Asosiy mazmunga o‘tish

IJTIMOIY TARMOQLARNING INGLIZ TILINI O‘RGANISH JARAYONIGA TA‘SIRI

Mamadaminova Aziza Bakhromjon kiziNamangan davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi 1-bosqich talabasi2026

Konferensiyalar“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumanJild 1Son 3Sahifa 1291–1296

Annotatsiya

Hozirgi axborot-texnologiyalar jadal sur‘atda rivojlanayotgan zamonamizda ijtimoiy tarmoqlar ilm ma‘rifatda ham o‘z o‘rnini topmoqda va shu bilan birgalikda tilllarni o‘rganish jarayoniga ta‘sirini ko‘rsatmay qolmayapti, xususan ingliz tilini o‘rganish va o‘rgatish uchun ham bir qancha foydalar keltirmoqda. Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarning ingliz tilini o‘rganish jarayonidagi o‘rni va ta‘sirini tadqiq qilishga qaratilgan. So‘nggi yillarda Instagram, You Tube va Tik Tok kabi ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi kontentlarning til ko‘nikmalariga ta‘siri ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida kuzatish va tahlil usullaridan foydalanib, lug‘at boyligini oshirish, tinglab tushunish va og‘zaki nutqdagi o‘rni aniqlangan. Shu asnoda, diqqatning boshqa narsalarga yo‘nalishi va noto‘g‘ri til namunalarining ta‘siri kabi salbiy jihatlar ham yoritilgan. Taqdiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli va ongli foydalanish barcha tillar, balki, ingliz tilini o‘rganish samaradorligini oshiradi.

Boshqa tillarda

ruschaВЛИЯНИЕ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ НА ПРОЦЕСС ИЗУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА

В эпоху стремительного развития информационных технологий социальные сети занимают важное место в науке и образовании, и одновременно оказывают влияние на процесс изучения языков, в частности, принося ряд преимуществ в изучении и преподавании английского языка. Цель данной статьи — изучить роль и влияние социальных сетей на процесс изучения английского языка. В статье рассматривается влияние контента социальных сетей, таких как Instagram, YouTube и TikTok, на языковые навыки. В ходе исследования с помощью методов наблюдения и анализа определялась роль расширения словарного запаса, понимания на слух и устной речи. Одновременно были выявлены и негативные аспекты, такие как отвлечение внимания на посторонние вещи и неправильные языковые модели. Результаты исследования показывают, что целенаправленное и осознанное использование социальных сетей повышает эффективность изучения всех языков, включая английский.

inglizchaTHE IMPACT OF SOCIAL NETWORKS ON THE ENGLISH LEARNING PROCESS

In our era of rapid development of information technologies, social networks are finding their place in science and education, and at the same time, they do not fail to show their influence on the process of learning languages, especially for learning and teaching English. This article is aimed at researching the role and influence of social networks in the process of learning English. In recent years, the influence of content on social network pages such as Instagram, You Tube and Tik Tok on language skills is considered. In the continuation of the research, using the methods of observation and analysis, the role of increasing vocabulary, listening comprehension and oral speech was determined. At the same time, negative aspects such as the direction of attention to other things and the influence of incorrect language patterns are also highlighted. Research results show that purposeful and conscious use of social networks increases the effectiveness of learning all languages, but also English.

Kalit so‘zlar

  • ijtimoiy tarmoqlar
  • kontent
  • onlayn tadbirlar

To‘liq matn

Litsenziya: CC BY 4.0litsenziya matni

Matn PDF’dan ajratilgan va qayta formatlangan; asl nusxadan farq qilishi mumkin.

IJTIMOIY TARMOQLARNING INGLIZ TILINI O’RGANISH JARAYONIGA TA’SIRI

Mamadaminova Aziza Baxromjon qizi Namangan davlat pedagogika instituti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo`nalishi 1-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Ahmedova Dildora Abdurahim qizi

Annotatsiya: Hozirgi axborot-texnologiyalar jadal sur’atda rivojlanayotgan zamonamizda ijtimoiy tarmoqlar ilm ma’rifatda ham o’z o’rnini topmoqda va shu bilan birgalikda tilllarni o’rganish jarayoniga ta’sirini ko’rsatmay qolmayapti, xususan ingliz tilini o’rganish va o’rgatish uchun ham bir qancha foydalar keltirmoqda. Ushbu maqola ijtimoiy tarmoqlarning ingliz tilini o’rganish jarayonidagi o’rni va ta’sirini tadqiq qilishga qaratilgan. So’nggi yillarda Instagram, You Tube va Tik Tok kabi ijtimoiy tarmoq sahifalaridagi kontentlarning til ko’nikmalariga ta’siri ko’rib chiqiladi. Tadqiqot davomida kuzatish va tahlil usullaridan foydalanib, lug’at boyligini oshirish, tinglab tushunish va og’zaki nutqdagi o’rni aniqlangan. Shu asnoda, diqqatning boshqa narsalarga yo’nalishi va noto’g’ri til namunalarining ta’siri kabi salbiy jihatlar ham yoritilgan. Taqdiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, ijtimoiy tarmoqlardan maqsadli va ongli foydalanish barcha tillar, balki, ingliz tilini o’rganish samaradorligini oshiradi. Kalit so’zlar: Ijtimoiy tarmoqlar, kontent, onlayn mashg’ulot. Annotation: In our era of rapid development of information technologies, social networks are finding their place in science and education, and at the same time, they do not fail to show their influence on the process of learning languages, especially for learning and teaching

English. This article is aimed at researching the role and influence of social networks in the process of learning English. In recent years, the influence of content on social network pages such as Instagram, You Tube and Tik Tok on language skills is considered. In the continuation of the research, using the methods of observation and analysis, the role of increasing vocabulary, listening comprehension and oral speech was determined. At the same time, negative aspects such as the direction of attention to other things and the influence of incorrect language patterns are also highlighted. Research results show that purposeful and conscious use of social networks increases the effectiveness of learning all languages, but also English. Key words: social media, content, online activities.

Dunyo bo’ylab o’zaro bog’liqlik va globallashuvning tobora o’sib borayotgan darajasi sababli ushbu zamonaviy dunyoda bevosita va tegishli aloqa usullarining ahamiyati juda tez ortib bormoqda. Hozirgi kunda, Ijtimoiy tarmoqlar nafaqat hordiq, balki, endigi kunda bilim oluvchilar, yoki til bilimdonlari uchun qoʻl kelmoqda. Avvalo ijtimoiy tarmoqlar toʻgʻrisida soʻz yuritadign boʻlsak, Ijtimoiy tarmoq – bu qiziqishlari oʻxshash yoki oflayn aloqaga ega boʻlmagan odamlar oʻrtasida muloqot qilish, tanishish, ijtimoiy munosabatlar yaratish uchun, shuningdek, koʻngilochar va ish maqsadlarida ishlatiladigan onlayn platforma hisoblanadi. Ijtimoiy xatchoʻplar (inglizcha: social bookmarking). Baʼzi veb-saytlar foydalanuvchilarga xatchoʻplar yoki mashhur veb-saytlar roʻyxatini boshqalar bilan baham koʻrish imkonini beradi. Bunday saytlardan umumiy qiziqishlarga ega foydalanuvchilarni topish uchun ham foydalanish mumkin. Masalan: Delicious, Pinterest Ijtimoiy kataloglar (inglizcha: social cataloging) ijtimoiy xatchoʻplarga oʻxshaydi, lekin akademik maqsadlarga qaratilgan boʻlib, foydalanuvchilarga ilmiy maqolalardan olingan iqtiboslarning maʼlumotlar bazalari bilan ishlash imkonini beradi. Masalan: Academic Search Premier, LexisNexis, Akademik universitet, CiteULike, Connotea. Ijtimoiy kutubxonalar – bu sayt mehmonlariga oʻzlarining toʻplamlari, kitoblari, audio yozuvlari va boshqalarga havolalarni qoldirish imkonini beruvchi ilovalardir. Tizimni qoʻllab-quvvatlovchi tavsiyalar, reytinglar va boshqalar koʻzda tutilgan. Masalan: discogs.com, IMDb.com. Ijtimoiy media omborlari – media fayllarni birgalikda foydalanish uchun saqlash xizmati. Ularni ushbu serverlarda joylashgan fayllar turiga qarab tasniflash mumkin.

Ixtisoslashgan ijtimoiy tarmoqlar. Odamlarni maʼlum mezonlarga koʻra birlashtiradi (masalan, yoshi, jinsi, dini, maʼlum sevimli mashgʻulotlari va boshqalar). Professional ijtimoiy tarmoqlar professional mavzularda muloqot qilish, tajriba va axborot almashish, boʻsh ish oʻrinlarini qidirish va taklif qilish, biznes aloqalarini rivojlantirish uchun yaratiladi. Masalan: LinkedIn, Moy Krug, Professionali.ru. Korporativ ijtimoiy tarmoqlar kompaniya faoliyatini tashkil etish va qoʻllab-quvvatlash muammolarini hal qiladi . Hujjatlar bilan birgalikda ishlash uchun xizmatlar. Geosotsial tarmoqlar foydalanuvchining geografik joylashuvidan kelib chiqib ijtimoiy aloqalarni oʻrnatish imkonini beradi. Bunday holda, turli xil geolokatsiya vositalaridan foydalaniladi , ular maʼlum bir foydalanuvchining hozirgi joylashuvini aniqlash va uning pozitsiyasini turli maskanlar va odamlarning joylashuvi bilan solishtirish imkonini beradi. Endi bir tarixga yaʼni ijtimoiy tarmoqlar rivojlangunga qadar boʻlgan mehnat va tajriblar bilan tanishamiz. 1803-1869-yillarda yashagan XIX asr rus yozuvchisi, faylasufi va jamoat arbobi Vladimir Odoyevskiy oʻzining 1835-yilda yozilgan „4338-yil“ tugallanmagan utopik romanida zamonaviy bloglar va umuman internetning paydo boʻlishini bashorat qilgan edi. Unda aytilishicha, „tanish uylar oʻrtasida magnit telegraflar joylashgan boʻlib, ular orqali uzoq masofada yashovchilar bir-biri bilan gaplashadi“, shuningdek, „koʻp xonadonlarda, ayniqsa yaxshi tanish boʻlganlar oʻrtasida“ nashr etiladigan “uy gazetalari “ haqida: bu gazetalar “oddiy yozishmalar oʻrnini bosadi “, ularda „odatda egalarining sogʻligʻi yoki kasalligi haqida xabarlar va uydagi boshqa yangiliklari, soʻngra turli fikrlar, mulohazalar, kichik ixtirolar, shuningdek, qachon tushlikka chaqirilishi, baʼzan esa le menyu oʻrin oladi“ Ijtimoiy tarmoqlarning eng avvalgi shakli elektron eʼlonlar taxtasi boʻlib, ularning birinchisini CBBS nomi ostida IBM xodimi U. Kristensen tomonidan 1978-yilda yaratilgan. 1983-yilda allaqachon dunyoda 800 ta, 1988-yilda esa 5000 ta elektron doskalar mavjud edi Internetda ijtimoiy tarmoqlar 1995-yilda Classmates.com AQSh portali paydo boʻlishi bilan mashhurlikka erisha boshladi. Loyiha juda muvaffaqiyatli boʻldi, bu keyingi sanoqli yillarda bir necha oʻnlab shunga oʻxshash xizmatlarning paydo boʻlishiga olib keldi. Lekin ijtimoiy tarmoq „portlash“ining rasmiy boshlanishi 2003-2004-yillarda AQShda LinkedIn, MySpace va Facebook ishga tushirilgani hisoblanadi. Internetning rus tilida soʻzlashuvchi segmentida Odnoklassniki va Vkontakte koʻrinishidagi ijtimoiy tarmoqlar 2006-yildan beri ommalasha boshladi.

Tillar ommalashuvi va dunyo tillari negizida ingliz tili. XXI asrga kelib tilshunoslikning tilni shunchaki aloqa vositasi va tafakkur natijasi sifatida emas, millatning madaniy ochqichi sifatida tadqiq etadigan sohalari yuzaga kelmoqda. Bu yo‘nalishlarning paydo bo‘lishiga V. Gumboldt, A.A. Potebnya va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida keltirib o‘tilgan. Jumladan, V.Gumboldt “Millatim tilining chegaralari mening dunyoqarashim chegaralarini belgilaydi”, - deb aytgan edi. Til nafaqat borliqni aks ettirish funktsiyasini bajaradi, shuningdek, inson yashayotgan borliq, muhitni uning ongiga tabdil qilib beradi. Aynan Shu tufayli ham keyingi ming yillikda G‘arb falsafasi tildan foydalanish jarayoniga asoslanib rivojlanmoqda. Yuqorida keltirilgan olimlar tilni ommalashtirmadi – ular ilmiy asos yaratdi, lekin bu asos boʻlmasa edi, keyingi rivoj boʻlmas edi.Chomskiyning 1957-yilda nashr etilgan Syntactic Structures asari zamonaviy tilshunoslikning burilish nuqtasiga aylandi. U bunda til tizimini matematik modelga solib tahlil qilishga harakat qilgan. Uning asosiy g‘oyalari: Til cheklangan qoidalar asosida cheksiz gap tuzish imkonini beradi; Har bir insonda universal grammatika degan ongsiz bilim mavjud; Til biologik asosga ega va inson ongining ajralmas qismi. Chomskiy B.F. Skinnerning xulq-atvorga asoslangan til nazariyasiga keskin tanqid bilan qaragan. U tilni faqat tajriba orqali o‘rganiladi degan g‘oyani inkor etib, til qobiliyati tug‘ma ekanini ilmiy asoslab bergan. Falsafa va ong nazariyasi: Chomskiy ong va til o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rganib, ong haqidagi bilimlar, sintaktik tafakkur va tafakkur turlari haqida falsafiy qarashlar ishlab chiqqan. U dekartchilarning oqibatlar nazariyasini davom ettirgan. Alisher Navoiy, Markaziy Osiyoda XV asrda yashab ijod qilgan buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi sifatida tarixda qoldi. Uning merosi nafaqat oʻzbek, balki barcha turkiy xalqlar uchun bebaho boʻlib, uning asarlari bugungi kunda ham adabiyot va tilshunoslik sohalarida oʻrganilmoqda. Uning mashhur asarlaridan biri “Muhokamat al-lughatayn” (Ikki Tilning Muhokamasi) – bu asar Navoiyning tilshunoslikka qo‘shgan hissasi doirasida juda muhimdir. Unda shoir turkiy va fors tillarining imkoniyatlarini solishtiradi, ularning har birining adabiy va ilmiy sohalardagi o‘rinini baholaydi. Asar turkiy tilning boy imkoniyatlarini Ilmiy jihatdan yoritishga qaratilgan. Bundan tashqari bugungi kunda nafaqat oʻrta Osiyo xalqlari, balki butun dunyo elatlari orasida ingliz tilining ahamiyati va uni oʻrganishga boʻlgan talab ortib bormoqda. Axborotlashtirish va globallashuvning rivojlanishi bilan butun dunyoda aksariyat odamlar boshqa mintaqalar aholisi bilan faqat bitta xalqaro tan olingan tilda, ya’ni ingliz tilida muloqot qilayotgani aniq. Ingliz tili - bu agent va xalqaro kompaniya o’rtasida deyarli ishlatiladigan til

sifatida koʻrilmoqda. Ingliz tili birinchi dunyo tili bo’lib, birinchi global lingua franca deb aytiladi va xalqaro savdo, diplomatiya, ommaviy ko’ngilochar o’yin-kulgi, xalqaro telekommunikatsiya va ilmiy nashrlarda, shuningdek, gazeta va boshqa kitoblarni nashr etishda dunyoda eng keng qo’llaniladigan tildir. Ingliz tilmasi zamonaviy dunyoda eng tez o’sib borayotgan tilga aylandi va dunyoni bog’lab, tijorat tili maqomini egallaydi. Ingliz tili deyarli barcha sohalarda, masalan, fan, muhandislik va texnologiya, tibbiyot, savdo va tijorat, ilmiy tadqiqotlar, ta’lim, turizm, internet, bank, biznes, reklama, kino sanoati, transport, farmatsevtika va boshqa sohalarda keng tarqalgan. Shunday ekan ingliz tilini oʻrganish va oʻrgatish talabining ortishi bejiz emas va bugungi kunda til oʻrgatnishning turli usullari, yaʼni oson yoʻllari mavjud, misol uchun: uzoqqa bormagan holda, yaʼni onlayn, yana agarda “ yoʻq men bunday narsalarga ishonolmayman!”- desangiz oflayn yaʼni oʻqituvchi bilan jonli, yuzma yuz uchrashgan holda tahsil olish imkoniyatlari mavjuddir. Onlayn platformalar orqali ingliz tilini o’rganish, texnologik vositalar va internet Imkoniyatlaridan foydalangan holda, turli darajadagi o’quvchilarga til o’rganish Imkoniyatini taqdim etish jarayonidir. Bu jarayon, o’quv materiallarini elektron shaklda taqdim etish, virtual sinflar orqali jonli darslar o’tkazish, interaktiv mashg’ulotlar va o’z-o’zini baholash testlarini o’z ichiga oladi. O’quvchilar onlayn platformada ro’yxatdan o’tganlaridan so’ng, o’zlarining o’rganish yo’llarini mustaqil belgilay oladilar, bu esa ularning shaxsiy ehtiyojlariga va o’rganish tezliklariga moslashuvchanlikni ta’minlaydi. Zamonaviy onlayn ta’lim platformalari o’quvchilarga ingliz tilini chuqurroq va Samarali o’rganish imkoniyatini yaratib beradi. Bu platformalar orasida “Duolingo”, “Rosetta Stone”, “Babbel” kabi taniqli dasturlar mavjud. Masalan, “Duolingo” oʻyinlashtirilgan yondashuvni qo’llaydi, bu esa o’quvchilarni til o’rganish jarayoniga ko’proq jalb qiladi. Har bir to’g’ri javob uchun ballar va mukofotlar beriladi, bu esa motivatsiyani oshiradi. Bundan tashqari oʻtilgan darsni mustahkamlash uchun “Kahoot”, va talaba hamda oʻquvchilarni guruh boʻlib ishlashga undaydigan “Bamboozle” ilovasi ham mavjud. Yuqorida berilgan barcha platformalar darslarni samaradorligini oshirish hamda oʻtilgan darslarni dars jarayonida takrorlash va mustahkamlash uchun koʻmaklashadi. Shuningdek, YouTube’dagi o‘quv kanallari va TED Talks kabi ma’ruzalar, Instagram platformasidagi shaxsiy va business sahifa yurutuvchi tajribali ingliz tili bilimdonlari va oʻqituvchilari berayotgan materiallar, kitob va shu kabi foydali mahsulot va maslahatlaridan ham mavjud. Tanganing ikki tomoni boʻlgani kabi onlayn til oʻrganishda ham bir qancha firibgar, yolgʻonchi va saviyasi past boʻlgan murabbiylarga ham duch kelish heh gap emas. Bundan tashqari, bunday muhitda

yuzaki muloqot ustunlik qiladi va tizimli oʻrganishdan chalgʻitadi.Yuzaki oʻrganish: Ijtimoiy tarmoqlar chuqur tahlil va tizimli oʻrganishni talab qilmaydi, koʻpincha qiziqish uchun faqat yengil kontent isteʼmol qilinadi, bu esa tilni fundamental darajada oʻzlashtirishga toʻsqinlik qiladi. Vaqt isrofi va chalgʻish: Til oʻrganish uchun kirilgan boʻlsa-da, tarmoqlardagi boshqa kontentlar asosiy maqsaddan chalgʻitib, vaqtni bekorga sarflanishini taʼminlaydi. Yaroqsiz va sifatsiz maʼlumotlar: Tarmoqlarda har kim kontent yaratishi sababli, grammatikasi buzilgan, nooʻrin yoki keraksiz til namunalarini oʻrganib qoʻyish xavfi yuqori. Umuman olganda, XXl asrda har kim zamonaviy texnologiyalardan istalgan maqsadda foydalanib kelmoqda asosan yoshlar va oʻrta yoshli vaqti bor yoki vaqti tigʻiz kishilar til kurslariga qatnash oʻrniga onlayn til oʻrganish, millatlar qadriyatlarini almashishni afzal bilishadi, Shunday ekan, Har neʼmatdan unumli foydalanish zarur. Foydalangan adabiyotlar: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ijtimoiy_tarmoq . 2. Chomsky, Noam. Syntactic Structures (1957) 3. https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/64733/65874 .

Iqtiboslar dinamikasi

Bu ilmiy ishga ReLibrary’da chop etilgan ilmiy ishlarda hali iqtibos topilmadi.

ReLibraryTekshirilgan Metodologiya

Adabiyotlar1 ta adabiyot

  1. Foydalangan adabiyotlar: 1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Ijtimoiy_tarmoq . 2. Chomsky, Noam. Syntactic Structures (1957) 3. https://inlibrary.uz/index.php/scienceresearch/article/view/64733/65874 .

Metama’lumot

Identifikator
REL-C-011690
Nashr sanasi
2026-04-23
Til
o‘zbek
Konferensiyalar
“RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman
Jild
1
Son
3
DOI
10.66073/refocus-conf/782
Nashriyot
LLC Ilm-fan va innovatsiyalar akademiyasi
Sahifa
1291–1296
Litsenziya
Ushbu ilmiy ish CC BY 4.0 litsenziyasi asosida ochiq.
Ko‘rishlar
12026-10-28 dan beri o‘lchanmoqda
Metadata manbasi
Partner conferences of the International Scientific Journal Research Focus
Oxirgi yangilanish
2026-08-25