Asosiy mazmunga o‘tish

ONLINE VA OFFLINE TIL TA‘LIMIDA MADANIY MOSLASHUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Allayarova Zebiniso BoymuratovnaShahrisabz davlat pedagogika instituti PhD dotsent2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1286–1291

Annotatsiya

Ushbu maqolada online va offline til ta‘limida madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirish texnologiyalari tahlil qilinadi. Maqolada madaniy moslashuvchanlik tushunchasining mazmuni ochib berilib, uning chet tilini o‘rganish jarayonidagi ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, onlayn va an‘anaviy til ta‘limining madaniyatlararo aloqalarni shakllantirishdagi imkoniyatlari va cheklovlari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalar, virtual muloqot vositalari hamda jonli ta‘lim muhitining madaniy moslashuvchanlikka ta‘siri yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, online va offline ta‘limni uyg‘unlashtirgan aralash ta‘lim modeli madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirishda eng samarali yondashuvlardan biri hisoblanadi.

Boshqa tillarda

ruschaТехнологии для развития культурной совместимости в онлайн и офлайн изучении языков.

В данной статье анализируются технологии развития культурной адаптивности в онлайн- и офлайн-изучении языков. В статье раскрывается содержание концепции культурной адаптивности и обосновывается её важность в процессе изучения иностранного языка. Также проводится сравнительный анализ возможностей и ограничений онлайн- и традиционного изучения языков в формировании межкультурных отношений. В статье освещается влияние цифровых технологий, инструментов виртуальной коммуникации и сред очного обучения на культурную адаптивность. По результатам исследования, модель смешанного обучения, сочетающая онлайн- и офлайн-обучение, считается одним из наиболее эффективных подходов к развитию культурной адаптивности.

inglizchaTECHNOLOGIES FOR DEVELOPING CULTURAL COMPATIBILITY IN ONLINE AND OFFLINE LANGUAGE LEARNING

This article analyzes technologies for developing cultural adaptability in online and offline language learning. The article reveals the content of the concept of cultural adaptability and substantiates its importance in the process of learning a foreign language. It also provides a comparative analysis of the opportunities and limitations of online and traditional language learning in forming intercultural relations. The article highlights the impact of digital technologies, virtual communication tools, and live learning environments on cultural adaptability. According to the results of the study, the blended learning model, which combines online and offline learning, is considered one of the most effective approaches to developing cultural adaptability.

Kalit so‘zlar

  • madaniy moslashuvchanlik
  • chet tilini o‘qitish
  • online ta‘lim
  • offline ta‘lim
  • madaniyatlararo muloqot
  • aralash ta‘lim

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

Matndagi telefon raqamlari shaxsiy ma’lumot sifatida yashirilgan.

ONLINE VA OFFLINE TIL TA’LIMIDA MADANIY MOSLASHUVCHANLIKNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Allayarova Zebiniso Boymuratovna Shahrisabz davlat pedagogika instituti PhD dotsent Tel.:[telefon raqami yashirilgan] E-mail: zeboallayorova51@gmail.com Jalilova Nilufar Kamoliddinovna Shahrisabz davlat pedagogika institute talabasi Tel:[telefon raqami yashirilgan] E-mail: jalilovanilufar755@gmail.com

Annotatsiya. Ushbu maqolada online va offline til ta’limida madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirish texnologiyalari tahlil qilinadi. Maqolada madaniy moslashuvchanlik tushunchasining mazmuni ochib berilib, uning chet tilini o‘rganish jarayonidagi ahamiyati asoslanadi. Shuningdek, onlayn va an’anaviy til ta’limining

madaniyatlararo aloqalarni shakllantirishdagi imkoniyatlari va cheklovlari qiyosiy tahlil qilinadi. Maqolada raqamli texnologiyalar, virtual muloqot vositalari hamda jonli ta’lim muhitining madaniy moslashuvchanlikka ta’siri yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, online va offline ta’limni uyg‘unlashtirgan aralash ta’lim modeli madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirishda eng samarali yondashuvlardan biri hisoblanadi. Kalit so‘zlar: madaniy moslashuvchanlik, chet tilini o‘qitish, online ta’lim, offline ta’lim, madaniyatlararo muloqot, aralash ta’lim.

Hozirgi globallashuv jarayonida chet tillarini o‘rganish nafaqat lingvistik bilimlarni egallash, balki turli madaniyatlar vakillari bilan samarali muloqot qila olish qobilyatini shakllantirishni ham taqozo etadi. Til va madaniyat o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, tilni o‘rganish jarayonida madaniy qadriyatlarni inobatga olmaslik o‘quvchilarning muloqotda xatolarga yo‘l qo‘yishiga, noto‘g‘ri talqinlarga va madaniy to‘siqlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shu sababli zamonaviy til ta’limida madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirish muhim pedagogik vazifalardan biri sifatida qaralmoqda. So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi ta’lim tizimiga, xususan, chet tillarini o‘qitish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Onlayn platformalar, masofaviy ta’lim tizimlari va raqamli resurslar til o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirib, o‘quvchilarga turli madaniy muhitlar bilan virtual tarzda tanishish imkonini bermoqda. Shu bilan birga, an’anaviy til ta’limi ham bevosita muloqot, real madaniy vaziyatlar va jonli kommunikatsiya orqali o‘quvchilarda madaniy aloqalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur ikki ta’lim shaklining o‘ziga xos afzallik va cheklovlari mavjud bo‘lib, ularni qiyosiy tahlil qilish dolzarb masalalardan biridir. Madaniy moslashu-chanlik tushunchasi o‘quvchining boshqa madaniyat vakillarining qadriyatlari, urf-odatlari, muloqot uslublari va ijtimoiy me’yorlarini tushunish, qabul qilish va ularga moslashish qobiliyatini anglatadi. Til ta’limida ushbu kompetensiyani rivojlantirish o‘quvchilarning nafaqat til bilimini mustahkamlaydi. Ayniqsa, onlayn ta’lim muhitida turli mamlakat va madaniyat vakillarining bir platformada ta’lim olishi madaniy farqlarni hisobga olgan holda o‘qitishni tashkil etishni talab qiladi. Ilmiy adabiyotlarda madaniy moslashuvchanlik ko‘pincha “Madaniyatlararo muloqot salohiyati” tushunchasi bilan chambarchas bog‘liq holda izohlanadi. Xususan, M. Byram (1997) madaniyatlararo kommunikativ kompetensiya til o‘rganish jarayonining ajralmas tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi. G. Hofstede (2001) turli madaniyatlarning qadriyat tizimlari va xulq-atvor farqlarini ilmiy jihatdan tahlil qilgan. Shuningdek, M. Bennett (2004)

madaniyatlararo sezgirlik modelida shaxsning boshqa madaniyatga moslashish bosqichlarini ko‘rsatib beradi. Tilni mukammal bilishning o‘zi yetarli emas, chunki madaniy kontekstni tushunmasdan turib samarali muloqotga erishish mushkul. Masalan, nutq etiketi, murojaat shakllari, kinoya, imo-ishoralar va madaniy ramzlar turli madaniyatlarda turlicha talqin qilinadi. Shu sababli til o‘rganuvchilar ushbu farqlarni anglay olmasa, kommunikativ xatolarga yo‘l qo‘yishi mumkin. Zamonaviy ta’lim tizimida online va offline til ta’limi shakllari keng qo‘llanilayotganiga qaramay, madaniy moslashuvchanlikni shakllantirishning yagona, tizimli va metodik jihatdan asoslangan modeli yetarli darajada ishlab chiqilmagan. Amaliyotda ko‘pincha lingvistik qisimlarga e’tibor qaratilib, madaniy qarashlar ikkinchi darajali omil sifatida qaralmoqda. Natijada til o‘rganuvchilar grammatik va leksik bilimlarga ega bo‘lsalar-da, real madaniyatlararo muloqot jarayonida qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar. Online ta’lim muhitida o‘quvchilar turli madaniyat vakillari bilan virtual muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, biroq ushbu jarayonda imo ishora vositalarning cheklanganligi, madaniy muhitning yetarlicha chuqur ochib berilmasligi va pedagogik nazoratning sustligi madaniy moslashuvchanlikni to‘liq shakllantirishga to‘sqinlik qilmoqda. Raqamli platformalarda muloqot ko‘pincha yuzaki xarakter kasb etib, madaniy tafovutlarning mohiyatini anglash imkonini har doim ham bermaydi. Offline, ya’ni an’anaviy ta’lim muhitida esa jonli muloqot va real pedagogik ta’sir mavjud bo‘lsa-da, madaniy xilma-xillik doirasi nisbatan cheklangan. O‘quvchilar ko‘pincha bir xil ijtimoiy-madaniy muhit vakillari bilan muloqot qiladilar, bu esa global madaniy tajriba shakllanishini cheklaydi. Natijada madaniyatlararo omillarning nazariy darajada shakllanib, amaliy jihatdan yetarlicha mustahkamlanmaydi.Shuningdek, pedagogik amaliyotda online va offline ta’lim shakllari o‘rtasidagi integratsiyaning yetarli emasligi ham muhim muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu ikki yondashuvning ustunliklari uyg‘unlashtirilmaganligi sababli madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirish imkoniyati to‘liq amalga oshirilmayapti. Mazkur maqolaning asosiy maqsadi online va offline til ta’limida madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi texnologiyalarni tahlil qilish, ularning imkoniyatlari va cheklovlarini aniqlash hamda samarali pedagogik yondashuvlarni asoslab berishdan iborat. Tadqiqot jarayonida xorijiy va mahalliy ilmiy manbalar tahlil qilinib, onlayn va an’anaviy ta’lim muhitida madaniy kompetensiyani shakllantirish yo‘llari qiyosiy o‘rganiladi. Olingan xulosalar til ta’limi amaliyotida, xususan, O‘zbekiston ta’lim tizimi sharoitida madaniy

moslashuvchanlikni rivojlantirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi. Madaniy moslashuvchanlik tushunchasi zamonaviy pedagogika va til ta’limida muhim ilmiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. U shaxsning boshqa madaniyat vakillari bilan muloqot jarayonida ularning qadriyatlari, ijtimoiy me’yorlari, muloqot uslublari va xulq-atvor modellari bilan samarali moslasha olish qobiliyatini anglatadi. Chet tilini o‘rganish jarayonida madaniy moslashuvchanlik lingvistik bilimlar bilan ajralmas tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi chet tillarini o‘qitish jarayonida onlayn ta’lim shaklining keng qo‘llanilishiga olib keldi. Masofaviy ta’lim platformalari, virtual sinflar va raqamli resurslar orqali til o‘rganish imkoniyatlari kengayib, o‘quvchilar turli mamlakat va madaniyat vakillari bilan bevosita yoki bilvosita muloqot qilish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Bunday muhitda madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi, chunki onlayn ta’lim ko‘pincha madaniy xilma-xillik bilan ajralib turadi. Onlayn til ta’limida madaniy moslashuvchanlikni shakllantirishning muhim jihatlaridan biri raqamli o‘quv materiallarining madaniy jihatdan moslashtirilgan bo‘lishidir. Quyidagi jadvalda online va offline til ta’limining madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirishdagi asosiy jihatlari qiyosiy tarzda keltiriladi: Mezoni Online ta’lim Offline ta’lim Madaniy xilma- Nisbatan Yuqori xillik cheklangan Jonli muloqot Cheklangan To‘liq Imo ishora Kam Keng yordamida Texnologik Keng Cheklangan imkoniyatlar Real madaniy Virtual Haqiqiy vaziyatlar Qiyosiy tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, online va offline ta’limning har biri madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirishda alohida ustunliklarga ega. Olib borilgan qiyosiy tahlillar online va offline til ta’limining madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirishdagi o‘ziga xos jihatlarini aniqlash imkonini berdi. Birinchidan, online ta’lim madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Raqamli platformalar, virtual muloqot vositalari, xalqaro loyihalar hamda autentik materiallardan foydalanish o‘quvchilarning madaniyatlararo tajribasini sezilarli darajada kengaytiradi. Turli mamlakat vakillari bilan onlayn muloqot qilish jarayonida o‘quvchilar madaniy farqlarni anglash, boshqa

qadriyat tizimlarini qabul qilish va ularga moslashish ko‘nikmalarini shakllantiradilar. Bu esa global fikrlash va tolerantlikni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ikkinchidan, online ta’limda ayrim cheklovlar ham mavjud. Jumladan, noverbal muloqot vositalarining to‘liq namoyon bo‘lmasligi, texnik muammolar hamda madaniy kontekstning yetarlicha chuqur ochib berilmasligi madaniy moslashuv jarayonini murakkablashtiradi. Virtual muloqot ko‘pincha yuzaki xarakter kasb etib, real ijtimoiymadaniy vaziyatlarning barcha jihatlarini aks ettira olmaydi. Uchinchidan, offline ta’lim madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirishda yuqori samaradorlikka ega. Jonli muloqot, real ijtimoiy vaziyatlar va bevosita pedagogik ta’sir orqali o‘quvchilar nutq etiketi, tana tili, ohang, murojaat shakllari hamda ijtimoiy me’yorlarni amaliyotda o‘zlashtiradilar. Bu jarayon madaniy sezgirlik va kommunikativ moslashuvchanlikni mustahkamlashga xizmat qiladi. To‘rtinchidan, offline ta’limning asosiy cheklovi madaniy xilmaxillikning nisbatan kamligi va xalqaro muloqot imkoniyatlarining chegaralanganligi bilan izohlanadi. O‘quvchilar ko‘pincha bir xil ijtimoiymadaniy muhit doirasida faoliyat olib boradilar, bu esa global madaniy tajribaning keng shakllanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Yuqoridagi natijalar shuni ko‘rsatadiki, har ikki ta’lim shakli madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi, biroq ularning alohida qo‘llanilishi yetarli samaradorlikni ta’minlamaydi. Shu sababli online va offline ta’limning afzalliklarini uyg‘unlashtirgan aralash modeldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Xulosa qilib aytganda, zamonaviy til ta’limida madaniy moslashuvchanlikni rivojlantirish muhim pedagogik vazifalardan biri hisoblanadi. Online va offline ta’lim shakllarining har biri ushbu jarayonda muhim rol o‘ynaydi, biroq ularning alohida qo‘llanilishi to‘liq samaradorlikni ta’minlamaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, aralash ta’lim modeli madaniy moslashuvchanlikni kompleks tarzda rivojlantirish uchun eng maqbul yechimdir. Mazkur yondashuv o‘quvchilarda nafaqat lingvistik bilimlarni, balki madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini ham shakllantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga erishdi va kelgusida til ta’limi jarayonida madaniy komponentni tizimli ravishda integratsiya qilish zarurligini ko‘rsatdi.

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar7 ta adabiyot

  1. Abduramanova D. Teaching Foreign Language Using Information and Communication Technology in Pedagogical Aspects. – Tashkent: O‘zbekiston Milliy universiteti nashriyoti, 2021.
  2. Barton S. M. Social and Cultural Factors that Influence the Uptake of E-learning: phd Thesis. – Melbourne: RMIT University, 2010.
  3. Bennett M. J. Developing Intercultural Competence. – Portland: Intercultural Communication Institute, 2004.
  4. Hameed N., Shaikh M. U., Hameed F., Shamim A. Cultural Differences in E-learning: Exploring New Dimensions // International Journal of E-Learning. – 2016. – Vol. 15, No. 3. – P. 45–60.
  5. Karimova Aziza. (2025). Cultural adaptation in foreign language teaching: integrating local and global perspectives. 7(1), 38–
  6. Rajabov X.S., Xasanova M.A. Onlayn platformalar orqali ingliz tilini o‘rganishning afzalliklari // Oriental Renaissance: Innovative, Educational, Natural and Social Sciences. – 2024. – 4(7). – B. 239–245.
  7. Tayebinik M., Puteh M. Sense of Community in Blended Learning Courses. – Kuala Lumpur: Universiti Teknologi Malaysia Press, 2012.

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011691
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/783
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1286–1291
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25