2. – С. 83–86.
- Qo‘ysinov O.A., Kompetentli yondаshuv аsosidа boʼlаjаk oʼqituvchilаrning kаsbiy-pedаgogik ijodkorligini rivojlаntirish texnologiyalаri.: ped. fan. dokt. (DSc) diss. – Tosh.: 2018 – 17-b.
- Urazova M.B., Bo‘lajak kasb ta’lim pedagogini loyihalash faoliyatiga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish: Ped.(DSc) diss. Av-ref.-2015.-78 b.
Metama’lumot
- Identifikator
- REL-C-011699
- Nashr sanasi
- 2026-04-23
- Til
- o‘zbek
- Konferensiyalar
- “RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
- Jild
- 1
- Son
- 3
- DOI
- 10.66073/refocus-conf/791
- Nashriyot
- LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
- Sahifa
- 1246–1250
- Litsenziya
- Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
- Ko‘rishlar
- 12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
- Metadata manbasi
- Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
- Oxirgi yangilanish
- 2026-08-25